ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA" ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI
Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi katta o'qituvchisi nihatchetin@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur mutafakkiri Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning (1334-1406) "Muqaddima" asarida davlat tushunchasiga bo'lgan yondashuvlar tahlil qilingan. Mutafakkirning davlat tushunchasiga munosabati o'zi faoliyat yuritgan davridagi mavjud davlatlar va ularning tarixini o 'rganish natijasida shakllangan. Maqolada Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning "asabiyya" kategoriyasi ham tahlil qilingan.
Tayanch tushunchalar: Davlat, "mulk", "asabiyya", Shohlik, taassub, hukmdor, natural shohlik, siyosiy shohlik, aql yo'lidan boshqarish, xalifalik, falsafa, tarix, unsurlar, jamiyat, "Muqaddima".
АННОТАЦИЯ
В статье анализируются подходы к концепции государства в мукаддиме Абу Зайда Абдурахмана ибн Халдуна (1334-1406), известного мыслителя арабо-мусульманской общественной мысли. Отношение мыслителя к концепции государства формируется путем изучения существующих состояний и их истории в период его деятельности. В статье также анализируется категория «асабиййа» Абу Зайда Абдурахмана ибн Халдуна.
Ключевые понятия: Государство, «собственность», «асабиййа», царство, фанатизм, правитель, естественное царство, политическое царство, интеллектуальное правление, философия, халифата, история, элементы, общество, «Введение».
ABSTRACT
This article analyzes the approaches to the concept of state in the "Muqaddima " by Abu Zayd Abdurahman ibn Khaldun (1334-1406), a well-known thinker of Arab-Muslim social thought. The thinker's attitude to the concept of the state is formed by
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2021: 5.423
studying the existing states and their history in the period of his activity. The article also analyzes the category of "nervousness" of Abu Zayd Abdurahman ibn Khaldun.
Key words and expressions: State, "property", "asabiyya", kingdom, fanaticism, ruler, natural kingdom, political kingdom, intellectual government, philosophy, caliphate, history, elements, society, "Introduction".
Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur mutafakkiri Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning (1334-1406) "Muqaddima" asarida davlat tushunchasiga bo'lgan yondashuvlari haqida mulohaza yuritiladi. Mutafakkirning davlat tushunchasiga munosabati XIV asr ikkinchi yarmi hamda XV asr boshida mavjud davlatlar va ularning tarixini o'rganish natijasida shakllangan. Maqolada Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning "asabiyya" kategoriyasi ham tahlil qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning "Muqaddima" asari metodologik manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida mutafakkirning jamiyat taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi omillar, shu jumladan, geografik determinism oqimi xususiyatlari va jihatlari obyektiv ochib berildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Ibn Xaldunda davlat haqida tushuncha, o'z davridagi mavjud davlatlar va ularning tarixini o'rganish natijasida shakllangan. Ibn Xaldundagi davlat tushunchasi ma'lum darajada mulk tushunchasi bilan bir ma'noni kasb etadi. Davlatning ham shakllanish asosi taassubdir. Davlat bir kishining boshqalar ustidan hukm yuritishi, shuningdek, hokimiyat bilan bog'liq bo'lgan, yerga mulkchilik asosida shakllanadi. Davlatning mulkdan farqi shundaki, u substratdir, mulk esa odamlar o'rtasidagi munosabatlar ko'rinishi sifatida davlatning funksiyasi va ob'ektidir. Ibn Xaldun davlat so'zini ko'plik soni, uchinchi shaxsda moslashtirib, davlat xaqida "ular" deb gapiradi. Boshqacha aytganda, davlat va mulkka ega kishilar guruhidir. Davlat "mulk" bilan genetik bog'liq bo'lgan taassubning natijasi desak xato qilmagan bo'lamiz.
Davlat an'anani davom ettirgan xolda, sulolaviy xarakterga ega (Monarxiya). Xokimiyat ibtidoiy tenglik munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2021: 5.423
meros asosida vorislarga o'tadi. Boshqacha qilib aytganda, asabiyyaning nisbiy tengligi, davlatga o'tish chog'ida mutloq tengsizlikka aylanadi.
Ibn Xaldun davlatning tushuntirar ekan, ko'proq «Shohlik» atamasini qo'llaydi. Ibn Xaldun ijtimoiy hayot asoslarini donishmandona tahlil qilib, shunday xulosa keladi, Shohlik tizimi (Davlat) taassubning natijasi, so'nggi bosqichidir1. Bu haqda u asarining «Shohlik taassubning yakunlanishi» deb nomlangan 17 bobida aytib o'tadi. Shohlik va shohlik tuzumi mavjudligi jamiyat taraqqiyotining oliy darajasidan dalolat beradi. Davlat haqida gapirar ekan, Ibn Xaldun uning tashkil topishidan istibdodning o'rniga katta ahamiyat beradi. Bu yerda istibdod atamasining lug'aviy ma'nosiga e'tibor berishimiz kerak. Bu arabcha [Istabadda] X bobda fe'lining masdar shakli bo'lib, «zulmga asoslangan yakka boshqaruv», «Yakka hukmronlik» ma'nosini beradi. Yuqoridagi fikrlarga qaytsak, garchi istibdod hokimiyat o'rnatish uchun tagzamin hozirlasada, biroq hukmdorga itoat etish qo'rquv va zo'rovonlikdan ko'ra ko'proq uning tabiiy ulug'vorligi va obro'-e'tiboriga qarab amalga oshadi.
Umumiy taassub uning rahnamoligining kafolatiga aylanadi. Ammo hamma joyda va hamma vaqt ham rahbarlik uchun shuning o'zi kifoya emas. Shaxarlarda zo'rlik va hukmronlikka tayanib, davlat degan voqe'lik shakllanib, qurolli kuchlar yordamida jamiyatning tashqi dushmanlardan himoya qilish vazifasini o'z bo'yniga oladi. Bu bosqichda, Ibn Xaldun fikricha, shohlik zulm va zo'ravonlik asosida hukmronlik qilish ma'nosini beradi.
Shohlikda yana ko'plab o'ziga xos belgilar bo'lib, ular quyidagilardir: "Shohlik -bu istibdod, va yo'lboshchilikdan ustundir, chunki sardorlik bu o'ziga xos hukmronlik bo'lib, kimki bu hokimiyatni qo'lga kiritsa, u hukmdor bo'lsa ham, o'z xalqiga nisbatan zo'rovonlik va zulm siyosatidan foydalanmaydi. Holbuki, shohlik- bu kuch va zo'rovonlikka qurilgan hukmronlik va rahbarlikdir".
Shuningdek, Ibn Xaldun davlat rahbari haqida quyidagicha fikr bildiradi:
"Hukmdor- bu jamiyat a'zolaridan biri bo'lib, boshqalardan baland turadi va odamlar bir-biriga zarar yetkazmasliklari uchun ularni boshqaradi. Shohlikning (Davlat) ma'nosi ham shudir".
1 XpTaMHH Canng My^aMMag. HCTOM Ta^aKKyp Tapnxn. T.: "MHHXO®", 2003 H., 252-6eT
"Inson uchun shohlik -bu tabiiy holat, chunki yuqorida bayon etganimdek, inson o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish maqsadida jamoaviy hamkorlikka muxtojdir. Jamoa yuzaga kelgach, savdo -sotiq paydo bo'ladi va har bir odam o'ziga kerakli mahsulotni boshqalardan olishga intiladi. Odamga boshqalar ustidan hukmronlik qilish kabi tabiiy-hayvoniy xislat singdirilgani bois, o'z navbatida bu zo'ravonlikka zid o'laroq kuch va mardlik bilan qarshi chiqish xislati ham mavjud. Buning oqibatida urush boshlanadi, bu esa bashariyatning halokatiga sabab bo'lishi mumkin. Holbuki, parvardigori olam inson naslining Yerda davom etishini hohlaydi. Shuning uchun inson hayoti alohida odamlar tajovuzkorligining oldini olishga qodir hukmdorsiz ta'min bo'lmaydi. Demak, odam nazoratga, ya'ni hukmdorning kuch-qudratiga muhtoj.
Shohlik esa xalqning orzu-armonlarini ifodalovchi oliy maqom holatdir, u esa himoyaga muhtoj. Bularning hammasi taassub bo'lmasa, amalga oshmaydi. U esa hilma-hil ko'rinishga ega bo'lib, har biri boshqasidan ustunligi yoki tobeligi bilan ajralib turadi. Butun raiyatni taslim qila olgan, hazina to'plashni to'plashni uddalagan, boshqa viloyatlar yoki mamlakatlarga vakillarini yubora olgan, davlat chegaralarini himoya qila oladigan va eng yuqori hukmfarmolik qudratini qo'lga kiritgan shohgina bunga munosibdir. Mutlaq yakka hukmronlikning ma'nosi shu". Ibn Xaldun shohlikning tabiiyligi va istibdodni shu tarzda asoslab o'tadi. Ibn Xaldun yuqoridagi fikrlardan so'ng shunday xulosa qiladi.: "Odamlar uchun yaratish bilan shug'ullanish va ijtimoiy hayot bu tabiiy holat. Taassub insoniyat jamiyatining mustahkam poydevoridir. Taassubning so'ngi nuqtasi esa shohlik. Haqiqiy podshoh-mutlaq hukmdor bo'lib, xalq uning qulidir. Albatta, u hazina jamlaydi, chegaralarni qo'riqlaydi, boshqa davlatlarga elchilar yuboradi, lekin u xalq oldida mutlaqo ma'sul emas". Ibn Xaldun o'zi yashagan davrdagi siyosiy tuzilmalarning prinsiplaridan kelib chiqqan holda, yuqoridagi fikrlarni ilgari surgan bo'lishi mumkin. Darhaqiqat, Ibn Xaldun islom istibdodi j amiyatshunosidir.
Ibn Xaldun fikricha, jamoaviy hayotning zarurari hisoblangan shohlik (davlat) qonun va tartibga muhtojdir. Agar qonunlar donishmand davlat arboblaridan tashkil topgan guruh tomonidan ishlab chiqilsa, u holda hukmron davlat siyosati oqilona siyosatdir. Agar qonunlar kelib chiqishiga ko'ra ilohiy bo'lsa, unda siyosat diniy xususiyat kasb etadi. Ibn Xaldun fikricha, bu dunyoda va u dunyoda ham saodat olib keladigan ideal siyosat-bu islom shariatidan kelib chiqadigan siyosatdir.
Scientific Journal Impact Factor
R
SJIF 2021: 5.423
Ibn Xaldun jamiyat siyosiy boshqaruvining monarxik tipidan boshqa turini tilga olmaydi. U hokimiyatni siyosiy bosh qarishning uch toifasini sanab o'tadi va ular quyidagilar:
1. Natural shohlik, ya'ni xalqni o'z ehtiroslari va tabiiy talablari bo'yicha yashashga majbur qilish;
2. Siyosiy shohlik, ya'ni dunyoviy hayotda foydali narsalarni qo'lga kiritish va zararli narsalardan saqlanish uchun jamiyatni aql yo'lidan boshqarish;
3. Xalifalik bo'lib, ya'ni jamiyatni odamlarning dunyoviy va oxiratdagi manfaatlarini qondirish maqsadida shariatga muvofiq tarzda boshqarish. Bunday holda oxirgi maqsad - boshqa dunyoda saodatga erishishdir. Darhaqiqat, bunday siyosat dinni va dunyoviy siyosatni saqlashda shariat asoschisining o'rinbosari bo'lib ish ko'rish demakdir.
Ibn Xaldun boshqa siyosiy nazariyotchilardan farqli o'laroq, diniy hokimiyatni dunyoviy hokimiyatdan ajratadi. Ibn Xaldun musulmon bo'lganligi sababli shariat qonunlariga rioya etadi va haqiqatni islom qoidalarini bajarishda va ularga rioya etishda deb biladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Ibn Xaldun ideal davlat tuzumi sifatida shariat qonunlari amal qiladigan shohlik tuzumini ilgari surgan. U hukmdorning xalq oldidagi mas'uliyati, bu mas'uliyatni amalga oshirish, siyosiy hokimiyat ustidan nazorat o'rnatish to'g'risida tasavvurga ega bo'lmagan. Uningcha, podshoh xudo oldida javobgar, xalqning itoat qilishidan o'zga chorasi yo'q.
REFERENCES
1. Hotamiy Sayid Muhammad. Islom tafakkur tarixi. T.: "Minhoj", 2003 y.
2. Ibn Xaldun. Al-Muqaddima. Al-Qohira: Dor al-kitab Al-Misriy va al-Lubnaniy,
3. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
4. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.
1999 m.
5. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.
6. Sulaymonov, J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.
7. Sulaymonov, J.B. Ibn Haldun qarashlarida geografik determinizm ildizlari //Sharqshunoslik jurnali. 2018 yil 4-soni. 124-128 betlar.
8. Сулаймонов, Ж.Б. Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации// Международный научно-практический журнал "Экономика и социум". 12 (79)2020 г. //https://iupr.ru//a78cf8ac-3ef5-4670-8fcd-a900ec94fdfb.
9. Dr. Munir Koshtosh. Ibn Haldunin Mukeddimesini boru mushehedeler.// www.dukkan.dkotma.com
10. Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984 г. №1 с. 96