Ergashev R.
Iqtisod fanlari doktori, professor Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O'zbekiston
Xo 'jamov J.
Assistant
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O'zbekiston
OZIQ-OVQAT SANOATIDA MAHSULOT QIYMAT ZANJIRI SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Annotatsiya: Ushbu maqolada oziq-ovqat sanoatida mahsulot qiymati zanjirini baholashning samaradorligi tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor qiymat zanjirining barcha bosqichlarida samaradorlikni oshirishga yo'naltirilgan zamonaviy usullar va yondashuvlarga qaratilgan. Shuningdek, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish bo 'yicha tavsiyalar taqdim etiladi.
Kalit so'zlar: oziq-ovqat sanoati, qiymat zanjiri, samaradorlik baholashi, zamonaviy usullar, ishlab chiqarish jarayoni.
Ergashev R., Doctor of Economics, Professor Karshi Engineering Economics Institute, Uzbekistan
Khudjamov J.
Assistant
Karshi Engineering Economics Institute, Uzbekistan
ASSESSING THE EFFICIENCY OF THE PRODUCT VALUE CHAIN IN THE FOOD INDUSTRY
Abstract: This article examines the assessment of value chain efficiency in the food industry. The focus is on modern methods and approaches aimed at enhancing efficiency across all stages of the value chain. Recommendations for improving production processes in this field are also provided.
Keywords: food industry, value chain, efficiency assessment, modern methods, production processes.
Kirish. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FOA) hamda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSS) ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda dunyoda deyarli har to'qqiz odamning biri to'yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to'laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda.
Agrosanoat majmuasi sohalarida modernizatsiyalash jarayonlari davlat va hududiy jihatdan yirik tadbirlar hisoblanib, bu tadbirlarni o'z muddatida va sifatli amalga oshirilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlarini ta'minlash, iste'molchilar talabini qondirish, ichki va tashqi bozorga xaridorbop va raqobatbardosh mahsulot
мЭкономнка h ^uyM" №11(126)-2 2024
www.iupr.ru
158
ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, iqtisodiyotning real sektorini samarali faoliyat ko'rsatishi va shu kabi boshqa ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ta'minlashga erishish mamlakatimizda qishloq xo'jaligi, ijtimoiy ko'mak, barqaror iqtisodiy o'sishga qaratilgan ko'p tomonlama strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi.
Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va qo'llanilayotgan chora-tadbirlar natijasida oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi oshib bormoqda. Ishlab chiqarish samaradorligi qanday narx, qanday xarajatlar va resurslarning qanday miqdori evaziga olinganini aniqlash hamda foyda va zararlar o'rtasidagi farqni aniqlash orqali namoyon bo'ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishni ta'minlovchi ko'rsatkich, mezon, omil va zarur shartlarda o'z ifodasini topadi.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorlikni aniqlash belgisi sifatida mezonlar uning mazmuni va sifatga xos tomonlarini aks ettirishi lozim. Mezon esa, samaradorlik o'ichovi sifatida tegishli miqdorni aniqlash xususiyatiga ega bo'lishi lozim.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorlik mezonining mohiyatini turli xil talqin qilish mumkin va bu ko'plab fîkrlarni keltirib chiqaradi.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorlik mezonini asoslashda, ko'pchilik olimlar mezonga hodisa va jarayonlarning ajratib turuvchi belgisi, baholashning o'ichovi deb yondashishgan. Shu bilan birga, ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan ushbu dastlabki shartlar qo'llanilmaydi, bu samaradorlik mezonlari mazmunini aniqlashga turlicha yondashuvlarning shakllanishiga sabab bo'lgan.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi uning natijadorligini bildirib, ishlab chiqarish maqsadlariga erishish uchun mo'ljallangan resurslardan oqilona foydalanish darajasi bilan tavsiflanadi. Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorlik oziq-ovqat sanoati rivojlanishining tanlangan ko'rsatkichlariga erishish darajasi, ya'ni natijadorlik nuqtai nazaridan ko'rib chiqilgan. «Ishlab chiqarish samaradorligi» oziq-ovqat sanoati kompaniyalarining raqobatbardoshligini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi. Mintaqadagi kompaniyalar aktivlarining mehnat unumdorligi hamda rentabelligi ularning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishini tavsiflaydi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalari samaradorligini baholashda samaradorlik ko'rsatkichlarini o'rtacha ko'rsatkichlar bilan taqqoslashga asoslangan yondashuv ham keltirilgan. Samaradorlikni baholash va nazorat qilish, korxonalar faoliyatining turli tomonlarini tavsiflovchi va birgalikda korxona iqtisodiy samaradorligining har tomonlama tavsifini tashkil etuvchi xususiy ko'rsatkichlar majmui shakllantiriladi.
Ushbu nuqtai nazarga ko'ra, iqtisodiy samara sifatida qo'shimcha mahsulot (sof daromad) ko'rib chiqiladi. Sof daromad milliy daromadning bir qismi bo'lgani tufayli har qanday yondashuvda mazkur kategoriyaning mazmuni va ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida uning aniq miqdorining shakllanish xususiyatlarini inobatga olish zarur. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida natural ko'rsatkichlar va qiymat
'^KOHOMHKa h ^HyMM №11(126)-2 2024
www.iupr.ru
159
ko'rsatkichlaridan foydalanish mumkin. Natural ko'rsatkichlardan ko'ra, qiymat ko'rsatkichlarida samaradorlikni hisoblash muhim hisoblanadi. Bunda moddiy va mehnat xarajatlarini bilish zarur, chunki ushbu xarajatlarning ulushi yuqori bo'lib, moddiy resurslar va mehnatning sifatiga ham katta e'tibor qaratish lozim. Qiymat ko'rsatkichlari bu natijanining puldagi ifodasidir.
Ooziq-ovqat sanoati ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
> yalpi yoki sof foyda;
> rentabellik;
> tannarx;
> mehnat unumdorligi;
> fond qaytimi;
> fond sig'imi.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy samaraga erishishda ishlab chiqarishda resurslar yoki xarajatlarga alohida e'tibor qaratish juda muhim hisoblanadi. Ilmiy izlanishlarda samara va resurslardan foydalanish nuqtai nazaridan samaradorlikni hisoblashning quyidagi usullaridan foydalaniladi. Hisoblashning dastlabki usulida samara (yalpi foyda) summasi resurslar va xarajatlarga bo'lish bilan topiladi. Ushbu hisoblash usulidan korxonalarda samaradorlik ko'rsatkichlarini tahlil qilishda foydalaniladi. Lekin, bu usul ishlab chiqarish hajmini aniq ko'rsatmaydi.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy keyingi usuli samaraning miqdoridan uni yaratish uchun sarflangan xarajatlarni chegirib tashlashdan iborat bo'ladi. Hajmli ko'rsatkichlari bo'lmish yalpi yoki sof foyda, mahsulotlarni sotishdan sof tushum va boshqalar shu yo'l bilan hosil qilinadi. Lekin ularda mustaqil baholarga ega bo'lgan va iste'mol qilingan resurslar (moddiy xarajatlar, ish haqi, amortizatsiya)ning bir qismi aks ettiriladi va yaratilgan ishlab chiqarish zaxiralari hisobga olinmaydi.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy «Samaradorlikni aniqlashning muhim variantlaridan biri samaraning amaldagi massasini mavjud resurslar sharoitida muayyan bo'g'in tomonidan uning yaratiladigan miqdorining normativi bilan taqqoslashdan iborat.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy Samara va resurslarni taqqoslash asosida baholashning bunday usuli afzalliklari quyidagilarda ko'rinadi:
> samarani resurslar bilan taqqoslagan holda o'lchash mumkinligi, bu amaldagi narxlarda ular faoliyatning samaradorligini birmuncha aniq tavsiflaydi;
> mavjud resurslar bilan samarani solishtirishning yuzaga kelishi;
> samaradorlik ko'rsatkichlarining natural miqdorlari va nisbiy ko'rsatkichlarini solishtirish mumkinligi.
Bundan tashqari, yalpi foyda bo'yicha ham samaradorlikni aniqlash mumkin. Shu bilan xom ashyo mahsulotlariga mavjud narx darajasida yalpi foyda, samaradorlikning real miqdorlarida katta tafovutlar bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun meyoriy va amaldagi pirovard mahsulot hajmini taqqoslash haqiqatga yaqin bo'ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarining taqqoslash mumkin bo'lgan
'^KOHOMHKa h соцнумм №11(126)-2 2024
www.iupr.ru
160
holdagi miqdorlarini hosil qilish uchun ishlab chiqarilgan turli xil mahsulotlar hajmini iqtisodiyotdagi samaraning narxlari bo'yicha qiymat shakliga o'tkazish lozim.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy umumiy iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda har bir baholash obyekti bo'yicha foydaning umumiy qiymati va meyori hisoblab chiqiladi.
Texnologiyalar, mashina va uskunalarni iqtisodiy baholashning qo'shimcha ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
> qiymat ko'rsatkichlari - bir martalik kapital qo'yilmalar va ularning tarkibiy tuzilishi, fond qaytimi va fond sig'imi, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, jami ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining hajmi va ishlab chiqarish maydoni birligiga to'g'ri keladigan miqdori;
> mehnat ko'rsatkichlari - mahsulotning mehnat sig'imi, mehnat unumdorligi, ishchilarga bo'lgan ehtiyojning qisqarishi;
> moddiy ko'rsatkichlar - baholanayotgan variantlar mahsulot birligining solishtirma massasi yoki material sig'imi;
> energiya ko'rsatkichlari - energetik samaradorlik, solishtirma energiya sig'imi, elektr sig'imi;
> sifat ko'rsatkichlari - mahsulotning o'sishi.
Oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorlikni baholashda texnika va texnologiyalarning umumiy (mutlaq) va qiyosiy samaradorligi aniqlanadi. Umumiy samaradorlik yangi texnologiyani qo'llash maqsadga muvofiqligini ko'rsatdi, qiyosiy samaradorlik esa, bazis variantga nisbatan eng samarali bo'lgan texnologiyalardan qaysibirini qo'llash lozimligini aniqlash imkonini berdi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatiga zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalarni joriy etish mahsulot ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati
1. Samatov G.A., Rustamova I.B. Innovatsiyaviy texnika va texnologiyalar samaradorligi va unda texnik-iqtisodiy tadqiqotlarning rivojlantirilishi. //Iqtisodiyot va ta'lim. №1, 2015. - 48-52 b.
2. Хайрулина Л.Р. Взаимoсвязь KracrepoB и сoциальнo-экoнoмическoгo развития регшшв / Л.Р. Хайрулина. Омск: Омский научный вестник, 2006. №2 8 (45). С. 85-86.
3. Хакимoв О. Саммит no прoдoвoльетвенным системам: взгляд. Мoсква, 2014, 43 стр.
4. Aminov F. B. O'ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSION MUHITNI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA XORIJ TAJRIDASI //Экoнoмика и шциум. -2024. - №. 4-2 (119). - С. 45-51.
5. Aminov F. B. Living Standard of Population in Uzbekistan //International Journal of Scientific Trends. - 2023. - Т. 2. - №. 10. - С. 40-46.
6. Aminov F. B. STATE REGULATION OF BUSINESS ACTIVITIES //Экoнoмика и тоциум. - 2023. - №. 10 (113)-2. - С. 34-40.
7. Номазов Б. Б. Меры по совершенствованию концептуальной основы модернизации налоговой системы //Экономика и социум. - 2024. - №. 2-1 (117). - С. 1242-1245.
8. Номазов Б. Б. Приоритетные задачи исследования по модернизации налоговой системы //Экономика и социум. - 2024. - №2. 3-2 (118). - С. 741-748.
9. Номазов Б. Б. ВАЖНОСТЬ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КОНЦЕПТУАЛЬНЫХ ОСНОВ МОДЕРНИЗАЦИИ НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЫ (НА ПРИМЕРЕ УЗБЕКИСТАНА) //Экономика и социум. - 2024.
- №. 5-1 (120). - С. 1504-1510.
10. Samiyeva G. Ijtimoiy sohada maqsadli jamg 'armalar va ijtimoiy fondlar faoliyatini takomillashtirishning xorij tajribasi //THE INNOVATION ECONOMY.
- 2024. - Т. 2. - №. 02.
11. Самиева Г. АДОЛИ ФАРОВОНЛИГИНИ ОШИРИШДА ИЖТИМОИЙ ИНФРАТУЗИЛМАНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ АДАМИЯТИ //Nashrlar. -2023. - С. 509-511.
12. Самиева Г. Т. ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ В ПОВЫШЕНИИ БЛАГОСОСТОЯНИЯ НАСЕЛЕНИЯ //Экономика и социум. - 2024. - №. 2-1 (117). - С. 1341-1345
13. Shodmonovna F. S., Negmatovich Y. N. THE ROLE OF LIVESTOCK REFORM IN THE DEVELOPMENT OF THE COUNTRY'S ECONOMY. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal [Электронный ресурс].
14. Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. - 2019. -С. 544-554.
15. Fayziyeva S., Samiyiva G., Yuldosheve S. Ensuring food safety in Uzbekistan and its forecasting //BIO Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 71. - С. 01072.