Sarikulov M. O.
Andijon davlatpedagogika instituti Biologiya vageografiya o^qitish
metodikasi kafedrasi o^qituvchisi, Andijon shahar Do^stlik ko^chasi 2-uy
ANDIJON VILOYATI IQTISODIYOTIDA "O'SISH QUTBLARI" VUJUDGA KELISHINING GEOGRAFIK JIHATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Andijon viloyati iqtisodiyotida "O'sish qutblari", ularning rivojlanishi va shakllanishidagi o'ziga xos xususiyatlar, imkoniyatlar, kamchiliklar haqida fikr yuritiladi. Tadqiqotdan ko^zlangan asosiy maqsad Andijon viloyatida shakllanayotgan "Osish qutblari "ning Yangi O^zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va ular natijasi sifatida viloyat iqtisodiyotidagi ijobiy o 'zgarishlarni ochib berish hisoblanadi.
Kalit so 'zlar: "o"sish qutblari", drayver sohalar, eksport, erkin iqtisodiy zona, import, investitsiya, kichik sanoat zona, modernizatsiya, o 'sish nuqtalari.
Sarikulov M. O.
Teacher
of the Department of Biology and Geography Teaching Methodology of the Andijan State Pedagogical Institute
2 Dostlik street, Andijan city
GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE EMERGENCE OF "GROWTH POLES" IN THE ECONOMY OF ANDIJAN REGION
Abstract: This article discusses "Growth Poles" in the economy of Andijan region, their specific features, opportunities, and shortcomings in their development and formation. The main goal of the research is to reveal the economic reforms of the "Hanging Poles" formed in Andijan region and the positive changes in the region's economy as a result of them.
Key words: "growth poles", driving sectors, export, free economic zone, import, investment, small industrial zone, modernization, growth points.
KIRISH. Globallashuv va inqiroz sharoitida iqtisodiy tizimlar rivojlanishining hududiy jihatlarining roli makro va mega darajasida o'sib bormoqda, bu mamlakatning mintaqaviy rivojlanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosibliklardan kelib chiqadi. Bir tomondan, globallashuv - bu resurslardan samarali foydalanish va jamiyat ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun turli mamlakatlarning sa'y-harakatlarini (kapital, mehnat, tabiiy va boshqalar) birlashtirish jarayoni, ikkinchi tomondan, bu xalqaro ekspluatatsiyaga olib keladigan resurslarning beg'araz harakatini anglatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Iqtisodiyot nuqtai nazaridan uncha o'zlashtirilmagan, xo'jalik sig'imi past va hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida o'sish qutblari va rivojlanish markazlari to'g'risidagi nazariya ham katta ahamiyatga ega. Uning asoschisi fransuz
olimi Fransua Perrudir. F. Perru «markaziy o'rinlar» g'oyasidan kelib chiqdi, omillarni emas, tarmoqlarni rivojlanish xususiyati, harakatchanligi, atrofga ta'siri bo'yicha tabaqalashtirdi va ularni uch guruhga ajratdi. U eng avvalo hududiy-iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik, nobarobarlikni tan oldi va mutloq jihatdan tenglikni amalga oshirish mumkin emasligiga to'la ishondi.
Perru fikricha, iqtisodiyot tarmoqlari-tez, jadal rivojlanish, rayon hosil qilish salohiyatiga, qobilyatiga ega bo'lib, aynan ana shunday mintaqaviy iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi tarmoqlar rivojlanishi o'sish markazlarini tashkil qiladi. Markazlarning mustahkamlanishi, ularda turdosh korxonalarning ko'payishi, atrofga bo'lgan ta'sir doirasining kengayishi natijasida o'sish qutblari vujudga keladi.
O'sish qutblari g'oyasi shved olimi — Lund universiteti professori (Shvetsiya)
T. Xagerstrandning yangiliklar diffuziyasi nazariyasiga o'xshab ketadi. Faqat muallif bu g'oyani ko'proq sotsial geografiya bo'yicha ishlab chiqqan. Chindan ham, jahon taraqqiyoti, dunyo xo'jalik tizimining rivojlanish tarixi fan-texnika yutuqlari, ilmiy yangiliklar va kashfiyotlar, innovatsiyalar, texnologik determinizm bilan bog'liq. Tarix nuqtai-nazaridan yondashilganda, jahon xo'jaligi rivojlanishida ma'lum sikllarni ajratish mumkin. Bu davr yoki sikllar yangi kashfiyotlarning ixtiro etilishi, tatbiq etilishi, tarqalishi va ularning o'rniga boshqa innovatsiyalarning kelishi bilan belgilanadi.
Maxsus adabiyotlarda amerikalik U. Rostouning (XX asr, 58-60-yillar) iqtisodiy rivojlanishning bosqichlari, stadiyalari, rus iqtisodchisi N.D.Kondratyevning 30-yillarda ilmiy-texnika o'zgarishlariga asoslangan «uzun to'lqinlar» nazariyasi mavjud. Shuningdek, amerikalik olim R.Vernonning (XX asr o'rtalari) eksport tovarining hayot sikli to'g'risidagi g'oyasi ham yangiliklarning diffuziyasi va texnologik determinizm bilan bog'liq.
Maxsus adabiyotlarda amerikalik U. Rostouning (XX asr, 58-60-yillar) iqtisodiy rivojlanishning bosqichlari, stadiyalari, rus iqtisodchisi N.D. Kondratyevning 30-yillarda ilmiy-texnika o'zgarishlariga asoslangan «uzun to'lqinlar» nazariyasi mavjud. Shuningdek, amerikalik olim R.Vernonning (XX asr o'rtalari) eksport tovarining hayot sikli to'g'risidagi g'oyasi ham yangiliklarning diffuziyasi va texnologik determinizm bilan bog'liq.
NATIJALAR
O'sish qutblari va nuqtalari Andijon viloyatining asosiy iqtisodiy rivojlanishining markazlari sifatida namayon bo'lmoqda. Mustaqillik yillarida tashkil qilingan EIZlar, kichik sanoat zona(keyingi o'rinlarda KSZ) lari va sanoat klasterlari o'sish qutblari va nuqtalari mintaqa iqtisodiyotida o'ziga xos o'ringa ega. Ayniqsa viloyat sanoatining rivojida yuqorida ta'kidlaganimizdek, GM auto Asaka
avtsmsbil zavodi va vilsyat tumanlarida tashkil qilingan KSZlaгining ahamiyati salmsqli hissblanadi.
Andijon vilsyati iqtissdiystida qishlsq xs'jaligi, sansat, turizm va logistika sshalarida yuqsгi samaгali klasteгlaгni shakllantiгish jarayoni va bu bsгada amalga sshirilaystgan isЫaг natijasida "O'sish qutblari" shakllanib bsгmsqda. Geografik jihatdan viloyatning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy гesuгslarga yaqinligi sanoat va qishloq xo'jaligi ksгxsnalaгni tashkil etishda muhum ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalliy bszsrlar va eksport salohiyati uchun qulay shaгsit yaratadi. Imksniyatlar-hududdagi iqtisodiy salohiyatni to'g'ri boshqarish, klaster tizimni rivojlantirish va horijiy invetsiyalarni jalb qilish orqali jadal rivojlanish.O'sish qutublari-bu iqtisodiyot geografiyasi va mintaqaviy rivojlanish nazariyasida qo'llaniladigan tushuncha bo'lib, iqtisodiy o'sishning asosiy drayverlari bo'lgan markazlashgan hudud yoki sohalari anglatadi. 1-jadvalda Andijon viloyati xo'jaligida 2024 yil yanvar-sentabr holatiga iqtisodiy ko'rsatkichlari ko'rsatib o4ilgan.
1-jadval
Tarmoalar O'lchov birligi 2024-yi] yanvar-sentabr*
Yalpi hududiy mahsulot* mlrd.so'm 61 187,7
o'sish sur'ati, % 106,3
Sanoat mahsuloti mlrd.so'm 61 985,1
o'sish sur'ati, % 108,2
Iste'mol tovarlari mlrd.so'm х
o'sish sur'ati, % х
Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi 2) mlrd.so'm 31 888,1
o'sish sur'ati, % 102,7
Asosiy kapitalga investitsiyalar mlrd.so'm 19 161,4
o'sish sur'ati, % 129,4
Qurilish ishlari mlrd.so'm 8 439,5
o'sish sur'ati, % 106,1
Chakana savdo tovar aylanmasi mlrd.so'm 18 107,5
o'sish sur'ati, % 109,0
Xizmatlar, jami mlrd.so'm 28 536,1
o'sish sur'ati, % 112,9
Tashqi savdo aylanmasi mln. AQSh. 3 014,5
o'sish our'ati, % 83,4
Eksport mln. AQSh. 830,4
o'sish sur'ati, % 95,5
Import mln. AQSh. 2 184,2
o'sish our'ati, % 79,5
Tadqiqot natijalariga ko'ra bo'yicha 2^^225 yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 48 429,7 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, 2022 yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,1% ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to'g'ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 98 % ni tashkil etdi. Shuningdek, tog'-kon sanoati ulushi-1,1%, elektr ta'minoti, gaz, bug' yetkazib berish va sun'iy iqlim hosil qilish ulushi -0,6%, suv ta'minoti, oqava suv, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish ulushi-0,2%ni tashkil etilgani qayd etildi.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (65,9%)ni, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (11,5%)ni, kiyim ishlab chiqarish (10,9%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (4,0%) yo'nalishlari eng yuqori ulushga ega.
Viloyat YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 24,1% ni tashkil etib, 2022 yil hisobot davriga nisbatan 1,7 punktga ko'tarilgan.
Hududlar kesimida viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko'p ulush Asaka tumani (viloyat hajmining 56,5 % ni) va Andijon tumani (13,8%) va Xonobod (4,1%) shaharlari hissasiga to'g'ri kelmoqda.
Eng past ko'rsatkich esa Ulug'nor tumani (0,7%), Bo'ston tuman (0,7%) va Buloqboshi (0,7%) tumanlariga to'g'ri kelgan. Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmning eng yuqori o'sish sur'atlari Andijon tuman(108,2%), Ulug'nor (108,0%) va Asaka (107,0%) tumanlarida ushbu davrda qayd etilgan bo'lsa, Izboskan
tumani (102,3%), Paxtaobod tumani(102,2%) va Xo'jaobod (102,1%) tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi pasaygani kuzatildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi viloyat bo'yicha o'rtacha 14 459,3 ming so'mni, hududlar kesimida esa yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Asaka tumani (78 1 74 ming so'm), Xonobod shahar (44 182,3 ming so'm) va Xo'jaobod shahrida (14 659,5 ming so'm) o'rtacha viloyat darajasi ko'rsatkichidan yuqoriligini ko'rsatmoqda.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda 674 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, bugungi kunda viloyatda 5544 dona sanoat korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda.
Iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 33 740,6 mlrd. so'mni yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan 6,1% ni, va uning jami sanoatdagi ulushi 69,7% ni tashkil etdi. Hududlar kesimida iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Asaka tumanida to'g'ri
kelib, 78,1% ni, shuningdek, Xo'jaobod tumanida 4,3% ni, Andijon shahariga 2,5% ni, Shahrixon tumanida 2,0% ni hamda Oltinko'l tumaniga 2,0% ni tashkil etdi.
Viloyat bo'yicha aholi jon boshiga iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi o'rtacha 10 073,7 ming so'mni tashkil etib, Asaka (75 202,4 ming so'm) va Xo'jaobod (12 215,4 ming so'm) tumanlarida viloyat ko'rsatkichidan yuqori natijaga erishilgan.
1-rasm. Andijon viloyati sanoat sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo'yicha ko'rinishi.
1-diagramma.
2023 yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar bo'yicha yirik korhonalar va kichik biznesning mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi, %
Asakat Honobod sh Andijon sh Oltinkol t Qo rg'ontepa t Paxtaobod t Izboskan t Uliigiiort : Andijon t Jalaquduqt ; Marhamat t Bo zt Xo'jaobod t Shahrixon t Baliqcki t Buloqboshi t Yiloyat bo'yicha
97 7 2.3
85.5 14.5
72.4 27,6
343 65,7
26,8 73.2
25,0 75
2U 78.5
19.1 SO.9
20.2 79.8
17.5 82,5
13.4 86.6
6,8 93,2
7.0 93.0
5.5 94.5
0.3 99.7
0.0 100
1 1 77.8 i i i i i 22,2 i i
0.0 10.0 20,0 30,0 40,0 50,0 60,0 70,0 80,0 90.0 100.0 Yirik korxonalai Kichik biznes
2-diagramma
2023 yil yanvar-noyabr oylarida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi
XULOSALAR
Mamlakatning qolaversa uning viloyatlarini iqtisodiy rivojlanishi uning sanoati va qishloq xo'jaligida namoyon bo'ladi. Mamlakatimizning sharqiy qismida joylashgan Andijon viloyati iqtisodiy tarmoqlari jadal rivojlangan hududlar sirasiga kiradi. Andijon viloyatida sanoatning deyarli barcha tarmoqlari tez su'ratlar bilan rivojlanmoqda. Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning hududiy jihatdan muvozanatlashganligini taminlash va mintaqaviy nomutanosibligini kamaytirish O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Keyingi yillarda viloyatimizda sodir bo'layotgan tarkibiy o'zgarishlarda hududlarning roli sezilarli darajada oshdi.
ADABIYOTLAR ROYHATI:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022-yil 28- yanvardagi PF-60-son Farmoni.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 204-son qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5614-sonli Farmoni.
4. A.BURXANOV, K.RAXMATOV MINTAQAVIY IQTISODIYOT (o'quv qo'llanma) GULISTON-2020.
5. Soliyev A va boshqalar. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya.Toshkent: "Noshir" 2019. 512 b.
6. Economics (Irwin Economics). Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue Sean М. Flynn. -2lth edition. 2018.
7. Abdullayev A.G, Amanov A.K., Yusupov I.K, Qutlimuratov I.A. XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTNING O'SISH NUQTALARI VA ULARNING RIVOJLANISHINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI. "Экономика и социум" №5(108)-2 2023
8. Kamolova D.Sh. Sarikulov M.O.ANDIJON VILOYATI IQTISODIY TARMOQLARIDAGI TARKIBIY VA HUDUDIY O'ZGARISHLAR, HAMDA ,,O'SISH QUTBLARI'' "Экономика и социум" №11(113)-1 2023