Удалить Водяной Знак
Wondershare PDFelement
G'arb tuyasi asosidagi preparatlarni qo'llaniladi. Tashqi vosita sifatida moy papilloma, poliplarni davolash uchun ishlatiladi. Dermatologik teri kasalliklari uchun efir moyi zararlangan joylarga qo'llaniladi. G'arb tuyasi efir moyi (taxminan 8 tomchi) qo'shilgan vannalar sovuqda zararlanganda davolashga yordam beradi. G'arb tuyasi daraxtining moyi o'pka va bronxlar, pnevmoniya, bronxial astma, yo'talga qarshi dori vositasi sifatida yaxshi samara beradi. Adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlarda hozirgi kunda 120 dan ortiq navlari yaratilgan [7].
Xulosa: Keltirilgan ilmiy ma'lumot manbalaridan shuni xulosa qilish mumkinki, yer shari dendroflorasidagi barcha mevali va manzarali o'simliklari o'zining biologik, ekologik, manzaraviylik, xalq xo'jaligi uchun oziq-ovqat, shu bilan birgalikda, xalq tabobatida hamda farmatsevtika sanoati uchun dorivorlik xususiyatlariga ega.
Shunga ko'ra ushbu o'simliklardan ilmiy meditsina ko'rsatmalariga ko'ra foydalanish amaliy ahamiyatga molik ish turlaridan hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Dorivor va ozuqabop o'simliklar plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash boyicha yo'riqnoma (tuzuvchilar: B.Y.To'xtayev, T.X.Mahkamov, M.O'.Allayarovlar). Toshkent, 2015. 137-bet.
2. Alimova R.A., Sagdiyev M.T., Adilov B.A., Abdullayeva M.C. Farmakognoziya. Toshkent, 2018. 102-118-bet.
3. Berdiyev E.T., Xakimova M.X., Maxmudova G.B. O'rmon dorivor o'simliklari. - Toshkent 2016. 63-65-bet.
4. Дендрология Узбекистана. II Том. Тошкент, 1968. С. 329-337.
5. Qayumov A.K., Berdiyev E.T., Hamroyev H.F., Turdiyev S.A. Dendrologiya. "Fan va texnologiya" nashriyoti. 2014. 94-105-bet.
6. Xolmatov H.X., Ahmedov O'.A. Farmakognoziya. -Toshkent, Ibn Sino nomidagi nashriyot. 1995. 171-172-bet
7. https://givoyles.ru
8. https://thuja.kiev.ua
УУТ: 633.88
TADQIQOT
ARTISHOK "IMPERIAL" NAVINING O'SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI
Eldor ISOMOV,
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'qituvchisi
Аннотация: В дополнение к растениям, которые постоянно используются на протяжении всей жизни, людям желательно непрерывно воспроизводить растения, которые обеспечивают питательными веществами другие продуктивные новые виды. Одним из таких растений является артишок (Cynara scolymus L.), который принадлежит к семейству сложноцветных. Сегодня рост населения мира, в свою очередь, увеличивает спрос на продукты питания и лекарства. Артишок - перспективное ценное растение, нетрадиционное для Узбекистана, и в своей зеленой форме он важен как силос, сенаж, сухой корм, сырье для пищевой и фармацевтической промышленности, а также как корм для скота.
Ключевые слова: интродукция, микроэлементы, вегетация, бутонизация, цветение, плодоношение, семя, лекарственное, корм, рост, развитие,урожай.
Annotation: In addition to plants that are constantly used throughout life, people want to continuously reproduce plants that provide nutrients to other productive new species. One such plant is the artichoke (Cynara scolymus L.), which belongs to the Asteraceae family. Today, the growth of the world's population, in turn, increases the demand for food and medicines. The artichoke is a promising valuable plant, unconventional for Uzbekistan, and in its green form it is important as silage, haylage, dry fodder, raw material for the food and pharmaceutical industries, as well as livestockfeed.
Keywords: introduction, micronutrients, vegetation, budding, flowering, fruiting, seed, medicinal, fodder, growth, development, yield.
Kirish: Artishok O'zbekiston uchun noan'anaviy bo'lgan istiqbolli qimmatbaho o'simlik bo'lib, undan yashil holida silos, senaj va quruq yem-xashak sifatida foydalaniladi, hamda oziq-ovqat, farmasevtika sanoati uchun xomashyo va chorva mollariga ozuqa sifatida muhim
ahamiyatga egadir. Tajribalarimizda sug'orilgan sharoitda sug'orilmaganga qaraganda o'simlik xomashyosi tarkibida makro-mikroelemetlar miqdor jihatidan farq qilishi ma'lum bo'ldi. Artishokning navlarning gul o'rni tarkibida 86,5% suv, 2,5% azotli moddalar, 1% qand, 2% dekstrin, 1,3%
MAXSUS SON [2] 2021 AGRO INFORM
85
Удалить Водяной Знак
Wondershare PDFelement
kletchatka va 1,3% kul moddasi mavjud. Savatcha o'rama bargchalarining etli qismida 2,2% qand moddasi to'planadi.
Tadqiqotlarimiz Samarqand viloyati sharoitida Artishokning imperial navini o'rganishga bag'ishlangan. Artishok "Imperial" navining ontogenezi virginil (maysa, yuvinel, immatur va voyaga yetgan vegetativ bosqich), generativ (yosh, o'rta va qari) davirlarni o'z ichiga oladi.
Virginil davri. Maysa bosqichi.(V) Artishok "Imperial" navining urug'ini unishi asosiy ildizchaning paydo bo'lishidan boshlanadi. Bu ildiz 5-6 sm chuqurlikka yetganda gipokotil urug'palla barglarni yer ustiga olib chiqadi. Urug'palla barglar 2 ta etli, bo'yiga cho'zilgan, teskari tuxumsimon, to'q yashil rangli, silliq. Urug'palla barglar 50-52 kun yashab, uzunligi 5-6 sm, eni 2-2,5 sm ga yetadi. Birinchi barg uzunchoq nashtarsimon bo'lib, chetlari tekis qirqilgan, kumushsimon rangli tukchalar bilan qoplangan. O'simlikning o'sish davrida keyingi paydo bo'lgan barg yaprog'ining chetlari tishsimon qirqilgan bo'ladi. Barglarning paydo bo'lishi o'rtacha 5-6 kunga to'g'ri kelib, bu tur xususiyatlariga bog'liq, lekin o'sish sharoitiga ko'ra ham o'zgaruvchandir. Tajriba maydonidagi o'simliklarda har bir navbatdagi barglar 4-5 kunda yuzaga keladi, vegetatsiyasini boshlagandan to gullash boshlanguncha bo'lgan davrda 40-50 dona barglar hosil bo'ladi.
Yuvenil bosqichi.(Yu) Bu bosqichga o'tishda artishokning yer ustki va yer ostki organlarida morfologik o'zgarishlar yuz beradi. Bu bosqichning boshlanishida tajriba maydondagi o'simlik barglarining uzunligi 26-30 sm, eni 12-16 sm bo'ladi.
Yuvenil, immatur va voyaga yetgan vegetativ bosqich'ar bir-biridan barg plastinkasining qirqilganlik darajasining murakkablashuvi bilan farq qiladi. Yuvenil bosqichida tajriba maydonida o'sgan o'simliklar 10-12 ta barglar hosil qilib, barg plastinkasining chetlari chuqurroq tishsimon qirqilgan. Har bir barg bo'lagi ya'ni tishchaning uchida tikanchalar paydo bo'lmaydi. Epikotil rivojlanmaydi, yuvenil bosqichi to'pbarglar holatida bo'ladi.
Immatur bosqich.(Im) Bu bosqichda o'simlikning barglar soni 25-30 dona bo'lib, bu barglarning uzunligi 50-55 sm, eni 18-20 sm ga yetadi. Barg plastinkasi 10-12 bo'lakkacha qirqiladi, bunda qirqilganlik darajasi bargning asosiy tomirigacha yetib boradi.
Voyaga yetgan vegetativ bosqich.(G1) Bu bosqichda artishok barglarining soni 45-50 dona bo'lib, uzunligi 80 sm
gacha, eni 35-40 sm gacha yetadi. Barg plastinkalari 15-16 ta gacha bo'lakchalargacha qirqiladi. Bu bo'lakchalarning ham chetlari turli daraja va shakllarda qirqilgan bo'ladi. Demak, barglar ikki karra tishsimon qirqilgan. Barg plastinkasi, ko'pincha, kumushrang mayda tukchalar bilan qoplangan. Barg plastinkasini barg bandi asosidagi bo'lakchalarining uzunligi 6-10 sm, o'rta qismidagilari 35-45 sm, uchki qismidagilari 20-25 sm Artishok madaniy holda o'stirilayotganda ontogenez bosqichlari anchagina jadal o'tadi. Latent davri va maysa, yuvenil, immatur bosqichlari vegetasiyasining birinchi yilidayoq bo'lib o'tadi. Voyaga yetgan vegetativ o'simlik vegetasiyasining ikkinchi yili generativ davrga o'tadi.
Generativ davr.(G2) Yosh generativ bosqich. Artishokning ikkinchi vegetasiya yilida tajriba maydondagi o'simliklarning kaudeksidagi 5-6 ta kurtaklardan generativ novdalar shakllanadi. Asosiy generativ novda ortotrop holatda o'sib, birinchi bo'g'imlar oralig'i juda qisqa bo'lganligidan, to'pbarglarni hosil qiladi. May oyining ikkinchi o'n kunligida asosiy novdaning yuqorigi bo'g'imlari skin o'sadi, natijada tajriba maydonida birinchi tartibli novdaning uzunligi 25-30 sm gacha yetadi. Har bir nr-'c'aning yuqorigi yarusidagi barg qo'ltiqlarida yon.io 'dala' paydo bo'lib, ularning har biri savatcha to'p6dli b'lr.i tugallanadi.
Art'shTk "Imperial" navining vegetatsiyasini yil mobaynida davom etkazadi. Kuzda va qishda bo'ladigan Past haroratlar deyarli ta'sir etmaydi, chunki qish faslida ba rglarining o'sishi deyarli to'xtaydi yoki juda sekinlashadi. Shu bois-150C gacha bo'lgan sovuqda, qor yoqqanda ham ular yashil holda saqlanadi.
Artishok "Imperial" navi urug'ining unib chiqishi, o'sish va rivojlanish davomiyligi yil fasllaridagi iqlim sharoitiga ko'ra turlichadir. O'sish sharoitidan qat'iy nazar, 2-yildan boshlab uning vegetasiyasi yil bo'yi davom etadi. Erta bahorda bo'ladigan sovuq harorat -12 - 150C dagina yer ustki qismining sovuq urishi sababli qurishi mumkin, qolgan barcha fasllarda ham vegetatsiyasini davom ettiradi.
Xulosa qilib aytganda, Artishokning " Imperial" navining ontogenezi latent, virginil va generativ davrlarni o'z ichiga oladi. Tajriba natijalariga ko'ra, virginil davri maysa, yuvinel, immatur va voyaga yetgan vegetativ bosqichlarini generativ davri yosh generativ va voyaga yetgan generativ bosqichlarini o'z ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Работнов Т.А. Методы определения возраста и длительности жизни у травянистых растений. М.-Л.: Изд. АН СССР, 1960. -С. 240-262.
2. Жукова Л.А. Некоторые аспекты изучения онтогенеза семенных растений //Вопросы онтогенеза растений. Изд. Йошкар-Ола, 1988. -С.3-14.
3. Нухимовский Е.Л. Экологическая морфология некоторых лекарственных в естественных условиях их произ-растания//Раст. ресурсы. -Л.: 1976. Т.12. вып.1. - С. 3-15.
4. Нормуродов Х.Н., Номозова З.Б. Артишокнинг (Cynara L.) Самарканд вилояти шароитида баъзи бир биологик хусусиятлари// Узб. биол. журн. - Ташкент, 2001. №4, Б. 41-44.
5. Э. Исомов Онтогенез генеративных органов (Cynara scolymus L.) в различных условиях орошения. Международный научный журнал «Вестник науки». №1(34). 5 января 2021 г. С. 191-195.
86
AGRO INFORM MAXSUS SON [2] 2021