Kamolova D.Sh. Andijon davlat Pedagogika instituti, " Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari"yo^nalishi talabasi
Sarikulov M. O.
Andijon davlat pedagogika instituti "Tabiiy fanlar" kafedrasi o^qituvchisi
ANDIJON VILOYATI IQTISODIY TARMOQLARIDAGI TARKIBIY VA HUDUDIY O'ZGARISHLAR, HAMDA ,,O'SISH QUTBLARI''
Annotatsiya. Ushbu maqolada Andijon viloyatining iqtisodiy o 'sishi va rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi salmog'i haqida ma'lumot beriladi. O'zbekistonning xususan, Andijon viloyatining 2030-yilgacha iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o'sish barqarorligini ta^minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish maqsadidagi fikrlar, yangiliklar va islohotlar ham kiritilgan. Iqtisodiy o'sish jumladan iqtisodiy mintaqalar boshqacha qilib aytganda ,,o'sish qutblari'' to'g'risida ham yetarlicha ma'lumot keltirilgan.
Kalit so'zlar: ,,O'sish qutblari'', makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, Yalpi ichki mahsulot, iqtisodiy islohot, konsepsiya, iqtisodiy o'sish, eksport, import.
Kamalova D.Sh. student
"Basics of Geography and Economic Knowledge " department
Andijan State Pedagogical Institute
Sarikulov M. O. teacher
"NaturalSciences" department Andijan State Pedagogical Institute
STRUCTURAL AND TERRITORIAL CHANGES IN THE ECONOMIC NETWORKS OF ANDIJAN REGION, AND "POLES OF GROWTH"
Abstract. This article provides information about the economic growth and development of Andijan region, its importance in economic sectors. In the concept of economic development of the Andijan region of Uzbekistan until 2030, ideas, innovations and reforms aimed at ensuring macroeconomic stability and stability of economic growth, increasing the competitiveness of economic sectors have also been included. Sufficient information is provided about economic growth, including economic regions, in other words, "growth poles".
Key words: "Growth Poles", macroeconomics, microeconomics, Gross Domestic Product, economic reform, concept, economic growth, export, import.
Asosiy qism: Iqtisodiy o'sish, qolaversa uning sifati to'g'risidagi masala mamlakat, uning viloyatlari umuman biror-bir ijtimoiy tizimning rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun ham juda muhim. Aslida iqtisodiy o'sish-ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o'zgarishlarning muhum shart-sharoitlaridir.Mamlakatning qolaversa uning viloyatlarini iqtisodiy rivojlanishi uning sanoati va qishloq xo'jaligida namoyon bo'ladi. Mamlakatimizning sharqiy viloyati bo'lgan Andijon respublika iqtisodiy tarmoqlari jadal rivojlangan hududlar sirasiga kiradi. Andijon viloyatida sanoatning deyarli barcha tarmoqlari tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Andijon viloyatida sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektroenergetika, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati kabilar rivojlanib kelmoqda. Viloyatda sanoat yuqori darajada rivojlangan. Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning hududiy jihatdan muvozanatlashganligini taminlash va mintaqaviy nomutanosibligini kamaytirish O'zbekiston davlat siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Keyingi yillarda viloyatimizda sodir bo'layotgan tarkibiy o'zgarishlarda hududlarning roli sezilarli darajada oshdi. Andijon viloyatining iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishga yo'naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Andijon viloyati hududlarining ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish darajasi va iqtisodiy o'sish surat laridagi tafovutlar bir qator obyektiv sabablar bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning jozibadorligi, iqtisodiy geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innavatsion salohiyat va boshqa ko'pgina omillar bilan izohlanadi. Bugungi kunda iqtisodiyoti jadal rivojlanib kelayotgan Andijon viloyati 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km kv. Aholisi 2023-yil 1-aprel holatiga ko'ra 3338200 viloyatlar orasida 4-orinni egallaydi. Andijon viloyati 14 ta tuman, 2 ta shaharni o'z tarkibiga oladi. 14 ta tuman sanoatning yoki qishloq xo'jaligining u yoki bu sohasiga iqtisoslashgan. 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda 830 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, jami sanoat korxonalari 9798 taga yetdi. 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 35945.3 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o'sishi suratlari 124.8%ni tashkil etdi.Eng yuqori o'sish suratlari Asaka (154,3%), va Paxtobod (135,3%) tumanlarida qayd etilgan bo'lsa, Baliqchi (95,1%), Ulug'nor (96,7%), Izboskan (98,5%) tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021-yilning mos dacriga nisbatan kam bo'ldi. Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 70,8% I Asaka tumani (22%), va Andijon (15,2%) hissasiga to'g'ri keladi.YAHM tarkibida sanoat ulushi 23,5% ni tashkil etib, 2021-yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 3,8 punktga o'sgan. Andijon viloyatida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulatlari hajmi 10962.7 ming so'mni tashkil etib, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish taqsimlanishi bo'yicha yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Asaka tumani (58.289 ming so'm ), Xonobod (38.338.1 ming so'm ) va Andijon (11834.0 ming so'm) shaharlarida o'rtacha viloyat darajasi ko'rsatkichidan (9988.7 ming so'm) yuqoriligini ko'rsatmoqda.Viloyat bo'yicha aholi jon boshiga
istemol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 8231.8 ming so'm bo'lgan holda, Asaka tumanida 56444.4ming so'mni, Xo'jaobod tumanida 12076.1 ming so'mni, Andijon shahrida 3026.6 ming so'mni Xonobod shahrida 9827.0 ming so'mni tashkil etdi. Andijon viloyati sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigon sanoat hissasiga (97.6%) to'g'ri kelgan bo'lsa, tog'- kon sanoati ulushi-0,5%, elektr taminoti, gaz, bug' yetkazib berish va sun'iy iqlim hosil qilish ulushi-1,7%, suv ta'minoti, oqava suv, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish -0,2% ni tashkil etadi.Viloyat ishlab chiqaradigon sanoat tarkibidagi avtotransport vositalari, treyler va yarim pritseplar ishlab chiqarish (64%), to'qimachilik mahsulatlari ishlab chiqarish (11%), kiyim ishlab chiqarish (10%) va oziq-ovqat mahsulatlari ishlab chiqarish (6%) yo'nalishlari eng yuqori ulushga ega.
Andijon viloyati va tumanlarining ixtisoslashuvi, o'sish qutblari quyidagi
klassifikatsiya bo'yicha
-Andijon viloyati: Mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektr energiya, yengil, oziq-ovqat sanoatlari.
-Asaka tumani: Mashinasozlik, avtomobilsozlik, qurilish sanoati, yengil, oziq-ovqat sanoatlari.
-Shahrixon tumani: Qishloq xo'jaligi, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati.
-Marhamat tumani: Elektrotexnika, qurilish sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoatlari.
-Xo'jobodtumani: Qishloq xo'jaligi( chorvachilik, bog'dorchilik, donchilik), qurilish materiallari sanoati.
-Buloqboshi tumani: Qishloq xo'jaligi( paxtachilik, bog'dorchilik), yengil sanoat( poyabzalchilik), qurilish sanoati.
-Paxtobod tumani: Qishloq xo'jaligi( g'allachilik, chorvachilik, paxtachilik).
-Baliqchi tumani: Qishloq xo'jaligi (paxtachilik, g'allachilik, baliqchilik), yengil sanoat, oziq- ovqat.
-Bo'ston tumani: Yengil sanoat, qishloq xo'jaligi(sabzavotchilik, donchilik, paxtachilik).
-Izboskan tumani: Yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo'jaligi( paxtachilik, donchilik).
-Jalaquduq tumani: Qishloq xo'jaligi (sholichilik), yengil sanoat ( tikuvchilik, to'qimachilik, pyabzalchilik), oziq- ovqat sanoati.
-Oltinko'l tumani: Mebel sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati.
-Qo'rg'ontepa tumani: Qishloq xo'jaligi, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati.
-Ulug'nor tumani: Qishloq xo'jaligi (paxtachilik, polizchilik, pillachilik).
Xulosa va takliflar: Ushbu maqolada shuni xulosa qilish mumkinki har bir viloyat xususan Andijon viloyatidagi o'sish mintaqalari sonini oshirish chora tadbirlarni amalda joriy qilish, viloyat iqtisodiyotini yildan yilga oshirish lozim ekanligi muhum masala. Birinchi navbatda qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan
tumanlar: Paxtaobod, Ulug'nor, Jalaquduq, Qo'rg'ontepa, Bo'ston singari hududlarda xomashyodan tayyor eksportga yaroqli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari qurilishi bilan Andijon viloyati iqtisodiyoti yanada rivojlanadi. Yuqorida qayd qilingan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan tumanlarda ham sanoat tarmoqlari jumladan: yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati kabi tarmoqlarni rivojlantirish bilan tumanlar orasidagi tafovut kamayishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
l.Iqtisodiy (tarmoqlari va sohalari bo'yicha) bakalavriat ta'lim yo'nalishining
malaka talablari''TOSHKENT .„2023.
2.,,Iqtisodiy o'sish'' M.A. Mamatov. Toshkent-2021.
3. Солиев А., Назаров М., Курбонов Ш. Узбекистон худудлари ижтимоий-щтисодий ривожланиши. - Т.: «MUMTOZ SO'Z», 2010.
4. Солиев А. Икгисодий география: назария, методика ва амалиёт.- Т.: Камалак, 2013.
5.O'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. P.Musayev. J. Musayev.Toshkent-2019.