Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIDAGI AYRIM BIBLIONIMLAR
HAQIDA
Mirzahmedova Oygul Abdirashidovna,
Namangan Davlat Universiteti Lingvistika (O'zbek tili yo'nalishi) 2-kurs
magistranti
Mazkur maqolada buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy asarlarida qo 'llangan ayrim biblionimlar haqida va ularlarning izohlari bo 'yicha fikrlar yuritilgan.
Kalit so'zlar: Abu Rayhon Beruniy, atoqli otlar, biblionim, "Osor ul-boqiya", Zardusht, "Geografiya", Batlimus,"Panchatantra".
This article discusses some of the bibliographies used in the works of our great ancestor Abu Rayhan Beruni and their interpretations.
Keywords: Abu Rayhan Beruni, famous horses, my bibliography, "Osar ul-Baqiya", Zoroaster, "Geography", Batlimus, "Panchatantra".
В данной статье рассматриваются некоторые библиографии, использованные в трудах нашего великого предка Абу Райхана Беруни и их интерпретации.
Ключевые слова: Абу Райхан Беруни, знаменитые лошади, моя библиография, «Осар уль-Бакия», Зороастр, «География», Батлимус, «Панчатантра».
Atoqli otlarning o'rganilishi masalalarining dunyodagi turli soha olimlari tomonidan ilmiy-nazariy va amaliy asoslarda tadqiq etilishi ancha vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Bu haqida turli tillarda bir qancha ilmiy ishlar e'lon qilingan. Bunda til va tarixga oid manbalar asosiy tayanch manba hisoblanadi. Shu bilan birga, olimlarimizning tadqiq etish faoliyatlari ham mazkur sohaning rivojlanishiga turtki bo'lgan.
Biblionimlar mavzusiga doir har xil nazariy va amaliy muammolarni atroflicha tadqiq etish va tahlil qilish o'zbek tilshunosligi va nomshunosligi fanlari oldida turgan muhim va dolzarb vazifalardandir. Zero, biblionimlar yozma adabiyotning ijtimoiy-madaniy hayotning barcha jabhalaridagi o'sish-u o'zgarishlarga bevosita daxldor bo'lgan eng faol va ommabop ko'rinishi hisoblanadi.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Har qanday asar biblionimdan boshlanadi. Biblionimning mavjudligi uning mohiyati-yu maqomi matnning mavjudligi bilan bog'lanadi. Yozuvchining o'z o'quvchisiga aytadigan birinchi so'zi biblionimdir. Biblionim-har qanday badiiy, ilmiy, diniy, siyosiy asarlarga qo'yilgan atoqli ot1. Lekin u matn uchun shunchaki bir shartli ramz-belgi emas, matnning mohiyati, mazmuni, maqsadi va vazifasi bilan uzviy aloqador bo'lgan muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli badiiy asarga aniq va maqsadga muvofiq biblionim qo'yish talab qilinadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qildi. Uning ilmiy me'rosi juda boy. Akademik I.Yu. Krachkovskiy so'zi bilan aytganda, u qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko'ra, qiziqmagan sohalarni sanab chiqish osonroqdir. Beruniyning 150dan ortiq ilmiy asarlar yozgani ma'lum. Lekin bularning uchdan ikki qismi bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilgan emas. Ko'pchilik asarlarining faqat nomigina ma'lum. Xususan, uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida 213 ta, "Hindiston" asarida 206 ta, "Qonuni Ma'sudi" asaida 28 ta tarixiy asar nomlari keltirib o'tilgan . Buyuk olim biblionimlarni keltirishda, ularni izohlab ham o'tadi.
"Osor ul-boqiya" -Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobidir. Asarning arabcha nomi "Al osor al- boqiya an al- qurun al- xoliya" bo'lib, Yevropada "Xronologiya", o'zbek sharqshunosligida "Osor al-boqiya" nomi bilan mashhurdir."Osor ul-boqiya" "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" biblionimi o'quvchiga asar haqida ma'lumot berib turadi. Beruniyning o'zi ham bu asarni nima sababdan yozgani haqida asarda izoh berib o'tadi.
Adiblardan biri mendan [turli] xalqlar haqidagi tarixlar, ularning boshlanishlari va shoxobchalari, ya 'ni oylar va yillari ustida u tarix egalarining ixtiloflari va bu ixtioflar sabablari, mashhur bayramlar, turli vaqtlar va [har xil] yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning ba 'zisi amal qilib, ba 'zisi amal qilmatdigan boshqa [marosimlar] haqida so'radi va meni imkon boricha ularni juda ravshan bayon etib, o'quvchi fahmlaydigan [turli] kitoblarni axratish va u kitob egalarini surishtirishga ehtiyoj qoldirmaydigan [bir asar yozishga] da 'vat etdi2.
Beruniy bu kitobini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 -yili yozib tamomlagan. Bu vaqtda olim endi 27 yoshga kirgan edi. "Osor al-
1 Е.А.Бегматов Узбек тили антропонимикаси Т.: Фан, 2013. -Б.-46
2 Беруний. Танланган асарлар. I том. -Т.: Фан, 1968. -Б.-40
284
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
boqiya" unga juda katta shuhrat keltirdi. Beruniyning hamma fanga qiziquvchi olim ekanligini ko'rsatdi. Akademik I.Yu.Krachovskiy ham buni qayd etgan edi3.
"Kitob al- istilhod bi ixtilof al arsod" (Kuzatishlardagi ixtiloflar haqida dalillar kitobi)-Beruniyning ushbu asari bizgacha yetib kelmagan. Bu asar haqida "Osor al-boqiya" asarida to'xtalib o'tilgan.
Yilning necha kunligini aniqlashdagi kuzatishlarning xilma xil chiqishi kuzatish va haqiqatni topishni bilmaslikdan emas, balki katta doira bo'laklarini kichik doira bo'laklari orqali zabt etib bo'lmasligi, ya'ni kuzatish qurollari kichik bo'lib, kuzatiladigan jismlarning juda kattaligi sabablidir. Bu masala mening "Kuzatishlardagi ixtiloflar haqida dalillar kitobi" nomli asarimda to'la bayon etilgan4.
"Abisto"-(Avesto) -jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak - matn; ko'pincha "Zend-Avesto", ya'ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) -zardushtiylikning muqaddas kitoblari to'plami. Avesto so'zining o'zagi "sto" bo'lib, "o'rnatilgan", muqarrar qilingan qonun qoidalar" ma'nosini beradi. Olim "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida "Avesto" asarining yuzaga kelish tarixi va uning Iskandar Zulqarnayn davrida yoqib yuborilganligi haqida qimmatli ma'lumotlar berib o'tadi.
Zardusht majusiylar "Abisto " deb ataydigan kitob bilan yuzaga keldi. Bu kitob barcha boshqa xalqlar tillariga muxolif bir tildayozilgan va alohida tartibda bo'lib, maxsus bir til egalari bilib, boshqa til egalari bilmay qolmasligi uchun u tildagi harflar soni hamma tillar harflaridan ortiq edi. Zardusht bu kitobni Bishtosfni oldiga qo'ydi. Bishtosf mamlakatining ulug'lari hozir edilar va mamlakat aholisidan ko'p xalq yig 'ilgan edi5.
Podshoh Doro ibn Doro xazinasida Abistoning o 'n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi.Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o'ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o'sha vaqtdan beri Abistoning beshdan uchi yo'qolib ketdi.Abisto o'ttiz nask edi, majusiylar qo'lida o'n ikki nask chamasi qolgan edi.Biz Qur'on bo'laklarini xaftiyaklar deganimizdek, nask Abisto bo 'laklaridan har bir bo 'lakning nomidir6.
Al-Mijastiy(Almagest)-Batlimusning astronomiyaga oid mashhur kitobi bo'lib, arabiynavis yozuvchilar orqali Yevropaga borgan. Bu asar bir necha asrlar davomida
3 EepyHHH. TaraaHraH acap^ap.
4 EepyHHH. TaraaHraH acap^ap.
5 EepyHHH. TaraaHraH acap^ap.
6 EepyHHH. TaraaHraH acap^ap.
I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.-13 I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.-46 I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.-237 I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.-238 285
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
islom Sharqi va keyinchalik Yevropa xalqlari uchun asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. Batlimus o'z kitobini "Megale sintaksis" ("Buyuk tuzilish") deb atagan. Keyinchalik buyuk astronomning homiylari kitob nomini "Sintaksis megeste" ("Eng buyuk tuzilish") deb o'zgartirganlar. Arabiynavis olimlar esa "megeste" so'zini "Al-Mijastiy"ga aylantirganlar, bundan lotincha Almagest kelib chiqqan.
Batlimus Antonina podshohligining birinchi yilida turg 'un yoritqichlar haqidagi xatolarni tuzatib, ularni o'z kitobi "Al-Mijastiy"ga kiritdi va ularni har yili bir daraja yurgizilsin, deb buyurdi7.
"Anvo kitobi"-Ibn Sinoning asari. Beruniyning har xil asrlarda yashagan boshqa olimlar o'rtasidagi ilmiy munozaralarni tadqiq qiladi. Sobit ibn Qurra bilan Jolinus, Ar Roziy bilan Tammor fikrlari orasidagi kelishmovchiliklar shu jumladandir. Sinoning "Anvo kitobi"dagi ba'zi fikrlarga e'tiroz bildiradi.
Anvo-navning ko'pligi; tong yorigandan keyin kun botish tomonda oy manzillaridan bir yulduzning botishi va xuddi o'sha soatda, kun chiqish tomonda uni xuddi poylaganday, ro'para bo'lib, boshqa bir yulduzning chiqishidir.
Anvo haqida kitob deganda, yog'ingarchilik umuman, ob-havo to'g'risidagi bilim ham tushuniladi8.
Sino "Kitob al- Anvo "da bunday degan: "Chorvachilarning tammuz boshidan hisoblanadigan va qish oylaridan har bir oy ahvolini bildirishda "bohur" kunlari yo'lidan yuradigan maxsus yetti kunlari bor. Ular "chorvachilar bohurlari" deb mashhurdir; u kunlarda havo ahvoli, oldingi va keyingi kunlardagidan boshqa bo 'lib, hammasi yoki ba 'zisi bulutdan xoli bo 'lmaydi "8.
"Panchatantra"-bizda u "Kalila va Dimna" nomi bilan mashhur. Beruniy bu kitobni tarjima qilmoqchi bo'lganini yozadi. Lekin Beruniy tarjima qilganmi yo'qmi hozircha noma'lum. Ammo u arabchaga Abdulloh ibn Muqaffa (724-759) tarjimasi bilam mashhur bo'lgan. Bu kitobni Beruniy o'qib, unga qanoatlanolmagan, hatto Muqaffani qattiq tanqid qiladi.
Hindcha "Panchatantra" asarining "Kalila va Dimna"ga aylanib qolishiga asarning bosh qismidagi ikki chiyabo'rining ismi "Karataka va Damanaka" sabab bo'lgan. "Panchatantra" (uning ma'nosi "Besh hikmat" - kitobdir) pahlaviy tiliga tarjima qilinganida bu ismlar buzib olingan, pahlviy tilidan Muqaffa arabchaga tarjima qilib, uning aslini surishtirmagan va shu ko'yi dunyoning boshqa tillariga tarjima qilib ketilgan9.
7 EepyHHH. TaraaHraH acaprap.
8 EepyHHH. TaraaHraH acap^ap.
9 EepyHHH. TaraaHraH acap^ap.
I tom. -T.: ®aH, 1968. -E.-65
II tom. -T.: ®aH, 1965. -E.-491 II tom. -T.: ®aH, 1965. -E.-478
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Bizcha "Kalila va Dimna kitobi" deb mashhur bo'lgan "Panchatantra" degan kitobni imkoniyat topib tarjima qilsam degan orzuyim bor. Chunki u kitob Abdulla ibn al- Muqaffa kabi o 'zgartirib yubormasliklariga inonib bo 'lmaydigan bir guruh kishilar tili bilan hindchadan forschaga arabchaga tarjima qilinib keldi10.
XULOSA
Beruniy asarlaridagi qo'llangan tarixiy asarlar nomlarini o'rganish orqali o'sha davr ilm-fan madaniyati haqida qimmatli ma'lumotlar olamiz. Zero, tarixiy nomlar tarixni ochib beruvchi ochqich vazifasini o'taydi.
REFERENCES
1. Беруний. Танланган асарлар. I том. -Т.: Фан, 1968;
2. Беруний. Танланган асарлар. II том.- -Т.: Фан, 1965;
3. А. Навоий асарлари тилининг изохли лугати I том.-Т.:Фан, 1983;
4. Йулдошев Б. Узбек онамастика масалалари. -Самарканд, 2012;
5. Бегматов Е.А. Узбек тили антропонимикаси Т.: Фан, 2013.
10 Беруний. Танланган асарлар. II том. -Т.: Фан, 1965. -Б.-129
287