ALISHER NAVOIYNING ABDULHAMID CHO'LPON IJODIGA TA'SIRI
Normat Yuldashev
TerDU filologiya fanlari nomzodi, dotsent yuldashevn@tersu.uz
Abdimurod Arslonov
TerDU, O'zbek adbiyotshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) arslonova@tersu.uz
ANNOTATSIYA
Maqolada Alisher Navoiy ijodining Cho'lpon she'riyatiga ta'siri masalalari o'rganilgan. Cho'lponning Navoiy lirikasi, dostonlari, poetik mahoratidan foydalanganligi tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: mustaqillik, adabiyot, jadid adabiyoti, kuz, obraz, doston, mahorat, quyosh, oy, milliy uyg'onish.
АННОТАЦИЯ
В стате рассматривается влияние творчества Алишера Навои на поезию Чулпана. Изучено исползование Чулпаном лирики, билин и поетического мастерства Навои.
Ключевие слова: независимост, литература, современная литература, осен, образ, эпос, мастерство, солнсе, луна, лето, натсионалное возраждение.
ABSTRACT
The article examines the influence of Alisher Navoi's work on Cholpan poetry. Cholpon's use of Navoi's lyrics, epics, and poetic skills have been studied.
Keywords: independence, literature, modern literature, autumn, image, epic, skill, sun, moon, national awakening.
Respublikamiz mustaqilligidan keyin XX asrning boshlarida nohaq qatag'onga uchragan milliy adabiyotimiz, madaniyatimiz namoyandalari ijodini keng ko'lamda tadqiq etish va ularni xalqqa qaytarish ishlari jonlanib ketdi. Totalitar tuzum davrida ta'kidlanib ongu shuurimizga singdirilgan adabiyotimizning bu davrdagi bo'shlig'i to'ldirildi. Bu davr
8-fevral
395
adabiyoti jadid adabiyoti nomi ostida milliy adabiyotimizning gullagan davri sifatida e'tirof etildi. O'zlarini Navoiy izdoshlari deb bilgan jadidchi adabiyotchilar 20-30 yillarda shoirning 500 yillik tavallud ayyomini nishonlash borasida jiddiy tayyorgarlik ko'rishgan.
Jadid munaqqidlaridan Vadud Mahmud "Ilmiy-adabiy vazifalar qarshisida" maqolasida shunday yozadi: "Navoiy turk adabiyotining otasidur. Navoiy buyuk adib, buyuk shoir, buyuk dohiydur. Faqat biz uni taniymizmi? Uning kim ekanidan xabarimiz bormi? Munaqqid "Navoiy uchun" nomli ikkinchi bir maqolasida o'zi qo'ygan savolga javob berganday bo'ladi: "Navoiyni tanimagan bir o'zbek bo'lmasa kerak. Eskilarimiz va eski maktablarimiz g'azallari bilan, yangilarimiz va yangi maktablarimiz suratlari va shaxsiyatlari bilan tanishdirlar...
Navoiy turk tilini turgizgan va chig'atoy adabiyoti degan bir adabiy maktabning bu kungacha yashamog'i sabab bo'lgan bir kishidir. Shuning uchun uni tanimoq, uni taqdir etmoq bugun turklar uchun buyuk bir vazifadir. Mana shu holni nazarga olib bu kun turk dunyosining har yerida Turkiyada, Ozarbayjonda va bizda uni eslab besh yuz yillik to'yini o'tkazmak istaydilar" [1] Bundan tashqari munaqqidning "Alisher Navoiy" nomli biografik xarakterdagi kattagina maqolasi ham o'sha davr navoiyshunosligida muhim voqea bo'ldi. Shuningdek, yubiley munosabati bilan Ashurali Zohiriyning "Navoiyning yubileyi va tarjimai holiga yangi bir sahifa", Fitratning bir qator ilmiy maqolalari, Cho'lponning "500" yil" maqolasi 20-30 yillar navoiyshunosligida alohida sahifani tashkil etadi.
Navoiy gulshanidan yetarli darajada saboq olgan Cho'lponning shoirga munosabati cheksiz edi. U yubiley tashkilotchilaridan biri sifatida shoir ijodiy merosini o'rganishda namuna bo'larlik darajada ish qildi. Uning bu sohada "500" yil" maqolasi ham fikrimizni isbotlaydi. Maqola 1924-yil "Turkiston" gazetasining 13-sentabr sonida e'lon qilingan. Maqolada shoir ijodini o'rganish targ'ib qilingan. O'zbek bilim hay'ati e'tiboriga yozilgan ushbu xatda Navoiyning Chig'atoy adabiyoti va tiliga qilgan hizmatlari ta'kidlanadi, shoir yubileyini tantanali o'tkazish uchun vazifalar tavsiya qilinadi.
Cho'lpon nafaqat amaliy faoliyati, bilan ijodida ham Navoiy an'analaridan, mahoratidan unumli foydalandi. Masalan: "Layli va Majnun" mungli, fojeiy ruhdagi asar. Dostonning XXXV faslida shoir yozadi: Chun yetti xazon yelining ohi Bo'ston chiroyini qildi ohi. Yaproq yuzi bo'ldi barcha sorig',
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-395-399
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
Oyin magar o'ldi sorig' og'rig'... [2]
8-fevral
Shoir doston qahramonlarining "hayot sha'mi" o'chganini kuz faslida berib fojeiy manzarani yanada quyuqlashtiradi. Navoiy bu fojeani boshqa biror faslda berolmas edi. Chunki qahramonlari motamidan qattiq iztirob chekkan shoir "o„ldi" so'zi o'rniga "hayot sha'mi o'chgani", "joni qafasidan uchgoni" iboralarini qo'llagan. Bu o'rinda kuz - shoir ruhiyati bilan ham, oshiqlar fojeasi bilan ham uyg'unlashgan.
Cho'lponda bu hodisa bir qadar dramatizm darajasiga ko'tarilib millat fojeasi, yurt qayg'usini ifodalaydi:
Ko'm-ko'k edi sarg'aydilar yaproqlar, Og'riq, mag'lub, tutqun Sharqning yuzidek, Bo'ronlarning ko'zlarikim o'ynoqlar, G'olib G'arbning qonga to'lgan ko'zidek. She'rdagi "sarg'aygan yaproqlar" - so'lib-sarg'ayish, xazon fasli, kuz belgisi. Kuz inson umrining ibtidosi emas, intihosi. She'rda Cho'lpon tazod san'atini qo'llab "bo'ronlarning o'ynoqlagan ko'zlari"ni "G'olib G'arbning qonga to'lgan ko'z"iga qiyoslagan. Ikki shoirning ham kuz obraziga murojaatida ma'lum ma'noda ruhiy yaqinlik bor. Navoiyda ijtimoiy muhit fojeasi, Cho'lponda millat fojeasi.
Hazrat Navoiy she'riyatida ko'p bor uchraydigan timsollar Quyosh va Oy obrazlari. Shoir ijodida Quyosh - ma'shuqa husniga nisbatan ham Olloh, borliqqa nisbatan ham ijobiy timsol sifatida qo'llangan. Masalan: Orazin yopqoch ko'zimdin sochilur har lahza yosh Bo'ylakim paydo bo'lur yulduz nihon bo'lg'och quyosh... [3] baytida quyosh - yor yuziga o'xshatilgan. Bu an'anaga amal qilgan Cho'lpon quyosh obrazini turli ma'no tovlanishlarida yaratgan. Masalan: Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim do'stlar Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku... [4] haqiqatdan ushbu bayt shoirning muholiflari uchun uni badnom qilishda dastak bo'lgan. Aslida shundaymi? Ozod Sharafiddinov fikricha bu baytda oshiq sevgan yorini quyoshga, o'zini esa yuzduzga qiyos qilyapti, ammo oshiq yor vasliga erisha olmaydi, chunki quyosh chiqqanda yulduz bekinmog'i kerak. D.Quronov fikricha "... maqta'dagi shoir taxallusining asl ma'nosigina ramziy ma'noga ishora qiladi, muhabbat osmonidagi yulduz quyosh chiqishi bilan so'nishga majbur bo'ldiki, bu bilan Oktabr inqilobining mustaqillik uchun kurash payini qirqqaniga ishora qilinayotir"[5] Birinchi izohda obrazning zohiriy ma'nosi, ikkinchi fikrda esa botiniy ma'no ta'rif qilingan.
Sharq poetikasida hilol - yor qoshlariga, to'lin oy - yor
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-395-399
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
yuzlariga, oyning oltin o'rog'i - yor hajrida kuygan oshiq qalbini
8-fevral
yaralovchi ishq xanjari timsolida ifoda etilgan. Masalan, Navoiyning: Sabr ko'ngilda, ko'ngil ul oyda, ul oy kemada, Vahki, borib termulib ko'z mungrayib jonim qolur -baytida oy - ma'shuqa timsolida beriladi. Cho'lpon "oylarning nurida vafo yo'q" deydi. Shuning uchun undan ko'ngli qoladi, lekin oyning aybi yo'qligini bilgan shoir unga mehr qo'yadi. Shaftoli yuzida uning aksini ko'rib, suqlanib boqadi. Yorning sochlaridan to'lg'onoyning nurlari to tonggacha o'pishini istaydi. Ammo oyning yuzlarini rutubatli qishning qora bulutlari qoplab olgan. Shuning uchun ko'klam kelishini eshitgan oyning "ko'zlariga zamharirdek yosh keldi" Cho'lponda oyning: to'lin oy, qizil oy, oppoq oy kabi sinonimlari bor.
Cho'lponning "Go'zal", "Men dutor birlan tug'ishg'on ko'hna bir devonaman", "Shaftoliga" kabi she'rlarida navoiyona go'zal tuyg'ularni kuzatish mumkin: hazrat Navoiyning:
O'zgalar husnin tamosha aylasa chiqsin ko'zim O'zga bir ko'z ham sening husning tamosho aylasa. bayti Cho'lponning:
Mayli sevgan oshiqlaring yuzlaringga to'ymasun Lekin raqib lablaringga lablarini qo'ymasin.
Zaharini quymasin - misralari bilan nihoyatda ruhiy va ma'naviy yaqinlikni kuzatish mumkin. Adabiyotshunos H.Yoqubov "Cho'lpon va Navoiy" risolasida yozadi: "Navoiy ham Cho'lpon ham "Ko'ngil"ni "men" orqali badiiy tadqiq etgan... Navoiy mavzuni an'anaviy mumtoz o'zbek tili, Cho'lpon umumxalq tili asosida tarkib topgan yangi adabiy til orqali yangi realistik uslubda jonli bayon etdi. Navoiy romantik metodda ijod qildi, unda an'anaviylik, ramz, mubolag'adorlik kuchli edi. Navoiyda tasavvuf va hayotiy ham sharqiy tamoyillar yetuk. Cho'lponda davr ruhi va Ovro'pa lirikasi ta'siri oz emas. Milliy uyg'onish antikolonial pafos yetakchi..." [6] Munaqqid Cho'lpon va Navoiy ijodidagi mushtarak holatlarni o'ziga xos talqin qilgan.
Cho'lponning mashhur "Tong sirlari" she'riy majmuasiga so'z boshi yozgan Abdulla Qodiriy biroz mubolag'a bilan "Navoiydan keyin o'zbek shoirlari ichida zng kuchli lirik shoir Cho'lpondir" degan bo'lsada, bu ta'rif haqiqatdan uzoq emas. Zero, Navoiy va Cho'lpon ijodidagi uyg'un ruhiy holatlarni tadqiq etish adabiyotshunosligimizga katta foyda keltiradi.
REFERENCES
1. Бахрдир Карим. (2000). Жадид мунацциди Вадуд Махмуд. Тошкент. Университет. 68-69-бетлар.
2. Алишер Навоий. (1992) Муккаммал асарлар туплами. 20 жилдлик. 9 жилд. Хамса. Лайли ва Мажнун. Фан. 276-277-бетлар.
3. Алишер Навоий. (1987) Мукаммал асарлар туплами. Йигирма томлик. т. 1 Т.: Фан -Б. 237
4. Чулпон. (1991) Асарлар. 1-жилд Т.: Г.Гулом номидаги нашриёт, -Б.6
5. ДДуронов. (1997) Чулпон уаёти ва ижодиймероси. Т.: Укитувчи, -Б.36
6. Х,омил Ёкуб. (1997) Чулпон ва Навоий. Т.: Шарк, - Б.46