Научная статья на тему 'Tabiiy resurslarni to’gri boshqarish va atrof muhit muhofazasi'

Tabiiy resurslarni to’gri boshqarish va atrof muhit muhofazasi Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1215
99
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologiya / atrof muhit / globallashuv / O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi / kodeks / suv taqchilligi

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Gulsanam Azamatovna Alimova, Jahongir Bahron O’g’li Ro’ziboyev

Ushbu maqola xozirgi globallashib borayotgan olamda tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish haqida ko’rib o’tilgan. Atrof muhitni muhofaza qilish va asrash borasida xozirda olib borilayotgan ishlar haqida bilib olamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Tabiiy resurslarni to’gri boshqarish va atrof muhit muhofazasi»

Tabiiy resurslarni to'gri boshqarish va atrof - muhit

muhofazasi

Gulsanam Azamatovna Alimova Jahongir Bahron o'g'li Ro'ziboyev TIQXMMI MTU, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Annotatsiya: Ushbu maqola xozirgi globallashib borayotgan olamda tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish haqida ko'rib o'tilgan. Atrof -muhitni muhofaza qilish va asrash borasida xozirda olib borilayotgan ishlar haqida bilib olamiz.

Kalit so'zlar: Ekologiya, atrof - muhit, globallashuv, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodeks, suv taqchilligi

Proper management of natural resources and environmental

protection

Gulsanam Azamatovna Alimova

Jahangir Bahron oglu Roziboyev TIIAME NRU, Karshi Institute of Irrigation and Agrotechnologies

Abstract: This article deals with the preservation of natural resources and their rational use in today's globalized world. We will learn about the ongoing work on environmental protection and preservation.

Keywords: Ecology, environment, globalization, Constitution of the Republic of Uzbekistan, code, water shortage

Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atorf - muhitga bo'lgan ta'siri o'sib boradi. Inson tabiat bilan, ya'ni o'simliklar, hayvonot dunyosi hamda yer osti va yer usti boyliklari bilan o'zaro muloqatda bo'ladi. Ekologik muammolar kengayib ularni hal etish dolzarb vazifa bo'lib qolgan. Hozirgi davrda bu muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik madaniyatning o'rni beqiyosdir. Davlat ekologik siyosatining asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida o'z aksini topgan. Unga ko'ra, yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlat ekologik faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ifodalaydi:

Birinchidan, respublika tabiiy resurslari umummilliy boylik hisoblanadi, ya'ni yuridik ma'noda ular xalq mulkini tashkil etadi hamda ular nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida ish yuritadi.

Ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarur. Ekologiya huquqida oqilona deganda, tabiiy resurslardan ekologik normativ va standartlarga qat'iy rioya etgan holda foydalanish tushuniladi.

Uchinchidan, tabiat ob'yektlari va resurslari davlat tomonidan qo'riqlanadi. Bu davlat tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta'minlashini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va manfatlariga, shuningdek ekologik huquq-tartibotga rioya etilishini kafolatlashini anglatadi.

Yuqorida ko'rganigizdek barcha qonun va qoidalar bizning konstitutsiyamizda to'g'ri va tushunarli keltirib o'tilgan bo'lib, xozirgi kunda bularning barchasi o'z aksini topmoqda. Yaratilgan qonunlarning barchasi amaliyotda qo'llanilmoqda va davlat Ekologiya qo'mitasi tarkibidagi bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va chiqindilarning hosil bo'lishi, to'planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko'milishini nazorat qilish inspektsiyasi negizida ko'rib chiqilib zarur choralar ko'rib kelinmoqda. Biz atrof-muhitga va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadigan atrof-muhitga ta'sirini tavsiflash bilan boshlashimiz kerak edi aslida. Xozirgi kunda global muammo deganda eng avvolo butun dunyodagi ekologik ahvol haqida gapirishimiz mumkin. Yildan yilga dolzarb muammoga aylanib borayotgan bu holat juda achinarli aslida, shuning uchun uni oldini olish va bartaraf qilish eng oqilona ish deb o'ylaymiz. Hozirgi kunda juda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda eng avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatuvchi ob'yektlarni va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Global ekologik o'zgarishlarning salbiy oqibatlari shunchalik keng tarqalmoqdaki, mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilib, ulkan obro' qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga alohida urg'u berib kelayotganligi sababli juda katta ekologik inqirozni keltirib chiqarish arafasiga kelib qoldik. Balki kelib chiqayotgan barcha muammolarning sababchisi o'zimizdir ? Yoki bu muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab bo'layotgandir? Degan ko'plab savollar bugungi kunda sizni qiynashi tabiiy aslida.

O'tgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada o'zgardiki, insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer ekotizimlarining misli ko'rilmagan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli

mintaqalarida qurg'oqchilik, suv toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi barchamizga birdek ayondir. Bir so'z bilan aytganda insonning tabiatga aralashuvi aqlga sig'maydigan darajaga yetishga ulgurdi. Hech o'ylab ko'rganmisiz 2030-yilga kelib suvga bo'lgan talab va mavjud bo'lgan suv ta'minoti o'rtasida 40 % tafovut bo'ladi. Suv muammosini hal qilish uchun bizda bor-yo'g'i 15 yil bor xolos, deydi Jahon iqtisodiy forumining yosh global yetakchisi Mina Guli. Ta'kidlash joizki, 750 mutaxassisdan tarkib topgan jamoa tomonidan o'tkazilgan so'rovda toza ichimlik suvining tugab borishi butun dunyo aholisi uchun chinakamiga global xavf deb baholandi. Aslida, ichimlik suvi muammosi dunyo aholisini qiynab kelayotgan muammolarning eng oldi qatoridan o'rin olib ulgurgan. Foydalanish uchun suv yetarli bo'lmagan, kunni toza ichimlik suvini izlash uchun sarflaydiganlarga ham oson emas albatta. Bu tuyg'ularni suvni isrof qilayotganlar qayoqdan ham bilsinlar. Shuningdek ekologik-huquqiy javobgarlik bu belgilab qo'yilgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonun talablari hamda me'yorlarini buzganligi, tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanish, muhofaza qilish qoida-talablarini buzish, atrof - tabiiy muhitni, tabiatni ifloslantirish, tabiiy resurslardan noqonuniy va isrofgarchilik qilib foydalanish oqibatida vujudga kelib, u sub'yektlarni yuridik javobgarlikka tortilishida namoyon bo'ladi. Albatta huquqbuzarliklar javobsiz qolmaydi. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning VIII bobi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik" deb nomlangan bo'lib, xususan ushbu kodeksning 79-moddasida quyidagicha javobgarlik masalasi nazarda tutilgan: "Daraxtlar, butalarni, boshqa o'rmon o'simliklari va nihollarni g'ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo'q qilish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi". Insonlarni ishlab chiqarish faoliyati natijasida atrof - muhitni ifloslanishi muammosi nafaqat mahalliy, davlat va balki planetar hamda global ahamiyatga ega bo'ldi. Shuning uchun atrof - muhitni muhofaza qilish muammosini hal qilinishi bir davlat xududi bilan chegaralanib qolmay, barcha davlatlar birgalikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Ushbu sohadagi eng keng halqaro hamkorlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida olib borilmoqda.

Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro ekologik hamkorlik juda muhim ahamiyat kasb etadi, bunda - yer yuzidagi barcha mamlakatlar tomonidan tabiat muhofazasiga doir xalqaro kelishuv ya'ni shartnoma, konventsiyalar tuzish, xalqaro ekologik me'yorlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o'tkazish kabi keng ko'lamli chora-tadbirlar kompleksini o'z ichiga oladi. Misol uchun atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro doirada qo'yilgan qadamlardan birinchisi 1913 yilda Shvetsariyada 18 ta davlat

ishtirokida "Tabiatni muhofaza qilish" bo'yicha xalqaro konferentsiya o'tkazish bo'ldi. 1923 yilda esa Parijda birinchi xalqaro tabiatni muhofaza qilish kongressi bo'lib o'tdi. 1928-yilda Belgiyada "Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi" ochildi. Ushbu xalqaro tadbirlar doirasida Atrof - muhitni muhofaza qilishga e'tibor bir muncha kuchaydi. 1945 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilishi munosabati bilan atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi. BMT xalqaro ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo'lida ko'p ishlarni amalga oshirdi. Dastlab 1948 yilda BMT tashabbusi bilan "Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi", "Tabiatni muhofazalash xalqaro ittifoqi"ga aylantirildi. Hozirgi kunga kelib ushbu ittifoq faoliyatida dunyoning 118 mamlakatidan 636 ta davlat va jamoat tashkilotlari ishtirok etmoqda. Ko'rib turganingizdek eng katta va keng ko'lamli barcha ishlar BMT tashabbusi bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Agar axvol yaxshilanmasa yoki kerakli choralar ko'rilmasa, tabiat aslo tiklab bo'lmaydigan xolatga kelib qoladi deb qurqamiz. Shu o'rinda yuqoridagilarga isbot uchun misol keltirish joiz deb o'ylayman, ancha yillardan beri o'zlashtirib kelinayotgan o'rmonlar, yildan yilga suv sathining oshib borishi, hayvonot olamining inqiroz arafasida ekanligi. Bilasizmi bularni aslida juda ko'p davom ettirish mumkin. Muammolarni sanagandan ko'ra ularga yechim topish to'g'ri bo'ladi. Xozirgi texnologiyalar rivojlangan olamda ekologik toza mahsulotlarga o'tish ancha vaqt oladi albatta, lekin imkoni bor. Harakat qilmasdan turib natija olib bo'lmaganidek, kerakli choralarni ko'rmasdan turib, tabiatni asrab qolishning zarracha imkoni yo'q. Doim so'z oxirida xulosa kutamiz. Xozirgi kunda bo'layotgan bu ishlarga nisbatan barchamizda qarashlar, fikrlar mavjud. Olib borilayotgan ishlar to'g'rimi ? Belgilangan jazolar qanchalar to'g'ri? va hokazo. Biz shuni bilamizki barcha yangilanish va islohotlar faqat xalq manfatlari uchun xizmat qilishi kerak. Jumladan so'ngi yillarda atrof - muhitni saqlash borasida juda ko'plab ishlar amalga oshirildi. Ulardan biri butun Respublika miqyosida amalga oshirilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi bo'ldi. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish rejalashtirilgan. Ma'lumotga ko'ra, hozirgi kunda dunyo bo'yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda. Amaliy ishlar vaqti keldi aslida. Toza va musaffo havoni, ichimlik suv, ekologiya, atrof - muhit ozodaligini saqlab qolish har birimizning qo'limizda. O'z vazifalarini to'g'ri anglash va berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish bu har bir shaxsning davlat va jamiyat oldidagi burchidir!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ergashev A. Ergashev T. "Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish" Toshkent "Yangi asr avlod" 2005 y. b 58

2. Shodimetov Y. "Ijtimoiy ekologiyaga kirish" Toshkent 1991 y. b 120-121

3. To'xtayev A.S. "Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish". Toshkent O'qtuvchi 1994 y. b 27-28

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi uchinchi bo'lim. Jamiyat va shaxs. XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari 55 - modda

5. Dilorom Normatova "Ekologiya". Toshkent. Fan va texnologiya. 2012 y. b 209

- 216

6. Buriyev S.S Mahkamov D.A Sherimbetov V.X "Ekologiya va atrof muhit muhofazasi" Toshkent 2019y. Noshir nashriyoti.

7. KopoÖKHH B.H. nepegc^KHH .H.B. 2007-r. "EKO.rorHfl". MocKBa.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.