Научная статья на тему 'ADVOKATLIK FAOLIYATI KAFOLATLARINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLAR'

ADVOKATLIK FAOLIYATI KAFOLATLARINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

32
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiya / Advokatura / advokatlik byurosi

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shaxzod Yo’ldoshev

Mazkur maqola “Advokatlik faoliyati kafolatlarining konstitutsiyaviy asoslari” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan advokatlik faoliyatining huquqiy kafolatlarini tahlil etadi. Advokatlik faoliyati davlat tomonidan ta'minlanadigan asosiy huquq va erkinliklardan biri sifatida, adolatli sudlov va fuqaroning huquqlarini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada, avvalo, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 141 va 142moddalaridagi advokatlik faoliyatiga oid normativhuquqiy asoslar va shuningdek, sudning mustaqilligi, advokatlar huquqlarini himoya qilish kabi kafolatlar ko'rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, advokatning erkin va mustaqil faoliyat yuritishi, uning mijoz manfaatlarini himoya qilishdagi kafolatlari, advokatlik sirining daxlsizligi va davlat tomonidan ta'minlanadigan kafolatlar tahlil qilinadi. Konstitutsiyaviy tamoyillarga muvofiq, advokatning huquqiy va ijtimoiy faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zaruriy kafolatlar muhim ahamiyatga ega ekanligi batafsil yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADVOKATLIK FAOLIYATI KAFOLATLARINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLAR»

ADVOKATLIK FAOLIYATI KAFOLATLARINING KONSTITUTSIYAVIY

ASOSLARI

Shaxzod Yo'ldoshev

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova

Inagamova

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola "Advokatlik faoliyati kafolatlarining konstitutsiyaviy asoslari" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan advokatlik faoliyatining huquqiy kafolatlarini tahlil etadi. Advokatlik faoliyati davlat tomonidan ta'minlanadigan asosiy huquq va erkinliklardan biri sifatida, adolatli sudlov va fuqaroning huquqlarini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada, avvalo, O'zbekiston Konstitutsiyasining 141 va 142-moddalaridagi advokatlik faoliyatiga oid normativ- huquqiy asoslar va shuningdek, sudning mustaqilligi, advokatlar huquqlarini himoya qilish kabi kafolatlar ko'rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, advokatning erkin va mustaqil faoliyat yuritishi, uning mijoz manfaatlarini himoya qilishdagi kafolatlari, advokatlik sirining daxlsizligi va davlat tomonidan ta'minlanadigan kafolatlar tahlil qilinadi. Konstitutsiyaviy tamoyillarga muvofiq, advokatning huquqiy va ijtimoiy faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zaruriy kafolatlar muhim ahamiyatga ega ekanligi batafsil yoritilgan.

Kalit so'zlar: Konstitutsiya, Advokatura, advokatlik byurosi,

KIRISH

Advokatlik faoliyati har qanday demokratik jamiyatning ajralmas qismi bo'lib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi advokatura institutining mustahkam huquqiy asoslarini belgilab, uning qonuniylik, mustaqillik va o'zini o'zi boshqarish prinsiplari asosida faoliyat yuritishini ta'minlaydi.

Har qanday kasb yoki lavozim egalari kabi, advokatlar ham o'z faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshiradilar. Masalan, o'qituvchilar "Ta'lim to'g'risida"gi qonun asosida faoliyat yuritsalar, sudyalar o'z ishlarini "Sudlar to'g'risida"gi qonun va boshqa huquqiy normalar asosida olib boradilar. Mazkur huquqiy hujjatlar nafaqat ularning faoliyatini tartibga soladi, balki kasbiy vazifalarini to'siqsiz amalga oshirish uchun zarur kafolatlarni ham belgilaydi. Kafolat - bu

254

2024-yil, 7-dekabr

ma'lum bir sohada huquq va majburiyatlarning to'liq va to'sqinliksiz bajarilishini ta'minlaydigan mexanizmdir.

N.D. Eriashvilli va V.Y. Kositsinlarning fikricha, advokatlar o'zlariga ishonch bildirilgan shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi kasb egalaridir.1 "Advokatura to'g'risida"gi2 O'zbekiston Respublikasi qonunida advokatlik faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, adolatli sudlovga erishishni ta'minlash uchun ko'rsatiladigan malakali yuridik yordam sifatida e'tirof etilgan.

Konstitutsiyaning 141 va 142-moddalari advokatlik faoliyatining huquqiy kafolatlarini aniq belgilab, advokatning kasbiy mustaqilligini, himoya qilinayotgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash va advokat sha'ni hamda qadr-qimmatini himoya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni kafolatlaydi. Ushbu normalar fuqarolarning adolatli sudlovga bo'lgan huquqlarini ro'yobga chiqarishda muhim mexanizm sifatida xizmat qiladi.

Tadqiqot natijalari: O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan to shu kungacha jamiyat hayotining barcha jabhalarida bo'lgani kabi sud-huquq tizimining ajralmas qismi bo'lgan advokatura tizimi ham to'xtovsiz ravishda rivojlanib bordi. 2022-yilgacha bo'lgan barcha ilmiy maqolalar va adabiyotlarda advokaturaning rivojlanish bosqichlarini 4 asosiy bosqichga ajratishgan ya'ni quyidagicha:

I bosqich: 1990 - 1996 yillar

II bosqich: 1997 - 2007 yillar

III bosqich: 2008 - 2016 yillar

IV bosqich: 2017 - 2022 yillar.3

Oxirgi Konstitutsiyaviy islohot advokatura institutining rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Yangilangan Konstitutsiyada advokatura instituti ilk bor konstitutsiyaviy maqomga ega bo'lib, unga bag'ishlangan maxsus bob kiritildi. Bu

1 HHaraMOBa M.M. Cn^araH TarnHM th3HMHHH pHBO^amHpHmHHHr 6ai3H crpaTerHK acoc^apn //Pecny6^HKacH HHB Ma^axa omnpnm hhcthtyth ax6oporaoMacn. T.- 2023. № 3. 63-70 6.

2 O'zbekiston Respublikasining Advokatura to'g'risida // qonun 27/12/1996 yil 349-I-son

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2008-y., 52-son, 514-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 -y., 03/21/683/0375-son, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 10.08.2023-y., 03/23/862/0578-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)

3 Ubaydullayev Doston Akbar o'g'li. 2022. "Advokatlik faoliyati kafolatlarining huquqiy asoslari". International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences 2 (4):105-9. https://iipsss.iscience.uz/index.php/iipsss/article/view/324.

2024-yil, 7-dekabr

255

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^

yangilik advokatlar faoliyatining mustaqilligini yanada mustahkamlaydi va ulaming huquqiy kafolatlarini kuchaytiradi. Mazkur islohot fuqarolarning adolatli sudlovga bo'lgan huquqlarini yanada samarali himoya qilishga xizmat qiladigan muhim qadam bo'ldi. Shundan kelib chiqish aytish mumkinki hozirga kelib advokatura instituning rivojlanishini 5 ta bosqichga ajratish mumkin

Endi esa yuqoridagi bosqichlarga qisqacha to'xtalib o'tsak.

1990-1996-yillar davrida advokatura O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan 1980-yil 12-noyabrda tasdiqlangan "O'zbekiston SSR Advokaturasi to'g'risida"gi Nizom asosida faoliyat yuritgan. Bu bosqich mustaqil advokatura institutini shakllantirish yo'lidagi dastlabki qadamlar bilan belgilandi.

Rivojlanishning ikkinchi bosqichi 1996-2008-yillarga to'g'ri keladi. Ushbu davrda advokatura tizimi qator islohotlar bilan boyidi. 1996-yil 27-dekabrda "Advokatura to'g'risida"gi qonun, 1998-yil 25-dekabrda esa uning mantiqiy davomi sifatida "Advokatura faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida"gi qonun qabul qilindi. Bu qonunlarda advokaturaga fuqarolik jamiyatining muhim huquqiy instituti sifatida huquqiy ta'rif berilib, tizimning mustaqilligiga alohida e'tibor qaratildi.

Advokatura rivojlanishining uchinchi bosqichi 2008-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida Advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bilan boshlandi. Ushbu farmon advokatura institutini modernizatsiya qilish va sud-huquq tizimining ajralmas qismi sifatida mustahkamlashda muhim rol o'ynadi.

2017-yildan boshlab advokatura sohasida yangi davr - to'rtinchi bosqich boshlandi. Bu bosqich Prezidentning 2018-yil 12-mayda qabul qilgan "Advokatura institutining samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi4 Farmoni bilan belgilanadi. Ushbu farmon advokatlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va ularning faoliyat samaradorligini oshirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Ushbu bosqichlardagi folzarb muammolarga to'xtaladigan bo'lsak Bugungi kunda O'zbekistonda ro'yxatga olingan advokatlar soni atigi 3 919 nafarni tashkil etadi. Afsuski, so'nggi 10 yil ichida ularning sonida sezilarli o'sish kuzatilmagan. Statistikaga ko'ra, mamlakatda har bir advokatga o'rtacha 8 660 nafar fuqaro to'g'ri keladi, ba'zi hududlarda esa bu ko'rsatkich yanada yuqorilab, 12 mingdan 20

4 O'zbekiston Respublikasi Advakatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida // qonun 12.05.2018 PF-5441-son Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 06/18/5441/1210-son.

2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

256

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

minggacha yetadi. Surxondaryo viloyatida esa ahvol yanada murakkab - bitta advokatga 32 ming aholiga xizmat ko'rsatish majburiyati tushadi.

Xalqaro miqyosda solishtirganda, bu raqamlar yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Isroilda har 136 kishiga, Turkiyada 665 kishiga, Qozog'istonda esa 3 932 kishiga bitta advokat to'g'ri keladi. Tahlil qilingan 42 davlat ichida O'zbekiston advokatlar soni bo'yicha 40-o'rinni egallab, past natijani ko'rsatmoqda.

Yosh advokatlar soni ham aholi talablariga javob bera olmayapti. Faoliyat yuritayotgan advokatlarning faqatgina 62 nafari 30 yoshdan kichik bo'lib, bu advokatlik faoliyatiga kirishda mavjud cheklovlar bilan bog'liq. Xususan, yuridik sohada kamida ikki yillik tajriba talab qilinadi va 1 900 dan ortiq savolni o'z ichiga olgan qiyin test imtihonini muvaffaqiyatli topshirish zarur.

Bu ma'lumotlar advokatura tizimida kadrlar yetishmovchiligi va huquqiy xizmatlar sohasidagi muammolarni yaqqol ko'rsatib turibdi. Shu bois, tizimni takomillashtirish va yosh mutaxassislarni jalb qilish bo'yicha samarali chora-tadbirlar zarurligi dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

Advokatura tizimidagi mavjud muammolarni samarali bartaraf etish va bu sohada sifatli huquqiy yordam ko'rsatish tizimini shakllantirish uchun advokatning huquqiy maqomini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlash zaruratga aylangandi. Bu nafaqat advokatlar faoliyatining kafolatlarini kuchaytiradi, balki ularning mustaqilligini ta'minlash va aholi uchun huquqiy himoya tizimini yanada ishonchli qilish imkonini beradi.

XULOSA

2023-yilda bo'lib o'tgan tarixiy referendumda O'zbekiston xalqining bir ovozdan qo'llab-quvvatlashi bilan yangilangan Konstitutsiya qabul qilindi. Ushbu Konstitutsiya mamlakat huquqiy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. Islohotlarning e'tiborli jihatlaridan biri — advokatura institutiga maxsus e'tibor qaratilgani bo'lib, u birinchi marotaba Konstitutsiyaga mustaqil bob sifatida kiritildi.

Bu o'zgarish advokatura institutining davlat va jamiyat hayotidagi muhim o'rnini yanada mustahkamlash, advokatlarning huquq va faoliyat kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularning mustaqilligini ta'minlashda asosiy poydevor yaratdi. Endilikda advokatura nafaqat huquqiy tizimning ajralmas qismi, balki demokratik tamoyillarni himoya qiluvchi mustaqil institut sifatida Konstitutsiyada o'z aksini topdi.

Mazkur islohot O'zbekistonda adolatli sudlovga erishish, fuqarolar huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish hamda davlat huquqiy tizimining ochiqligini ta'minlash borasidagi intilishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Bu esa mamlakat

257

2024-yil, 7-dekabr

huquqiy tizimini yanada yuqori darajaga ko'tarish yo'lida muhim tarixiy yutuq bo'ldi.

REFERENCES

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар//International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б.121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

258

2024-yil, 7-dekabr

8. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo'lini qat'iy davom ettiramiz. 06.11.2021 yil. www.yuz..uz

9. "O'zbekiston SSR Advokaturasi to'g'risida"gi Nizom. 12.11.1980 yil

10. O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi qonuni. 27.12.1996

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida Advokatura institutini yanada isloh qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. 01.05.2008 yil

12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Advokatura institutining samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. 12.05.2018 yil

13. O'zbekiston Respublikasi 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqqiyot strategiyasi. 28.01.2022 yil 8. "Science and innovation" international scientific journal 2022

14. Эриашвили Н.Д., Косицкин В.Ю. Процессуальный статус адвоката в уголовном судопроизводстве // Вестник Московского университета МВД России. № 2 / 2014. - С.62

15. Ubaydullayev Doston Akbar o'g'li. 2022. "Advokatlik faoliyati kafolatlarining huquqiy asoslari". International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences 2 (4):105-9. https://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss/article/view/324.

16. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

17. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

18. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

19. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

20. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

259

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.