Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
AMIR TEMUR DAVRIDA MARKAZLASHGAN BOSHQARUV
TIZIMINING SHAKLLARI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-5-2-1120-1129
Mamasaliyev Mirzoulug' Mirsaidovich
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Sohibqiron Amir Temur yaratgan buyuk davlatning axloqiy asoslarini ochib berishga bag'ishlangan. U o'sha davrdagi jamiyatni boshqarishda axloqiy mezonlarni va ularning siyosiy jihatlarini, ularning mazmunini, amalga oshirish tartib-taomillarini, ob 'ektiv maqsad va natijalarni oshkor etishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Sohibqiron, Davlat, Boshqaruv, Axloq, Siyosat, Hukmdor, Adolat, Ma 'rifatparvar.
FORMS OF CENTRALIZED MANAGEMENT SYSTEM IN THE ERA OF
AMIR TEMUR
The article is dedicated to revealing the moral foundations of the great state created by Amir Temur. It isaimed at revealing the moral criteria and their political aspects in the management of society at that time, their content, implementation procedures, objective goals and results.
Keywords: Sahibqiran, State, Administration, Morality, Politics, Ruler, Justice, Enlightened.
ФОРМЫ ЦЕНТРАЛИЗОВАННОЙ СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ В ЭПОХУ
Статья посвящена раскрытию нравственных основ великого государства, созданного Амиром Темуром. Она направлена на раскрытие нравственных критериев и их политических аспектов в управлении обществом того времени, их содержания, протседур реализатсии, объективных селей и резултатов.
Mamasaliev Mirzoulug Mirsaidovich
Karshi engineering-economics institute
ABSTRACT
АМИРА ТЕМУРА
Мамасалиев Мирзоулуг Мирсаидович
Каршинский инженерно-экономический институт
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ключевые слова: Сахибкиран, Государство, Администратсия, Морал, Политика, Правител, Справедливост, Просвещенный
Har qanday davlat o'z jamiyatining tarixiy, madaniy va axloqiy merosi negizlari asosida rivojlanadi. Bunday uyg'unlik xalqni o'z taraqqiyotida yangi bosqichlarga ko'taradi, uning istiqbol omillarini kengaytiradi. Jahonda taraqqiy etgan xalqlar tajribalari shuni ko'rsatmoqdaki, ular o'z ehtiyojlarini to'la qondirishga, farovon hayot kechirishga erishganlari, madaniy salohiyatlari yuksaklikka ko'tarilib borganlari sari o'zligini anglashga bo'lgan intilishlari kuchayib bormoqda.
Shu jihatdan, davlat boshqaruvini axloqiy munosabatlar asosida tashkil etish muammolari aslida bugun ham o'z dolzarbligini yo'qotgan emas. Ammo, "siyosat" va "axloq" o'rtasidagi mavjud nazariy qarashlarda asriy bahslar mavjud. Bu bahslar, avvalo, siyosatda axloqqa va u orqali adolatga erishish masalalarida namoyon bo'ladi. Masalan, hukmdor qanday qilib adolatga intilish asnosida jabr-zulmdan uzoq bo'lishi mumkin?! Odamlarning turli madaniy va moddiy manfaatlari axloq doirasida qay yo'sinda uyg'unlashtiriladi?! Jamiyatda, hokimiyatda darajalar, manfaatlar turli bo'lsa, qolaversa, axloq yoki uni qaror toptiruvchi vositalar ko'proq insonning madaniy salohiyati bilan bog'liq hodisa bo'lsa?! Siyosatda ularning adolatli va axloqiy yechimlari qanday tashkil etiladi?!
Aslida, masalaning xufiyona mohiyat - asosi shundaki, jamiyatda hukmdor tabaqalar egalik qilishi mumkin bo'lgan moddiy imkoniyatlardan kelib chiqib siyosatning axloqiy darajasini belgilab kelgan. Keyinchalik axloq ayrim tabaqa yoki guruh ulushlarining huquqiy ekanligini kafolatlovchi vositaga aylantirilgan. Bunday ijtimoiy Ya'ni, axloq o'z mohiyati asosida bo'lmay, ma'lum manfaatlar tamoyiliga qurilgan. Boshqacha aytganda, siyosat axloqqa emas, axloq siyosat xizmatiga bo'ysundirilgan sharoitda davlat boshqaruvida adolatning qaror topishi, albatta, mumkin bo'lmaydi. Axloq ham o'z o'rnida majburan tabaqalashtiriladi va jamiyatda kuchlar nisbatiga muvofiq moslashtiriladi. Shu o'rinda Amir Temur yaratgan milliy davlatchilik merosi bevosita bugungi davlatchiligimizning asoslarini yanada mustahkamlashga, ayni paytda, uni kengroq o'rganishga oldimizda turgan adolatparvar jamiyat qurish vazifalarimizni izchil va barqaror bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi.
METODLAR
Tadqiqot jarayonida qiyosiy taqqoslash, mantiqiy va abstrakt fikrlash usullaridan foydalanildi.
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jamiyatda hukmdor tabaqalar o'rtasidagi manfaatlar taqsimoti va ular muvozanatini to'g'ri taqsimlash nihoyatda murakkab vazifa, ayni paytda, ularni axloqiy nuqtada uyg'unlashtirish davlat rivojini belgilovchi muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bu borada Amir Temur yaratgan ta'limot o'z ibrati bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Shu o'rinda, Amir Temur qanday siyosiy vositalar asosida shu paytgacha Movaraunnahrda parokanda bo'lib kelgan hukumdor tabaqalarning manfaatini axloqqa va shu orqali o'z siyosiy maqsadi atrofida uyg'unlashtira oldi, degan savol tug'iladi?! Bunda, u, nega jamiyatni toifalashga e'tibor beradi va o'z faoliyatida ularga suyanadi?! Nega davlat boshqaruvida ularning mavqelari va darajalarini tizimiy tartibotini tashkil etishga katta ahamiyat beradi? Toifalarga nisbatan bunday yondashuvning davlat siyosatida, ayni paytda, adolatni qaror toptirishga qaratilgan muhim va bog'liq jihatlari nimada?! Bu boradagi siyosat va axloq o'rtasidagi tahliliy munozaralarimizni Amir Temur "Tuzuklari" asosida olib borishga harakat qilamiz.
Har qanday davrda va davlatda hukmdor tabaqaning mavjudligi tabiydir. Zero, xalq, millat, davlat borki, unga hukmronlik (egalik) qilish to'yg'usi bo'ladi. Hukmdor tabaqalar ma'lum mulkka va shu mulk orqali davlat siyosatida o'z nufuzi hamda ta'siriga ega toifalar hisoblanib, xalqning istiqbol taqdirini belgilaydi. Yana ham aniqroq qilib aytganda, ular yurtning egalari hisoblanadi. Bunday ijtimoiy tartibot aslida barcha xalqlarda o'xshash keladi. Undan chiqdi, hukumdor tabaqalar davlat yaxlitligi va istiqbolini belgilovchi shaxslar bo'lib, davlatda elu-ulus, urug'larning manfaatlari ifodachisi hamda himoyachisi sifatida namoyon bo'ladi. Shunday bo'lgach har qanday podshoh o'z siyosatini yurtning hukumdorlari irodasi asosida qurgan. Uning axloqiyligi ushbu munosabatlarning nechog'li darajada xalqchil ekanligi bilan belgilanadi.
Amir Temur shu paytgacha parokanda bo'lib kelgan turli manfaat va darajadagi hukmdorlarni yagona maqsad - qudratli davlat barpo etish g'oyasi atrofida birlashtirishga erishadi. Bunday g'oya ma'lum siyosiy tadbirlar izchilligi bilan amalga oshirilgan. Bu borada, u davlat boshqaruv tizimlarini hukmdor va boshqa tabaqalarni davlat xizmati faoliyatiga aniq qoidalar asosida jalb etadi hamda ularning salohiyati va shunga muvofiq manfaatlarini umumxalq manfaatlari bilan uyg'unlashtirishga erishadi. Bu qoidalar saltanatning o'n ikki toifasini belgilash asosida tashkil etiladi.
Sohibqiron, avvalo, a'yonlarning nasl-nasabiga, ularning fahm-farosatiga, salohiyatiga, shaxsiy insoniy sifatlariga katta e'tibor qaratadi. Ya'ni, davlat
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
xizmatchilarining ijtimoiy kelib chiqishi, davlatni boshqara olish salohiyatlari asosida ularni ma'lum vazifa yoki darajalarga ko'targan. Bunday yondashuv tizimiy xarakterga ega bo'lib, nafsi yomon himmatsizlarni, ko'ngli buzuq qo'rqoqlarni d avlat idorasi faoliyatidan tashqarida tutishga qaratilgan. Ayniqsa, bunda tabaqalar faoliyatining alohida vazifalarini hamda shunga muvofiq mas'uliyatlarini belgilashga erishgan. Ayni paytda, ularning vakolatlari biri ikkinchisiga nisbatan oshib ketmasligi yoki, aksincha, tushib ketmasligi mezonlari belgilanib, davlat ishlarini tartib-intizomga va samarali faoliyatga olib kelgan. Shu tariqa, har narsani va har kimni o'z martabasida saqlashga, har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o'lchovini belgilab olishga katta e'tibor bergan.
Amir Temur zukko, tajribali davlat arbobi edi. U o'zi tuzmoqchi bo'lgan davlatning markaziy apparati va mahalliy hokimiyatning qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari hamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan. Har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma'lum ijtimoiy-siyosiy guruhlarga tayangan holda boshqarishiga alohida e'tibor qaratgan1.
Amir Temur bu borada shunday deydi: "Agar har narsani va har kimni o'z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko'p xalal va ziyon etgay. Demak, har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o'lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak"2. Bizga ma'lumki, parokanda bo'lgan davlatlar siyosatida har narsaning farqiga bormay va unga har kimni o'z martabasida saqlamay, buzuqi va nafsi o'pqon, o'g'ri, muttaham va lo'ttiboz, urug'i betayin odamlar toifasining boshqaruvga kelishi sabab bo'lgan. Tashkil topgan axloqsiz toifalar va ularni rag'batlantiruvchi siyosat har qanday davlatchilik rivojini emirgan. Jamiyatda axloqsizlik siyosat darajasida qaror topishiga barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Jamiyat boshqaruvi va uning istiqbolini ijtimoiy tabaqalar manfaatiga asoslagan Amir Temur ulkan davlatning mustahkam poydevorini yaratishga erishadi. U tabaqalarning o'z mavqelariga va imkoniyatlariga muvofiq boshqaruvni va unda bevosita ishtirok etishning sharoitini amaliy jihatdan tashkil etib berishga muvaffaq bo'ladi. Bu borada u - "Saltanatim martabasi bo'lmish to'ra-tuzuklar va qonun -qoidalarni ham shu o'n ikki toifaga bog'lab tuzdim. Bu o'n ikki toifani saltanatim falagining o'n ikki burji va davlatim korxonasining o'n ikki oyi deb hisobladim"3, deydi. Shubhasiz, bunday imkoniyatga ega bo'lgan a'yonlar Amir xizmatidan
1 Temur Tuzuklari, T., T. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nash.r, 1996, 9-10 bet.
2 O'sha joyda. 81 bet.
3 O'sha joyda. 81 bet.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bahramand bo'lish ishtiyoqi va uning tuzuklariga amal qilish istagi manfaatlari bilan bevosita bog'lanib kelgan. Axloq esa ana shu ijtimoiy shartnomaning asosini tashkil etgan. Ijtimoiy kelishuvning shu tariqa tashkil etilishi davlat boshqaruviga barcha toifalarning ishtirokini ta'minlash va unda mavjud ne'matlarni to'g'ri darajaga, salohiyatga muvofiq taqsimlash sharoitini vujudga keltirgan. Ayni paytda, davlatda mehnat resurslari hamda ularni maqsadga muvofiq yo'naltirish tizimi ham shakllanib borgan. Natijada huquqiy jihatdan asoslangan va kafolatlangan mezonlar tabaqalarning o'zlari tomonidan rioya etilishiga, uning nazoratini olib borishga shaxsiy manfaatlarini kuchaytirgan. Ayniqsa, toifalar va a'yonlarning o'z salohiyati va imkoniyatidan ortig'iga da'vo etmaslikning axloqiy, oshkora mezonlari yaratilgan.
"Tuzuklar" ga ko'ra toifalarning eng yuqori darajasi sifatida sayyid, ulamo, shayx va fozillar deb qaraladi. Bu borada Amir Temur ilm va din ahlining davlat siyosatidagi nufuzi to'g'risida o'zidan oldingi ta'limotlarga amal qilgan holda olimu -ulamolarni toifalarning eng yuqori martabasi sifatida ko'radi. U - "Saltanatim tuzuklarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi (hazrati Muhammad) ning shariatiga bog'lab, izzatu-hurmatlash vojib bo'lgan onhazratining avlodi va sahobalariga muhabbat bildirish asosida tuzdim"4, deydi.
Ikkinchi toifa xos sanalgan doiralar, aqlli kishilar va kengash sohiblari ehtiyotkor, qat'iyatli, tajribali, ish yurituvchilar bilan boshqaruvning nazariy qarashlarini boyitadi hamda tatbiq qilishga erishadi. Aslida masalaning murakkabligi ham shundaki, davlat rivojiga qaratilgan siyosatni belgilash bir muhim masala bo'lsa, uni amalda joriy etish undan-da muhim vazifa hisoblanadi. Ya'ni, uni amalda joriy eta oladigan aqlli, tajribali, ishbilarmon toifalarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini to'g'ri tanlay olinishida namoyon bo'ladi.
Uchinchi toifa sifatida u duogo'y kishilarni qadrlaydi. Ularning muhim xizmatlari sifatida davlatda belgilangan tadbiru-rejalarni amalga oshirish borasida ruhiy madad berguvchilar, sipohlarga quvvat va Ollohning nomi bilan ishonch ato etguvchi targ'ibotchilar (mafkurachilar) sifatida qaraydi. Qabul qilingan qarorlarni a'yonlarga tushuntirish va shu maqsadga safarbar etish ishlarida eng muhim tabaqa hisoblagan. Bu to'g'risida Amir Temur o'zi shunday deydi: "Chunonchi, mening lashkarim To'xtamishxon lashkarlarining ko'pligini ko'rib sarosimaga tushib qolganda, sohibi duo bo'lmish Mirziyouddin Sabzavoriy boshidan sallasini oldi; qo'llarini duoga ochib, men uchun Tangridan zafar tiladi. Hali duosi tugamay, duo ta'siri ko'rindi va lashkarim yog'iyni qochirdi"5. Ma'lumki, qo'lni osmonga ochib
4 O'sha joyda. 82 bet.
5 O'sha joyda. 82 bet.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
biron-bir tadbir ko'rilmasa, Olloh yordam bermaydi. Shuning uchun har bir jang oldidan ko'rilgan tadbirdan tashqari sipohiylarning ruhiy quvvati mafkuraviy jihatdan mustahkamlangan. Ular Olloh va adolatning yo'lida jangga kirayotganligi ruhiyatlariga singdirilgan.
To'rtinchi va beshinchi toifa jasur, shijoatli, harbiy ishda suyagi qotgan, tajribali amirlar, sarhanglar, sipohorlarga hamda sipohiylar (askarlar) deb, ularning qo'shin boshliqlarini davlat kengashiga a'zo sifatida kiritgan. Davlatning harbiy ishlarida ularning darajasi tegishli moddiy rag'bat va martabalar bilan belgilangan.
Oltinchi toifaga ishonchli, to'g'ri e'tiqodli oqilxiromand, jamiyatning ziyoli o'rta qatlamlari hisoblangan. Ular turli aholi qatlamlari ichida bo'lib, davlat va uning siyosati to'g'risidagi barcha sog'lom, nosog'lom gaplardan bohabar kishilar bo'lgan. Ularning fikriga hamda xayrixohligiga asoslanish jamiyatning har bir qatlamlarini davlat siyosatiga tortish va unga mas'uliyat yuklash, ishtirok etish kabi imkoniyatlarni yaratgan. Shuning uchun Amir Temur davlat sirlarini ularga ochib, saltanat ishlarida qanchalik to'g'ri siyosat olib borilayotganligidan ogoh bo'lib turgan.
Yettinchi toifa vazirlar, devon kotiblari va munshiylar hisoblangan. Bunday lavozimlarga dovyurak, sadoqatli, yaxshi jangchilar, ishbilarmon, tadbirkoru-uddaburonlar yoki duogo'ylar emas, balki, davlat ishlarini tarbiyat va fazilatlari bilan idrok qilish salohiyatiga ega bo'lgan odamlar toifasi - ollohdan berilgan tabiatlari bilan ajralib turganlariga nisbat berilgan.
Hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar, muhaddislar, mashoyixlar, so'fiylar, kasb-hunar egalari, savdogar, sayyohlarning ijtimoiy qatlami bir xil darajada bo'lsa-da, bajaradigan vazifalariga qarab alohida qolgan to'rt tabaqaga ajratilgan. Amir Temur ularni "saltanat korxonasiga rivoj beruvchilardir"6 deb qaraydi.
Saltanat o'z tabiatiga muvofiq turli qarashlar, maqsadlar, manfaatlar va istaklar hosilasidan tashkil topadi. Shuning uchun yuqorida ta'kidlaganimizdek, saltanat ishida har kimning o'rnini, so'zini e'tiborga olmaslik siyosatda ayrim kutilmagan ichki xufiyona ziddiyatlarning to'planishiga olib keladi. Turli qarashlar va fikrlarning salmog'iga qarab, ularni davlat boshqaruvida umumlashtirmoq, raiyatning irodasini hukmdor manfaatiga bog'lash, hamda barqaror boshqaruv imkoniyatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Munosabatlarning shu tariqa uyg'unligiga erishish davlat siyosatining adolatini va amaliy jihatdan ta'minlanishga olib kelgan.
Umuman, "Tuzuklar" dan ko'rinadiki, jamiyatda hech bir tabaqa yoki toifa davlat xizmatidan tashqarida bo'lmagan. Ular ma'lum vazifa yoki mas'uliyat bilan
6 O'sha joyda. 83-84 bet.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
yuklangan. Shu tariqa fuqarolar o'z mavqelari va imkoniyatlari darajasida mamlakat rivojiga, uning obodonchiligiga, yurt farovonligiga safarbar etilgan. Davlat boshqaruvida tabaqalarga asoslanish ma'lum ma'noda jamiyatning kasbiy - salohiy faoliyatini tartibga solgan va shu tartibga muvofiq moddiy taqsimot barchaning imkoniyati asosida bo'lishi azoratini ham tashkil qilgan. Natijada, hokimiyatga ta'sodifan ayrim kuchlarning ishtirokidan farqli o'laroq, e'tiqodi mustahkam, irodali shaxslarning kelishini rag'batlantirgan.
Ayni paytda, hokimiyat boshqaruvida fozillarning yaxshilari davlat va jamiyat oldidagi mas'uliyatlarini namoyon qilish va shu orqali el olqishiga sazovor bo'lish kabi muhitni vujudga keltirgan. Bunday sog'lom axloqiy munosabatlarning amaliy ifodasi bevosita Amir Temur tomonidan munosib taqdirlanib borilgan. U ulkan davlat boshqaruv tizimi asoslarini yaratish borasida adolatga asoslanish va uni ustuvor siyosiy vosita sifatida qarash shu davrda yaratilgan siyosiy ta'limotlarning amaliy jihatdan qaror topishiga olib kelgan.
Holbuki, Sohibqiron davridagi sud tizimining axloqiy jihatini o'rganish bu davr davlatchiligining yana bir muhim jihatini ochib berishi mumkin. Bu davrda jinoyatga jazo berishni kuchaytirishga emas, balki uning tarbiyaviy jihatiga katta e'tibor berilgan. "Tuzuklar"da keltirilishicha, har bir shaharda shahar hokimining saroyi (Dorilamorat), qozixona (sud idorasi) adliya boshqarmasi (Doruladolat) qurilgan. Ular davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etgan. Shuningdek huquqni muhofaza etuvchi tarkib tuzilgan. Bu tuzilmalar ichida dorug'alar ham katta rol o'ynaganlar. Ular zimmasiga o'z xududlariga qarashli erlarda tinchlik va barqarorlikni saqlash vazifalari yuklatilgan.
Shuningdek har bir shahar va qishloqqa qutvollar tayinlangan bo'lib, ular xalqning tinch-osoyishtaligini qo'riqlagan, bordiyu bu hududda biror narsa yo'qolsa yoki o'g'irlansa qutvollar javobgar bo'lib, ularga dorug'alar kabi yo'qolgan molni to'lash majburiyati yuklangan. Shuningdek yo'lovchilarni bir manzildan ikkinchi manzilga bexatar etkazib qo'yish uchun zobitlar tayinlangan. Agarda yo'lda o'g'irlik yoki qotillik jinoyati sodir etilsa, javobgarlik ular zimmasiga yuklangan.7
Asaslar esa kecha qorovullari, qidiruv ishlari boshliqlari bo'lib o'z xodimlari -posbonlar bilan malum xududlarga bo'linib fuqarolarning tinchligini taminlash va jinoyat ishlarini ochishda muhim o'rin tutganlar.
Shariat asosida ijtimoiy tarkibni nazorat qilish va manaviy buzuqchiliklarni oldini olishga mo'ljallangan tarkib muhtasiblar deb atalgan. Ular bozorlardagi toshu
Temur tuzuklari.Toshkent, 1996, 119 bet.
1126
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tarozilardan urish va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olganlar va o'z vazifalaridan kelib chiqib jazolash ishlarini olib borganlar.
Ichki ishlar organlari mansabdorlari yasag'liq deb atalgan va ular davlat va jamiyatning tinchligini saqlashga masul bo'lib, jinoyatlarni ochishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Huquqni muxofaza etuvchi tarkiblardan biri shixnalar deb atalgan va ular harbiy mamurlar bo'lib, shaharlardagi tinchlikni saqlashga masul bo'lganlar.
Amir Temur va Temuriylar davrida qurchi deb atalgan mansabdorlar davlatning qurol-yarog'larini avaylab-asraganlar, ularning qaerga va nima uchun ishlatilayotganligini nazorat qilganlar va podshoh saroyini qo'riqlaganlar.
Yuqoridagi malumotlar shuni ko'rsatadiki, Amir Temur va temuriylar davrida huquqni muxofaza etuvchi organlar ixtisoslashgan. Ular kunduzgi va tungi hamda fuqarolik va harbiy bo'linmalarga ajratilgan. Shuningdek har bir huquqni muxofaza etuvchi organlar o'z malumotlarini tezlik bilan saltanat markaziga etkazgan, davlat siri bilan bog'liq masalalar maxfiy kengashlarda, ikkinchi darajali masalalar saroyning ochiq kengashlarida ko'rib chiqilgan va xududlardagi mavjud ahvolga monand chora-tadbirlar ko'rilgan.
Amir Temur va Temuriylar davrida huquqni muxofaza etish ishlari bilan nafaqat maxsus organlar balki, har bir xududning mamurlari ham shug'ullangan, Ularning barchasi davlat va fuqarolarning tinchlik va xotirjamligini taminlashga masul bo'lgan va asosan mamuriy tartibdagi kichik huquqbuzarliklarni jazolash ishlari bilan shug'ullangan. Agarda davlatga, shaxsga, hayotga va sog'liqqa qarshi jiddiy jinoyatlar sodir etilsa, ular tegishli qoziliklarda ko'rilgan va munosib jazolar tayinlangan.
Amir Temur va Temuriylar davri majburlov funksiyasini tashkil etishdan davlatning asosiy maqsadi ommani qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga muqarrar ravishda jazo berish, faqat jinoyat sodir etilgani aniqlangandagina jazo tayinlash, davlat va jamiyatning tinchlik xotirjamligini saqlash edi. Bu davrda huquqbuzarlik va jinoyatlarni ochishda haqiqatni aniqlash muhim ahamiyat kasb etgan. Amir Temur "Temur tuzuklari"da bu haqda alohida to'xtalib shunday degan: "Buyurdimki, har erning g'arazgo'y, tuhmatchi va nafsi buzuq kishilarning tuhmat so'zlari bilan katta va kichik shaharlar aholisidan hech kimni jazolamasinlar. Faqat birovning gunohi to'rt kishining guvohlik berishi bilan isbotlansa, gunohiga yarasha jazolansin" Demak jinoyatga
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
jazo berishda tuhmat, g'iybatlarga ishonib qolmaslik uchun u obdon o'rganilgan va to'g'ri so'z, halol to'rt kishining guvohligiga tayanilgan "Tuzuklar" da ma'muriy tizim borasida ham juda ko'p qoidalar uchraydi. Jumladan, Sohibqiron hokimlar har kimning tuhmat gaplariga kirib, aholiga jarima solishlarini ta'qiqlaydi.
Amir Temur va Temuriylar davri sud tizimi qatiy qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan. Chunki, Amir Temur davrida majburlov kuchini amalga oshirishda sudlar katta ahamiyat kasb etgan.
Sohibqiron saltanatida sudlar ixtisoslashgan bo'lib ularning uch xil turi mavjud edi. Birinchisi-lashkar qozisi. Bu qozilik harbiy masalalarga oid jinoyat va nizoli masalalarni ko'rgan. Ikkinchisi-shariat qozisi bo'lib, u shariat bilan bog'liq jinoyat va nizolarni ko'rib chiqqan.
Uchinchi qozilik dunyoviy-fuqarolik va davlatga tegishli bo'lgan masalalarni masalan, o'g'irlik, moliyaviy va mamuriy sohalarga oid ishlarni ko'rgan.
Bu qoziliklarni har birining aniq va alohida vazifalari izchil belgilab berilgan. Sudlarning faoliyati haqidagi barcha malumotlar to'g'risida devonga shaxsan Sohibqironga uzluksiz hisobot berib turilgan.
Amir Temurning o'z nabirasi amirzoda Umar (1383 yilda tug'ilgan) nomiga bitilgan Farmonda ham unga inom etilgan mamlakatlarda adolat va qonunga so'zsiz amal qilishi shartligi alohida takidlanadi va unda jumladan shunday deyiladi: "Toki mazkur mamlakatning podshohlari, hokimlari, voliylar, amirlari, a'yon, ashrof va taniqli kishilari nomi yuqorida eslatilgan eng aziz farzandni ul joylar saltanat taxti va viloyatlarining egasi, nufuzli hokimi hamda arzigulik hukmdor deb bilib, muhim ishlarda va yurtning barcha zaruratlarida to'la-to'kis unga va uning noiblariga murojaat qilsinlar; uning mamlakat obodonchiligining asl nizomi va ular osoyishtaligining mazmun-mohiyatidan iborat bo'lmish Farmon va buyrug'idan bosh tortmoqni lozim topmasinlar"8.
Shuningdek, Farmonda qonunga qatiy amal qilish shartligi ko'rsatib o'tilgan.
"Farzand ushbu ulug' ishni shu yo'sinda olib borsinki, toki u adolat, haqiqat, hukmdorlik zaruriyatlari va raiyatparvarlik uchun kafolat bo'la olsin, hamda uning qoidalariga shunday bir tarzda amal qilsinki, toki u olamning obodligi va insonning tinch-totuvligi bilan yakun topsin; solih kishilar ahli taqvo va irshod as'hobi sidq va haqparvarlarni qo'llab-quvvatlash va e'zozlashda, masjid va madrasalarni ta'mirlashda va hayrli dargohlarni ko'paytirishda, tirishqoqlik namoyish etib, mufsidlar, avboshlar, jinoyatchilar va qaroqchilarni hamda shariatga xilof ishlarning ko'payishini va nodonlik qonun-qoidalarni tag-tugi bilan yo'qotishni zarur va lozim
8 Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. 1996, 385 bet.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
deb bilsin. Shundagina mamlakat ishlari bñ tekis boradi; saltanat mavqei va to'g'ri yo'l-yo'riq baгqaгoг bo'ladi"9. Shuningdek farmonda masalaga jiddiy va sergaklik bilan yondashishi alohida takidlanadi:
"Bundan muгod shuki, har kim nimaki bilsa, bexavotir bizning arz izzatgohimizga etkazsin, har naгsaki, mamlakat islohi unga aloqador va mazlum^ boshidan zaгaгni daf etish unga bog'liq bo'lsa, u haqda bizga etkazishga bepaivolik qilmasin, e'timol va to'la ishonch bilan ochiq ko^satsin"10.
REFERENCES
1. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. 1996
2. Temur tuzuklari. Toshkent, 1996
3. Temrn- Tuzuklari, T., T. G'afm G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashT, 1996
4. Мамасалиев, M. M. (2022). ЭПОХА ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ АМИРА ТЕMУPA: ФИЛОСОФСКИЕ И ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ. In РАЗВИТИЕ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВA ШИ (pp. 161-165).
5. Mamasaliyev, Mñzoulug' Mñsaidovich (2021). THE STATE OF SAHIBQIRAN AMIR TEMUR PHILOSOPHICAL AND ETHICAL ISSUES IN MANAGEMENT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (8), 456-
6. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160162).
7. Akhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.
462.
9 Nizomiddin Shomiy. Zafamoma..., 385 bet.
10 Shomiy..., 371 bet.