Scientific Journal Impact Factor
О
AHOLI IJTIMOIY HIMOYASIDA PENSIYA FONDLARI ROLINI
OSHIRISH YO'LLARI
Rasuljonov Alijon Abdurahimjon o'g'li Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Xonobod shahar bo'lim boshlig'i o'rinbosari (O'zbekiston RespublikasiBank-Moliya
akademiyasi tinglovchisi) E-mail: alijon 1993@icloud.com
Annotatsiya: Ushbu maqoladan shularni shularni bilib olish mumkinki, bunda hozirgi vaqtda yer yuzida sodir bo 'layotgan, shubhasiz o 'zbekistonda ham pensiya jamg 'armasi va uni qay tariqa bo 'lish, davlatning ijtimoiy ta 'minoti va prezidentning qator qarorlari haqida so 'z yuritilgan
Kalitso'zlar: pensiyafondi, aholi himoyasi, ijtimoiy ta'minot, qarorlar.
Аннотация: Из этой статьи мы можем узнать, что речь идет о том, что происходит сегодня в мире, конечно, в Узбекистане, о пенсионном фонде и о том, как им стать, о социальной защите государства и о ряде президентских решений.
Ключевые слова: пенсионный фонд, социальная защита, социальное обеспечение, решения.
Abstract: From this article we can learn that it is about what is happening in the world today, of course, in Uzbekistan, the pension fund and how to become it, the state's social security and a number of presidential decisions.
Keywords: pension fund, social protection, social security, decisions.
Pensiya jamg'armasi bu - aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish, pensiya va nafaqalarni qonunda belgilangan miqdorlarda to'lashni mablag' bilan ta'minlashni amalga oshiradigan jamg'armadir. Dastlab, O'zbekistonda Pensiya jamg'armasi 1991yil 14-yanvarda sobiq SSSR Pensiya jamg'armasining O'zbekiston Respublikasi bo'linmasi maqomida tuzilgan. 1993 yil 4-avgustda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug'urta jamg'armasiga aylantirilgan.
O'zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrda "O'zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta'minot vazirligi huzurida Pensiya jamg'armasini tashkil etish to'g'risida"gi qarori bilan Ijtimoiy ta'minot vazirligi huzurida tashkil etildi. Shuning munosabati bilan, 2001 yil 1-yanvardan byudjetdan
KIRISH.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
tashqari pensiya jamg'armasiga aylantirildi1. Shuningdek, pensiya fondlari rolini oshirish maqsadida yurtimizda ham juda ko'p ishlar qilinmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish deganda davlat o'z xalqining asosiy vazifalaridan biri ekanligi kafolatidan kelib chiqadi va ijtimoiy himoya tizimi orqali har bir insonning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi huquq va erkinliklarini ta'minlashga xizmat qiladi. Bunday tamoyil davlat qonunlarida mustahkamlangan. Masalan, bu tamoyil orqali O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir nechta moddalarida o'z aksini topgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida «Har kim ishlashga, ish joyini erkin tanlashga, adolatli va qulay sharoitlarda ishlashga va ishsizlikdan himoyalanishga haqlidir2. Mustaqillikdan keyingi davrda O'zbekiston davlati ijtimoiy himoya siyosatini mamlakatni rivojlantirish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida tan oldi. Ma'lumki, har bir davlat ijtimoiy sohada belgilangan barqaror maqsadlardan kelib chiqib, o'zining ijtimoiy himoya tizimini quradi va u davlatning ijtimoiy himoya siyosatining ko'rinishini belgilaydi. Shu sababli, har bir mamlakatda ijtimoiy himoya tizimining tuzilishi, chora-tadbirlari, mexanizmlari va qo'llab-quvvatlashlari turlicha bo'lishi tabiiy holdir, shuningdek pensiya jamg'armasi ham bundan mustasno emas. Ijtimoiy ta'minot - jamiyatning boshqa a'zolarining ijtimoiy mavqeini tenglashtirish maqsadida ayrim toifadagi fuqarolarni moddiy ta'minlash uchun davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maxsus mablag'lar hisobidan. Ijtimoiy ta'minot tizimi - bu davlatning moliyaviy sektoriga kirib keladigan iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmlardan biri bo'lib, u orqali mamlakatda ishlab chiqarilgan milliy daromadning bir qismi ijtimoiy yordamga muhtojlar foydasiga qayta taqsimlanadi. Xalqaro mexnat tashkilotning 102-sonli «Ijtimoiy ta'minotning minimal normalari haqida»gi konvensiyada aholi ijtimoiy ta'minoti tizimining eng asosiy yetti yonalishi belgilab berilgan edi. Bular: tibbiy xizmat, ishsizlik nafaqalari, qarilik pensiyalari, ishlab chiqarish jarayonida olingan jaroxatlar bo'yicha nafaqalar, xomiladorlik va tug'ish buyi bo'yicha nafaqalar, kasallik nafaqalari, oilaviy nafaqalarga bo'linadi. Shu bilan birga, ijtimoiy ta'minot tizimi qotib qolgan ham emas. Davlatning ijtimoiy soxadagi siyosatining ustuvor yo'nalishlarining o'zgarishi, o'z-o'zidan ijtimoiy ta'minot tizimi tarkbiga kiruvchi chora-tadbirlar tarkibining o'zgartirilishi, takomillashishini taqozo etadi. Mustaqil O'zbekiston davlatining ijtimoiy ta'minot soxasidagi siyosati «Inson va fuqarolarning xuquq va erkinliklarining umumjaxon deklaratsiyasi», «Inson va fuqaroning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xuquqlari haqidagi xalqaro pakt» hamda «Bola xuquqlari haqidagi konventsiya»larda
1 Internet ma'lumotlaridan www.lex.uz sayti
2 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
kozda tutilgan xalqaro me'yorlarga mos ravishda amalga oshiriladi. Ushbu xujjatlarda, jamiyatning xar bir a'zosi davlat tuzilishi va resurslari miqdorida kelib chiqqan xolda, ijtimoiy ta'minot, inson qadriyatlari hamda shaxs erkinligi, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy soxalarda kamol topishini ta'minlanishi huquqiga ega ekanligi e'tirof etlgan. Xar bir inson, o'zi va oila a'zolarining hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan daromad manbalaridan ixtiyoriysiz ravishda maxrum bo'lganda jamiyat tomonidan moddiy ta'minlanish va yordam olish huquqiga ega.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Aholining ijtimoiy ta'minoti borasida yuqorida bayon qilingan xalqaro tamoyillardan kelib chiqqan holda, O'zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yoqotganda, shuningdek boquvchisidan maxrum bolganda va qonunda nazarda tutilgan boshka xollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, va ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab quyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo'lishi mumkin emas» ekanligi e'tirof etilgan3. Ko'zda tutilgan Ijtimoiy ta'minot tizimi, avvalambor, vaqtincha yoki doimiy ravishda mehnatga layoqatsiz kishilarga, nogironlarga, yetarli daromad manbayiga ega bo'lmagan qariyalarga, yosh bolalarga, yetim bolalarga va ayniqsa, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga yordam beradi. Bugungi kunda bu kabi ishlar juda ham ko'paymoqda, buning natijasida esa aholi ham davlat ham manfaatdor bo'ladi. Hozirda O'zbekistondagi 3 millionga yaqin odam Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi orqali pensiya, nafaqa va kompensatsiya bilan ta'minlanmoqda. Bu umumiy aholining deyarli 10 foizini tashkil qiladi. Pensiya fondi sohada 3000 ga yaqin xodim ishlaydi. Bugungi kunda jamg'arma ijobiy moliyaviy natijalarga ega bo'lib, mamlakatdagi nafaqaxo'rlar va nafaqaxo'rlarga mablag'larni o'z vaqtida va to'liq etkazib berishni ta'minlaydi. Biroq, so'nggi yillarda dunyoda sodir bo'lgan siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida milliy pensiya tizimlarining moliyaviy barqarorligiga ta'sir ko'rsatadigan juda qiyin va tashvishli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Hozirda respublikamiz bu muammolardan biroz yiroqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Lekin, siyosatchi va iqtisodchilar, ularning so'zlariga ko'ra, yaqin kelajakda biz butun dunyo kabi muammolarga duch kelamiz. Shu sababli, bugungi kunda dunyo mamlakatlarida pensiya ta'minoti tizimida yuzaga keladigan muammolarni chuqur va har tomonlama o'rganishimiz kerak degan hadik bilan aytilgan edi lekin tadqiqotlar natijasida bunday muammolarni juda osonlik bilan hal qilishdi. Hozirgi vaqtda milliy ijtimoiy himoya va ijtimoiy sug'urta tizimlariga ega bo'lgan dunyoning barcha
3 O'zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasi
Scientific Journal Impact Factor
mamlakatlarida pensiya tizimini isloh qilish jarayoni davom etmoqda. Bunga umr ko'rish davomiyligining o'sishi, demografik tuzilmadagi mehnatga layoqatli odamlarning nisbatan kamligi, qariyalar sonining ko'payishi, ijtimoiy standartlar va turmush darajasining doimiy o'sishi sabab bo'ladi. Biroq, pensiya tizimini isloh qilish sabablari barcha mamlakatlarda bir xil bo'lsa-da, ularning barchasida o'ziga xos va o'xshash bo'lmagan islohotlar mavjud. Chunki har bir mamlakatda pensiya ta'minoti tizimi mablag'larning hisobi va miqdori jihatidan ham, ularni to'plash va sarflash mexanizmi jihatidan ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning har biri o'ziga xos ijobiy va salbiy tajribaga ega. Pensiya tizimini o'rgangandan so'ng, dunyoning turli mamlakatlaridan bir qator iqtisodchilar va sotsiologlar ishladilar va o'zlarining nazariy asoslarini yaratdilar. Bizning fikrimizcha, shuni ta'kidlash kerakki, ushbu ilmiy tadqiqotlarning deyarli barchasida masalaga umumiy yondashuv mavjud emas va muammoning faqat ular uchun muhim bo'lgan ba'zi jihatlari o'rganilgan, boshqalari esa doiradan chetda qolgan. Tadqiqot ishlari. Boshqacha qilib aytganda, pensiya ta'minotining nazariy asoslari yo'qligi ilmiy tadqiqotlarga bir tomonlama yondashishga va natijada ba'zan qarama-qarshi bo'lgan ilmiy xulosalarga olib keldi. Bunda davlat tomonidan (ayrim hollarda jamoat tashkilotlari tomonidan) amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya choralari qonunchilikka muvofiq majburiy hisoblanadi, har xil shakldagi ijtimoiy fondlar, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko'riladigan choralar tamoyilga asoslanadi. Amaliy choralar, shuni ta'kidlash kerakki, ixtiyoriy ijtimoiy himoya Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan azaldan qo'llanilib, kelinmoqda. Muhtojlarga, yetimlarga, kambag'allarga yordam berish, sadaqa berish, jamoat, maktablar, madrasalar va kutubxonalar manfaati uchun yo'llar va ko'priklar qurish, ariq qazish va suv olib kelish insoniy burch va s haraf hisoblanadi. Ijtimoiy ximoya tizimining asosiy vositasi bo'lib pensiya ta'minoti tizimi xizmat k qiladi. Masalan, Uzbekistan Respub-likasining 2015 yil uchun belgilangan davlat byudjeti parametrlarida davlat byudjeti mablag'lari jami 36,2 trillion sumni tashkil etgani xolda byudjetdan tashkari pensiya fondining miqdori 16,6 trillion sumni tashkil kiladi. Qiyoslash uchun: qolgan yana 8 ta byudjetdan tashkari fondlar summalarini umumiy xajmi 7,1 trillion sumni tashkil etadi. Bundan ko'rinib turibdiki, pensiya fondlari roli juda ham katta ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor ko'rib o'tishimiz mumkin.
Bu maqoladan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kelgusida milliy pensiya tizimini isloh qilish jarayonida pensiya munosabatlarining nazariy asoslarini va jahon tajribasidan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda o'zimizning pensiya tizimimiz modelini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan tashqari esa pensiya
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
О
jamg'armasini rivojlantirish maqsadida ham qator ishlar amalga oshirish ko'zda tutilgan. Pensiya fondini oshirish bu avvalo insonlarning umr ko'rish darajasiga bog'liqdir. Hozirda yurtimizda pensiyaga chiqish ayollar 55 yoshdan erkaklar esa 60 yosh etib belgilanganligi ham bundan dalolat beradi.
1.Узбекистон Республикаси иктисодий-ижтимоий тараккиётининг мустакиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва курсаткичлари хамда 20112015 йилларга мулжалланган прогнозлари. Статистик туплам - Т.: «Узбекистон», 2011. -140-б.
2.Обеспечение долгосрочной устойчивости пенсионной системы в Узбекистане. З.Уровень безработицы в ЕС 27 и Евразоне. // «Международная экономика»: Москва, 2013, № 6. -С. 71-74. 4.0^МЕ.ВшпсЫ jild. ^Ьке^, 2000-уй. 5 .www.uz.m.wikipedia.org
6.www.lex.uz
7.www.my.gov.uz
8.www.arxiv.uz
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)