Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR”ASARIDAGI AYRIM TARIXIY ANTROPONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI'

ABU RAYHON BERUNIYNING “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR”ASARIDAGI AYRIM TARIXIY ANTROPONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1007
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
atoqli otlar / antroponimlar / Abu Rayhon Beruniy / Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari / Zardusht / Fisog’ur / Qayumars / “Avesto”asari / famous nouns / anthroponyms / Abu Rayhan Beruni / Beruni's work "Relics from ancient peoples" / Zoroastrianism / Fisogur / Kayumars / "Avesta"

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirzaxmedova, Oygul Abdirashidovna

Mazkur maqolada buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida qo’llangan ayrim antroponimlar haqida va ularning izohlari bo’yicha fikrlar yuritilgan. Abu Rayhon Beruniyning ushbu asarida tarixiy shaxs nomlari salmoqli o’rinni egallaydi. Beruniy asarlarini o’rganish orqali o’sha davrda keng tarqalgan tarixiy shaxs nomlaridan xabardor bo’lishimiz mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICAL-SEMANTIC ANALYSIS OF SOME HISTORICAL ANTHROPONYMS IN ABU RAYHAN BERUNI'S "MONIQUES LEFT FROM ANCIENT PEOPLE"

This article discusses some of the anthroponyms used in the work of our great ancestor Abu Rayhan Beruni "Relics of Ancient Peoples" and their explanations. In this work of Abu Rayhan Beruni, the names of historical figures occupy an important place. By studying the works of Beruni, we can learn about the names of historical figures that were common in that period.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR”ASARIDAGI AYRIM TARIXIY ANTROPONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ABU RAYHON BERUNIYNING "QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR" ASARIDAGI AYRIM TARIXIY ANTROPONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI

Mazkur maqolada buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida qo 'llangan ayrim antroponimlar haqida va ularning izohlari bo'yicha fikrlar yuritilgan. Abu Rayhon Beruniyning ushbu asarida tarixiy shaxs nomlari salmoqli o'rinni egallaydi. Beruniy asarlarini o'rganish orqali o'sha davrda keng tarqalgan tarixiy shaxs nomlaridan xabardor bo 'lishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: atoqli otlar,antroponimlar, Abu Rayhon Beruniy, Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari, Zardusht, Fisog'ur, Qayumars, "Avesto "asari

This article discusses some of the anthroponyms used in the work of our great ancestor Abu Rayhan Beruni "Relics of Ancient Peoples" and their explanations.

In this work of Abu Rayhan Beruni, the names of historical figures occupy an important place. By studying the works of Beruni, we can learn about the names of historical figures that were common in that period.

Key words: famous nouns, anthroponyms, Abu Rayhan Beruni, Beruni's work "Relics from ancient peoples", Zoroastrianism, Fisogur, Kayumars, "Avesta"

В данной статье рассматриваются некоторые антропонимы, использованные в произведении нашего великого предка Абу Райхана Беруни «Реликвии древних народов» и их пояснения. В этом произведении Абу Райхана Беруни имена исторических личностей занимают важное место. Изучая произведения Беруни, мы можем узнать об именах исторических деятелей, бытовавших в тот период.

Ключевые слова: известные существительные, антропонимы, Абу Райхан Беруни, труд Беруни «Реликвии древних народов», зороастризм, Фисогур, Каюмарс, «Авеста».

Kishi ismlari tilimiz lug'aviy boyligining tarkibiy qismi. O'zbek tili tarixiy davrlarda yuzaga kelgan xilma-xil ismlarga juda boy bo'lib, bu nomlar o'zbek

Mirzaxmedova Oygul Abdirashidovna

Namangan davlat universiteti 10.00.01 -O'zbek tili yo'nalishi tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

xalqining uzoq madaniy va ma'naviy qadriyatining ajoyib durdonalaridan biri. Chunki bu nomlarda xalqimiz bosib o'tgan ziddiyatli tarixiy yo'l, keng ommaning turli-tuman orzu-umidlari, armonlari, falsafiy, diniy, ma'naviy-axloqiy, tarbiyaviy-estetik qarashlari, qadimiy o'tmishdan guvohlik beruvchi e'tiqodlari, o'ziga xos rasm-rusumlari, insonga bo'lgan hurmat-ehtiromi, farzandiga qaratilgan mehr-muhabbati o'z ifodasini topgan.

Ma'lumki, antroponim (yunoncha: antropos - antropos + onoma - atoqli ot) -kishi atoqli oti (ism, familiya, laqab, taxallus, patronim va boshqalar). Atoqli ot tiplaridan biri. Ma'lum bir tilda mavjud bo'lgan barcha kishi atoqli otlari majmui, fondi antroponimiya deb yuritiladi. Antroponimika yoki ismshunoslik esa onomastika (nomshunoslik)ning kishi atoqli otlari (antroponimlar)ning paydo bo'lishi, rivoji va vazifaviy xususiyatlarini o'rganuvchi bo'limidir.

Antroponimik tadqiqotlarning o'zbek tilshunosligidagi dastlabki tadqiqotchisi professor E.Begmatov hisoblanadi. Undan keyingi tilshunosligimiz taraqqiyotida, xususan, antroponimik izlanishlar borasida N.Oxunov, S.Qorayev antroponimlarning lisoniy tadqiqiga oid ishlar sirasida G'.Sattorov, S.Rahimov, S.Kenjayevalar tomonidan amalga oshirilganligini ta'kidlash lozim.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida juda ko'plab shaxs nomlari tilga olingan.Mazkur antroponimlar bir vaqtda va bir hududda yashagan hamda turli davrlarda, turli huddudda yashaydigan kishilarning atoqli oti bo'lib, ular, eng avvalo, ichki va tashqi xususiyati bilan bir-biridan farq qiladi. Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida kishi nomlari (antroponimlar) alohida guruhni tashkil etadi. Ular o'ziga xos xususiyatlarga ega. Beruniyning ushbu asaridagi antroponimlar ham odatdagi nomlar kabi biror shaxsni boshqasidan farqlab, ajratib ko'rsatish vazifasini bajaradi. Ammo ular o'zidagi voqealar silsilasi bilan turli tarixiy-etnografik, tarixiy-lingvistik va stilistik ma'nolarni mujassamlashtirgan.

Tarixiy shaxslar nomlari hayotda yashagan aniq shaxslardir. Nomlarda Beruniy asari bilan bog'liq davr, xalqlarning urf-odatlari, yashash tarzi, eski til unsurlarining ham ifodalanishini anglash qiyin emas. Beruniy asari antroponimlari tizimida tarixiy shaxslar sifatida talqin qilinishi mumkin bo'lgan davlat boshqaruvidagi shaxslar(podshohlar), olimlar, shoirlarning ismlari ham mavjud. Quyida ana shunday tarixiy shaxs nomlaridan ayrimlari haqida to'xtalamiz.

Abu Nasr ibn Mansur ibn Iroq - Beruniyning ustozi bo'lib, astronomiya geometriya, matematika fanlariga oid bir qancha asar yozgan mashhur olim. Ibn Iroq taxminan XI asr boshlarida vafot etgan. Abu arabcha(kunya) - "ota", Nasr - arabcha

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

-g'olib, mansur - arabcha ustun turuvchi, g'olib ma'nosida keladi. Bu nom Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida uchraydi.

Qadimgilarning avjni hisoblashdagi usuli mana bunday. Ammo hozirgi astronomlar Quyosh turishining ikkala vaqtini aniqlash juda qiyin va buning imkoni deyarli yo'qligini bilgach abcd doirasidagi nuqtalarni aniqlashda choraklar o'rtalarini ya'ni "turg'un" burjlarning nisflarini tanladilar. Ustozim Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroqning - amiralmo'minning ozod quli - yuqorida aytilgan hisoblarni chiqarishda tutgan yo'li Quyosh yili miqdorini belgilab olgandan keyin burjlar falakidan uch nuqtani kuzatishga ehtiyoj tug'diradi1.

Al-Ja'far ibn Abdul malik az- Zayyot - (arabcha - ja'far - oqim, ko'l, Abdulmalik - xo'jayinnig quli) abbosiy xalifalardan Al-Mu'tasimning vaziri. Al-Mu'tasim vafotidan keyin uning o'g'li Al-Vosiq zamonida ham vazirlikda qoldirilgan. Bu nom Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida uchraydi.

Havo shu kunlarda oldingi va keyingi kunlardagidan issiqroq bo 'lib, shundan keyin kechalar yoqimli bo 'ladi. Bu ko'pchilikka mashhur bir narsa bo'lib, qariyb sira xato kelmaydi.Muhammad ibn Abdul-Malik ibn az-Zayyot shunday degan:

Suv sovib kecha uzayib, sharob lazzatli bo 'ldi,

Haziron, tammuz, ob oylari o'tib ketdi2.

Zardusht - majusiylar(otashparastlar) dinining yarim afsonaviy asoschisi. (Zaratushtra Avesto tili bo'yicha Zoroastr(yunoncha)m.a.taxminan 618, Xorazm -m.a.554, Balx). Naql qilinishicha, eramizdan avvalgi VII - VI asrlarda yashagan. U va uning dini haqida Beruniy bu nomga o'zining "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida mufassal to'xtalgan.

Avvalo, biz mana shu [bashariyatning boshlanish] tarixiga nazar solsak. Bu haqda u millatlar orasida ko'pgina ixtiloflarni uchratamiz. Ixtiloflar shularki,eroniylar va otashparastlar olamning umri burjlar va oylar soniga muvofiq o'n ikki mingyil, deb da 'vo qilganlar. Ular shariatining asoschisi Zardusht esa, olam paydo bo'lishidan to o'zi yuzaga chiqqunicha chorak kunlar qo 'shilib, uch ming yil o'tdi, deb da 'vo qilgan3.

Kurush(Kir) - Ahamoniylar sulolasi podshohi(e.a.558 - 529).Kurush - qadimgi forschada - quyosh, shoh, hukmdor ma'nolarida, turkchada kurush - mayda tanga ma'nosida keladi.Beruniy bu nomga o'zining "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida mufassal to'xtalgan.

Ularning bayonicha, Kursh podshohligidan ikki yil o'tgach, birinchi oyning yigirma to'rtinchi kuni Doniyol Bobil zaminida xudoga atab namoz o'qigandan keyin

1 Беруний. Танланган асарлар. I том. -Т.: Фан, 1968. -Б.215.

2 Беруний. Танланган асарлар. I том. -Т.: Фан, 1968. -Б.317.

3 Беруний. Танланган асарлар. I том. -Т.: Фан, 1968. -Б.51.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

tush ko'rdi, bu vaqtda Bani Isroil[shular jumlasidan Doniyol ham]eronliklar qo 'lida asir edi4.

Nabonassar - Bobil podshohlaridan biri(eragacha 747 - 734).Nabonassar -arabcha - Nabunasir, Nabu - himoyachi ma'nolarida kelgan.Beruniy bu nomga o'zining "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida mufassal to'xtalgan.

Bobil va Kalda olimlari shu uchrashuvlar ishiga e'tibor bilan qarab, shulardan keying yillarni tuzatganlarida, to'fon bilan Nabonasar birinchi podshohligining boshlanishi o'rtasidagi muddatni ikki ming olti yuz to'rt yil, Nabonassar bilan Iskandar o 'rtasidagi muddatni to'rt yuz o'ttiz olti yil topganlar5.

Undan keyin, biz bayon etgan tarixlardan Nabonassar birinchi erasi keladi.U forscha Buxtnarsiy deb ataladi. Bu nomni ko'p yig'lab nola qiluvchi kishi deb izohlashadi. Yaxudiycha u "Buxanassor" nomi bilan yuritilib, uning tafsiri "so'zlovchi Merkuriy" deyishadi, chunki Nabonassar ilmni sevib, olimlarni o'ziga yaqin tutgan. Bu ism arabchalashtirilib vayengillashtirilib, "Buxtanassar" deyilgan6.

Fisog'ur - (Pifagor - qadimgi grekcha - Pifiya tomonidan bashorat qilingan; ishonarli nutq; Pifiya tomonidan e'lon qilingan).Eramizdan avvalgi VI asrda Qadimgi Gretsiyada yashagan mataematik va faylasuf olim.Beruniy bu nomga o'zining "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida mufassal to'xtalgan.

Fisog'urning ikkita shogirdi bo'lib, birini Qaloyus, ikkinchisini Faylaqus deb atashar ekan. Qaloyus Hindiston mamlakatiga borib, Barahmanlar ta'limoti nisbat beriladigan Barahmash unga yeti yil shogird bo'lgan va undan Fisog'ur ta'limotini o'rgangan. Qaloyus o'lgach, Baraxmash yangi fikrlar ijod etib, bularni Fisog'ur ta 'limotiga qo'shgan.

Faylaqus esa Bobilga borgan. U bilan Purushosfning o'g'li Safid Tumon deb mashhur bo'lgan va Zardusht nomi bilan tanilgan Vortush uchrashgan va undan ta 'lim olgan7.

Masalan, misrlik Hirmis, Ag'odimun, Volis, Fisog'ur, Bobo va Aflotunning ona tomonidan bobosi bo 'lmish Suvor va shunga o'xshashlar.

Daqlityonus - (Diokletian - qadimgi grekcha,ikki marta saylangan, tanlangan ma'nolarni beradi) - 284- yildan 305-yilgacha hukm surgan. 284-yil Daqlityonus erasining birinchi yili hisoblanadi. Xalq orasida tarqalgan "falon narsa Daqlityonus zamonidan qolgan" iborasida ana shu Daqlityonus nazarda tutiladi.Bu nom Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida uchraydi.

4 EepyHHH. TaraaHraH acap^ap. I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.53.

5 EepyHHH. TaH^aHraH acap^ap. I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.61.

6 EepyHHH. TaH^aHraH acap^ap. I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.63.

7 EepyHHH. TaH^aHraH acap^ap. I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.237

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Keyin Daqlityonus tarixi keladi. U sanamlarga ibodat qiluvchi Rum podshohlarining oxirgisidir. Podshohlik unga o'tgach, uning avlodida qoldi8.

Batlimus (Klavdiy Ptolomey - qadimiy grekcha ptolomos - urush, jang ma'nolarini beradi.) - mashhur yunon astronomi va geografi. 168-yillarda vafot etgan. 127 - 151-yillarda Iskandariya shahrida kuzatishlar olib borgan. Bu nom Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida uchraydi.

Endi aytamanki: Quyoshning burjlar falakidagi harakati ulkulga qarshi harakat qilib, qaysi nuqta bo 'Isa ham uning harakatining boshlangan joyi deb faraz etilgan nuqtaga qaytib kelgunicha o'tgan muddatga yil deyiladi. Yil to 'rt fasl-bahor, yoz, kuz, qishni va ularning to'rt xil tabiatlarini o'z ichiga olib, qayerdan boshlangan bo'lsa, shuyerda tamom bo'ladi.

Bu aylanish Batlimus fikricha, [tez yo sust emas], bir-biriga tengdir, chunki u Quyosh avjida [hech qanday] harakat topmagan. Ammo Batlimusdan boshqa Sindhindga ergashuvchilar va shu davrdagi ba'zi [astronomlar] fikricha, Quyoshning aylanishi bir-biriga teng emas, chunki ularning kuzatishida Quyosh avji uchun harakat topilgan. Quyosh aylanishining teng yoki noteng bo 'lishidan qat 'iy nazar, yillar to'rtfasl va ularning tabiatlarini tamom o'rab oladilar9.

Batlimusning ma'nosi "askar" demakdir10.

Qollib (Kalipp - qadimgi grekcha chiroyli ot, tulpor ma'nosni beradi^ -eramizgaca III asrda yashagan yunon astronomi. U 940 qamariy yil uchun 441 "noqis" va 499 "to'la" kunlardan iborat 76 yillik davrani taqdim etgan. Birichi davra boshlanishi eramizgacha 330 yil hisoblanadi. Qollib davrasidan Batlimus ham o'zining "al Mujastiy" asarida foydalangan, ammo u oy va kunlarni Misr kalendari bo'yicha belgilagan. . Bu nom Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida uchraydi.

Bu Qallib davrlarini bilmaydigan kishi "Al Mijastiy" kitobida bayon etilgan davrlarni ko'rib, ularni qibtiy davrlari deb, dalil keltiradi11.

Ibbarx (Gipparx - qadimgi grekcha) eramizgacha II asrda yashagan buyuk yunon astronomi. U ham yil sikllarini hisoblagan va uniki Qollibnikidan aniqroq bo'lgan. Bu nom Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida uchraydi.

U davrlarning har biri yetmish olti Quyosh yildir. Bu Qallib davrlarini bilmaydigan kishi "AlMijastiy" kitobida bayon etilgan davrlarni ko'rib, ularni qibtiy davrlari deb, dalil keltiradi; chunki Ibbarx va Batlimus kuzatish vaqtlarini, qibtiy

8 EepyHHH. TaraaHraH acaprap. I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.65.

9 EepyHHH. TaH^aHraH acap^ap. I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.46.

10 EepyHHH. TaH^aHraH acap^ap. I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.66.

11 EepyHHH. TaH^aHraH acap^ap. I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.63.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

kechalari, kunlari va oylari bilan bayon etib, keyin ularni Kallibnikiga muvofiq keladigan davrlarga bog'laydi12.

Onomastika va uning mahsuli hisoblanuvchi antroponimika, toponimika, etnonimika, astronimikalar va atoqli otlarning boshqa tiplari uzoq davrlardan buyon tilimizda saqlanib kelayotgan lug'aviy boylik hisoblanadi. Tilning hech bir sohasi onomastikadek xalq tarixi bilan bunchalik mahkam bog'langan emas.

Xususan, Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida qo'llangan antroponimlarni o'rganish orqali qadimiy davrda yashab o'tgan ajdodlarimiz va turli davrlarda yashagan xalqlarning hayoti, urf-odatlari va rasm-rusmlari haqida ma'lumot olamiz.

XULOSA

REFERENCES

1. Бегматов Э.Б. Узбек тили антропонимикаси. - Т.: Фан, 2013

2. Бегматов Э., Улуков Н. Узбек ономастикаси терминларининг изошли луFати. -Наманган, 2006;

3. Беруний. Танланган асарлар. I том. -Т.: Фан, 1968;

4. Беруний. Танланган асарлар. V том. -Т.: Фан, 1973;

5. Йулдошев Б. Узбек ономастика масалалари. -Самарканд, 2012.

12 Беруний. Танланган асарлар. I том. -Т.: Фан, 1968. -Б.63.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.