Научная статья на тему 'ZIYORAT TURIZMI TARIXI VA UNING TURIZM SOHASIDA TUTGAN O’RNI'

ZIYORAT TURIZMI TARIXI VA UNING TURIZM SOHASIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

2328
322
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ziyorat turizmi / diniy ziyoratgoh / ziyoratgoh / maqbara / Pilgrimage tourism / religious pilgrimage / shrine / mausoleum.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nuralibek Bozarov

Ziyorat turizmi hozirgi kunda keng tarqalgan turizm sohasi hisoblanadi. Ziyorat turizmi mohiyatan ziyoratgohlarni ziyorat qilish jarayonidir. Odatda, ziyoratlar diniy maqsadlar uchun kunlar, haftalar yoki hatto oylar davomida olib boriladigan uzoq safarlarni tashkil qiladi. Ular butun bir sayohatni o‟z ichiga olib, e‟tiqodli odamlar o'z dinlari bilan munosabatlarini mustahkamlash uchun boradigan maskanlardir. Ziyorat turizmi tashrif buyurish mumkin bo'lgan shahar yoki ma'lum hududdagi masjidlar va cherkovlarga yoki boshqa diniy diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishni o'z ichiga olishi mumkin Ziyorat turizmi turistlarni diniy munosabat va urf-odatlarga erishish uchun to'liq yoki kuchli turtki beradigan turizm turidir. Ushbu maqolada ziyorat turizmining tavsifi va uning mohiyati, hozirgi kunda qay darajada ahamiyat kasb etishi haqida to‟xtalib o‟tamiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Pilgrimage tourism is currently a widespread tourism industry. Pilgrimage tourism is essentially the process of visiting places of pilgrimage. Pilgrimages are usually long journeys of days, weeks or even months for religious purposes. They are places where people of faith go to strengthen their relationship with their religion, encompassing a whole journey. Pilgrimage tourism may include visits to churches and mosques or other religious places of interest in a particular city or region Pilgrimage tourism is tourism that fully or strongly motivates tourists to achieve religious attitudes and practices is a type. In this article, we will well on the description of pilgrimage tourism, its essence, and how important it is today

Текст научной работы на тему «ZIYORAT TURIZMI TARIXI VA UNING TURIZM SOHASIDA TUTGAN O’RNI»

ZIYORAT TURIZMI TARIXI VA UNING TURIZM SOHASIDA TUTGAN

O'RNI

Nuralibek Bozarov

Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti magistranti nuralibek bozarov@dtpi.uz, https://orcid.org/0000-0002-6219-159X

ANNOTATSIYA

Ziyorat turizmi - hozirgi kunda keng tarqalgan turizm sohasi hisoblanadi. Ziyorat turizmi mohiyatan ziyoratgohlarni ziyorat qilish jarayonidir. Odatda, ziyoratlar diniy maqsadlar uchun kunlar, haftalar yoki hatto oylar davomida olib boriladigan uzoq safarlarni tashkil qiladi. Ular butun bir sayohatni o'z ichiga olib, e'tiqodli odamlar o'z dinlari bilan munosabatlarini mustahkamlash uchun boradigan maskanlardir. Ziyorat turizmi tashrif buyurish mumkin bo'lgan shahar yoki ma'lum hududdagi masjidlar va cherkovlarga yoki boshqa diniy diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishni o'z ichiga olishi mumkin Ziyorat turizmi turistlarni diniy munosabat va urf-odatlarga erishish uchun to'liq yoki kuchli turtki beradigan turizm turidir. Ushbu maqolada ziyorat turizmining tavsifi va uning mohiyati, hozirgi kunda qay darajada ahamiyat kasb etishi haqida to'xtalib o'tamiz.

Kalit so'zlar: Ziyorat turizmi, diniy ziyoratgoh, ziyoratgoh, maqbara

ABSTRACT

Pilgrimage tourism is currently a widespread tourism industry. Pilgrimage tourism is essentially the process of visiting places of pilgrimage. Pilgrimages are usually long journeys of days, weeks or even months for religious purposes. They are places where people of faith go to strengthen their relationship with their religion, encompassing a whole journey. Pilgrimage tourism may include visits to churches and mosques or other religious places of interest in a particular city or region Pilgrimage tourism is tourism that fully or strongly motivates tourists to achieve religious attitudes and practices is a type. In this article, we will well on the description of pilgrimage tourism, its essence, and how important it is today.

Keywords: Pilgrimage tourism, religious pilgrimage, shrine, mausoleum.

KIRISH

Ziyorat turizmi - turli din vakillarining ziyorat maqsadidagi sayohatlari majmuidir. An'anaga ko'ra, u diniy maqsadli sayohatlarga taalluqlidir, lekin u ziyoratchi uchun alohida

December, 2022

540

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ahamiyatga ega bo'lgan dunyoviy sayohatga ham tegishli bo'lishi mumkin. Ziyorat turizmi ahamiyatini ikki xususiyatga ko'ra asoslash mumkin: ziyorat turizmi ziyoratgoh uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etadi. Ziyoratchilar uchun ziyorat turizmi qanchalik muhim? Ziyorat ko'plab insonlar uchun qiyin paytlarda ruhiy ozuqa olish imkoniyati hamdir. Insonlar diniy ma'rifatni his qilish uchun ma'lum manzillarga sayohat qilishadi. Ko'pincha uzoq va ba'zan qiyin bo'lgan sayohat insonlar uchun fikr yuritish imkoniyatdir. Ziyoratlar din bilan munosabatlarni chuqurlashtirishning bir usuli bo'lishi mumkin. Bu, albatta, e'tiqodga qanchalik sadoqatli ekanligini ko'rsatishning bir usuli va bu dinning o'zi haqida ko'proq bilish imkoniyatidir. Sayohat shakli sifatida ziyorat odamlarga muqaddas joylarni ziyorat qilish imkoniyatini beradi. Diniy maqsadlarda sayohat qiluvchi sayohatchi -muqaddas joylar va diniy markazlarni ziyorat qilish uchun olti oydan ortiq bo'lmagan muddatga doimiy yashash mamlakatidan tashqariga chiqadigan shaxs tushuniladi. Diniy turizm deganda, odatdagi muhitdan tashqarida bo'lgan muqaddas joylar va diniy markazlarga sayohat qiluvchi sayohatchilarga xizmat ko'rsatish va ularning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq faoliyat tushunilishi kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Diniy turizm ikki asosiy turga bo'linadi:

- ziyorat turizmi;

- ekskursiya va ma'rifiy yo'nalishdagi diniy turizm

Hozirgi kunda dunyo bo'yicha har yili 200 mln.dan ortiq kishilar aynan ziyorat maqsadida jahondagi turli ziyoratgohlar va o'zlari uchun muqaddas hisoblangan maskanlarga borib, diniy sayohatlarni amalga oshirmoqda. Statistik ma'lumotlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, yiliga 150 mln xristianlar, 45 mln musulmonlar, 40 mln. buddistlar va sintoistlar, 30 mln induistlar diniy ziyorat maqsadida sayohat qiladilar.

Diniy ziyorat o'rta asrlarga kelib, Salib yurishi shaklida o'ziga xos ommaviy xarakter kasb etdi. U musulmonlar qarshi kurash bayrog'i ostida, xristianlarning muqaddas joylarini ulardan ozod qilish shiori ostida o'tkazilgan.

Ziyorat harakatlari XV - XVI asrlarda ancha faollashdi. Muqaddas yer (Quddus)ga borayotganlarning ko'pchiligi o„z maqsadlari va qiziqishlarini diniy ziyorat bilan niqoblashgan.

Ziyoratgohlarning keng va xilma-xil geografiyasini o'rganish uchun rayonlashtirishdan foydalaniladi. Jahonda ziyoratning bir qancha makro hududi mavjud:

- Xristian Yevropasi;xristianlik va boshqa ko'psonli dinlar bilan mustahkam o'rin egallovchi Shimoliy Amerika;

December, 2022

- Xristianlik va an'anaviy dinlar bilan bog'langan Lotin Amerikasi;

- Islomni qabul qilgan Shimoliy Afrika;

- Islom hukmron va alohida xristianlik va an'anaviy dinlar mavjud G'arbiy va Sharqiy Afrika;

- Islom ,buddizm, xristianlik va hinduzim dinlari keng tarqalgan Sharqiy

Osiyo;

- Islom dini keng yoyilgan O'rta Osiyo;

- G'arbiy Osiyo - islom va xristianlik, iudizm dinlari keng yoyilgan hudud;

- Janubiy Osiyo iudizm va buddizm keng tarqalgan hudud hisoblanadi. Shuningdek xristianlik, jaynizm, sikxizm va islom dinlari mavjud.

Har bir makrohudud eng avvalo ziyoratning jahoniy markazlari bilan mashhur. Ular e'tiqodchilarning xalqaro oqimini qabul, qiladilar va ko'pincha diniy ixtisoslashtirishning ma'muriy, sanoat, madaniy va turistik markazlari funksiyalari bilan qo'shilib ketadi. Bundan tashqari, makrohududlarda milliy va mahalliy ahamiyatga ega diniy sig'inish obektlari mavjud. Quddus shahri-jahonning eng yirik diniy markazlaridan biri hisoblanadi. Quddus uch din e'tiqodchilari islom, xristianlik, iudizm uchun muqaddas markaz hamdir.

Bu makromintaqalar mavjud diniy ziyoratgohlar salohiyatidan kelib chiqqan holda ajratilgan. Ular ichida eng muhim mintaqa Yevropada Vatikan, G'arbiy Osiyoda Saudiya Arabistonidagi Makka va Madina va Quddus shaharlari hisoblanadi. O'rta Osiyda esa O'zbekistonning qadimiy Buxoro va Samarqand, Toshkent, Termiz, Xiva va boshqa shaharlarida diniy turistik resurslar mavjud.

Ziyoratlar, odatda, turli dinlarning taniqli namoyandalarining qadamjolariga tashrif buyurishni aks ettiradi. Tashrif buyuriladigan joy muqaddas bo'lganligi sababli, ko'pchilik bu yerda ibodat qilish ibodatning ijobat bo'lish ehtimoli ko'proq ekanligini anglatadi. Ba'zi ziyoratgohlar va joylar o'zlarining daromadlari uchun butunlay turizmning ushbu ta'sirchan kuchiga tayanadilar. Bu, o'z navbatida, atrofdagi hududlarga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Sayyohlar mehmonxona va restoranlarni ijaraga oladi. Gid(yo'lboshlovchi)lar, qo'lda esdalik sovg'alarini yasaydiganlar, fotosuratchilar va boshqalar.uchun ish o'rinlari yaratiladi.

Biroq, taniqli olim Vukonichning so'zlariga ko'ra, diniy sayohatning iqtisodiy jihatlari din - turizm atamasiga nisbatan eng kam o'rganilgan mavzu bo'lib, tadqiqotchilarni faqat bitta muqaddas joy ko'rib chiqilayotganda qiziqtiradi. Diniy ziyorat ziyoratchilar tashrif buyuradigan hududlarda iqtisodiy generator vazifasini bajarib kelgan, chunki xizmatlar ularning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan. Bu bugungi kunda

December, 2022

542

ham xuddi shunday. Chunki ko'p joylarda diniy joylar asosiy turistik diqqatga sazovor joylar bo'lib, ba'zan Santyago-de-Kompostela, Medjugorje, Lourdes va Makka kabilarni o'z ichiga oladi.

Darhaqiqat, turizm nafaqat iqtisodiy rivojlanish hamda yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi, balki aholi bandligini ta'minlash, turmush darajasi va sifatini oshirish, yurt farovonligi va taraqqiyoti yuksalishiga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, har 30 nafar sayyoh mamlakat turizmi sohasida bitta, unga turdosh tizimlarda esa ikkita yangi ish o'rnini yaratishga turtki beradi. Ko'pgina mamlakatlar va aholi punktlarida turizm qiyin ahvolda bo'lgan iqtisodiyotni jonlantirish yoki qutqarish yo'li sifatida ko'riladi, ayniqsa hozirgi turizm prognozlari, yuqorida aytib o'tilganidek, yaqin kelajakda diniy turizm kuchayishini ko'rsatadi.

O'zbekistonda ziyorat turizmi.

Ziyorat turizmi haqida o'zbek islomshunos olimi B.M.Bobojonov, Markaziy Osiyoda ziyorat ob'ektlarining eng keng tarqalgan turi, bu - "muqaddas qadamjolar" hisoblanishini aytib o'tgan. Surxondaryo viloyatlari tarixiy obyektlarini me'morchilik, arxitektura nuqtai nazaridan o'rganish olim I.Azimovning tadqiqotida ko'zga tashlanadi. Tasavvuf namoyandalarining qadamjolari va ziyoratgohlari to'g'risida A.Mamanazarov, B.Sattorov, Poslavskaya.O, S.Jo'rayeva ham ziyorat turizmi tarixiga atroflicha to'xtalib o'tgan. O'zbekiston hududida ziyoratgohlar masalasini o'rganishda ziyoratgoh nomi bilan bog'liq shaxsni personifikatsiya (avliyo, pir, said, xo'ja) maqomi va darajasini tadqiq qilish ham muhim sanaladi. T.Dadabayev, E.Karimov tadqiqotlarida ham ziyorat masalasining turli jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Jumladan, D.Abramson va E.Karimov hammuallifligida yozilgan maqolada, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida ziyoratning ahamiyati, turli davrlarda unga bo'lgan munosabat tahlil qilinadi.

Va bu shunchaki sayohat emas, bu o'zligingni anglash uchun imkoniyat, ruhiy poklanishga umid, duo va istaklar ijobatini tilash, iymonga eltuvchi yo'l. Ziyorat bu -o'tgan avliyolar orqali Qodir Tangriga murojaat qilish, ongi va ruhini tinchlantirish, muqaddaslik haqiqatini anglash, yolg'izlik va poklanish yo'lidan o'tish.Markaziy Osiyoda buni Ziyorat deb atashadi, bu muqaddas joylarga tashrif buyurishni anglatadi. O'zbekiston har doim ko'plab madaniyatlar va sivilizatsiyalarning kesishish markazi bo'lib kelgan, bu yerda turli dinlar targ'ib qilingan, shuning uchun ham islom, ham buddizm va xristian dinlariga tegishli noyob yodgorliklar saqlanib qolgan

Darhaqiqat, O'zbekiston turistik resurslarning boyligi bilan ajralib turadi. O'zbekistonda diniy turizm, ya'ni aziz qadamjolarni

December, 2022

543

ziyorat qilish maskanlari yetarlicha topiladi. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa O'zbekistonda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari ko'p.

Ko'pgina avliyolarning dafn etilgan joylari va qabrlari qaytadan ta'mirlanib, asl holatiga keltirilmoqda. Ular qatoriga Bahoviddin Naqshbandiy, G'ijduvoniy, Imom al-Buxoriy, Mahtumi A'zam, Shohizinda, Motirudiy, Hakim at-Termiziy, Zangiota kabi aziz avliyolar va imomlar maqbaralari musulmon ahlining beqiyos, go'zal ziyorat qiladigan va ma'naviy ruhlanadigan joylariga aylantirildi. Ayniqsa, Imom Al-Buxoriy majmuasini muhim ziyoratgohga aylantirish xalqaro ahamiyatga egadir. Chunki, bu ziyoratgoh musulmon olamida Makka va Madina shaharlaridan keyin eng muhim sajdagoh hisoblanadi. Shu sababli ziyorat qilish uchun qulay shart -sharoit yaratish, ya'ni infratuzilmani shakllantirish bugungi kunning muhim masalasi hisolanadi. Bu yerda asosiy vazifa xorij mamlakatlar fuqarolarining ortiqcha qiyinchiliklarsiz ziyorat qilib ketishlariga erishishimizdir.

Mustaqallik yillarida diniy qadamjolarga davlat tomonidan katta e'tibor berilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz qo'nim topgan maskanlarni qayta tiklash, obodonlashtirish, ta'mirlashga jiddiy e'tibor berganligi tufayli ziyoratgoh maskanlar 1.5 mlrd musulmon dunyosini o'ziga tortmoqda. Hozirgi kunda ziyorat turizmini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib olgan ekanmiz avvalo mamlakatimizda diniy turizmni hududiy tashkil etish va rivojlantirishga jiddiy e'tibor qaratish lozim. Xususan, Janubi - Sharqiy Osiyo va G'arbiy Osiyo mamlakatlari ziyoratchilarni jalb etish maqsadida jozibador infratuzilmalar ishlab chiqishimiz kerak. Buning uchun har bir viloyat, tuman va qishloqlardagi kishilar tomonidan muqaddas hisoblanib kelinayotgan ziyoratgohlarni aniqlash, umumlashtirish, respublika va viloyat diniy turistik kartalarini yaratish hamda ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, transport imkoniyatlarni o'rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Diniy ziyoratgohlar kam mablag' hisobiga katta daromad manbaiga aylanishi shubhasiz. Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan o'nlab, yuzlab diniy qadamjolar mavjud. Islom dunyosida katta xizmat qilagn, avliyo darajasiga ko'tarilgan siymolarimiz abadiy qo'nim topgan maskanlarini faqatgina mahalliy darajada, ya'ni tuman yoki viloyat miqiyosidagi bilamiz, xolos. Binobarin, bunday muqaddas ziyoratgohlarni respublika va xalqaro darajadagi diniy ziyoratgoh obektlariga aylantirish mumkin. Shu bilan birga, respublika hududidagi yirik ziyorat obyektlariga olib boruvchi yo'nalishli avtotransport qatnovi tizimini yo'lga qo'yish, hududdagi aholini boshqa hududga tashkillashtirilgan sayyohat qilishlari uchun transport qatnovlarini yo'lga quyilishi ta'minlanad i.Bundan tashqari, mamlakatimizda joylashgan islom madaniyati va tarixi

December, 2022

544

bilan bog'liq madaniy meros obektlari Islom hamkorlik tashkilotining Islom madaniy merosi ro'yxatiga kiritish choralari amalga oshiriladi.

Ichki va tashqi sayyohlikni keng yo'lga qo'yish, respublikada turizm sohasini modernizatsiyalash, sohani barqaror rivojlantirish, turizm markazlari hisoblangan hududlarda turistik, maishiy va aloqa-axborot infratuzilmalarini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy mehmonlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmatlar ko'rsatishga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Ta'kidlash joizki, bu boradagi belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish birinchi navbatda dunyo hamjamiyatida O'zbekistonning mavqeini mustahkamlaydi, xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar va ishonchli hamkorlik eshiklarini ochadi, mamlakat makroiqtisodiy ko'rsatkichlari barqarorligiga, aholi daromadlari, bandligi va tadbirkorligi kabi ko'rsatkichlarning yaxshilanishiga omil bo'lib, xizmatlar sohasining yana-da takomillashuviga sabab bo'ladi.

XULOSALAR

Hozirgi kunda tez suratlarda ommalashib borayotgan turizm sohasi hisoblangan ziyorat turizmini rivojlantirish mazkur sohada yuqori salohiyatga ega davlatlar uchun qulay imkoniyatdir. Yuqorida keltirib o'tilgan fikrlardan va misollardan shunday xulosaga kelish mumkinki, mamlakatning har bir a'zosi, shu jumladan tashqi davlatlar ham amal qilishi kerak bo'lgan ziyorat turizmini barqaror rivojlantirish uchun muhim siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish zarur. Bundan tashqari, xorijiy sayyohlarni jalb qila oladigan infratuzilmani yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Barqaror rivojlanishni amalga oshirish uchun ham hukumat, ham mahalliy idoralar tomonidan muvofiqlashtirilishi kerak.

REFERENCES

1. Александров А.Ю. Международный туризм. Уч.пособие для вузов.- М.: Аспект Пресс, 2000

2. Асророва Л. Тарикатнинг етти пири. - Тошкент: Узбекистон халкаро ислом академияси, 2021. - Б. 280; Таниева Г.М. XVI-XIX аср биринчи ярмида Урта Осиё халкларининг х,аж зиёрати. - Тошкент: O'zkitob, 2021. - 328 б.

3. Berdiev, K. A. (2022). TRADITIONAL CARPETS OF THE LIVESTOCK POPULATION OF THE NURATA OASIS IN LATE XIX BEGINNING OF XX CENTURY. Journal of Social Research in Uzbekistan, 2(1), 8-18.

4. Current Issues in Tourism, 10(4), 343-365.

5. Бабаджанов Б.М. Кокандская ханство: власть, политика, религия. - Токио-Ташкент, 2010. - c. 626-627

6. Бабкин А.В. Специальные виды туризма. Ростов-на-Дону: Феникс, 2008. - 252 с

December, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

545

7. Бердиев Хайриддин. (2022). ТАРИХИЙ ЖОЙ НОМЛАРИ ТАДЛИЛИДА КЕКСАЛИК ВА ПИРИ МУРШИДЛИК МУНОСАБАТЛАРИНИНГ АКС ЭТИШИ. Innovations in Technology and Science Education, 1(1), 218-233.

8. Dadabaev T. Religiosity and Soviet 'modernisation' in Central Asia: locating religious traditions and rituals in recollections of antireligious policies in Uzbekistan // Religion, State and Society, -2014. 42:4, - рр. 328-353.

9. Gladstone, D.L. (2013). From pilgrimage to package tour: Travel and tourism in the third world.London: Routledge

10. Greenwood Press, 1992 - Religion - 325 page

11. Jafari, J. & Scott, N. (2014). Muslim world and its tourisms. Annals of Tourism Research, 44, 1-19.

12. Journal of Hospitality, Tourism and Leisure, 6(1).

13. Kira n. Shinde (2007). Pilgrimage and the Environment: Challenges in a Pilgrimage Centre,

14. Nazirov, B. (2020). "IMOMUL HUDA - HIDOYATGA BOSHLOVCHI IMOM. Wydawnictwo Naukowe "iScience".

15. Nazirov, B. (2022). Узбекистонда жисмоний маданият ва спорт тарихи (ХХ аср -XXI аср бошларида Сурхон вохаси мисолида). Термиз давлат универсетети.

16. Nicolaides, A. & Grobler, A. (2017). Spirituality, Wellness Tourism and Quality of Life, African

17. Sacred Journeys: The Anthropology of Pilgrimage Alan Morinis

18. Saidmurod o'g'li, B. N. (2022). SO'FI OLLOYOR-TASAVVUF TARIQATI NAMOYANDASI. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(2), 310-313.

19. Дехтярь Г.М. Лицензирование и сертификацие в туризме. Учебное пособие: Финансы и статистика, 2003 гМосква.

20. Рахмонов Ф. Кашкадарё вохдси ахолисининг зироатчиликка оид урф-одат ва маросимлари (XIX асрнинг охири XX аср бошлари).: Тарих фан.ном. дисс. -Тошкент, 2001. - 146 б.

21. Хлопкова О.В. Современные проблемы исследования религиозности // Современные исследования социальных проблем. - 2012. №9(17). - С. 1-7

22. Чутматов Ж.О. VII-IX асрлар Термиз маънавий мухити тарихи: анъаналар, тадриж ва янгиланиш. Тарих фан.фал.докт.(PhD) дисс. - Термиз, 2020. - 193 б.

December, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

546

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.