Научная статья на тему 'O’SMIRLARDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI'

O’SMIRLARDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1194
268
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’smirlik davri / axborot / axborot-psixologik xavfsizlik / milliy axborot siyosati / ijtimoiy ta’sir. / Adolescence / information / information and psychological security / national information policy / social impact.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdurazzoqov Nizomiddin Karimqul O’g’li

Maqolada axborot xurujlarining yosh avlodga xususan o’smirga va jamiyatga salbiy ta’siri haqida so’z boradi. Mafkuraviy siyosiy ziddiyatlar, ommaviy madaniyat axborot xavf omilini keltirib chiquvchi deb qaraladi.Axborot-psixologik xavfsizlikni tadqiq etgan olimlarning izlanishlariga diqqat qaratiladi. O’smirlik davrida axborot-psixologik xavfsizlikni keltirib chiqaruvchi va bartaraf etuvchi omillar yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL OPPORTUNITIES TO INFORMATION AND PSYCHOLOGICAL SECURITY IN ADOLESCENTS

The article discusses the negative impact of information attacks on the younger generation, especially adolescents and society. Ideological and political contradictions, popular culture are considered to be the cause of the information risk factor. Factors that cause and eliminate information and psychological security during adolescence are covered.

Текст научной работы на тему «O’SMIRLARDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

O'SMIRLARDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI

TA'MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI

Abdurazzoqov Nizomiddin Karimqul o'g'li Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya yo'nalishi 2- bosqich magistranti

Annotatsiya: Maqolada axborot xurujlarining yosh avlodga xususan o'smirga va jamiyatga salbiy ta'siri haqida so'z boradi. Mafkuraviy siyosiy ziddiyatlar, ommaviy madaniyat axborot xavf omilini keltirib chiquvchi deb qaraladi.Axborot-psixologik xavfsizlikni tadqiq etgan olimlarning izlanishlariga diqqat qaratiladi. O'smirlik davrida axborot-psixologik xavfsizlikni keltirib chiqaruvchi va bartaraf etuvchi omillar yoritildi.

Kalit so'zlar: O'smirlik davri, axborot, axborot-psixologik xavfsizlik, milliy axborot siyosati, ijtimoiy ta 'sir.

Аннотация: В статье рассматривается негативное влияние информационных атак на подрастающее поколение, особенно подростков и общество. Причиной информационного риска считаются идеологические и политические противоречия, массовая культура. Рассмотрены факторы, которые вызывают и устраняют информационную и психологическую безопасность в подростковом возрасте.

Ключевые слова: подростковый возраст, информация, информационная и психологическая безопасность, национальная информационная политика, социальное воздействие.

Abstract: The article discusses the negative impact of information attacks on the younger generation, especially adolescents and society. Ideological and political contradictions, popular culture are considered to be the cause of the information risk factor. Factors that cause and eliminate information and psychological security during adolescence are covered.

Keywords: Adolescence, information, information and psychological security, national information policy, social impact.

KIRISH

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish insonlarning mavjud qoidalar asosida yashashi faoliyat ko'rsatishini ta'minlash juda muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu borada turli tomondan kelayotgan axborot ta'sirlari uzluksiz o'zining ta'sirini ko'rsatib turibdi. Insoniyat yangi axborot jamiyatiga qadam qo'yar ekan axborot makonining mavjud tarzini axloqiylashtirish xulq-atvoriga aylantirish borasida yangi

imkoniyatlarni qidirishga intilmoqda. Ochiq axborot tahdidlaridan o'quvchi

433

Scientific Journal Impact Factor

o'smirlarni ham himoya qilish dolzarb hisoblanib yangi imkoniyatlarni izlab topishga tadqiq qilishga undaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishnining besh ustuvor yo'nalishi Harakatlar strategiyasida "Jismoniy sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan,Vatanga sodiq, qa'tiy hayotiy nuqatai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash." [1; 70 b] asosiy maqsad qilib olingan.

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda axborot psixologik xavfsizligini ta'minlash yot g'oyalarga qarshi kurashish uchun asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada "...ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning amalga oshirilishini ta'minlash uchun qonuniy, ma'muriy va ijtimoiy, shuningdek, ta'lim sohasidagi chora-tadbirlarni ko'radilar. Ana shu maqsadlarda, boshqa xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalariga amal qilgan holda, ishtirokchi-davlatlar, jumladan: ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh yoki eng kichik yoshlarni belgilab qo'yadilar; kundalik vaqtdagi ishning muddati va mehnat sharoitiga doir zarur talablarni aniqlaydilar." [2]

Yoshlarga oid davlat siyosatining qabul qilinganligi va bu huquqiy asos orqali yoshlari psixologik qo'llab quvvatlash yosh avlodga yetarli ish shart-sharoitlarini ta'minlash kabi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ham ularning kelgusida munosib hayot kechirishlari uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish shu orqali o'smir shaxsiga ta'sir etishning zamonaviy pedagogik-psixologik yutuqlardan foydalanish maqsadga muvofiq keladi. Axborotga quyidagicha ta'rif berish mumkin "Axborot-manbaalari va taqdim etilish shaklidan qa'tiy nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar,hodisalar, va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlar majmui"[3;6 b]

O'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalash ustuvor vazifa sanalar ekan bu borada turli xil yot tahdidlarning oldini olish shaxs ongiga ta'sir etish mumkin bo'lgan axborotlarning potensial xavfidan ogoh bo'lish hamda axborot iste'mol madaniyati, axborot psixologik xavfsizligi immunitetini shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. 2021-yilning Yanvar holatiga ko'ra butun dunyoda global internet foydalanuvchiai soni 4. 66 mlrdni yoki yer yuzi aholisining 59.5 % ni tashkil qilmoqda. Shuningdek 5.22 milliard kishi mobil internetdan foydalanadi bu dunyo aholisining 66.6% tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining soni o'sishida ham juda katta o'sish

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

kuzatilayotganligini qayd etib o'tish joiz. Butun dunyooda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar soni 4.22 mlrdni tashkil qilib, yer yuzi aholisining 53 % ni, so'ngi 12 oyda 13 % ga 490 mlnga oshgan. [4]

Mafkuraviy-siyosiy ziddiyatlar ta'siri ko'lami kengayib yosh avlodni ham o'z domiga tortib bormoqda. Biror siyosiy tuzilma yoxud birlashma tashkilot , davlat haqida turli vositalar orqali o'zgartirishga intilish avj olmoqda. Internetda keng tarqalayotgan videoo'yinlarning ayrimlari, kinolar, multfilmlar, ularda ijo etuvchi boshqahramon obrazi asl holatda salbiy shavqatsiz axloqsiz holda tasvirlanishi, bola uni qo'rqmas kuchli hech kim bilan hsoblashmaydigan agressorni ko'radi hamda o'zi ham shu qahromonga o'xshashga uning harakatlarini takrorlashga intiladi.

Axborot psixologik xavfsizlik nafaqat psixologiyada balki, pedagogika, sotsiologiya , falsafa, axloqshunoslik, madaniyatshunoslik, dinshunoslikda turlicha talqinda o'rganilmoqda.

Axborot-psixologik xavfsizlikni shakllantiruvchi muqaddas kitobimiz "Qur'oni karimda" "hadis" ilmida, tarixiy manbalarda "Avesto", qadimgi yozma yodgorliklar,ajdodlarimiz Kaykovus, Y.X.Hojib, A.Yassaviy, A.Farobiy, A.Beruniy, A.Navoiy, H. Koshifiy, B.Naqshband, tomondan yozib qoldirilgan ilmiy falsafiy asarlar, ta'limotlarida o'z aksini topgan.

Ayniqsa ochiq axborot tizimlari sharoitida axborot psixologik xavfsizlik xorijda va mamlakatimizda turli yondashuvlar asosida o'rganilgan.

G'arb psixologlaridan L.Terman, R. Veys, E.Tiyd, G. Roland, Y. Burgess, M.Odema, P. Boennanlar etnik munosabatlarning psixologik talqinini ochib berishgan bo'lsa, K.Yang, A.Goldberg, M. Griffist, R. Devis, J.Groxol, K. Surrat, P. Shumaxer,J. Moreyxen-Martinlar shaxsnining axborot psixologik xavfsizligiga xususiy yondashib, "internet- tobelik" tushunchasini izohlab berishgan.

Rus olimlaridan A. Voysunskiy Shaxsnining internetdagi faoliyati va unning turli tarmoqlarga ta'sirini o'rgangan bo'lsa, O. Smislova xakkerlarning omma tajribasini his etish haqida, O, Babayeva "axborotlashuvning psixologik oqibatlari"ga alohida to'xtalib o'tgan. Ijtimoiy psixologiyada axborot tahliliy asosga ega G.Andreyeva, Y. Shoroxova, N. Bogomolova ilmiy izlanishlarida birlamchi guruhlarda psixologik xavfsizlikga ahamiyat berishgan.

O'zbekistonlik faylasuf, sotsiolog, pedagog siyosatshunos olimlari Q.Nazarov, V. Alimasov, J. Shermuhamedova, A. Erkayev, A.Mavrulov, A. Mo'minov, G. Tulenova, O. Abbosxo'jayev, B. Axmedov, R. Qo'chqorov, A. Tashanov, S. Mamashokirov, N.Saliyeva, R. Jo'rayev, O. Musurmonova, U. Mahkamova, Sh. Qurbonov, D. Ro'ziyev, B, Xodjayev kabi olimlarnining ilmiy izlanishlarida tarixiy-

Scientific Journal Impact Factor

milliy qadriyat shakllanishi, milliy ong vatan tuyg'usini ongli is qilishga munosabatning yuzaga kelishi va "ommaviy madaniyat''ning salbiy omillari haqida to'xtalib o'tadilar.

Hozirgi vaqtda o'smirlik davriga oid axborot-psixologik xavfsizlik muommosini o'rganish yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, Ommaviy madaniyat ta'sirlardan himoya qilishnining turli usullari sifatida, internet- tobelik muommosi, shaxs xulq-atvorinining shakllanishida OAV ning ta'siri kabi o'nlab tadqiqotlar olib borilmoqda.

Mamlakatimizda O'smir yoshdagi o'quvchilarda kompyuter o'yinlariga tobelikka oid tadqiqotda psixologik yetuklik asosida yondashilib, 46% o'smir psixologik yetuklikninng quyi darajasida,15 % yuqori darajasi qayd etib o'tilgan. Sinaluvchilar bilan suhbatda ular o'yin emas tengdoshlar orasidagi nufuzi muhim ahamoiyati ta'kidlshgan.[5:102 b]

Bugungi kunda axborot xurujlarining turli xususiyatlarini inobatga olgan holda, quyidagi tartibda ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq:

1. Xalqaro terorizm;

2. Diniy ekstremizm;

3. Narkotrafik;

4. Qurol-yarog' va o'q-dorilar kontrabandasi;

5. Komyuter firibgarligi;

6. Transplantatsiya uchun inson tana a'zolarining noqonuniy savdosi;

7. Qimmatli qog'ozlarni qalbakilashtirish va noqununiy daromadlarni legallashtirish;

8. Transmilliy uyushgan j inoyatchilik;

9. Noqoniy migratsiya;

10. Missionerlik va prozelitizm harakati [6; 29-b]

Ochiq axborot tizimlarining turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog'liq. Mamlakatimiznining 60% ni yoshlar tashkil qilishini hisobga olsak, bu muommoning ko'lamini sezish qiyin emas. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o'tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisining mohiyatini chuquroq anglash, uning xususiyatlarini o'rganish lozim.Bu jamiyatning xulqiy o'zgarishlarining axborot ta'sirida o'zgarayotganligidan dalolat berib turibdi.

O'smirlik davrida axborot-psixologik xavfsizlikni shakllantirish nuqtai nazardan yonashadigan bo'lsak quyidagi jihatlarga diqqat qaratish mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

1. O'smir faoliyat turining yetakchi turiga :

2. Har bir o'smirning hissiy-irodaviy,ruhiy kechinmalariga;

3. O'smirlarda intellekt rivojlanganligi:

4. Jamiyatda shakllangan ijtimoiy-ma'naviy muhit omiliga:

Axborot nafaqat mafkuraviy, iqtisodiy, etnik, diniy, shakl chegaralaridan tashqariga chiqib ketdi, balki ko'p yoqlama ta'sir etish mumkin bo'lgan va iloji boricha hammaboplikni qo'llovchi siyosalashtirilgan axborot xujumning asosiy shakliga aylanib ketdi.

Ilmiy manbalarnining tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, axborot vositasida ta'sir ko'rsatisho'z ilmiy konsepsiyasiga ega bo'lib, bunda "Shaxs va ijtimoiy munosabatlar nazariyasi", "tahdidlarni aniqlash va javob qaytarish" ta'limotlariga tayaniladi. [7: 31 b] Bugun mamlakatimiz yoshlari jahon bilan hamnafas bo'lishga intilayotgan barcha narsaga qiziqish bilan yondashuvga ega bo'lgan ularning ong-u shuuriga egalik qiluvchi yot g'oyalar kurashuviga guvoh bo'lib turibmiz. Yosh avlodni insonparvarlik,vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, sof islom tafakkuri negiziga asoslangan g'oyalar asosida tasdiqlashimiz mumkin.

Ta'sir ko'rsatishning turlari ko'p bo'lib, ularnining asosiysi sifatida strategic, tezkor va taktik turlarini ko'rsatib o'tish mumkin. Ular maqsad va vazifa jihatdan bir-biridan farqlanadi. Tahdidlar jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ma'rifiyma'naviy, ekologik, harbiy, ijtimoiy demografik sohalariga yo'nairilgan bo'lishi mumkin.[7; 18

O'smirlik davrida axborot psixologik xavfsizliknining imkoniyatlarini quyidagi asosda ko'rib chiqish mumkin.

- O'smir shaxsi egiluvchan xarakter ko'rinishiga ega bo'lib, rivojlanish jarayonid xulq-atvorini nazorat qilib borish talab etiladi.

- O'smir psixologik inqiroznining eng chuqur davrini boshdan o'tkazayotganligi sababli o'zgalarnining qo'llab-quvvatlovini tuyish xohishi.

- Real men va ideal men o'rtasidagi tafovutlarning bo'lishi.

- O'smirlarning jinsiy yetilishi, gormonal o'zgarishlar bilan kechib psixologik zo'riqishlarga olib keladi.

- Maqsadlar chegarasini qo'yib olishda qiyinchiliklar va qadriyatli yo'nalganlikda ozgarishlarning o'g'ir qabul qilinishi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekistonRespublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar

XULOSA

b ]

Scientific Journal Impact Factor

strategiyasi to'g'risida "gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to'plami.-2017.-6 (766)-son.

2. https://tergov.uz/uz/childs/konventsija-o-pravah-rebenka

3. Umarov.B, Qodirov. U, Karimov.X. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik:darslik. T., 2012.-239. b.)

4. Safayev N.S., Ergashev P.S., Amirova N.A.,.Odilova N.G,.Rahimova I.I, .Ziyavidtinova G. Z. Psixologik yutuklik asosiy mezonlarva rivojlanish

qonuniyatlari. Toshkent-2018. 166. b.

5. Грановская Р. М., Крижанская й, С. Творчэство И перодоленда стреотипов.-СПб.: ОМС, 1994.-С.56.

6. Sharopova S. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishnining ijtimoiy-psixologik asoslari. Monografiya. Guliston sh. 2020.144 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.