>q )> d )> :>
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
AMIR TEMUR DIPLOMATIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA
BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
I )> •:>
Oxunov Abdulla
J > | > ;
Bag'dod tumani 53-maktab tarix fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6696675
' t
1> tvC
Annotatsiya: ushbu maqola Amir Temur diplomatiyasining o'ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi ahamiyati haqida yozilgan bo'lib, unda Amir Temur siyosati chet davlatlar bilan olib borilgan aloqalar va ular o'rtasidagi savdo haqida yozib borilgan.
Kalit so'zlar: diplomatiya, Eron, Ozarbayjon, savdo, elchilik, 8 mart elchilik, Boyazid Yildirim
*<3>
Dnf/>no rv o m Anl n rrl o tr»nml olro+l nrn-rrv nn rAOH t miifiAni\r irn KAnnAO firvnn I or
Barcha zamonlarda mamlakatlararo siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalar
>
bo'yicha o'zaro aloqalarning shakllanishi va rivojlanishida elchilik munosabatlari muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi globallashuv, davlatlararo siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning keskinlashuvi sharoitida ham mamlakatlarning o'zaro hamkorlik va
iw
m?
do'stona munosabatlarini ta'minlashning eng umume'tirof etilgan dastaklaridan biri o'zaro diplomatik aloqalarni rivojlantirish hisoblanadi. Elchilik aloqalarini rivojlantirishda mamlakatlararo munosabatlarning tarixan shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, o'tgan zamonlarda mavjud bo'lgan davlatlar, qirollik va amirliklarning muvaffaqqiyatli diplomatik munosabatlari, elchilarning tayinlanish, yuborilish va kutib olish tartiblari, ularning diplomatik faoliyati va ulkan
foîriKormi a ' rAnn 1 nil n m nl^n m 1 t rnfl 1 rlir \ /In nnl nn 1 « « rl n \r oflo nnltnn o+rvn Iti il^mt*An11
tajribasini o'rganish ham ahamiyatlidir. Masalan, juda katta saltanatga hukmronlik qilgan va o'z zamonining buyuk siyosat arbobi, mohir diplomat va sarkarda - Amir Temurning xalqaro munosabatlarda boshqa mamlakat vakillari bilan olib borgan diplomatik faoliyati hozirgi zamonda mavjud diplomatik tamoyillar, uslublar va odatlar bilan juda yaqin o'xshashlikka ega. Ushbu maqolada Amir Temur diplomatiyasining o'ziga xos xususiyatlari va uning bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilinadi.
O'rta asrlarda savdo bilan diplomatiya uyg'unlashib ketgan edi. Amir Temur "Buyuk ipak yo'li"ni nazorat qilib, xorijiy mamlakatlardan kelayotgan savdo karvonlari qatnovining xavfsizligini ta'minlashda rabotlar, qal'alar, ko'priklar qurish yo'lida muhim chora-tadbirlar ko'rdi va Sharq bilan G'arb o'rtasida savdo-sotiq va
elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g'oyat katta e'tibor berdi. U poytaxtga ketayotgan savdogar va elchilarning beto'xtov yurishi uchun sharoit yaratilishini talab nilarHi
yaratilishini talab qilardi.
I >;> >
>q ] q )> >
> j
>q )> d )> :>
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar
o'rtasidagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa
•m-4 j
qo'shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o'rnatdi. Tarixshunos S.R.Moralez "The Diplomat in Spain" gazetasining internet saytida chiqargan
maqolasida quyidagilarni bayon qilgan:
"O'zbek diplomatiyasi haqiqatdan chuqur tarixiy ildizga ega. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur davriga kelib, Yevropa davlatlari bilan hamkorlik aloqalari yanada rivojlana bordi. O'zbek xalqi bu yil Amir Temur tavalludining 679-yilligini nishonlamoqda. Temur kabi sohibqironning tug'ilishi nafaqat o'sha zaminda, balki butun Yevropa va Osiyo davlatlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida tub burilish sodir etdi" [3]
Amir Temur umrining ko'p qismini jangu jadallarda o'tkazdi. Yangi hududlarni
egallagan va o'lkalarni dushman tasarrufidan ozod qilganda, shu yerlarni obod qildi, shu bilan bir qatorda, dastavval kuch ishlatmasdan sulh tuzish yo'li bilan chora ko'rdi. Bu uning diplomatiyasidagi o'ziga xos xususiyat hisoblanadi. Nizolarni kuch
ishlatmasdan hal qilish hozirgi zamon diplomatik munosabatlarining asosiy tamoyili hamdir. Islom Karimov ham "elchilaming yutug'i urushni boshlamasidan turib uni yutishda" deb aytgan so'zlari Amir Temurning diplomatik hislatini namoyon qiladi. [1] Shu bilan bir qatorda, Amir Temur o'zining "Tuzuklari"da "qaysi ishni chora-yu
tadbir bilan bitirishning iloji bo'lsa, unda qilich ishlatmadim" degan so'zlari fikrimiz
.......
dalilidir. [4] L J
Bundan tashqari, qaysi mamlakatni zabt etgan bo'lsa, ularning odamlariga katta ehtirom ko'rsatdi va ular uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. U o'z "Tuzuklari"da shunday deb yozadi: "Qaysi mamlakatni zabt etgan bo'lsam, o'sha yerning obro'-e'tiborlik kishilarini aziz tutdim, sayidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyihlariga ta'zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurg'ol vazifalar in'om etib, maoshlarini belgiladim, o'sha viloyatning ulug'larini bo'lsa, o'z farzandlarimdek ko'rdim. Mazkur mamlakatlarning sipohlari uchun dargohim eshigi ochiq edi. J-jt Hammani qo'rquv va umid orasida saqladim" [4] Islom Karimov ham Amir Temurning bunday diplomatik hislatlari va mahoratini yuqori baholab, o'zining "O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" asarida u haqidagi bir rivoyatni misol keltirib, uning diplomatik qobiliyatini e'tirof etdi: "Amir Temur yarim jahonni
! K*
zabt etib, olis o'rmon qabilalariga borib yetibdi, xullas, ularni ham o'ziga bo'ysundiribdi. Qaysar va jangari, ozod va samimiy bu qabila boshlig'i chorasizlik tufayli Temurga qurollarini topshirar ekan, quyidagi gaplarni aytibdi: «Ey, Temur!
C___UJ___J _____1 1„.„1 • UJ1__________ „1JJ___ T~>J_____________ „1_____J___J„ 1___
Sen bizni qurol kuchi bilan yenga olding. Biroq senga aytadigan shartlarimiz bor.
-^OTIœr^- 52g > j
u>,* ^ t<ns
>q )> d )> :>
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
Agar sen qassob bo'lsang, bizni so'yib tashla, agar sen savdogar bo'lsang, sotib
_ - _
yubor, agar podsho bo'lib kelgan bo'lsang - bizga baxt ato et!" [2]
Diplomatik yo'l bilan o'z ta'sir doirasini kengaytirish usulini Amir Temur o'z faoliyatining ikkinchi bosqichi, ya'ni jahongirlik davrida ham keng qo'llagan. U ayniqsa, kichik hukmdorlarga jangu jadalga kirishmaslikni, yuqori hokimiyat sifatida uni tan olgan holda o'z yurtida avvalgidek hukmronlik qilaverishni tavsiya etgan.
Manbalardan ma'lumki, ko'p hollarda bu siyosat muvaffaqiyat qozongan.
Amir Temur diplomatiyasiga xos xususiyatlardan yana biri shuki, u raqiblariga
yozgan xatlarida odatda sharqona odob-axloq va asrlar mobaynida qaror topgan udumlardan chekinmagan.
Amir Temur boshqa hukmdorlarga elchilar yuborar ekan, ularga yuklatilgan vazifaning ahamiyatiga qarab o'z nomidan ish ko'ruvchi bunday odamlarning e'tiborli, el-yurt ichida tanilgan, aql va zakovatli bo'lishiga katta e'tibor bergan. Sohibqiron elchilarni tanlashda g'oyat ehtiyotkorlik ko'rsatgan, o'z a'yonlari ichidan eng sadoqatli, bilimdon va hushyor kimsalarnigina bu ishga loyiq ko'rgan.
Mamlakat bo'ylab shunday tartib o'rnatilgan ediki, elchilarni yo'lidagi shahar va qishloqlarning hokimlari kutib olar, aholi uylaridan gilamlar chiqarib joy solar, dasturxon yozib mehmonnavozlik ko'rsatar, tunash uchun munosib joy berar va
»
m?
yo'lida davom ettirish uchun ot-ulov bilan ta'minlashar edi. Agarda Amir Temur kimni biror yerga yuborsa yoki uning qoshiga kimdir kelayotgan bo'lsa, shu tarzda kutib olishardi va har kuni yangi ot bilan ta'minlashardi. Bu otlar aholi bor yerlarda ham, yo'q yerlarda ham amirning buyrug'iga ko'ra tayyor turardi, ularga qaraydigan
odamlar tayinlanardi. Aloqa tizimida o'rnatilgan bunday muntazam tartib nafaqat
, , , , .. ......... _ , ......
elchilarga qulay sharoit yaratdi, balki Amir Temur bepoyon mulklarining har
л1ла1/1лПГ11 rinn vnKor/i At* Кг» 4 lK +1 1 rn rrl 1
chekkasidan xabardor bo'lib turardi.
Amir Temur buyrug'i bilan Ispaniya elchilarining Xitoy elchisidan yuqori o'tqazilishi misolida bu davlatning tashqi siyosati yorqin ifoda topadi. Bu omil Amir Temurning yangi-yangi davlatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatishga katta ahamiyat berganini ko'rsatsa, Xitoy bilan aloqalarning tarangligini ham namoyish etar edi. Demak, elchilarni qabul qilish marosimini davlatlararo aloqalarning xarakteri aks etgan ko'zgu deb atasa ham bo'ladi. J-jt
Amir Temur o'zaro savdo aloqalarni yo'lga qo'yish uchun turli mamlakatlarga o'z elchilarini yuborar edi. U o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, va madaniy aloqalarni yo'lga qo'yish va rivojlantirishga qat'iyat bilan yondashdi. Masalan, u savdo aloqalarini yo'lga qo'yish uchun Xitoy imperiyasiga 8 marta o'z elchilarini yubordi. Uning saroyi turli davlatlardan kelgan elchilar bilan to'la edi. [5]
Amir Temur diplomatiyasida davlatlarning o'zaro xat almashinuvi muhim
ahamiyat kasb etar edi. Masalan, Amir Temur va Boyazid Yildirim o'rtasidagi xat
•__uu à______л 1 .....1 • и......i,
almashinuvlari o'ta keskinligi bilan ajralib turadi. Chunki ikki buyuk davlat
п駫
: * ^ * п>
WiW к/
>q )> q )> :>
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
arboblarining xatlarida o'zaro diplomatik muzokaralarni o'tkazish haqida emas, balki
ikki qudratli raqibning yakkama-yakka kuch sinashishga da'vatidan iborat bo'lgan. Xususan, Boyazid o'z xatida Amir Temurni zudlik bilan huzuriga yetib kelishini talab qilib, Sohibqiron sha'niga nomunosib so'zlarni aytgan. Amir Temur esa bunday haqoratomuz munosabatga qaramay, Boyazidning elchilarini yaxshi nasihatlar bilan tinch-omon qo'yib yuborgan. Amir Temurning Boyazidning haqoratlariga haqiqiy diplomat singari javob qaytarishi uning yozgan xatlaridan ham ma'lum edi: "Agar samimiy salomingiz va go'zal ifodalar aks etgan maktub yuborsangiz har ikki
j о о о j о
tomonda ham biraz iliqlik va huimat paydo bo'ladi. Aks holda, qalam^ o'z ishini qilichga topshiradi" [6]
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Amir Temurning diplomatiyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, diplomatiyaning Sharq madaniyati bilan uyg'unlashganidir. Undagi haг Ыг haгakat millatning an'ana, manfaat va qadriyatlariga binoan amalga oshirilgan. Hozirgi Sharq mamlakatlarida amalga oshirilayotgan diplomatik munosabatlarning Amir Temur diplomatiyasi bilan
o'xshashligini payqash qiyin emas. Elchiga ko'rsatilayotgan hurmatdan tortib, to xorijiy mamlakatlarning oddiy vakillariga ko'rsatiladigan ehtirom Sharq diplomatiyasi, ayniqsa, Amir Temur diplomatiyasining asosini tashkil etadi. Bu kabi
ïw -
xususiyatlar O'zbekistonning hozirda olib borayotgan, tinchlik va o'zaro hamkorlikni ilgari suruvchi, xavfsizlik va totuvlik kabi qadriyatlar bilan sug'orilgan hamda boshqa davlatlarning qarorlarini hurmat qilish, nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish kabi g'oyalarni o'zida mujassamlashtirgan diplomatik aloqalarining asosiy mezonlaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va kelajagi yo'lida xizmat - eng oliy saodatdir. - T: O'zbekiston, 2015. 300-301-betlar.
2. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - T: O'zbekiston, 2011. 13-bet.
3. Moralez S.R. Ruy González de Clavijo, un madrileño en el reino del Gran Tameñán. "The Diplomats in Spain" gazetasining internet sayti, 2015. Veb: http://thediplomatinspain.com/ruy-gonzalez-de-clavijo-un-madrileno-en-el-reino-
del-
gran-tamerlan/
4. A. Sog'uniy, H. Karomatov. Temur Tuzuklari. Forschadan tarjima. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.
5. Xo'jayev A. Buyuk ipak yo'li: munosabatlar va taqdirlar. - Toshkent: O'zME, 2010. 199-bet.
) к î ^ pW
6. Rahimboyev A. Amir Temur va Yildirim Boyazid orasidagi maktublashuv.
; >vb ы >
>q ] i )> >
a > i