O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-163-167
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
ALISHER NAVOIY IJODIDA NUR TIMSOLI TALQINI
Elnura G'aybulloyevna Qurbonova
O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi, filologiya
fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) elnura. qurbonova@mail .ru
ANNOTATSIYA
Maqolada Qur'on va hadislarda ko'p uchraydigan nur atamasi va uning tasavvuf adabiyotiga kirib kelishi haqida qarashlar bayon qilingan hamda Ahmad Yassaviy va Alisher Navoiy ijodida nurning timsol o'laroq ifodalanishi xususida fikr-mulohazalar bildirilib, turli diniy-tasavvufiy manbalar orqali asoslangan.
Kalit so'zlar: Qur'on, hadis, nur, tasavvuf she'riyati, timsol, nafs, ruhiy poklik.
АННОТАЦИЯ
В статье описываются взгляды на понятие света, часто встречающееся в Коране и хадисах, и его введение в суфизмскую литературу, а также комментарии к репрезентации света как символа в произведениях Ахмеда Яссави и Алишера Навои, основанные на по различным религиозно-мистическим источникам.
Ключевые слова: Коран, хадис, свет, суфизм, поэзия, символ, самость, духовная чистота.
ABSTRACT
The article examines the term light, which is often found in the Qur'an and hadis, and its introduction into Sufism literature. Opinions about the representation of light as a symbol in the works of Ahmad Yassavi and Alisher Navoi were expressed and proved based on various religious and mystical sources.
Keywords: Qur'an, hadith, light, Sufism poetry, symbol, soul, spiritual purity.
Turli lug'atlar, ilmiy istiloh va tasavvufiy manbalarda nur "yorug'lik", "yog'du", "ziyo", "oydinlatish" ma'nolarini anglatishi ta'kidlangan [10.244-245]. Mutasavviflar nurni ikkiga bo'lib, quyosh va oy nuri - dunyoviy; qalb ko'zi vositasida idrok etilgan nur uhroviydir, deydilar [12.243]. Inson borliq olamni ko'rishi uchun quyosh va oy kabi dunyoviy nurga
8-fevral
163
muhtoj bo'lsa, narsalar haqiqatini anglashi uchun esa Alloh nuriga muhtojdir.
Qur'on oyatlari va hadislarda bunga ishora qiluvchi o'rinlar ko„p uchraydi (Baqara/257; Moida/15, 16, 44, 46; An'om/91; Tavba/32; Nur/35; Niso/174; Yunus/5; Ibrohim/1; Hadid/9; Sooff/8; Tag'obun/8). Jumladan, Nur surasining 35-oyatida: "Alloh osmonlar va erning nuridir", deya marhamat qilinsa, Moida surasining 15-oyatida "Batahqiq, sizlarga Allohdan nur va oydin Kitob keldi", deyilgan.
Qur'oni karim, Hadisi sharifda nur so'zi Alloh taolo, Muhammad (s.a.v.), Qur'on, islom, hidoyat, insonlarni zulmatlardan yorug'likka olib chiquvchi iymon, Haqqa olib boruvchi yo'l, oydinlik, ilohiy tajalli ma'nolarida qo'llanilib, to'g'ri yo'ldan adashgan va zulmatlarda sarson-sargardon yurganlarga haq bilan botilni farqlash ma'nolarida qo'llanilgan. Nurning ziddi o'laroq esa zulmat ifodalangan.
Imom Buxoriy, imom Muslim va imom Termiziy rivoyat qilgan bir qator hadislarda ham nur haqida bayon qilingan. Xususan, Abu Zarr (r.a.)dan rivoyat qilgan hadisda Muhammad (s.a.v.)dan Meroj kechasida "Robbingizni ko'rdingizmi?", deb so'rashganida "U Zotni qanday ko'ray? Ko'rganim nur edi", deganlar. Boshqa bir hadisda "Uni bir nur o'laroq ko'rdim", deydilar [2.672]. Imom Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda esa "Allohim, hamd Senga xos, Sen osmonlar-u yerning nurisan", deganlari aytiladi [3.672]. Nabiy (s.a.v.) "Allohim, qalbimga, ko'zimga, qulog'imga, o'ngimga, so'limga, ustimga, ostimga, orqamga nur ber va nurimni orttir", deya duo qilgani ham hadislarda ko'p uchraydi.
Allohning Asmaul Husnalaridan biri aynan Nurdir. Chunki nur Undandir, zero butun borliq va shu borliqni o'zida aks ettirgan inson botini ham shu nur sabab oydinlikka, hidoyatga erishadi. Haq talabida bo'lgan solik qalbining Ilhomiy (laduniy) ilmga to'lishi esa uning ma'naviy nurga erishganini ko'rsatadi.
Qur'on va hadislarda kelgan nur lafzi keyinchalik tasavvuf she'riyatida irfoniy istiloh hamda timsolga aylandi. Mumtoz she'riyatda ilgari surilgan tushunchalar turli obraz va timsollar yordamida aks ettirilgani ma'lum. Mutasavvif shoirlar fikrlarini ta'sirchan ifodalash maqsadida ramz va majozlarga tayanishgan. Xususan, hazrat Navoiy ijodiyotidagi timsollar haqida gapirganda nurni ham chetlab o'tib bo'lmaydi. Zero, Nur so'fiyona she'riyatda markaziy o'rin egallaydi. Shu bilan birga tasavvufiy qarashlarda bir-biriga uyg'un jihatlar mavjud. Xususan, Turk piri hikmatlarida nur istilohiga alohida ahamiyat qaratib:
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-163-167
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
Diydor ko „ray degan oshiq bedor bo „lur, Yursa-tursa, yotsa-qo „bsa zikrin aytur, Ich-u toshi andoq qulni nurga to'lur,
8-fevrall ©
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
^0:10.24412/2181-1385^
Alloh nurin andoq qulga sochar, do „stlar [6.44].
Nur - Haqqa olib boruvchi yo'ldir. Haq va botil ilohiy fayz orqali farqlanadi. Haq yo'lidan adashganlar va ilohiy nurdan benasiblar zulmat ichida sargardon yuradilar. "Devoni hikmat"da nur istilohining ifodalanishini tadqiq qilgan turk olimasi Hamida Ulpunarga ko'ra, Yassaviy hikmatlarida nurni Alloh, Muhammad (s.a.v.), imon, ko'ngil va ko'z nuri ma'nosida qo'llagan [11.261-276]. Fikrimizcha, sulton ul-orifin hikmatlarda nur so'zini yanada kengroq ma'noda ifodalagan. Jumladan, "Alloh dedim, ichim-tashim nurga to „ldi", "Hikmat ayt! - deb, boshlarimga nur sochildi", "Pir qo „lidan may ichgon Xaq nuriga botti-yo ", "Alloh deya ichga nurni to „Idurmasang, Valloh-billoh sanda ishqni nishoni yo „q", deydi. Yassaviy nazdida, "Chin oshiqlar kuygan sari purnur" bo'ladi. Mazkur misralar mazmunidan anglashiladiki, hikmatlardagi nur - irfoniy ilm, ma'rifat, ishq, solik qalbini yorituvchi ilohiy nur, diydor (nuri tajalliy) ma'nolarini ham anglatgan. Bu haqida L.Lavant shunday deydi: "Ilohiy ilhom va nur - "Haq nuri" tufayli so'fiyning qalbi oydinlanadi, tili haqiqat va hikmat aytish quvvatiga ega bo'ladi" [9.169].
Ta'kidlash joizki, "nur" Alisher Navoiy ijodida o'ziga xos rang-baranglik kasb etish bilan birga, shoirning so'fiyona qarashlarini obrazli tarzda, mahorat bilan ifodalashga ham xizmat qilgan:
Zulfi zunnorig „a chirmang „an uzorin ochti yor, Zulmati kufr ichra elga nuri imondur davo [4.27].
Navoiy mazkur o'rinda yorning zunnor kabi qora zulfini zulmat va kufrga, yuzini esa iymon nuriga qiyoslar ekan, yor qora zulfiga chirmangan yuzini ochganda, zulmatlarda sarson-sargardon yurgan, kufr botqog'iga botgan oshiqlarga iymon nuri davo ekanini ta'kidlaydi. Yor yuzi - oshiq intiladigan nur manbai bo'lgani bois, soch uni to'sganda oshiq bundan ranjiydi, ya'ni zulmat ichida qoladi. Ilohiy nurning hadsiz yorug'ligi, visol behudligidan huzurlanish va bu nurni aql hamda tafakkur bilan emas, qalb ko'zi bilan ko'rish, Mutlaq Ruh tajallisidan bahramand bo'lish va Unga intilish Haq oshiqlarining bosh matlabidir. Bu xususda Suhrovardiy "Ey Qayyum! Bizni nur ila qo'lla. Bizni nurda sobit qil. Bizni nurda jamla. Eng yuksak g'oyamiz Sening rizong bo'lsin. Eng oliy maqsadimiz Senga qovushmoq bo'lsin", deydi [7.263].
Yaratgan zulmatdagi olamni quyosh, oy va yulduzlar bilan, qalblarni esa O'z tajallisi va iymon nuri bilan munavvar qiladi. Mutasavviflarning fikricha, Alloh "Nur ul-anvor" - "Nurlarning nuri"dir. Borliq olam Uning nuri vositasida mavjud. N.Komilovga ko'ra, olam azaliy va abadiy yagona ruhning o'z-o'zini sevib, o'z jamolini tomosha qilish istagidan paydo bo'lgan ko'zgudir. Birlamchi qudrat porlashidan taralgan nur bu ko'zguda
8-fevral
165
aks etadi, ya'ni moddiy dunyodagi jamiki mavjudot va mahluqot - zarradan quyoshgacha, yer-u ko'k, sobit-u sayyora shu nur bilan yoritiladi, shu nur tufayli harakatlanadi, muayyan uyg'unlik ichra rivojlanib turadi [8.159]. Qur'on tafsirchilarining yozishicha, qiyomatda mahshargoh Allohning nuri bilan oydinlanadi. Zumar surasining 69-oyatida "Va yer Robbi nuri ila yorishdi", deya marhamat qilinadi. Buni turk piri shunday ifodalaydi:
Qiyomatning oftobi tushka kelgay, Xaq bandasin nomalarin qo „Iga bergay, Andin so „ngra Haq nuridin olam to „lg „ay, Bir-bir so „rab, jazolarin berar ermish [6.82].
Suluk ahli Haqni izlar ekan, botin kulfati va illatlaridan qutilish va ruh latifligi-yu kamoliga erishishni maqsad qiladilar. Zero, nafs Haq vasli talabgorining ma'naviy yo'lchiligidagi ayovsiz dushmanidir. Inson faqat dunyo tashvishlari bilan bog'lansa, u Ilohiy nurdan bebahra qoladi. Hazrat Navoiy bir o'rinda ruhni nurga qiyoslarkan, shunday deydi:
Ruh ul nurdururkim, Haq anga bermish avj,
Nafs zulmatqa qolib, qilmish anga poya hubut [4.198].
Ko'ngilni dog' qiluvchi dunyoviy xirs-u havas g'uboridan qutila olmagan, borliqni zohir ko'zi bilan ko'radigan hamda munosabatda bo'ladiganlarga qarata: Chu Haq nuri yuzungda zohir o „ldi, bebasar ulkim, Haqiqat rasmi bor erkanda ishqingni majoz etkay, deydi [4.447]. Inson borliqni ko'rishi uchun quyosh nuriga muhtoj bo'lgani kabi, aqlning ham narsalar haqiqatini anglashi uchun Haq nuriga mujtojdir. Navoiy nazdida: Ruh anglab jabhasidin nuri taqvo lam'asin, Aql topib zotidin ilmu saodat savlatin [4.489].
Bir qator manbalarda ta'kidlanishicha, Alloh butun borliqni yaratishdan oldin Muhammad (s.a.v.) nuri - Nuri Muhammadiyni yaratgan. Bu nur abadiy va so'ngsiz bo'lgani uchun butun koinot u zotning vafotidan keyin ham shu nur sabab o'z mavjudligida davom etadi. Alloh taolo "yer-u ko'kni sen uchun yaratdim", deydi qudsiy hadislardan birida. Buni oriflar sultoni hikmatlarida "Nuri Xudo, do „sti Xudo, Haq Mustafo", deya ta'riflaydi. Bu holatni mutasavvif shoir Alisher Navoiy Xamsaning avvalgi Na't qismida shunday izohlaydi:
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-163-167
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
Ey qilibon lam 'ai nurung zuhur, Andaki ne soya bor erdi, ne nur. Nurungga tob ikki jahondin burun, Har ne yo „q andin burun, andin burun.
8-fevrall ©
Ayladi chun odami xokiy zuhur, Soldi anga partavin ul pok nur. Nur dema, boriqai sarmadiy, Boriqayo „q, sha'shai Ahmadiy [5.29-30]. Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy ijodida ilm, ma'rifat, Haq va botilni farqlovchi ilohiy fayz ma'nolarini anglatgan nur tasviri vositasida azaliy Zot tajallisi nuridan bebahra qolmaslikka undalgan.
REFERENCES
1. Qur'oni karim. O'zbekcha izohli tarjima / Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur. - Bishkek, 2001. - 768 b.
2. Oltin silsila. Sahihi Muslim. 1-juz. Iymon kitobi. 77-bob. 352, 353 hadis. - T.: Hilol nashr, 2019. - 672 b.
3. Oltin silsila. Sahihul Buxoriy. 2-juz. 19. Tahajjud kitobi. 1-bob. 4727 hadis. - T.: Hilol nashr, 2019. - 672 b.
4. Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik, 7-tom. Hayrat ul-abror. - T.: Fan, 1991. - 29-30 b
5. Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik, 5-tom. Xazoyin ul-maoniy. - T.: Fan, 1990. -27, 198 b
6. A.Yassaviy, S.Boqirg'oniy. Hikmatlar kulliyoti. - T.: O'zbekiston, 2011. - 464 b
7. Ethem Cebecioglu. Tasavvuf terimleri ve deyimleri sözlügü. Nur // www.turklib.com
8. N.Komilov. Ma'nolar olamiga safar. Alisher Navoiy g'azallariga sharxlar. - T.: Tamaddun, 2012. -159 b
9. Lamia Levent Abul. Ahmed Yesevi'nin Divan-I Hikmet'inde Sembolik Dil. Diyanet Ilmi Dergi, Cilt:53, Sayi:1. 2017. - S. 169.
10. Nur. Süleyman Uludag. TDV islam Ansiklopedisi, Istanbul. 2007, c.33. - S. 244245; Ömer Qelik. Kur'an-i Kerim'de Nur Kavrami MÜ ilahiyat Fakültesi Dergisi, Sayi: 16-17; 1998-1999. - S. 123-171
11. Hamide Ulupinar. Ahmed Yesevi'nin Divan-i Hikmet'inde Nur Kavrami. International Periodical for the Languages, Literature and History of Turkish or Turkic. Volume 12/20. - P.261-276.
12. Ömer Qelik. Kur'an-i Kerim'de Nur Kavrami MÜ ilahiyat Fakültesi Dergisi, Sayi: 16-17; 1998-1999. - S. 126; Bekir Topaloglu.Nur. TDV islam Ansiklopedisi, istanbul. 2007, c.33. - S. 243.
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-163-167
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
8-fevral