2017-2024- YILLARDA SURXON VOHASI EKOLOGIYASI: QILINGAN
ISHLAR VA NATIJALAR
Maqolada Yangi O'zbekistonda Surxondaryo viloyatida ekologik vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish yo 'llari bo 'yicha takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, Surxondaryo viloyati, ekologik vaziyat, iqlim o 'zgarishlari, tabiat, ekologik muammolar.
The article analyzes the work carried out in the Surkhandarya region of Western Uzbekistan to improve the ecological situation and their results. It also presents proposals on the existing problems in the field and ways to eliminate them.
Keywords: Western Uzbekistan, Surkhandarya region, ecological situation, climate change, nature, ecological problems.
Surxondaryo viloyatida 2017-2024-yillarda ekologik muammolami hal qilish bo'yicha bir qancha muhim tashabbuslar amalga oshirilgan. Bu davrda viloyatda ekologik holatni yaxshilash, tabiatni asrash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish maqsadida bir qator davlat dasturlari va loyihalar bajarilgan.
Surxondaryo viloyati, asosan, dehqonchilik va qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan bo'lib, bu sohalarda suv resurslarining samarali boshqarilishi muhim ahamiyatga ega. 2017-yildan boshlab, suv ta'minoti va meliorativ infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlari jadallashdi. Suvni tejash, sug'orish tizimlarini takomillashtirish va yerlarni melioratsiya qilish orqali viloyatdagi ekinlar uchun zarur bo'lgan suv resurslarining samarali taqsimlanishi ta'minlandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Viloyatda ekologik xabardorlikni oshirish maqsadida bir qator tashabbuslar amalga oshirildi. 2017-yildan boshlab, ekologik ta'lim dasturlari va seminarlar tashkil etilib, aholi va yoshlar ekologiya, tabiatni asrash, chiqindilarni qayta ishlash va energiya samaradorligini oshirish masalalarida bilim olishdi. Ochiq maydonlarda
A'ZAMOV Asliddin Akramovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turlari) yo 'nalishi
II bosqich magistranti
ANNOTATSIУA
ABSTRACT
KIRISH
321
www.birunijournal .uz
ekologik aksiyalar o'tkazildi. Viloyatda yashil hududlarni yaratïsh va daraxt ekish bo'yicha tadbirlar davom ettirildi1. 2021-yilda Surxondaryo viloyatida yashil hududlarni kengaytirish dasturi boshlandi. Bu dastur doirasida har yili minglab daraxtlar ekildi. Ayniqsa, ko'chatlar ekish va yashil hududlarni barpo etishga qaratilgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi.
Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash tizimini yaxshilash maqsadida moddiy resurslarni qayta ishlash va chiqindilarni kamaytirish bo'yicha ko'plab tadbirlar amalga oshirildi. O'tgan davr davomida ko'p xonali uylarda chiqindilarni to'plash va ajratish tizimi joriy etildi. Shu bilan birga, viloyatdagi ayrim hududlarda eko-hududlar yaratish bo'yicha loyihalar amalga oshirildi. Biologik xilma-xillikni saqlash va yo'qolib borayotgan turlarni himoya qilish bo'yicha ham muhim ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Surxondaryo viloyatining tog'li va o'rmonli hududlarida yo'qolib ketayotgan o'simlik va hayvon turlarini asrash bo'yicha loyihalar amalga oshirildi.
Surxondaryo viloyati go'zal tabiat manzaralari, noyob hayvonot dunyosi, shifobaxsh zilol suv va yer osti boyliklari, tog'u-dashtlardagi musaffo havosi bilan ham mashhur bo'lib kelgan.
Ko'hitang tog' tizmasining sharqiy yonbag'ridagi «Surxon» davlat qo'riqxonasida tog'-o'rmon ekotizimi, o'ziga xos o'simlik va hayvonot dunyosi turlarini, archazor o'rmonlar muhofaza qilinadi.
O'simlik va hayvonot dunyosiga juda serob tabiiy hududning umumiy yer maydoni 23 ming 802 gektar bo'lib, shundan 12 ming 239 gektardan ziyodi yashil boylik bilan burkangan. Dengiz sathidan 850 metrdan 3 ming 137 metrgacha balandlikdagi hududda 900 dan ortiq turdagi o'simlik uchraydi. Bu yerda «Qizil kitob»ga kiritilgan Qo'qon zag'ozasi, Litvinov lolaqizg'aldog'i, Maksimovich ravochi, Grek yong'og'i, achchiq hamda tikanakli bodom, soxta yantoq, dug'bay singari ko'plab o'simlik va dov-daraxtlar o'stirilmoqda. Turkiston laqqachasi balig'i, Hind boygasi, cho'lmiqqiysi qushi, mallabosh lochin, sud emizuvchilardan burama shoxli echki, Buxoro tog' qo'yi, Turkiston silovsini singari kamayib borayotgan turli jonivorlar yashaydi.
Qo'riqxonada O'zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan 26 turdagi sudralib yuruvchilar, 18 turdagi noyob hayvonlar va 136 turdagi qushlar uchraydi. Jarqo'rg'on tumanidagi «Oqtepa» bog'i ham o'zining noyob o'simlik va hayvonot dunyosi bilan kishini lol
etadi. «Sangardak» sharsharasi, Omonxona, Xo'jaipok, Xo'jamayxona singari
1 K.A.Allanov, A.Q.Choriev, N.J.Embergenov. Ecological Condition of Surkhan Oasis and its Impact on the Health of the Population. Science and education in Karakalpakstan. №1. - Nukus, 2020. p.101-103.
322
www.birunijournal .uz
shifobaxsh buloq suvlari, Boysun, Sariosiyo, Uzun kabi tumanlardagi o'rmon xo'jaliklari ham maftunkorligi bilan ko'zlarga quvonch ulashadi. Surxondaryo viloyatida jami 1ta hayvonot bog'i mavjud bo'lib, 2023-yilda hayvonot bog'iga 58,8 ming kishi tashrif buyurgan, shundan 28,7 ming nafari bolalardir. Viloyatimiz hayvonot bog'idagi o'simlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligi o'ziga xosligi bilan tashrif buyuruvchilar e'tiborini tortadi. Bu yerda, xususan, hayvonot dunyosi 127 ta turi, o'simlik dunyosining 35 ta turi mavjud. Hayvonot dunyosi namunalari umumiy soni 853 tani va o'simlik dunyosi namunalari 2 115 nusxani tashkil etadi2.
O'rni kelganda shuni aytish lozimki, bizning asrimizga kelib, jahondagi ko'plab ekotizimlar zaxiralari deyarli butunlay tugab, ortga qaytarib bo'lmaydigan salbiy jarayonlarga yuz tutmoqda. Bu jarayonga dunyoda aholining o'sib borishi, iqtisodiy rivojlanish va boshqa omillar ham o'z ta'sirini o'tkazayotgani sir emas. Vaholanki, atrof-muhit sog'lomligi, iqtisodiyot samaradorligi va obod hayotimiz mavjud tabiiy resurslarni oqilona boshqarish hamda ulardan tejab foydalana olishimizga bevosita bog'liq.
Keyingi yillarda mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor tabiat in'om etgan noyob tuhfalarni qadrlash, mavjud boy biologik xilma-xillikni asrab-avaylashni yangi bosqichda davom ettirishga qulay muhit, keng imkoniyat yaratdi. Yuzaga kelgan ekologik barqarorlikni ta'minlashning eng samarali yo'llarini belgilab berdi. Shunga muvofiq mamlakatimizning janubdagi vohasida ham joriy yildan mevali va manzarali daraxtlarni hisobga olish tizimi joriy etilgani bunga yaqqol dalildir. Bunda ro'yxatga olingan dov-daraxtlarga maxsus kodli raqam ilinib, elektron bazaga kiritilayotgani ahamiyatli bo'lmoqda.
Jumladan, birgina 2023-yilning o'zida 10 millionga yaqin manzarali va mevali daraxt ko'chati o'tqazilib, sakkiz milliondan ortiq qalamcha qadaldi. Lekin, hozirgacha ularning hisob-kitobi yuritilib, hech kim nazorat qilmagan. Vohada qancha mevali, qancha manzarali daraxt borligini yoki yangi ekilgan ko'chatlardan qanchasi unmay qurib qolganini ham hech kim bilmas edi. Yashil boyliklarga yangicha yondashuv har bir daraxtning hisobini yuritish imkoniyatini yaratdi. Shu asosda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha tuman, shahar inspeksiyalari xodimlari joylardagi mavjud daraxtlarni xatlovga olib, ularning aniq reestrini tuzmoqda. Daraxtlarning nomi, soni va ularga biriktirilgan mas'ul shaxslar haqidagi ma'lumotlarni o'rnatilmoqda. Endilikda elektron bazaga kiritilgan har bir daraxtning o'suvchan va o'nuvchanligi monitoring qilib boriladi. Bu
2 Ишмуратова Д.К., Жумаева З.Э. Сурхондарё вилояти Термиз ва Денов тумани худудларидаги атмосфера хавоси таркибини физик кимёвий усуллар билан урганиш // Theоreticаl Aspects in the Fоrmаtiоn of Pedаgоgicаl Sciences. Intemаtionаl scientiíic-online conference. Р. 92-96.
323
www.birunijournal .uz
tartib odamlarda mavjud daraxtlar davlat nazoratida ekanini his etib, beruxsat kesilishi, qurib qolishi va boshqa holatlarning oldini oladi. Yashil dunyo parvarishi va aholi o'rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga mas'uliyatni yanada oshiradi.
Shu bilan bir qatorda aytish lozimki, ekologik barqarorlikni ta'minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgan, bu sohada targ'ibot va qat'iy nazorat tadbirlari olib borilayotgan bo'lsada, joylarda hamon tabiatga beparvolik bilan munosabatda bo'lish hollari to'liq barham topgani yo'q. Masalan, yilning o'tgan davrida o'tkazilgan reyd tadbirlarida 144 shaxsning o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi qonun talablarini buzgani aniqlanib, 158 million 664 ming 500 so'm ma'muriy jarima qo'llanildi.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasi bo'yicha davlat inspektorlari tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlarida 344 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, qonunbuzarlarga nisbatan 38 million 467 ming 632 so'm ma'muriy jarima belgilandi. Yer resurslari bo'yicha 213 nafar shaxs, yer osti boyliklari bo'yicha 36 kishi ma'muriy javobgarlikka tortildi. Chiqindilarning belgilanmagan joylarga tashlanishining oldini olish, suv va suvlarni ifloslantirish kabi yo'nalishlar bo'yicha ham tezkor tadbirlar tashkil etilib, qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko'rilmoqda. Maishiy chiqindilarni to'plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko'mish ishlarining samarali tizimini tashkil qilish ekologik muammolarni bartaraf etish bilan birga mamlakat iqtisodiyotiga ham katta foyda keltiradi. Bugungi kunda dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib bormoqda. Chiqindilarni qayta ishlash bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasida mamlakatimizda, xususan, Surxondaryo viloyatida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Viloyatimizda jami 12 ta "chiqindi poligoni" bo'lib, aholiga 6 ta sanitar tozalash korxonalari xizmat ko'rsatib keladi. Viloyatda yil davomida jami 380-400 ming tonna chiqindi chiqariladi. Shundan, 120-130 ming tonnasi 15 ta korxona tomonidan qayta ishlanib, yarim tayyor va tayyor mahsulotga aylantiriladi. Bu esa yil davomida umumiy chiqariladigan chiqindining 30% foizini tashkil etadi3.
Xullas, 2023-yilning o'tgan besh oyida viloyatda 1 ming 518 huquqbuzarga nisbatan ish qo'zg'atilib, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksiga asosan 490 million 525 ming 808 so'm jarima chorasi qo'llanildi. Ma'muriy javobgarlikka tortilganlarning 20 nafari mansabdor shaxslar. Tabiatga yetkazilgan zarar 437 million 661 ming 220 so'mni tashkil etdi.
3 Эmкараев C.H., TypaeB X.X., yM6apoB H.A. PagnoMeTpnHecKoe onpegeœHne aKTHBHOcm 6eTa-H3^yneHHH cтpoнцнн-90 b noHBax CypxaHgapbHHCKon oö^acTH y36eKHCTaHa // C6. Hayn. TpygoB no MaTepnaiaM Me^gyHapogHOH Hayn.-npaKT.KOH^. 30 hmhj 2020. H. 1. TaM6oB: KoHca^THHroBaa KoMnaHna wkom, 2020. C.
121-124.
324
www.birunijournal .uz
Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzayotgan bunday shaxslar aniqlanib, ulardan yetkazilayotgan zarar undirib olingan. Bu vohada keng jamoatchilikni birlashtirib, ona tabiatni avaylab-asrashni, atrof-muhit muhofazasiga e'tiborni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. XULOSA.
Umuman aytganda, Surxondaryo viloyatida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, vohaning flora va fauna dunyosini, ekologik xilma-xillikni saqlab qolish, mintaqada mavjud ekologik muammolarni bartaraf qilish borasida so'nggi yillarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, aholi o'rtasida ekologik tarbiyani rivojlantirish bo'yicha turli targ'ibot dasturlari tashkil etilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. K.A.Allanov, A.Q.Choriev, N.J.Embergenov. Ecological Condition of Surkhan Oasis and its Impact on the Health of the Population. Science and education in Karakalpakstan. №1. - Nukus, 2020. p.101-103.
2. N.J.Embergenov, Kh.Abdunazarov, M.Umarova, Kh.Niyozov. Issues of Development of Industrial Sectors in Surkhandarya Province. Science and education in Karakalpakstan. №3. - Nukus, 2019. p.99-102.
3. MmMyparoBa Д.К., Жyмaевa З.Э. Cypxo^Aapë в^тояти Термиз Ba Денoв тyмaни x1yдyдлaридaги aтмoсферa x,aBo^ тaркибини физик кимёвий ycyrnap билaн yргaниш // Theoretical Aspects in the Formation of Pedagogical Sciences. International scientific-online conference. Р. 92-96.
4. Эшкaрaев С.Ч., TypaeB Х.Х., VM6apoB И.А. Рaдиoметрическoе oпределение aктивнoсти бетa-излyчений стрoнция-90 в no4Bax Cyрхaндaрьинскoй oблaсти Узбекисгата // Сб. нayч. трyдoв no мaтериaлaм междyнaрoднoй нayч. -прaкт.кoнф. 30 июня 2020. Ч. 1. Тaмбoв: Кoнсaлтингoвaя кoмпaния Юкoм, 2020. C. 121-124.
5. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 334-337.
6. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIy MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.
7. Saidov, S. (2022). TARIXIy MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.
325
www.birunijournal .uz
8. Saidov, S. (2023). "TARIXI GARDIZIY" ASARINING TÄRIXIY QIYMATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(2), 842-847.
9. Saidov, S. А. О. G. L. (2021). IBN AL-MUQÄFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.
10. Саидов, С. (2022). ЯНГИ МAЪНAВИЙ MAXOHHM TA:mKKH ЭТИШДA ИБН МY^AФФÄ ÄСÄРЛÄРИНИНГ РОЛИ. International scientific journal of Biruni, 1(3), 19-22.
326
www.birunijournal .uz