Научная статья на тему 'AHOLINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING O‘RNI'

AHOLINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
177
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy davlat / demokratik jamiyat / huquqiy ong / huquqiy bilim / huquqiy madaniyat / huquqiy tizim / ijtimoiy ong / legal state / democratic society / legal consciousness / legal knowledge / legal culture / legal system / public consciousness

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Fazliddin Jamolliddinovich Ochildiyev

Mazkur maqolada Mamlakatimizda ijtimoiy hayotni demokratiyalash va huquqiy davlatni barpo etish yo‘li tanlanganligi fuqarolarning yuridik jihatdan e’tiborga molik xulq-atvorini ijtimoiy tartibga solish vositasi sifatida huquqiy ong va huquqiy madaniyatdan foydalanishning ahamiyati yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF LEGAL CONSCIOUSNESS AND LEGAL CULTURE IN SOLVING THE PROBLEMS OF THE POPULATION

The article emphasizes the importance of using legal consciousness and legal culture as a means of social regulation of legally significant behavior of citizens who have chosen the path of democratization of public life and the rule of law in our country.

Текст научной работы на тему «AHOLINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING O‘RNI»

Scientific Journal Impact Factor

AHOLINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING O'RNI

Fazliddin Jamolliddinovich Ochildiyev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg'ona viloyat Bag'dod tumani Xalq qabulxonasi mudiri TDYU magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada Mamlakatimizda ijtimoiy hayotni demokratiyalash va huquqiy davlatni barpo etish yo 'li tanlanganligi fuqarolarning yuridik jihatdan e'tiborga molik xulq-atvorini ijtimoiy tartibga solish vositasi sifatida huquqiy ong va huquqiy madaniyatdan foydalanishning ahamiyati yoritilgan

Kalit so zlar: huquqiy davlat, demokratik jamiyat, huquqiy ong, huquqiy bilim, huquqiy madaniyat, huquqiy tizim, ijtimoiy ong

Аннотация: В статье подчеркивается важность использования правового сознания и правовой культуры как средства социального регулирования юридически значимого поведения граждан, избравших путь демократизации общественной жизни и правового государства в нашей стране.

Ключевые слова: правовое государство, демократическое общество, правовое сознание, правовые знания, правовая культура, правовая система, общественное сознание

Resume: The article emphasizes the importance of using legal consciousness and legal culture as a means of social regulation of legally significant behavior of citizens who have chosen the path of democratization of public life and the rule of law in our country.

Key words: legal state, democratic society, legal consciousness, legal knowledge, legal culture, legal system, public consciousness

Huquqiy davlat va demokratik odil jamiyatni barpo etish jarayoni ommaning nafaqat siyosiy faolligi, uyushqoqligi, hamjihatligiga, balki huquqiy savodxonligi, huquqiy madaniyati darajasiga ham ko'p jihatdan bog'liq. «Jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, — deb ta'kidlaydi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev, — amalga oshirilayotgan barcha islohotlar samaradorligiga erishish, aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatda tinchlik, totuvlik va barqaror vaziyatni ta'minlashning asosiy kafolatidir» [1 Б. 48].

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Huquqiy ong, bilim va madaniyatga ega bo'lish jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e'tiqodi, kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, har bir O'zbekiston fuqarosi uchun g'oyat katta ahamiyatga ega. Binobarin, huquqiy ong ijtimoiy ong shakli sifatida namoyon bo'ladi. Zero, avvalambor, «Odamning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi, unga munosabati uning onggida yuz beradi. Siyosiy ong, ijtimoiy ong iboralari ana shundan kelib chiqqandir. Voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o'z ichiga olgan va albatta, ma'lum maqsadga yo'nalgan holda aks etishi ongning zuhuridir. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi. Ijtimoiy ong deganda ana shular nazarda tutiladi»[2 E. 30-31].

Yagona ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida maydonga chiqarkan, huquqiy ong nisbatan mustaqil bo'lib, ijtimoiy hayotning barcha xilma-xil huquqiy hodisalarini, ya'ni huquqiy tizim, huquqiy tartibga solish, huquqtartibot va hokazolarni aks ettiradi.

Mamlakatimizda ijtimoiy hayotni demokratiyalash va huquqiy davlatni barpo etish yo'li tanlanganligi fuqarolarning yuridik jihatdan e'tiborga molik xulq-atvorini ijtimoiy tartibga solish vositasi sifatida huquqiy ongdan foydalanishning ahamiyatini yanada oshirdi.

Metodlar bo'limi. Huquqiy ongni mamlakat fuqarolarining ham amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari majburiyatlariga, ham orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatini ifodalovchi huquqiy sezgilar, g'oyalar, baholar, tasavvurlar tizimi sifatida ta'riflash mumkin. Shuni alohida qayd etish joizki, huquqiy ongsiz huquqiy ijodkorlikni ham, huquqning o'zini ham tasavvur etib bo'lmaydi. Albatta, bu fikrdan huquqiy ong huquqni yaratadi degan ma'no kelib chiqmaydi. Huquq huquqiy ong tomonidan emas, balki hayotdagi muayyan iqtisodiy shartsharoitlar negizida yaratiladi. Huquqiy ong esa bu jarayonda faqat vositachi, yangi g'oyalar asosi vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham huquqiy ong - birmuncha mustaqil hodisa bo'lib, uni huquq nazariyasining alohida ob'ekti sifatida o'rganish kerak bo'ladi. Aynan huquqiy ong orqali huquq nazariyasi huquqning mohiyati, uning kelib chiqishi, muayyan sivilizatsiya doirasida huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyati, huquqiy xulq-atvorning bo'zilishi, jinoyatchilik va boshqa ijtimoiy xavfli illatlarning manbalari va sabablari kabi olamshumul muammolarni o'rganadi, tahlilu tadqiq etadi.

Har bir fuqaro shaxsiga nisbatan olganda, huquqiy madaniyat - bu huquqni bilish va tushunish, uning ko'rsatmalarini ongli ravishda bajarishdir.

Natijalar bo'limi. Huquqiy madaniyat deganda, huquqiy bilim andazalari va uning tabiatini, huquqiy tizim bahosini, shuningdek, huquqiy xatti-harakatlar sohasini

Scientific Journal Impact Factor

tartibga soluvchi ijtimoiy qadriyatlar, normalar, an'ana va andazalar mazmunmohiyatini tushunish kerak. Hozirgi zamon huquqiy onggi inqirozi ko'p jihatdan huquqiy madaniyat saviyasi bilan belgilanadi.

Huquqiy madaniyatning ilmiy-metodologik asosi huquqiy madaniyatning ichki vazifalarini o'rganishni taqozo etadi [3. C.78.]. Huquqiy madaniyatning funksiyalari ilmiy adabiyotlarda turlicha tasniflanadi [4 C. 89...]. Ularda har bir tadqiqotchi o'z oldiga qo'ygan ilmiy-nazariy maqsadidan kelib chiqqani ko'zga tashlanadi. Masalan, professor U.Tadjixonov va A.Saidov tasnifida falsafiymadaniy yondashuv ustun turgani uchun ular huquqiy madaniyatning tartibga soluvchi, normativ, sotsiologik, kommunikativ, bashorat qilish vazifalarini ajratib ko'rsatadilar [5 E. 32.]. Biroq ushbu tasnifda huquqiy madaniyatning moslashuv, ma'rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiylashuv, integrativ vazifalari e'tibordan chetda qolib ketgan. S.A.Xodjaeva huquqiy madaniyatning g'oyaviy, huquqqa ongli munosabatlarni tarbiyalash, huquqiy xulq-atvorni shakllantirish kabi vazifalari ham bor, deb hisoblaydi [6 C. 17.]. Olimaning fikricha, ular tarbiyaviy va ma'rifiy funksiyalardir. Ammo huquqiy madaniyat fuqarolarni qonun ishlab chiqish va jamiyatni demokratlashtirishga jalb etish funksiyasini ham bajaradi, degan fikrida jon bor. Huquqiy madaniyat fuqarolarning huquqiy dunyoqarashi va tarbiyasini amalga oshiribgina qolmay, ularni huquqiy-madaniy boyliklar yaratishga jalb etadi ham. Bu boyliklar, eng avvalo, fuqarolarning qonun loyihalarini muhokama va qabul qilishda, yuridik institutlar faoliyatini liberallashtirishda ishtirok etishlarida namoyon bo'ladi.

Munozara bo'limi. Ma'naviy-axloqiy va huquqiy qadriyatlar tizimi sifatida huquqiy madaniyat huquqiy holat rivojining erishilgan darajasida, normativ huquqiy hujjatlarda, huquqiy ongda o'z ifodasini topadi [7 C. 406.]. Ularga muvofiq ravishda qonunga itoatkor hayot tarzi shakllanadi hamda mamlakatda huquqtartibot rejimini o'rnatuvchi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish amalga oshiriladi. Shu o'rinda yana bir jihatga e'tiborni jalb etishni istardik. Huquqiy madaniyat madaniyatning boshqa siyosiy, axloqiy, estetik, diniy sohalari va tarmoqlari bilan o'zaro aloqada o'z ta'sirini o'tkazadi. Shuning uchun ham huquqiy madaniyatning o'ziga xos mazmunida ham umumiy madaniyatga, ham uning alohida tarmoqlariga doir xususiyatlar va xossalar, albatta, namoyon bo'ladi. Shu holat bilan bog'liq ravishda barcha madaniyatlarning o'zaro ta'siri katta ahamiyat kasb etadi. Haqiqatan ham demokratik davlatda qonunga itoatkor xulq-atvorni ta'minlash uchun bir vaqtning o'zida buni ham axloqiy, ham huquqiy ong orqali amalga oshirish kerak bo'ladi. Shunday qilib, huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo'lib, u, birinchi navbatda:

Scientific Journal Impact Factor

1. Huquqiy ongning muayyan darajasi, ya'ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o'zlashtirishni;

2. Umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlar va manbalar, tarixiy xotira, urf-odatlar va an'analarni;

3. Aholi tomonidan qonunlarni bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ular nufo'zini;

4. Huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini;

5. Fuqarolar va mansabdor shaxslarning qonunga itoatkorligini talab etadi [8 E.

9-10].

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentimiz jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha yangi Milliy dasturni yaratishda bosh -qosh bo'lishi maqsadga muvofiqligini ta'kidlar ekan, ushbu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish dolzarb masalalardan biri ekanligini juda ko'p marotaba ta'kidlab kelmoqda [9 E. 108]. Ana shulardan kelib chiqqan holda 2019-yilning 9-yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" farmon qabul qilindi [10]. Unda jamiyatda yashayotgan har bir inson huquq va erkinliklariga hamda uning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga o'zaro hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini yanada oshirishga to'sqinlik qilayotgan bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligi qayd etib o'tilgan.

QOLLANILGAN MANBALAR ROYXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: «O'zbekiston» NMIU, 2017. - B. 48. (- 592 b).

2. Ibrohimov A., Sultonov H., Jo'raev N. Vatan tuyg'usi. - T.: «O'zbekiston», 1996. - B. 30-31.

3. Pevtsova Ye. A. SovremennMe definitivnbie podxodM k pravovoy kultture i pravovomu soznaniyu // Jurnal Rossiyskogo prava. - 2004. - № 3. - S. 78.

4. Keyzerov N. M. Politicheskaya i pravovaya kulttura. Metodologicheskie problemM. - M.: Yurid. lit., 1997. - S. 89; Tatarintseva Ye. V. Pravovoe vospitanie (metodologiya i metodika). - M.: VMssh. shkola, 1990. - S. 67; Zokirov X. OsnovM pravavoy kultturM pravosudiya. - T.: Yangi avlod, 1996. - S. 44; Abzalov E. M. Pravovaya kulttura i pravonarusheniya molodeji. - T.: Adolat, 1997. - S. 45-46; Tadjixonov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T. 1. - T.: O'zR IIV Akademiyasi, 1999. - B. 68; Turdiboeva R. Talaba yoshlar huquqiy madaniyatini

Scientific Journal Impact Factor

shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari. - T.: Yangi avlod, 2002. - B. 34-35; Xodjaeva S. A. Pravovaya kulbtura i problemM razvitiya sotsialtnopravovoy aktivnosti jen^in Respubliki Uzbekistan: Avtoref. dis. ... kand. yurid. nauk. - T.: Akademiya MVD RUz, 2004. - S. 23; va boshq.

5. Tadjixonov U., Saidov A. Xuquqiy madaniyat nazariyasi. T. 1. - T.: Adolat, 1998. - B. 32.

6. Xodjaeva S.A. Pravovaya kulbtura i problemM razvitiya sotsialtno-pravovoy aktivnosti jen^in Respubliki Uzbekistan (istoriko-pravovoe issledovanie): Avtoref. dis. ... kand. yurid nauk. - T.: Akademiya MVD RUz, 2004. - S. 17.

7. Sokolova N.S. Pravosoznanie, pravovaya kulbtura i pravovoe vospitanie// ProblemM ob^ey teorii prava i gosudarstva. - M., 1999. - S. 406.

8. Halilov E. Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o'rni. - T.: «O'zbekiston», 1997. - B. 9-10.

9. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: «O'zbekiston» NMIU, 2017 . - B.

10. https://lex.uz/docs/ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-son

108.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.