ABDURAHMON TAMKINNING ADABIY MEROSI VA ILMIY ASARLARI
Choriyeva Mehninoz Qiyomiddinovna
Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab, ijod etgan sermahsul ijod namoyandasi, zabardast shoir va zamonasining peshqadam olimlaridan biri Abdurahmon Tamkinning hayoti hamda adabiy merosi haqidadir A.Tamkindan juda boy adabiy meros qolgan. Bular: "Devoni qasoid-u g'azaliyot", "Ganji shoygon", "Ruboiyot", "Jaroid", "Mo'liston", "Matole' ul-foxira va matolib uz-zahira" Yana shoirning ayrim she'rlari o'sha davrda yaratilgan tazkira va bayozlardan o'rin olgan.
Kalit so'zlar: Abdurahmon Tamkin, XIX asr oxiri, XX asr boshlari, tazkiralar, Mulla Abduxoliq, "Devoni qasoid-u g'azaliyot", "Ganji shoygon", "Ruboiyot", "Jaroid", "Mo'liston".
LITERARY HERITAGE AND SCIENTIFIC WORKS OF ABDURAHMAN
TAMKIN
Chorieva Mehninoz Kiyomiddinovna
Independent researcher at Bukhara State University
ABSTRACT
This article is about a prolific writer, poet and pioneer of the late 19th and early 20th centuries. One of the scholars is about the life and literary heritage of Abdurahmon Tamkin. A. Tamkin left a very rich literary heritage. These are: "Devoni Qasoid-u Ghazaliyot", "Ganji Shoygon", "Ruboiyot", "Jaroid", "Moliston", "Matole 'ul-fohira and matolib uz-zahira". Some of the poet's poems are from tazkira and bayoz created at that time.
Keywords: Abdurahmon Tamkin, end of XIX century, beginning of XX century, Mulla Abdukholiq, "Devoni qasoid-u ghazaliyot", "Ganji shoygon", "Ruboiyot", "Jaroid", "Moliston".
KIRISH
Tamkinning adabiy merosi boy va sermahsuldir. U barcha janrlarda ijod qilgan. Chunonchi, qasida, g'azal, muxammas, qit'a, fard, chiston, muammo va hajv kabi janrlarda barakali ijod qilgan. Uning aksariyat asarlari tojik tilida yozilgan, biroq uning
o'zbek va arab tillarida yozilgan ayrim she'rlari ham borki, bular Tamkin har uchala tilni ham mukammal bilganligidan dalolat beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bu tojik olimi Aqar Jon Fidoning ilmiy izlanishlarida ham matn asosidagi ma'lumotlar sifatida berilgan: "Tamkin Abdurrahmon (1851, dehai Buryobofi Bukhoro—4915, Bukhoro), shoiri tojik. Pas az tahsil mudarrisi madrasai «Dorushshifo»-i Bukhoro tain shud. Muddate dar khizmati darbor bud, vale muhiti on jo ba tabiati shoir muvofiq naomad va u tarki khidmat kard. Tamkin az khud merosi ziyode boqi guzoshtaast:
1. Devoni qasoid va gazaliyot, ki az 184 bayt qasoid va 3204 bayt gazalhoi gunogunmavzu faroham omadaast.
2. «Ganji shoygon» — masnaviest shomili 18 fasl va 14 bob, ki dar mazammati bukhlu hasad va kibru gurur gufta shudaast.
3. Majmui «Ruboiyot», ki 488 ruboi, 1468 mufradot, 7 chiston, 6 muammo. 15 bayti parokandaro dar bar megirad. Dar ruboiyoti shoir janbai tanqidi beshtar ba nazar merasad.
4. «Jaroid», ki az 305 qitai pandomez iborat ast.
5. «Guliston» — asari pandu akhloqi dar payravii «Guliston»-i Sadi, 4 qitai manzum va 76 hikoyat dorad. Khulosai har yak hikoya bo qitae jambast tardidaaot.
6. «Matole-ul-fokhira va matolib-uz-zohira» — asarest notamom, ki az 44 matla, 1 tajalli, 1 shashaa va 4 numoya iborat buda, goho bo qitaho zinat yoftaast.
In kitob, ki manbai muhimmi adabi va tarikhist, kushishe baroi navishtani tarikhi mufassali Bukhoro budaast. Ilova bar in asarho ashori parokandai shoir dar tazkiravu bayozhoi asri 19—ibtidoi asri 20 darj yoftaand. Hamchunin, dar «Tazkirat-ush-shuaro»-i Muhtaram az «Junaydi laoli» nom asari Tamkin yodovari meshavad, ki hanuz dastras nagardidaast."1
MUHOKAMA
A.Tamkindan juda boy adabiy meros qolgan. Bular: "Devoni qasoid-u g'azaliyot", "Ganji shoygon", "Ruboiyot", "Jaroid", "Mo'liston", "Matole' ul-foxira va matolib uz-zahira". Yana shoirning ayrim she'rlari o'sha davrda yaratilgan tazkira va bayozlardan o'rin olgan.
Shuningdek, "Tazkirat ush-shuaro" asarining muallifi Hoji Ne'matulloh Muhtaramning xabar berishicha Tamkinning "Junaydi laoli" degan asari ham bo'lgan. Lekin bu kitob va u haqdagi aniq ma'lumotlar bizgacha yetib kelmagan.
1 A. Jon Fido. Matnro dar xatti asli xondan.
Tamkin devoni 6764 misra bo'lib, shundan 356 misrasi qasida va 6408 misrasi g'azaldir. "Ruboiyot" asarida esa 488 ruboiy, 1468 mufradod, 7 chiston va 6 muammo bor.
Shoir g'azallarini mazmun jihatidan 3 qismga bo'lish mumkin:
1 )an' anaviy g'azallar;
2)amaldorlarni tanqid qilgan, hasad, kibr-g'urur, zararli xislatlar haqidagi g'azallar;
3)pand-u nasihat mavzusidagi g'azallar.
Shoirning "Jaroid" asari 1168 misra bo'lib, 305 qit'adan iborat. Bu asarning mavzusi pand-u nasihatdan iboratdir. Shoirning diqqat markazida muhim hayotiy masalalar turadi.
NATIJA
"Mo'liston" Sa'diyning "Guliston" iga payrov tarzida nazm-u nasrda bo'lib, maxsus boblarga bo'linmagan. Bu asar 4 qit'a va 76 hikoyatdan iborat. Qit'a va hikoyatlar bir-biri bilan chambarchas bog'lanib, bir-birini to'ldirib boradi.
"Ma'ole'-ul-foxira va matolib -uz zohira" asari shoir umrining oxirgi yillarida yozilgan. Ushbu asar: ham adabiy, ham tarixiy manba hisoblanadi. Tamkin biror bir shoir yoki olim haqida gapirar ekan u yashagan sharoit va geografik hayot haqida keng ma'lumot beradi. Bu asarda u Buxoro tarixi haqida, me'morlik san'ati haqida, madaniy yodgorliklari haqida keng to'xtaydi. Chunonchi, masjid, xonaqoh, ark, madrasa lar va boshqa imoratlar haqida batafsil tasvir beradi.
Shuningdek, unda sayyoralarning harakati va ularning odamlarga ta'siri tabiatning o'zgarishi, daryolardagi iqlim, nabotot olamining xususiyatlari haqidagi sharhlarni ham uchratish mumkin.
XULOSA
Xoji Ne'matulloh Muhtaram tazkirasida Tamkin vafotini hijriy 1334 (melodiy 1915) deb qayd qilgan. Professor A.A.Semyonov esa Tamkin vafotini 1917-1918-yillar
л
deb ko'rsatadi . Tamkin vafoti to'g'risidagi bu har xillikka ham shoirning shogirdi Ja'farov aniqlik kiritadi:
"Dar soli 1915 dar Buxoro bo domullo Tamkin az nav muloqot kardam. Vay az davrai piriash zaboni shikoyat kushoda guft: "Piri ham monandi davrai tufuliyat ast. Aknun qarib ba 63 daromadam, sihat va salomatiam az dast rafta, kasali tobu tavonamro rabuda, imkoni tavonash roh raftanam namondaast"... Pohoi domullo minavisad, Ja'farov, varam karda bud, hatto agar ba devor takya namekard, ba no xestan nametavonist"3. Ana shu fikrlar ko'rsatadiki, Ne'matulloh Muhtaramning xulosasi
2 Sobraniye vostochnix rukopisiy AN A.A.Semyonova T. 1954.str.366
3 Ja'farov. Shaxsiy xotiralari, o'sha kitob
haqiqatga yaqindir. Zero, shoirning shogirdi Ja'farovning ko'rsatmasi ham shuni tasdiqlaydi. Demak, Tamkin 1915-yil dunyodan ko'z yumgan.
REFERENCES
1. A. Jon Fido. Matnro dar xatti asli xondan
2. Sobraniye vostochnix rukopisiy AN A.A.Semyonova T. 1954.str.366
3. Ja'farov. Shaxsiy xotiralari, o'sha kitob
4. Internet ma'lumoti. Buxoro tarixi. Abdulahadxon davri.
5. A.S. Olimxon. Bux. x. hasratli tarixi. O'z.SSJ. "Fan" nashriyoti. T.1991-yil, 27-bet
6. Tamkin. "Mo'liston" Dastxati tahti raqami 337. И Ш. O'z-n. varaq 8-9. (8-9-betlar)
7. Tamkin. Devon. Qo'lyozma nomeri. 111. 39-bet.
8. Бекова С. К. Академическое самоубийство: сценарии отсева в российской аспирантуре //Вопросы образования. - 2020. - №. 2.
9. Бекова Н. Ж., Сайлиева З. Р. " Девони Фони": издания и исследования //Филология и лингвистика в современном обществе. - 2014. - С. 20-22.
10. Sohibova Z., Quvvatova D. Symbolic description of the year seasons in Uzbek poetry. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, Volume-8 Issue-9S3, July 2019, 363-367. ISSN: 2278-3075 Website. - 2019.