Научная статья на тему 'ABU NASR FAROBIYNING IJTIMIY-SIYOSIY FALSAFASIDA ERKINLIK FENOMENINING TAHLILI'

ABU NASR FAROBIYNING IJTIMIY-SIYOSIY FALSAFASIDA ERKINLIK FENOMENINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
75
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkinlik / qalb / aql / erkin tanlov / iroda / taqdir / istak / azob-uqubat / lazzat / moddiylik / hokimyatsevarlik / shuhratparastlik / idrok / johil shahar / fozil shahar. / freedom / heart / mind / free choice / will / fate / desire / suffering / pleasure / materiality / power / ambition / perception / ignorant city / virtuous city.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Raximdjanova, Dilnavoz Sunnat Qizi

Maqolada sharq perepatetizm yo‘nalishi vakillaridan biri Abu Nasr al-Farobiyning ijtimoiy-siyosiy sohadagi fikrlarida erkinlikni tuslanishi va uning inson faoliyatidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, davlatning nomukammal ko‘rinishlarini turkumlarga bo‘lib, ularni har biriga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Faylasufning har bir turkumdagi johil shaharlarni o‘ziga xosliklari haqidagi qarashlarida erkinlikni roli о‘rganilgan. Uning nuqtayi nazari antic mumtoz falsafasining vakili Platon fikrlari bilan solishtirilgan. Ular o‘rtasidagi bog‘liqlik komparativistik metod orqali tahlil etilgan. Jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari o‘rganilish jarayonida erkinlikni insonlarga ta’siri qay tarzda bo‘lishi haqidagi xulosalari ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE PHENOMENON OF FREEDOM IN THE SOCIO-POLITICAL PHILOSOPHY OF ABU NASR FAROBI

The article describes the interpretation of freedom and its place in human activity in the socio-political thoughts of Abu Nasr al-Farabi, one of the representatives of the Eastern Perepathetism direction. Also, the imperfect views of the state are divided into categories, and each of them is discussed separately. The role of freedom in the views of the philosopher on the characteristics of ignorant cities in each category is studied. His point of view has been compared with the thoughts of Plato, a representative of ancient classical philosophy. The relationship between them was analyzed using the comparative method. In the process of studying the views of the society, the conclusions about the influence of freedom on people were considered.

Текст научной работы на тему «ABU NASR FAROBIYNING IJTIMIY-SIYOSIY FALSAFASIDA ERKINLIK FENOMENINING TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

ABU NASR FAROBIYNING IJTIMIY-SIYOSIY FALSAFASIDA ERKINLIK FENOMENINING TAHLILI

Raximdjanova Dilnavoz Sunnat qizi

"Alfraganus University" nodavlat oliy ta'lim tashkiloti katta o'qituvchisi, PhD ruzmatova.dilnavoz@gmail .com +998 90 805 71 80

ANNOTATSIYA

Maqolada sharq perepatetizm yo'nalishi vakillaridan biri Abu Nasr al-Farobiyning ijtimoiy-siyosiy sohadagi fikrlarida erkinlikni tuslanishi va uning inson faoliyatidagi o 'rni yoritilgan. Shuningdek, davlatning nomukammal ko 'rinishlarini turkumlarga bo 'lib, ularni har biriga alohida to 'xtalib o 'tilgan. Faylasufning har bir turkumdagi johil shaharlarni o 'ziga xosliklari haqidagi qarashlarida erkinlikni roli o 'rganilgan. Uning nuqtayi nazari antic mumtoz falsafasining vakili Platon fikrlari bilan solishtirilgan. Ular o'rtasidagi bog'liqlik komparativistik metod orqali tahlil etilgan. Jamiyat to'g'risidagi qarashlari o'rganilish jarayonida erkinlikni insonlarga ta 'siri qay tarzda bo 'lishi haqidagi xulosalari ko 'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: erkinlik, qalb, aql, erkin tanlov, iroda, taqdir, istak, azob-uqubat, lazzat, moddiylik, hokimyatsevarlik, shuhratparastlik, idrok, johil shahar, fozil shahar.

ABSTRACT

The article describes the interpretation of freedom and its place in human activity in the socio-political thoughts of Abu Nasr al-Farabi, one of the representatives of the Eastern Perepathetism direction. Also, the imperfect views of the state are divided into categories, and each of them is discussed separately. The role of freedom in the views of the philosopher on the characteristics of ignorant cities in each category is studied. His point of view has been compared with the thoughts of Plato, a representative of ancient classical philosophy. The relationship between them was analyzed using the comparative method. In the process of studying the views of the society, the conclusions about the influence of freedom on people were considered.

Key words: freedom, heart, mind, free choice, will, fate, desire, suffering, pleasure, materiality, power, ambition, perception, ignorant city, virtuous city.

Research BIB / Index Copernicus

KIRISH

Erkinlikni antik davrdagi tuslanishini ko'rib chiqish jarayonida shunga amin bo'lish mumkinki, uning sermazmunligi o'z davrining chegarasidan chiqib keyingi davrlarda ham aktual masala sifatida qoladi. Shuni hisobga olgan holda falsafa tarixidan sezilarli va o'ziga xos o'rin egallagan arab-musulmon falsafasini ham erkinlik fenomeni chetlab o'tmagan. Ayniqsa, yunon klassik falsafasini o'rgangan va ularning merosiga sharhlar qoldirgan sharq peripatetizmi vakillarini ta'kidlab o'tish joiz.

Jumladan, arab-musulmon falsafasining ilk vakillaridan bo'lgan Abu Nar Farobiy jahon falsafasi tarixida "sharq peripatetizmi" deb shartli nom olgan butun bir yo'nalishni boshlab bergan mutafakkirlardan biridir. Bu atamada uning manbasi qayerdan olinganini his etish qiyin emas. Bu bilan Abu Nar Farobiy Arab xalifaligidagi falsafaning chegaralarini asosan Aristotelning ratsional-falsafiy, Platonning ijtimoiy-siyosiy tendensiyalariga tayangan holda belgilab bergan. Antik davr falsafa tarixidan ma'lumki, peripatetiklar aynan Aristotelning shogirdlari va izdoshlariga nisbatan qo'llanilgan. U ma'ruzalarini doim shogirdlari bilan bog'da sayr etib o'tkazgan. Shu tufayli uning maktabi aynan perepatetizm1 deb nom olgan. Maktabning boshqa nomi "Likey" (Ликеюу; O'rta asr yoki an'anaviy lotin talaffuzida litsey), Aristotel dars bergan gimnaziya yonida joylashgan Apollon Likiy ibodatxonasi nomi bilan bog'liq. Lekin Gegel o'zining "Falsafa tarixi bo'yicha ma'ruzalari"da bunga biroz boshqacha yondashib, Aristotel maktabi "peripatetik" deb nomlanganini uning sayr qilib dars o'tishi bilan bog'liq emasligi, Stagirit (Aristotel) uni sotib olib, u yerda maktab ochishdan oldin Likeyni Perikl sayr etish uchun atayin jihozlaganligini ta'kidlaydi2. Aynan shu tufayli likey yoki perepatetizm nomlarini boshqa joylarda uchratish Aristotel qarashlari va merosi bilan bog'liq mazmunga ega bo'lgan ma'lumot sifatida gavdalanadi. Bundan tashqari, Farobiy jamiyatda qanday fazilatli insonlar yashashi haqidagi nuqtai nazariga tayanib, insonlarni fe'l-atvorini yoritib bergan.

MAVZU BO'YICHA ADABIYOTLAR SHARHI

Sharq perepatetizmi falsafasining yirik namoyandasi, Platon va Aristotel asarlarining tahlilchisi Farobiy ijodi falsafiy, ijtimoiy, tarixiy adabiyotlarda, jumladan, falsafa tarixida ko'pgina tadqiqotchilar tomonidan o'ziga xos uslubda, o'z zamonasiga mos ravishda atroflicha tahlil qilib berilgan. Bunga ko'plab misollarni keltirishimiz va ularning durdona fikrlaridan bugungi kun talabiga to'liq javob bera

1 Peripatetizm, peripatetik maktab (yunon. peripateo-yurish, peripatetikos-sayr etish) - Aristotel tomonidan asos solingan falsafiy maktab bo'lib, u ma'ruzalarni o'qiyotganda tinglovchilari bilan bog'da sar etib yurish kabi odati bo'lgan.

2 Гегель Г. Лекции по истории философии. - Гегель. Сочинения - Том X. - М., Партиздат, 1932. - С. 231-232.

Research BIB / Index Copernicus

oladigan yechimlarni ham topishimiz mumkin. Shuningdek, Farobiyning ijodini har tomonlama yorituvchi A.X.Kasimjanov [15], A.D.Azerbayev [10], N.V.Yefremova [14], Fr.Dieterici [1], M.Fakhry [2], M.M.Xayrullayev [16] va boshqa tadqiqotchilar ishlarini, risolalarini, maqolalarini misol qilib keltirishimiz mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy-komparativistik tahlil kabi ilmiy-falsafiy tamoyillardan foydalanildi. Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, uning xulosalaridan ijtimoiy-falsafiy tafakkurni kengaytirishda, mustaqil fikrni shakllantirishda, falsafa tarixiga, ruhiy tahlilga bo'lgan ijobiy munosabatni shakllantirishda foydalanish mumkin.

TAHLIL VA NATIJALAR

Sharq perepatetizmini tizimlashtiruvchisi sifatida esa Abu Nasr Farobiy 3 namoyon bo'ladi. U Aristotelning tirik qarashlarini ilib olgan va rivojlantirgan, mantiqiy bilimlarini o'z falsafasida qo'llagan. "Farobiy - barcha hayotiy tomonlarning hammasini o'ziga qamrab oluvchi falsafiy qarashlar tizimini topadigan birinchi sharq arab-musulmon falsafasining mutafakkiri sanaladi" [15, 219].

Shu bilan birgalikda erkinlik fenomeni Farobiyning siyosiy-ijtimoiy qarashlaridan ham joy olganini aynan shu boradagi falsafiy nuqtai nazaridan bilib olish mumkin. "Fuqarolik siyosati"4 risolasida u jamiyatdagi odamning tabiati bo'yicha darajalarga bo'linishi haqida og'iz ochadi. Shunda Farobiy o'zining qarashlarida jamiyat haqidagi tasavvurlarini Platon qarashlariga yaqinlashgan holatda shakllantiradi. U davlat va jamiyatni bir-biridan ajratadi. "Jama'a" (jamoa, jamiyat), "madina" (shahar) tushunchalarini qo'llaydi. Farobiy yuqorida aytganimizdek xuddi Platondek jamiyatni paydo bo'lish va rivojlanish sababini moddiy va ruhiy talablarini

3 Farobiy (taxallusi; to'liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 950, Damashq) - O'rta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ'ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o'zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo'shgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo'lgan.

4 Asl nusxada ushbu asar "Kitob as-siyasa al-madaniya" - kitob "Fuqarolik siyosati" deb nomlangan. As-siyasa al-madaniya atamasi "shahar siyosati", "fuqarolik siyosati" va "davlat boshqaruvi" atamalari bilan bir xil ma'noga ega. Platonning politeia atamasiga mos keladigan ikkinchi nom tanlanish uchun loyiq. Farobiy "fuqarolik siyosati" atamasini juda keng tushunadi: bu davlatshunoslik, axloq va tarbiya san'ati hisoblanadi.

Ushbu asar o'zining tuzilishi va mazmuni jihatidan "Fozil odamlar shahri" risolasiga, matnlarning so'zma-so'z mos kelishiga qadar juda o'xshaydi. Farobiyning yirik biografi Ibn Abu Useybi'a (1265-yilda vafot etgan) o'z 'Uyun al-Anba Fi tabakat al-atibba' - "Shifokorlar darajalari to'g'risidagi ma'lumotlar manbalari" (nashr. Müller. - Konigsberg, 1884, II jild, 138-139-betlar) nomli ishida yozishicha, Farobiy "Fozil odamlar shahri" risolasini Bag'dodda yozishni boshlagan va 942 yilda Damashqda tugatgan. Keyinchalik u ushbu asarni qayta ko'rib chiqqan va boblarga ajratgan va 948 yilda Misrda bo'lganida u kitobni oltita katta bo'limga ajratgan. "Fozil odamlar shahri" haqiqatan ham boblarga bo'lingan va Useybi'a yozgan ma'lumot bu risola to'liq matn bo'lib, "Fuqarolik siyosati" kitobi birinchi variant deb taxmin qilishga majbur qiladi. Xuddi shu fikrga ingliz olimi D.M.Dunlop ham keladi.

Research BIB / Index Copernicus

qondirishdagi insonlarning ehtiyojida ko'radi. Lekin bu ikki mutafakkir qarashlarida farq mavjud. Platon o'zining nuqtayi nazarida "davlat" tushunchasi bilan "jamiyat" tushunchasini aynanlashtirgan. Farobiy esa ular o'rtasida sezilarli farq bor deya ta'kidlaydi. Jamiyat uning fikricha, davlatsiz ham o'zi mustaqil mavjud bo'la oladi. Ammo davlat jamiyatsiz barpo etila olmaydi. "Inson jamiyati", "shahar", "fozil shahar", "shahar birlashmasining asosiy vakili", "johil shahar" kabi tushunchalarni tahlili uning "Fozil odamlar shahri" nomli risolasida o'tkazilgan.

Demak, Farobiyning jamiyat bilan bog'liq fikrlarini ko'rib chiqish jarayonida uning erkinlikni jamiyatdagi amaliy o'rniga bo'lgan munosabatini anglash qiyinchilik tug'dirmaydi. Buni asosi esa uning "johil shahar" atamasi bilan bog'liq bo'lgan barcha tizimida ko'rinadi. Uning nomukammal jamiyatlariga johil (johiliya), fosih (fasiha), o'zgaruvchan (mubadila) va adashgan (dalla) kabi nomlanuvchi birlashmalar kiradi. Fozil shaharlarda esa hamma odamlar fazilatli bo'lavermaydi. Ularning orasida Farobiy "ajriq" (nauabit)5 deb atagan kishilar ham uchraydi, lekin ular shahar fuqarosi sanalmaydilar. Shu bilan birga shahar aholisi orasida "yovvoyilar" deb ataluvchilar ham istiqomat qiladi [14, 176-199].

Yuqorida keltirilgan birlashmalardan eng yomoni johil shahar hisoblanadi. Ular Farobiy talqin qilgan baxtga hech qachon erisholmaydiganlar, agar mobodo ularga u taqdim etilsa ham mutlaqo rad etadiganlar qatoriga kiradi. Mutafakkir ularni qadriyatlari haqida so'z ochar ekan, ular o'tkinchi xarakterga ega ekanligini ta'kidlaydi. Bunday vaqtinchalik qiymatga ega bo'lgan qadriyatlar qatoriga sog'liq, boylik, lazzat, o'zboshimchalik va shuhrat kabilarni kirgizadi. Ularga qarama-qarshi keluvchilarni esa baxtsixlik deb qabul qiladilar [11, 179].

O'z navbatida Farobiy johil shaharni olti xil turkumga bo'lib tahlil etadi. Ularga zaruriyat shahri (al-madina ad-daruriyya), ayirboshlash shahri (al-madina al-baddalya), tubanlik shahri (madinat al-xissa va-s-sukut), shuhratparastlik shahri (madinat al-karama), hokimiyatsevarlik shahri (madinat at-tagallyub), jamoaviy shahar (al-madina al-jama'iyya) yoki erkin shahar (madinat al-axrar/al-xurriyya) kabilar kiradi.

Platonning "Davlat"ida johil shaharning turlari va ularning sifatlari haqida aniq ma'lumotlar keltirilmaydi [13, 130]. Zaruriyat shahri aholisi intelaktual mukammallikka, absolyutga intilmaydilar. Ular uchun tana istaklari va ehtiyojlari

5 Nauabit - "tom ma'noda o'sish", "yosh avlod", bu kontekstda "yetilmagan shaxslar" ma'nosida qo'llaniladi. Bular turli davlatlarda tarqalgan va shu sababli haqiqiy baxtga erishish huquqlari va imkoniyatlaridan mahrum bo'lgan individlardir. Ushbu individlar Ibn Bojida muhim rol o'ynaydi, u ularni guraba - "chet elliklar" va mutauahhidun -"individlar" bilan tenglashtiradi. Farobiydan farqli o'laroq, Ibn Bojining individi yolg'izlikda va hatto nomukammal davlatlarda ham baxtga erishadi. Ibn Rushd Farobiyning qarashlarini qo'llab-quvvatlaydi. Bu yerda Diteritsining Beamte - "xizmatchi", "amaldor" va boshqa joylarda Stellvertreter des Könige - "qirol, monarx o'rinbosari" kabi tarjimasi aniq muvaffaqiyatsizdir.

Research BIB / Index Copernicus

barcha narsalardan ustun turadi. Ya'ni ular tanalarini saqlab, mavjudlligini qo'llab-quvvatlab turishlariga zarur bo'ladigan ovqat, ichimlik, kiyim-kechak, uy-joy, jinsiy yaqinlik kabi narsalarga ega bo'lishlari uchun dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik, talonchilik, san'at va hunar kabi faoliyatlarni olib boradilar [11, 179]. Agar keyingi ayirboshlash shahriga to'talib o'tadigan bo'linsa, unda Farobiyning qarashlari Platonning asaridagi oligarxiya hokimiyat turi haqidagi fikrlariga yaqinlashadi [13, 335]. Ushbu shahar aholisi uning qayerdan va qanday qilib kelishiga qaramasdan boylik to'plash bilan band bo'ladilar. Bu yerda ular uchun faqat moddiy ne'matlar qiziqish uyg'otadi. Ular moddiy boyliklarni zaruriyat shaharlaridan barcha usullar orqali qo'lga kiritadilar. Bundan tashqari bu usullar qatoriga yana ixtiyoriy ravishdagi kelishuvlar, ya'ni savdo-sotiq, ijara kabi yo'llar ham qo'shilib boradi [11, 140].

Navbatdagi shahar bo'lgan tubanlik shahrida ham yuqoridagi shaharlardan farq qilmagan holatda o'zining tana va moddiy ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladilar. Ular moddiylikka boshqalar kabi zaruriyatdan, ochko'lik yoki xasislikdan, kibrdan emas, balki faqat lazzatlanishning o'zidangina kelib chiqib intiladilar. Ularga tananing zaruriyati va foydasi umuman qiziqtirmaydi. Lazzatlanishning o'zidan zavqlanadilar. Johil shaharlarda istiqomat qiluvchi aholi orasida ushbu birlashma doimo baxtli va istalinuvchi sanaladi. Chunki uni maqsadi zaruriy narsalar va boyliklarga erishilganidan keyingina amalga oshadi [11, 180].

Shuhratparastlik shahri fuqarolarining maqsad-intilishi esa mashxurlik, shon-shuhrat, sharaf, ajobtovurlik va yorqinlik, boshqalardan va bir-birlaridan ajralib turish bilan bog'liq. Farobiyning nuqtai nazari bo'yicha, johil shaharlar ichida yaxshisidan biri va bir tomondan mukammalga yaqinlashganidir. Chunki hurmat-ehtirom boshqalarga yordam berish va foydasi tegishi orqali erishilgan odamga beriladi [11, 180]. Biroq agar shon-sharaf va shuhratga bo'lgan istak me'yordan ortib ketgan taqdirda, u mukammallikdan yiroqlashib, tiraniyaga (madinat al-jabbarin) yaqinlashib boradi hamda hokimiyatsevarga aylanadi [11, 147-148]. Bu yerda ham mutafakkir Platon bilan hamfikrligini uchratish mumkin. Shuhratparastlik shahri esa Platonning timokratiya tuzumiga o'xshab ketadi. Tiraniyada aholini shuhratparastlikka asoslangan holatda boshqaradilar [13, 329]. Ammo timokratik boshqaruvda aynan harbiy sohada odamlar o'zaro raqobatlashadilar va shu orqali u keyingi turkumdagi birlashma hokimiyatsevarlik shahriga ham to'g'ri keladi. Hokimiyatsevarlik shahrida odamlar boshqalar ustidan hukumronlik qilishni sevadilar. Oliy lazzatni esa ular qo'lga kiritgan g'alabalari orqali oladilar. Bu turdagi jamiyatni Farobiy shuhratparastlik jamiyatiga qaraganda tiraniyaga yaqinlashtirib talqin etadi [11, 180].

Research BIB / Index Copernicus

Jamoaviy shahar yoki erkin shahar "Davlat"dagi demokratiyani anologi sifatida gavdalanadi. Ushbu shaharning har bir vakili qadriyat sifatida o'z xatti-harakatlaridagi erkinlikni o'rnatadi. Bu yo'lda esa shaxsiy xohish-istaklarini chegaralamaydilar. Shahar fuqarolarining qonun bo'yicha barchasi teng huquqqa ega. Ularning boshqaruvchisi esa aholi tomonidan ixtiyoriy tayinlanadi va aholining irodasiga bo'ysunadi. Shu sababli ularda na boshqaruvchi van a boshqariluvchi mavjud. Bu yerda ham Farobiy Platon kabi bunday demokratik hokimyatni xushlamasada, uni eng baxtli va loyiq shaharligini tan oladi [11, 55]. Yuqoridagi johil shaharlarda ham vaqti-vaqti bilan fozil odamlar - faylasuflar, notiqlar, shoirlar ham dunyoga keladilar. Jamoaviy shaharning ayrim qonunlari mukammal shaharning qonunlari bilan anologik sanaladi.

Siyosiy tuzumning qolgan uchtasi - fosih, o'zgaruvchan va adashgan shaharlar -johil shaharlardan ularning vakillari mukammal shaharning bilimdon aholisi aynan baxt, Xudo, Faol tafakkur haqidagi bilimlarini anglashadi, anglashgan va tasdiqlashga harakat qilishlari bilan ajralib turadilar. Masalan, fosih shahar fuqarolari yuqoridagi ma'lumotlarga va ular haqida tasavvurga ega bo'lsalar ham ularning bajarayotgan amallari xuddi johil shahardagidek xato, gunoh, noto'g'ridir [11, 181]. Ushbu shaharning turkumlari johil shaharnikiga o'xshahsh bo'lib ketadi [11, 163].

O'zgaruvchan shahar fuqarolarining qarashlari ham, amallari ham xuddi mukammal shaharnikiga o'xshash bo'lgan. Biroq vaqt o'tishi bilan bularning bari o'zgarishga va burilishga uchragan. Platonning "Davlat" asarida shunga o'xshash turlar kuzatilmaydi. U faqat "degeneratsiyalar"ga ega boshqaruv shakllarini to'rttasini ajratib ko'rsatadi. Bularga timokratiya, oligarxiya, tiraniya va demokratiya kabilar kiradi.

Adashgan shaharlarda yolg'on qarashlar boshidanoq o'rnatilgan. Ularni na solih qilmishlarni asoslashga va na ularni mukammal bilim haqidagi haqiqiy qarashlar tufayli qabul qilishga as qotishi dargumon [11, 181-182]. Shunday ekan ular chin bo'lmagan g'oyalarni o'zlari uchun o'ylab topib, uni haqiqat o'rnida qabul qilishadi [14, 176-199].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Mana yuqoridagi fikrlardan ma'lumki, Farobiy erkinlik fenomeniga o'zining diqqat-e'tiborini qaratmagan. Uning bu borasidagi qarashlari risolalarida asosiy masala sifatida aks etmagan. Lekin bu erkinlik tushunchasini u umuman e'tibordan chetga chiqarib, unga munosabat bildirmagan degan fikrni anglatmaydi. Uning bu atamani ma'lum bir falsafiy muammolarni o'rganib chiqish jarayonida o'z nuqtai nazarini bildirib ketgan. Maqolaning ob'yektidan kelib chiqib, uning meros qoldirgan risolalaridan faqat bizga kerakli mavzuni ajratib tahlil qilindi. Shunda aniq bo'ldiki,

Research BIB / Index Copernicus

Farobiy erkinlik masalasini uning aynan ijtimoiy-siyosiy qarashlarida yorqinroq ifodalangan. Demak, insonlarga berilgan haddan ortiq erkinlik jamiyatni parokanda qilishi, uning qadriyatlari yo'qolishiga olib kelishi hamda idrokni xiralashtiruvchi tubanliklarni shakllantirishi mumkinligini e'tirof etgan. Uning bu ko'rinishdagi fikrlari Platon qarashlarini yodga solidi. Buning komparativistikasi keyingi bobda batafsil o'z aksini topadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Dieterici Fr. Alfarabi's philosophische Abhandlungen.- Leiden, 1892.

2. Fakhry M. Al-Farabi, Founder of Islamic Neoplatonism. His life, Works and influence. - England, Oxford: Oneworld publication, 2002. - 168 p.

3. Rakhimdjanova D.S. Practical importance of the transformational interpretation of the phenomenon of freedom in ancient times and in contemporaneity. - Philosophy and Life. - ISSN: 2181-9505, https://doi.org/10.5281/zenodo.6852328. - Tashkent, 2024. - P. 120-129.

4. Rakhimdjanova D.S. The concept of the idea of freedom in ancient and medieval philosophy. - Psychology And Education Journal. - ISSN: 00333077, https://doi.org/10.17762/pae.v58i1.1562 - 1195 Stroud Court Westerville, OH 43081, 2021. - P. 4553-4563.

5. Rakhimdjanova D.S. Comparative Analysis of the Interpretation of the Phenomenon of Transformational Freedom in Antiquity with Its Modern Approach. -International Journal of Social Science Research and Review. - ISSN: 2700-2497, http://dx.doi.org/10.47814/ijssrr.v6i1.921 - Germany, Duisburg, 2023. - P. 457-466.

6. Rakhimdjanova D.S. Ibn Rushd's Argument About Necessity and Freedom In Philosophy, Based on the Denial of the Opinions of His Contemporaries. -International Journal Papier Public Review. - ISSN: 2709-023X, https://doi.org/10.47667/ijppr.v5i3.301 - Austria, Wien, 2024. - Pg. 20-25.

7. Raximdjanova D.S. Erkinlik tushunchasini transformatsion xususiyatini ikki davr o'rtasidagi differensiatsiyasini sotsiologik so'rovnoma orqali tahlili. -International scientific journal of Biruni. - ISSN (E) 2181-2993, Volume 2, Issue 02. - Tashkent, 2023. - B. 33-46.

8. Raximdjanova D.S. Ibn Rushd falsafasida zaruriyat va erkinlikni zamondoshlari fikrlari inkori asosidagi o'ziga xos talqini. - Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences. - ISSN 2181-1784, Volume 4, Issue 02. -Tashkent, 2024. - B. 562-570.

9. Raximdjanova D.S. Ibn Rushdning ixtiyoriylik va zaruriyat o'rtasidagi munosabatga keltirgan argumenti. - ActaEducation. - ISSN 3030-3140, Volume 1,

Research BIB / Index Copernicus

Issue 2. https://doi.org/10.61587/3030-3141-2024-1-2-21-26 - Tashkent, 2024. - B. 21-26.

10. Азербаев А.Д. Свобода воли и выбора в наследии Августина Блаженного и философии Аль-Фараби // WORLD SCIENCE. ISSN 2413-1032. - № 7(11), Vol.3, - July, 2016. - 43-46 c.

11. Аль Фараби. Совершенный град // Ибрагим Т.К., Ефремова Н.В. Мусульманская философия. Фальсафа. Антология. - Казань, 2009.

12. Аль-Фараби, Абу Наср Мухаммад. Трактат о взглядах жителей добродетельного города // Философские трактаты. [Пер. с арабского]. - Алма-Ата: Наука, 1972.

13. Платон. Государство // Платон. Собр. соч. В 4 т. - Т. 3. - М., 1994.

14. Ефремова Н.В. Арабо-мусульманская философия // Работа выполнена в рамках Программы фундаментальных исследований Президиума РАН «Традиции и инновации в истории и культуре» (Тема номер 3. Традиция, обычай и ритуал в истории и культуре). - C. 176-199.

15. Касымжанов A.X. Абу-Наср аль-Фараби. — М.: Мысль, 1982. - 198 с.

16. Хайруллаев М.М. Фараби. Эпоха и учение. - Ташкент, 1975.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.