O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-101-105
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
AMIRIYNING NAVOIYGA MUXAMMASI
Dilmurod Asqarov
O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Amiriyning ustoz salafi Alisher Navoiy g'azaliga bog'lagan muxammasi tahlil qilingan. Navoiy boshlab bergan an'ana munosib davom ettirganligi, badiiyati, qofiyasi, vazni yuzasidan fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: muxammas, taxmis, an'ana, adabiy meros, ishq, qofiya, mavzu,
vazn.
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируется интерпретация Амири газели его предшественника Алишера Навои. Возникли мысли о достойном продолжении традиции, заложенной Навои, его артистизме, рифме и ритме.
Ключевые слова: мухаммас, тахмис, традиция, литературное наследие, любовь, рифма, тема, ритм.
ABSTRACT
In this article, Amiri's interpretation of the ghazal of his predecessor Alisher Navoi is analyzed. Thoughts were made on the worthy continuation of the tradition started by Navoi, his artistry, rhyme and rhythm.
Keywords: muhammas, takhmis, tradition, literary heritage, love, rhyme, theme, rhythm.
Ma'lumki, muxammas Sharq mumtoz adabiyotining yetakchi she'riy shakllaridan biridir. Ayniqsa, XVIII-XIX asrlar o'zbek she'riyatida muxammasnavislik ancha rivojlangan. Shoirlar o'zlariga ustoz deb bilgan salaflarning badiiy jihatdan yuksak g'azallariga muxammaslar bog'laganlar. Ayniqsa, Xiva va Qo'qon adabiy muhitlarida muxammasnavislikka alohida e'tibor berildi. Muxammaslardan iborat maxsus bayozlar tuzilib, to'plamlar tartib berildi. Adabiyotshunos Y.Is'hoqov ta'biri bilan aytganda, muxammas o'zbek adabiyotida "g'azaldan keyin eng ko'p yaratilgan lirik janr"dir. [3.127] Qaysi bir shoirning devonini qo'lingizga olmang, uning o'tmish va zamondosh so'z san'atkorlarining o'zini ta'sirlantirgan va
8-fevral
101
ilhomlantirgan g'azallariga bog'lagan qator taxmislariga duch kelasiz. Bu dalillar muxammasnavislikning taraqqiyot darajasidan dalolat beradi.
Amiriy ijodi Navoiyning ta'sirisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Amiriyning, ayniqsa, mutafakkir shoir Navoiy g'azallariga bog'lagan muxammaslarida bu ko'zga yaqqol tashlanadi. Amiriy muxammas bog'lanayotgan g'azalning vazn, g'oya, mazmun unsurlari bilan birga obrazlar tizimini ham munosib rivojlantira olgan. Jumladan:
Sahldur to'bo demak, ra'no niholingni ko'rub, Yoki jannat bog'i gulzori jamolingni ko'rub. [2.39] misrasi bilan boshlanadigan g'azalni badiiy tasvir va ifoda usuli jihatidan munosib davom ettirgan. To'qqiz baytli mazkur g'azalni Amiriy to'qqiz bandli muxammasga aylantirgan. Muxammasning dastlabki bandi ma'shuqa go'zalliginig beqiyos tasviri bilan boshlanadi:
Tushdi savdolar boshimg'a, xattu xolingni ko'rib, Vola o'ldum, gisuyi sumbulmisolingni ko'rub, Sonuram xuldi barin, ruxsori olingni ko'rub, Sahldur to'bo demak, ra'no niholingni ko'rub, Yoki jannat bog'i gulzori jamolingni ko'rub. [1.366]
Oshiq ma'shuqaning qora xolini ko'rgach, boshiga turli savdolar tushdi, ya'ni qora kunlari boshlandi. Sunbulmisol o'rilgan sochlariga nazar tashlaganda esa hayronu lol bo'lib qoldi. Ma'shuqaning qip-qizil yonog'i misoli jannat, go'zal qaddi-qomati esa jannat bog'idagi gulzor, oshiq uning yorqin jamolini ko'rganida jannatning eng oliy joyi (to'bo) deb bilishiga shak-shubha yo'q. Ma'shuqaning go'zalligini ko'rsatib berish maqsadida ijodkor tashbehi kinoyat san'atidan mohirona foydalangan. Navoiy yorning sarvdek qaddi va gulgun yuzini ta'riflasa, Amiriy ustozining fikrlarini to'ldirgan holda, mana shu go'zallikka zeb berib turgan qora xolini, shahlo ko'zini, sunbul sochini, qizil yonog'ini ham keltirib o'tadi. Umuman olganda, Amiriy kitobxon ko'z oldida jabr-sitamlardan aftodahol oshiq qiyofasini gavdalantiradi. Muxammasda radif sifatida tanlangan "ko'rib" so'zi ham hamma ishga bir qiyo boqish - Yaratganning tajalliysi sabab ekaniga ishora qilgan. Ey malaksiymo nigorim, ko'rsatib oydek jamol, Ko'zgudek hayron etib, qildi tilimni gungu lol, Ruhparvar la'ling uzra to namoyon o'ldi xol, Ravzada kavsar qirog'inda xayol ettim Bilol, Yuz aro lab, lab uza shabrang xolingni ko'rub. [1.366]
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-101-105
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
8-fevral
Go'zal yorning ta'rif-u tavsifi davom etar ekan, lirik qahramon - oshiq uning bir qiyo boqishidan ko'zgudagi aksdek holga tushib, lom-mim deyolmay qolgani aytiladi. Keyingi misrada esa ruhga jon bag'ishlab, uni tiriltiruvchi lablari ustidagi xoli ham bu ishning sababchisi sifatida ko'rsatiladi. Msrada Amiriy tashbeh san'atidan mohirona foydalangan. Navoiy yorning oppoq, chiroyli yuzida labi, labi ustidagi qora xoli go'zalligini ta'riflab, fikrning jonli ifodasi uchun jannatdagi kavsar bulog'i, uning qirg'og'ida esa Bilol turganini aytadi - favqulodda go'zal o'xshatish qiladi. Bilolning habash ekanligi yor labi ustidagi shabrang xoliga, kavsar suvining tiniqligi uning yuziga qiyoslangan.
Hasratingdan har qachonkim ko'zlarimdin chiqti yosh, Yoshlig'idin el aro pinhon g'amimni etti fosh, Charxdin yuz o'gurub, qo'ydi ayoging uzra bosh, Sog'inur, oshiqligingga ro'baro' kelmish quyosh, Ko'zguda mashshota har soat misolingni ko'rub. [1.366] Ishq dardidan hasrat chekib, har vaqt oshiq ko'zlaridan yosh to'kiladi. Ko'z yoshlari oshiqning pinhona muhabbatini el-ulusga fosh qiladi. Shoirning qofiya hamda ilmi bade' san'tining mukammal bilimdoni ekani uning so'z tanlash mahoratida ham yaqqol ko'rinib turibdi. Bandda tasbe, tazod, tashbeh san'atlari fikrni ta'sirchan ifoda etishga yordam bergan.
Nargising sha'nidadur, ey sho'x, afsun aylamak, Ul sitamgarga ko'ngul naqdini topshurmak kerak, Ko'rmadi bu gulshan ichra naxl qaddingdek falak, Sarvdin qumri, ne tong, ram qilsa to'bodin malak, Jilvayi had holatida e'tidolingni ko'rub. [1.366]
Ma'shuqaning ko'zlari haqida gap ketganda uning sho'xligi, afsun qiladigan sehrgar ekanligi, nargis guliga monandligi yodga olinadi. Yor jabr qiluvchi -sitamgar, shu sitamgarga oshiq o'z ko'nglini topshirgan. Inson ko'ngli Alloh yodi bilan mashg'ul bo'lgandagina haqiqiy ishqqa loyiq bo'lad oladi. Mumtoz adabiyotda yor qaddi sarvga mengzalishi ayon. Amiriy ma'shuqasi qaddini yosh niholga o'xshatib, badiiy tasvirni yanada boyitgan. Navoiy yorning qaddini jannatdagi tik daraxtga qiyoslar ekan, bunday malakni ko'rsa qumri o'zi oshiq bo'lgan sarvdan yuz o'girishini aytadi. Amiriy so'z qo'llashda salaflari bilan tenglasha olishini g'azallarida, muxammaslarida aniq ko'rishimiz mumkin. Bandda yorning ko'zlari va qomati haqida so'z borganda Amiriy nargis, sho'x, afsun so'zlarini bir misraga tizadi - mutanosiblik yuzaga keladi.
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-101-105
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
Moni' o'ldi yoshima, vasling tarahhum ayladi,
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
^0:10.24412/2181-1385-2023-1-101-^
Shomi hijrondin quyoshdek rafi anjum ayladi, Gah itobi noz aylab, gah tabassum ayladi, Nargising afsun, gulbarging takallum ayladi, Aqli kul topti firib, ul makri oliyni korub.[ 1.366]
Amiriy tazod san'ati vositasida fikrni jonlantira olgan. Hijron shomi qorong'ulikka qarab harakat qilar ekan, yorning quyoshdek yuzi oshiqning qorong'u kechasini yoritadi. Ma'shuqaning kayfiyati o'zgaruvchan: goh ta'na qiladi, goh tabassum bilan yoriga iltifot ko'rsatadi.
Necha izhor aylar ul bebok jabru kiyn mango, Qolmadi bedodidin toqat bila tamkin mango, Bermadi hargiz surur ayomi ham taskin mango, Elga ishratdur yangi oy ko'rsalar, lekin mango, Yuzlanur oshuftalig' mushkin hilolingni ko'rub. [1.367] Go'zal mahbuba oshiqning shuncha ishqi izhorini eshitib ham jabrini tindirmaydi. Oshiqda bu sitamlar sababidan toqat ham, sabr ham qolmaydi. Ma'shuqa bazm uyushtirib, bunga oshiqni taklif qilsa ham, lirik qahramonning dardli ko'ngliga bu bazmu jamshid surur bermaydi. Mazkur muxammasda Amiriy ba'zi bandlardagina radifdan foydalangan. Mango radifi orqali oshiqning yor jabru sitamlariga iltifoti ham ifodalangan.
May quyoshi topti to miyno sipehridin zavol, Rindlarg'a qolmadi maysiz madori qiylu qol , Baski cho'q maxmurlikdur boisi huznu malol, Netting, ey soqiyki, o'zdin bordim andoqki zulol, Olib ichmasdin burun jomi zulolingni ko'rub. [1.367]
Mazkur bandda may, rind, soqiy, jom timsollarining qo'llanishi unda ilohiy ishq mavzusi bayon qilinganiga ishoradir. Adabiyotshunos M.Asadov [4.352] o'z tadqiqotlarida ushbu obraz va timsollarning mazmun-mohiyatiga atroflicha to'xtalib o'tgan. Mumtoz adabiyotda may ilohiy ishq ifodasi hamdir. May Haq jamolining bir timsoli. Ishq mayining jomga kuyilishi, uning tiniqligi va tozaligi Haqqa bo'lgan chin oshiqlikning belgisi. Rind obrazini keltirish orqali ishq va ishqqa tashnalik, visoldan umidvorlik kayfiyati poetik ifoda etilgan.
Ey ko'ngul, ishq ichra xush tut o'zni yuz ishrat ila, Bevafolig' gar ko'rarsan, qilma olamdin gila, Zulmlar chekding Amiri husndin, vaslin tila, Sudra ul yon, ey Navoiy, o'zni muhlik za'f ila, Shoyad etgay rahm ul qotil, bu holingni ko'rub. [1.367]
8-fevral
104
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-101-105
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
Ko'rinadiki, so'ngi bandda shoir ishq maskani - ko'ngilga murojaat qilib, yuz ishrat bilan ishqdan sarmast bo'lishini, agar bevafolik ko'radigan bo'lsa, olamdan gina qilmasligini nido san'ati vositasida bayon etadi.
Xullas, Amiriy ustoziga munosib izdosh. Buni yuqorida tahlili keltirilgan muxammas ham tasdiqlaydi. Amiriy muxammaslarini o'rgnish esa an'ana va izdoshlik masalalari bilan birga, shoirning badiiy mahorati, ijodini ichdan nurlantirib turgan asl haqiqatlar mohiyatni teran tushunishga ham yo'l ochadi.
REFERENCES
1. Amiriy. Devon. I. O'zbekcha she'rlar / Nashrga tayyorlovchilar: A.Madaminov, E.Ochilov, Z.Qobilova, O.Davlatov.-Toshkent:Tamaddun, 2017. 464 b.
2. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами. 20 томлик. 6-жилд. Фавойид ул-кибар. Фан, 1990. Б.39
3. Исхщрв Ё. Суз санъати сузлиги. - Т.: Узбекистон, 2014, - Б. 127.
4. М.Асадов. Сокийнома: тарих ва поэтика. Т.: Тафаккур, 2020. Б.352
5. Dilmurod Asqarov. Mukhammas form in the lyrics of Uvaysi. International journal of research in commerce, it, engineering and social sciences ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876. 5-9.
6. Dilmurod Askarov. (2022). IN PARTICULAR OF AMIRY'S COMPOSITION OF NAVAI'S GHAZAL. European Scholar Journal, 3(12), 34-36. Retrieved from https://scholarzest.com/index.php/esj/article/view/3040