Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKAT YORDAMCHISI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKAT YORDAMCHISI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
508
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Advokatlar palatasi / huquqiy maqom / advokat yordamchisi / advokat yordamchisi bo‘lish uchun talablar / O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish / guvoh. / Chamber of advocates / legal status / assistant advocate / requirements for becoming an assistant advocate / being a citizen of the Republic of Uzbekistan / witness.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Egamov, Xamrobek Xamid O‘g‘li, Matmurotov, Alibek Ravilovich

Mazkur maqolada advokat yordamchisiga oid bo‘lgan asosiy qoidalar qonunda aks ettirish kerakligi, advokat yordamchisi bo‘lish uchun qo‘yilgan talablar, advokat yordamchisi bo‘lishi mumkin bo‘lmagan shaxslar, advokat yordamchisi faoliyatini tartibga solishga oid hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan qabul qilinishi zarurligi xorijiy davlatlar tajribasi asosida muhokama qilindi. Mualliflar tomonidan advokat yordamchisini advokatlik siri bo‘yicha kelgusida guvoh sifatida so‘roq qilish mumkin bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatiga kiritishga hamda advokat yordamchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi muddatli bo‘lishi lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF IMPROVING THE ACTIVITIES OF ASSISTANT ADVOCATES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

This article, based on the experience of foreign countries, discussed the main provisions regarding the assistant advocate, the requirements for him to become an assistant advocate, persons who cannot be assistant advocates, documents regarding the regulation of the activities of the assistant advocate, adopted by the Chamber of Advocates of the Republic of Uzbekistan. The authors paid particular attention to the inclusion of the assistant advocate in the list of persons who in the future cannot be questioned as witnesses for advocate’s secrecy, and the fact that the employment contract concluded with the assistant advocate should be urgent.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKAT YORDAMCHISI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKAT YORDAMCHISI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI

Egamov Xamrobek Xamid o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakultetining 1-kurs talabasi E-mail: egamovxamrobek57 @gmail. com Matmurotov Alibek Ravilovich, Toshkent davlat yuridik universitetining Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, ilmiy maslahatchisi E-mail: [email protected]

Mazkur maqolada advokat yordamchisiga oid bo 'lgan asosiy qoidalar qonunda aks ettirish kerakligi, advokat yordamchisi bo 'lish uchun qo 'yilgan talablar, advokat yordamchisi bo 'lishi mumkin bo 'lmagan shaxslar, advokat yordamchisi faoliyatini tartibga solishga oid hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan qabul qilinishi zarurligi xorijiy davlatlar tajribasi asosida muhokama qilindi.

Mualliflar tomonidan advokat yordamchisini advokatlik siri bo'yicha kelgusida guvoh sifatida so 'roq qilish mumkin bo 'lmagan shaxslar ro 'yxatiga kiritishga hamda advokat yordamchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi muddatli bo'lishi lozimligiga alohida e'tibor qaratildi.

Kalit so'zlar: Advokatlar palatasi, huquqiy maqom, advokat yordamchisi, advokat yordamchisi bo'lish uchun talablar, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo 'lish, guvoh.

SOME ASPECTS OF IMPROVING THE ACTIVITIES OF ASSISTANT ADVOCATES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Egamov Khamrobek Khamid o'g'li,

1st year student of the Faculty of Criminal Justice of Tashkent State University of Law E-mail: egamovxamrobek57 @gmail. com Matmurotov Alibek Ravilovich, Acting Associate professor of the Department of Judicial, law enforcement agencies and advocacy, Tashkent State University of Law, scientific advisor E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ABSTRACT

This article, based on the experience of foreign countries, discussed the main provisions regarding the assistant advocate, the requirements for him to become an assistant advocate, persons who cannot be assistant advocates, documents regarding the regulation of the activities of the assistant advocate, adopted by the Chamber of Advocates of the Republic of Uzbekistan.

The authors paid particular attention to the inclusion of the assistant advocate in the list of persons who in the future cannot be questioned as witnesses for advocate's secrecy, and the fact that the employment contract concluded with the assistant advocate should be urgent.

Key words: Chamber of advocates, legal status, assistant advocate, requirements for becoming an assistant advocate, being a citizen of the Republic of Uzbekistan, witness.

НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Эгамов Хамробек Хамид угли,

Студент 1 курса факультета уголовного правосудия Ташкентского государственного юридического университета E-mail: egamovxamrobek57 @gmail. com

Матмуротов, Алибек Равилович,

И.о. доцент кафедры суд, правоохранительные органы и адвокатуры, Ташкентского государственного юридического университета, научный консультант E-mail: [email protected]

АННОТАЦИЯ

В данной статье на основе опыта зарубежных стран обсуждались основные положения, касающиеся помощника адвоката, требования, предъявляемые к нему для того, чтобы стать помощником адвоката, лица, которые не могут быть помощниками адвоката, документы, касающиеся регулирования деятельности помощника адвоката, принимаемые Палатой адвокатов Республики Узбекистан.

Авторами уделено особое внимание включению помощника адвоката в список лиц, которые в дальнейшем не могут быть допрошены в качестве свидетелей по адвокатской тайне, и тому, что трудовой договор, заключаемый с помощником адвоката, должен быть срочным.

ПОМОЩНИКОВ АДВОКАТОВ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Ключевые слова: Палата адвокатов, правовой статус, помощник адвоката, требования к помощнику адвоката, быть гражданином Республики Узбекистан, свидетель.

O'zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimini yanada rivojlantirishda, fuqarolarga sud va tergov ishlarining har qanday bosqichida malakali yuridik yordam ko'rsatishda asosiy ro'l o'ynaydigan, fuqarolik jamiyatining muhim huquqiy institutlaridan biri bo'lgan advokatura institutining kun sayin ahamiyati ortib bormoqda.

Bugungi kunda advokatura institutiga yosh malakali kadrlarni jalb qilish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni [1] ning 19-maqsadida oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavr yo'nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga o'qishdan bo'sh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ishlash huquqini berishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasiga yuklatilgan.

Advokat yordamchisining roli advokatlik tuzilmasida muhim ahamiyatga ega bo'lib, ushbu shaxslar nafaqat advokatura institutiga o'zining hissasini qo'shadi, balki advokatlarning istiqboldagi avlodi hisoblanadi [2]. Shu nuqtayi nazaridan advokat yordamchisiga oid qonunchilikni takomillashtirish bilan birga uning nazariy asoslarini ham kuchaytirish lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ishda mantiqiy, qiyosiy-huquqiy, ilmiy manbalarni aniq tadqiq etish, statistika ma'lumotlari tahlili, qonun hujjatlarini sharhlash, qonunni qo'llash amaliyotini o'rganish kabi usullardan foydalanilgan. Shu bilan birga, advokat yordamchisiga oid Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Tojikiston, Armaniston, Belarus, Qirg'iz, Ukraina, Gruziya davlatlarining ijobiy tajribasi o'rganilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Birinchi navbatda advokat yordamchisining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish zarur deb hisoblaymiz. Mamlakatimizda advokat yordamchisiga oid asosiy qoidalar O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan "Advokatura to'g'risida"gi 349-I-son Qonuni [3] 8-moddasida belgilangan. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 27-martdagi 80-mh-son buyrug'i bilan

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

tasdiqlangan Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida nizom [4] ham mavjud bo'lib, ushbu qonunosti hujjati advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

1996-yil 27-dekabr kuni qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi Qonuni faqatgina 8-moddasi advokat yordamchisiga oid norma hisoblanadi. Advokat yordamchisi faoliyatini tartibga solishga qaratilgan asosiy qoidalar qonunosti hujjatida belgilangan [5]. Fikrimizcha, advokat yordamchilariga oid asosiy normalar qonun dajarasida bayon qilinishi lozim. Bu birinchi navbatda ularning mavqeining oshishi olib kelsa, ikkinchi tarafdan advokat yordamchisi bilan bog'liq ayrim kollizion nomalarda ularga ustunlik berishiga zamin yaratadi.

Amaldagi tartibga ko'ra, advokat yordamchisi bo'lish uchun nomzod quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lish;

- oliy yoki o'rta yuridik ma'lumotga bo'lgan bo'lish.

Shu bilan birga, milliy advokatura qonunchiligida advokat yordamchisi bo'lishi mumkin bo'lmagan quyidagi ikki turdagi shaxslar ro'yxati belgilangan:

- belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

- sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar.

Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodni ishga qabul qilish advokatlik

tuzilmasi (advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay'ati) rahbarining yoki O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi rahbarining bo'yrug'i bilan amalga oshiriladi [6]. Qayd etish joizki, advokat yordamchisiga mutasaddi-advokat ham shu buyruq bilan tayinlanadi.

Advokat yordamchisining mehnat sharoitlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasi (kontrakt)da quyidagi masalalar bayon qilingan bo'lishi kerak:

1) advokatlik tuzilmasining (hududiy boshqarmasining), mutasaddi-advokatning hamda advokat yordamchisining huquq va majburiyatlari;

2) advokat yordamchisining mehnatiga haq to'lash tartibi;

3) advokat yordamchisining ish rejimi;

4) advokat yordamchisi mehnat shartnomasining (kontraktning) amal qilish muddati;

5) advokat yordamchisi mehnat shartnomasini tugatish shartlari;

6) advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarmasi), mutasaddi-advokat va yordamchi o'zaro munosabatlarining boshqa masalalari.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarma) tomonidan yordamchiga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Mazkur guvohnoma u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda advokatlik tuzilmasiga (hududiy boshqarmaga) qaytariladi[7].

E'tiborli jihati shundaki, advokat yordamchisi bevosita mutasaddi-advokatga bo'ysunadi. Uning advokat yordamchisi sifatidagi ish staji advokat maqomiga ega bo'lish uchun zarur bo'lgan yuridik mutaxassislik bo'yicha ish stajiga qo'shilishi qayd etilgan.

Milliy advokatura qonunchiligiga ko'ra, advokatlarning kasb etikasi qoidalari va advokatlik sirini saqlashga doir talablar yordamchiga nisbatan tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, advokat yordamchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) 8 holat mavjud bo'lgan taqdirda bekor qilinishi mumkinligi belgilangan.

Amaldagi advokat yordamchisiga oid qonunchilikni o'rganish va tahlil qilish shuni ko'rsatmoqdaki, advokat yordamchisi oid asosiy qoidalar qonunda belgilanishi zarurligi, advokat yordamchisi bo'lish uchun qo'yilgan talablar, advokat yordamchisi bo'lishi mumkin bo'lmagan shaxslar, ularni ishga qabul qilish tartibi, advokat yordamchilarining vazifalarini aniqlashtirish, advokat yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan davr yuridik mutaxassislik bo'yicha ish staji hisoblanishi yoki aksincha ekanligi, advokat yordamchisining advokat sirini saqlashi hamda uni kelgusida ushbu holat bo'yicha guvoh sifatida so'roq qilmaslik masalalari xorijiy davlatlar tajribasi asosida tanqidiy ko'rib chiqish zarur.

Yuqorida ko'rsatilgan masalalarni tadqiqot doirasida xorijiy davlatlarning tajribasi asosida ochib berishga harakat qilamiz.

2002-yil 31-mayda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasining "Rossiya Federatsiyasida advokatura va advokatlik faoliyati to'g'risida"gi Federal Qonuni [8] qabul qilingan bo'lib, uning to'rtinchi bobida advokat yordamchisiga oid norma bayon qilingan. Ushbu Qonunning 27-moddasi advokat yordamchisiga bag'ishlangan bo'lib, unda advokat yordamchilarga ega bo'lish huquqiga ega ekanligi, advokat yordamchisi bo'lish uchun nomzodga faqatgina oliy, tugallanmagan oliy yoki o'rta yuridik ma'lumotga ega bo'lish talabi belgilangan.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining advokaturaga oid qonunchiligida nomzod quyidagi holatlarda advokat yordamchisi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin emasligi belgilangan:

birinchidan, Rossiya Federatsiyasi qonunlarida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki qisman muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

ikkinchidan, qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasining advokaturaga oid qonunchiligida advokat yordamchisi advokat sirini saqlashga majbur ekanligi, advokat yordamchisining mehnat faoliyati muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshirilishi qayd etilgan.

1999-yil 28-dekabr kuni qabul qilingan "Advokatlik faoliyati va advokatlar to'g'risida"gi Ozarbayjon Respublikasi Qonuni [9] 81-moddasida oliy yuridik ma'lumotga ega Ozarbayjon Respublikasining fuqarosi advokat yordamchisi bo'lishi mumkinligi, advokat yordamchisi advokat sirini himoya qilishi, shuningdek advokatlarning xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi shartligi belgilangan.

2005-yil 13-yanvar kuni qabul qilingan "Advokatura to'g'risida"gi Armaniston Respublikasi Qonuni [10]ning uchinchi bobi advokat va uning faoliyati deb nomlangan bo'lib, uning 23-moddasida advokat yordamchisiga oid asosiy qoidalar belgilangan. Xususan, advokat yordamchi va yordamchilarga ega bo'lish huquqiga ega ekanligi, sudning qarori bilan muamolaga layoqatsiz yoki muamola layoqati cheklangan yoki qasddan sodir qilgan jinoyat uchun sudlangan va uning sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar advokat yordamchisi bo'la olmasligi, advokat yordamchisi advokatlik sirini oshkor qilmasligi lozim, bundan qonunchilikda belgilagan holatlar mustasno ekanligi, advokat yordamchisining shaxsini advokat yordamchisining guvohnomasi tasdiqlaqlashi, uning shakli va berish tartibi advokatlar palatasi kengashi tomonidan tasdiqlanishi ko'rsatib o'tilgan.

2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan "Belarus Respublikasida advokatlik faoliyati va advokatura to'g'risida"gi Belarus Respublikasi Qonuni [11]ning "Advokat" deb nomlangan ikkinchi bobida advokat yordamchisi oid norma bayon qilingan. Ushbu qonunning 19-moddasi advokat yordamchisiga bag'ishlangan bo'lib, unda advokatlik tuzilmalari va advokatlar mehnat shartnomasi asosida advokat yordamchisini jalb qilishi mumkinligi, advokatning yordamchisi sifatida ishlagan vaqti, agar u yuridik ma'lumotga ega bo'lsa, mutaxassislik bo'yicha ish stajiga kiritilishi, advokat yordamchisi advokatlik sirini saqlashga majbur ekanligi, shu bilan birga, advokat yordamchisi sifatida qasddan sodir qilgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud belgilangan tartibda muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar ishga qabul qilinmasligi belgilangan.

2016-yil 27-iyul kuni qabul qilingan "Advokatlik faoliyati va Qirg'iz Respublikasi advokaturasi to'g'risida"gi Qirg'iz Respublikasi Qonuni [12]ning "Advokatning huquq va majburiyatlari. Advokatlik faoliyatining kafolatlari" deb nomlangan uchinchi bobi 28-moddasida advokat yordamchisi bo'lish uchun talablar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

belgilangan. Xususan, nomzod advokat yordamchisi bo'lishi uchun Qirg'iz Respublikasi fuqarosi bo'lishi hamda oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi lozimligi qayd etilgan.

Qayd etish joizki, Qirg'iz Respublikasida advokat yordamchisi bo'la olmaydigan shaxslar ro'yxati qolgan davlatlarnikiga qaraganda kengroq berilgan. Masalan:

- Qirg'iziston Respublikasi fuqaroligiga ega bo'lmagan, Qirg'iziston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan shaxs advokat yordamchisi bo'lishi mumkin emas;

- sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;

- intizomiy huquqbuzarlik sodir etganligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlaridan bo'shatilganlar - ishdan bo'shatilgan kundan boshlab bir yil ichida;

- ilgari advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyadan mahrum qilingan.

Bundan tashqari, Qirg'iz Respublikasi qonunchiligida advokat yordamchisi yuridik yordam so'rab murojaat qilgan shaxslar ma'lumotlarining maxfiyligini saqlashi shartligi alohida qayd etilgan.

2015-yil 18-mart kuni qabul qilingan "Advokatlik faoliyati va advokatura to'g'risida"gi Tojikiston Respublikasi Qonuni [13] to'rtinchi bobi "Advokatlik faoliyatini tashkil etish" deb nomlangan bo'lib, uning 33-moddasida advokat yordamchilarga ega bo'lish huquqiga ega ekanligi, advokat yordamchisi bo'lish uchun nomzod oliy yoki to'liq bo'lmagan oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar advokat yordamchilari bo'lishi mumkinligi, advokat yordamchisi davlat va advokatlik sirini saqlashga majburligi belgilangan.

2012-yil 5-iyul kuni qabul qilingan "Advokatlik faoliyati va advokatura to'g'risida"gi Ukraina Qonuni [14]da "Advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lish. Advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari" deb nomlangan ikkinchi bo'lim mavjud bo'lib, uning 16-moddasida advokat yordamchisi qo'yilgan talab belgilangan. Xususan, oliy yuridik ma'lumotga ega shaxslar orasidan advokat o'ziga yordamchi olishi mumkin.

Advokaturaga oid Ukraina qonunchiligining e'tiborli jihati shundaki, advokat yordamchisi to'g'risidagi nizom Ukraina Advokatlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

2001-yil 20-iyun kuni qabul qilingan "Advokatlik faoliyati to'g'risida"gi Gruziya Qonuni [15] to'rtinchi bobi "Advokat stajori. Advokat yordamchisi" deb

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

nomlangan. Mazkur qonunning 17-moddasida advokatlik faoliyati jarayonida texnik yoki boshqa turdagi yordam olish uchun advokat yordamchini yollashi mumkinligi, tegishli advokat ishtirokida yoki uning topshirig'iga binoan advokat tomonidan imzolangan ruxsatnoma asosida advokat yordamchisi o'zining sudda, hakamlik sudida, surishtiruv organlari va boshqa davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalarida ish yuritayotganida ish bo'yicha materiallar bilan tanishish huquqiga ega ekanligi, advokatning yordamchisi o'z kasbiy faoliyati davomida unga ma'lum bo'lgan masalalar bo'yicha guvoh sifatida so'roq qilinishi mumkin emasligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, "Advokatlik faoliyati to'g'risida"gi Gruziya Qonunining 7-moddasida kasbiy sir haqida bo'lib, ushbu norma advokat yordamchisiga ham taalluqli hisoblanadi.

Yuqorida bayon qilinganlarga hamda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

birinchidan, advokat yordamchisi faoliyatiga oid asosiy qoidalar qabul qilinishi rejalashtirilayotgan "Advokatura va advokatlik faoliyati to'g'risida"gi Qonunda alohida bob shaklida bayon qilinishi zarur. Mazkur ijobiy tajriba Gruziya qonunchiligida mavjud.

ikkinchidan, bugungi kunda advokat yordamchisi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri buyrug'i bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshirilmoqda. Advokatura institutining mustaqilligini ta'minlash maqsadida advokat yordamchini faoliyatini tartibga oluvchi hujjat O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan qabul qilinishi maqsadga muvofiq. Ushbu tajribani Rossiya Federatsiyasi, Ukraina qonunchiligida ko'rish mumkin.

uchinchidan, advokat yordamchisi bo'lish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lish talabini bekor qilish zarur. Bu O'zbekistonda ta'lim olayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning advokat yordamchisi bo'lish ishlash uchun zarur sharoit yaratadi. Mazkur tajribani Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Gruziya davlatlari qonunchiligida uchratish mumkin.

to'rtinchidan, amaldagi qonunchilikka muvofiq advokat yordamchisi bo'lish uchun, albatta, oliy yuridik ma'lumotga yoki o'rta yuridik ma'lumotga ega bo'lish talabi mavjud. Shu bois hozirda bakalavriat talabalari advokat yordamchisi bo'lib ishlashi mumkin emas. Bizningcha, advokatura institutining jozibadorligi oshirish, yoshlarni keng jalb qilish maqsadida oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavr

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga advokat yordamchisi bo'lib ishlash huquqini berish zarur. Ushbu ijobiy tajriba Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston qonunchiligida mavjud.

beshinchidan, faqatgina qasddan sodir qilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar advokat yordamchisi bo'lib ishlashi mumkin emasligi to'g'risidagi norma amaldagi qonun hujjatlariga kiritilishi maqsadga muvofiq. Bu tajriba Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus davlatlari qonunchiligida mavjud.

oltinchidan, advokat yordamchisi advokat siri bilan bog'liq bo'lgan masalalar bo'yicha kelgusida surishtiruv yoki dastlabki tergovda hamda sudda guvoh sifatida so'roq qilinmaydigan shaxslar qatoriga kiritish maqsadga muvofiq. Chunki ushbu holat milliy qonunchilikda tartibga solinmagan. Mazkur tajribani Gruziya qonunchiligida kuzatish mumkin.

yettinchidan, bugungi kunda advokat yordamchilari to'g'risida yetarlicha to'liq ma'lumotlarni rasmiy manbalardan qidirib topishda shaxslarda ayrim qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Ushbu muammoni maqbul yechimini topish uchun advokat yordamchilari reyestrini joriy etish maqsadga muvofiq bo'lardi.

REFERENCES

1. Y3ÔeKHCTOH Pecnyô^HKacn npe3HgeHTHHHHr 2022 hh^ 28 AHBapgara "20222026 fiumapra Myn^amaHraH ^Hra Y36eKHCTOHHHHr Tapa^KHëT CTpaTera^CH TyFpHCHga"rn nO-60-coH OapMOHH;

2. Qodiraliyev, S. (2022). IMPROVING THE ACTIVITY OF QUALIFICATION COMMISSIONS UNDER THE REGIONAL ADMINISTRATIONS OF THE CHAMBER OF ADVOCATES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 3(12), 59-65.

3. O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan "Advokatura to'g'risida"gi 349-I-son Qonuni;

4. O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 27-martdagi 80-mh-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida nizom;

5. Nurumov D. The Essence And Features Of The Plea Bargain As A Simplified Procedure For Criminal Proceedings //Solid State Technology. - 2020. - T. 63. - №.

5. - C. 6215-6221.

6. Matkarimov, Q. Q., & Xudayberganova, F. Y. (2022). FUQAROLIK SUDLOV FAOLIYATIDA MEDIATSIYANI QO 'LLASHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI VA BUNDA ADVOKATNING MEDIATOR SIFATIDAGI

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ISHTIROKI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(4), 503-512.

7. Матмуротов, А. (2023). Advokat maqomiga ega bo 'lishga talabgor shaxsning stajirovka o 'tash tartibini takomillashtirish masalalari. Общество и инновации, 4(1),

8. http://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_36945/9f6de090aeaa05561d 4c237b804c22ebb8396261/

9. http://www.eurasian-advocacy.ru/azerbajdzhanskaya-respubHka/607-zakon-azerbajdzhanskoj -respubliki-ot-10 -iyunya-2011-goda-145 -ivqd

10. https://www.arlis.am/documentview.aspx?docid=78982

11. https://kodeksy-by.com/zakon_rb_ob_advokature/19.htm

12. http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/205356/30?cl=ru-ru

13. httpV/ncz.tj/content/закон-республики-таджикиетан-об-адвокатуре-и-адвокатской- деятельности

14. http://www.eurasian-advocacy.ru/ukraina/617-zakon-ukrainy-ob-advokature-i-advokatskoj-deyatelnosti

15. http://www.eurasian-advocacy.ru/gruziya/608-zakon-gruzii-ob-advokatskoj-deyatelnosti

118-131.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.