Научная статья на тему 'O’SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH ASOSLARI. XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA'

O’SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH ASOSLARI. XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
70
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’simlik / o’simlik dunyosi / o’simlik dunyosi obyektlari / botanika kolleksiyalari / o’simlik dunyosini muhofaza qilish / O’zbekiston –2030 strategiyasi

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Ashurov Nuriddin

Mazkur maqolada o’simlik dunyosi tushunchasi, o’simlik dunyosi haqida huquqshunos olimlar ta’rifi, dunyoda va O’zbekiston Respublikasida mavjud o’simliklar turlari bo’yicha statistikasi, o’simlik dunyosi obyektlari, o’simlik dunyosini muhofaza etishda ayrim rivojlangan davlatlar tajribasi, O’zbekistonRespublikasi qonunchiligida belgilangan o’simlik dunyosi obyektlari turlari va ularni muhofaza etish asoslari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH ASOSLARI. XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA»

ARTICLE INFO

O'SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH ASOSLARI. XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA

Ashurov Nuriddin

Toshkent davlat agrar universiteti Huquqshunoslik kafedrasi assistenti

Tel: +998909403641 Elektron pochta: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14049638

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 07- Noyabr 2024 yil

KEYWORDS

o'simlik, o'simlik dunyosi, o'simlik dunyosi obyektlari, botanika kolleksiyalari, o'simlik dunyosini muhofaza qilish, O'zbekiston - 2030 strategiyasi.

Mazkur maqolada o'simlik dunyosi tushunchasi, o'simlik dunyosi haqida huquqshunos olimlar ta'rifi, dunyoda va O'zbekiston Respublikasida mavjud o'simliklar turlari bo'yicha statistikasi, o'simlik dunyosi obyektlari, o'simlik dunyosini muhofaza etishda ayrim rivojlangan davlatlar tajribasi, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan o'simlik dunyosi obyektlari turlari va ularni muhofaza etish asoslari haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan..

Biz yashab kelayotgan davr insoniyatning har sohada eng rivojlanayotgan davri bo'lib, bizni o'rab turgan tabiatga shu darajada ta'sir o'tkazmoqdamizki, hatto uni o'z rejalarimiz asosida o'zimiz yaratga texnologik vositalar yordamida boshqarishga tobora chuqur harakat qilmoqdamiz. Xuddi tabiat bizga xizmat qilishi lozimdek. Ammo tabiatning ham, unda yashayotgan o'simlik dunyosining ham o'ziga xos yashash tarzi mavjud. Xo'sh o'simlik dunyosi nima? O'simlik dunyosining obyektlariga nimalar kiradi?

O'simliklar - hayot demakdir. Biz iste'mol qiladigan oziq-ovqatning 80 foizi va nafas olayotgan kislorodning 98 foizi ularga bog'liq. Ammo, biotik va abiotik tahdidlar tufayli o'simliklarning hayoti xavf ostida va o'simlik ishlab chiqarish oziq-ovqat, ozuqa, tola va yoqilg'iga ortib borayotgan talabni qondirish uchun transformatsiyani talab qiladi.

O'simlik dunyosi va uning obyektlarini tadqiq etgan olimlar, unga turlicha ta'rif berganlar. Jumladan A.N.Nigmatovga ko'ra, respublikamiz ekologik qonunchiligi tizimidan ma'lumki, o'simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish jarayonini barcha bosqichlarida o'simlik dunyosini bir qator o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratiladi: birinchidan o'simliklar tuproqda, yer ustida, yer ostida va suvda uchraydi; ikkinchidan ularning madaniy va yovvoyi turlari mavjud; uchinchidan yovvoyi o'simliklar ikki toifaga o'rmon va o'rmonni tashkil etmaganlarga ajratiladi .

A.B.Iskoyan esa, "o'simlik dunyosi deganda davlat hududida, shuningdek unga tegishli kontinental shelf doirasida quruqlikda va suvda tabiiy erkin holda o'suvchi yovvoyi o'simliklar yig'indisi tushuniladi .

O'zbekiston Respublikasi "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi qonuni 3-moddasiga ko'ra, o'simlik dunyosi — O'zbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda o'sadigan yoki sun'iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi o'simliklar majmuidir .

Volume 2, Issue 11, November 2024

Page 20

O'simlik dunyosi obyektlari Qonunning 5-moddasi ga ko'ra, quyidagilardan iborat: yovvoyi holda o'suvchi o'simliklar;

yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari; botanika kolleksiyalari.

Yer yuzining 70 foizi o'simliklar bilan qoplanganligi ham ushbu tabiat obyektlarining ekologik tizimda alohida o'rin egallashidan dalolatdir. MDH davlatlari hududida ularning 21 ming, O'rta Osiyoda 7 ming, mamlakatimizda 4148 ta turi uchraydi. O'zbekiston o'simliklar dunyosining xilma-xilligi va xalq xo'jaligidagi ahamiyatiga ko'ra, o'ziga xos o'ringa ega. Chunonchi o'lkamizda 146 ta oilaga mansub 4500 ga yaqin o'simlik turlari mavjud. O'simliklar, qo'ziqorinlar va suv o'simliklarini qo'shib hisoblaganda taxminan 11 ming turni ko'rsatish mumkin, ulardan 4800 tasi gulli va tomirli o'simliklarga to'g'ri keladi. Endemiklarning biologik xilma-xilligi unchalik ham ko'p emas - 400 tur atrofida bo'lib, ulardan 10-12 foizi yo'qolib ketish xavfi ostida.

Yuqoridagi raqamlardan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasi hududida o'simliklarning ulushi boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bu haqida prof. J.T.Xolmo'minov qayd etganidek, "O'zbekistonda yo'qolib borayotgan yovvoyi va shifobaxsh o'simliklarning noyob turlarini saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan hali ko'p ishlar amalga oshirilishi lozim" .

Shundan kelib chiqib, Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz ekologik muhitini yaxshilash maqsadida bir qancha ishlarni amalga oshirish bo'yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Darhaqiqat 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan ""O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son farmoni mazkur sohada amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilab berildi. "O'zbekiston - 2030" strategiyasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasini kengaytirish, xususan, har yili 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, ekiladigan har bir daraxtni parvarish qilish va sug'orish tizimini yaratish ko'zda tutilgan. Birgina Toshkent shahrida yashil maydonlar hududini 5 barobar ko'paytirib, 5 ming gektarga yetkazish maqsad qilingan. Shuningdek aynan 2024-yilgi Davlat dasturida loyiha doirasida kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko'chatlarini, qalamchalarini ekish, respublikada 444 ta yashil bog'lar barpo etish belgilangan.

Fuqarolar va yuridik shaxslar o'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilardir. O'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar o'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishda qonunchilikda belgilangan shart va tartibga qat'iy amal qilishi lozim.

O'simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish bo'yicha AQSH tajribasi ham qiziqish uyg'otadi. AQSHda "Yovvoyi tabiat to'g'risida"gi Qonun qabul qilingan bo'lib, u AQSH hududining 2% ini shu maqom ostida muhofaza qilinishini ta'minlaydi. AQSHda o'simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilishda yuqoridagi Qonunning ahamiyati katta. Ushbu Qonun bilan belgilangan hudud doirasida avtotransport vositasidan foydalanish, ularning yaqinida yo'l yoki boshqa qurilish ishlarini olib borish, tijorat ishlari bilan shug'ullanish ta'qiqlanadi. Bu bilan tabiatdan iqtisodiy manfaatlarni ko'zlab foydalanish ta'qiqlandi, undan faqatgina rekreatsiya maqsadlarida foydalanish mumkinligi ko'zda tutildi, xolos.

Yaponiya davlatida esa o'simlik dunyosini muhofaza etish "Atrof-muhit muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Va o'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish davlat tomonidan belgilanadigan kvota va to'lovga asoslanadi.

Respublikamizda o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish konstitutsiyaviy normalar bilan bir qatorda "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida", "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida", "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida", "O'rmon to'g'risida"gi qonunlar, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risida"gi Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Xususan Konstitutsiyamizning 68-moddasiga asosan yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo'lishi mumkin.

O'simlik dunyosini muhofaza qilishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, o'simlik

dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlarini belgilash;

o'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash;

o'simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini to'xtatib turish, tugatish, bekor

qilish;

o'simlik dunyosi obyektlaridan o'zboshimchalik bilan foydalanishning va ulardan foydalanish borasida belgilangan tartibning boshqa buzilishlarining oldini olish; o'simlik dunyosi o'sadigan muhitning muhofaza qilinishini tashkil etish;

kamyob va yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o'suvchi o'simliklar turlarini O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish;

xo'jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish chog'ida o'simlik dunyosiga zararli

ta'sir ko'rsatilishining yoki uning yo'q qilib yuborilishining oldini olish;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish;

botanika bog'larini va dendrologiya bog'larini tashkil etish;

yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarni sun'iy yaratilgan sharoitlarda yetishtirish;

o'simlik dunyosini himoya qilish, karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarni, o'simliklar

kasalliklarini va begona o'tlarni o'z vaqtida aniqlash hamda yo'q qilish bo'yicha karantin

tadbirlarini o'tkazish;

o'simlik dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish;

o'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish hamda o'simlik dunyosi monitoringini amalga oshirish;

o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish; o'simlik dunyosi obyektlarini O'zbekiston Respublikasiga olib kirish va O'zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish;

o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda o'tkazish;

o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini o'tkazish;

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo'yicha biotexnik va boshqa tadbirlar o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimiz hududida o'simlik dunyosini rivojlantirish, aholiga qulay atrof-muhit sharoitini yaratishda o'simlik dunyosi obyektlarini har tomonlama muhofaza etish, shu jumladan o'simlik dunyosi obyektlari deb e'tirof etilgan hududlardan iqtisodiy maqsadlarda foydalanish(ularni dorivor o'simlik sifatida qayta yetishtirishdan tashqari)ni taqiqlash maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 21.09.2016 yildagi 0'RQ-409-son

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ""O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son farmoni. 2023-yil 11-sentabr

4. Ekologiya huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. 2018. TDYU

5. Xolmo'minov J.T. Tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilishning ekologik-huquqiy muammolari. Monografiya. - Toshkent: Falsafa va huquq instituti, 2009. -B.186-187.

6. https://www.fao.org/plant-health-day

7. www.ippc.int

8. https://www.fao.org/3Zcc2447en/cc2447en.pdf

Volume 2, Issue 11, November 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.