Научная статья на тему 'QURILISH KORXONALARI BОSHQАRUV MEXАNIZMINING SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH'

QURILISH KORXONALARI BОSHQАRUV MEXАNIZMINING SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
20
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sаmаrаdоrlik / bоshqаruv mexаnizmi / bоshqаruv mexаnizmining sаmаrаdоrligi / bоshqаruv mexаnizmi elementlаri / орerаtiv hamda mоliyаviy mexаnizmlаr / mehnаt resurslаri. / efficiency / management mechanism / effectiveness of the management mechanism / elements of the management mechanism / Operational and financial mechanisms / labor resources.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Umirova Gulmira Shodiboyevna

Mazkur maqolada bugungi kundagi qurilish sanoati korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ma’lumotlar keltirilgan. Bоshqаruvdаgi innоvаtsiоn yо‘nаlishlаr, bоshqаruv bо‘yiсhа xоrijiy оlimlаrning qаrаshlаri сhuqur tаhlil qilingan hamda qurilish sanoati korxonalari bоshqаruv mexаnizmining iqtisodiy samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MANAGEMENT MECHANISM OF CONSTRUCTION ENTERPRISES

This article presents information aimed at improving the organizational and economic mechanisms of management at today's construction industry enterprises. Innovative directions in management, views of foreign scientists in management have been thoroughly analyzed and recommendations for improving the economic efficiency of the management mechanism of enterprises of the construction industry have been covered.

Текст научной работы на тему «QURILISH KORXONALARI BОSHQАRUV MEXАNIZMINING SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH»

QURILISH KORXONALARI BОSHQАRUV MEXАNIZMINING SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Umirova Gulmira Shodiboyevna

Jizzax Sambhram universiteti umirovagulmira2@gmaiL com

Аnnоtаtsiyа: Mazkur maqolada bugungi kundagi qurilish sanoati korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ma'lumotlar keltirilgan. Boshqaruvdagi innovatsion yo'nalishlar, boshqaruv bo'yicha xorijiy olimlarning qarashlari chuqur tahlil qilingan hamda qurilish sanoati korxonalari boshqaruv mexanizmining iqtisodiy samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: sаmаrаdоrlik, bоshqаruv mexаnizmi, bоshqаruv mexаnizmining sаmаrаdоrligi, bоshqаruv mexаnizmi element^ri, орerаtiv hamda mоliyаviy mexаnizmlаr, mehnаt resurs^ri.

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ МЕХАНИЗМА УПРАВЛЕНИЯ СТРОИТЕЛЬНЫМИ ПРЕДПРИЯТИЯМИ

Умирова Гульмира Шодибоевна

Джизакский Университет Самбрам [email protected]

Аннотация: В данной статье представлены сведения, направленные на совершенствование организационно-экономических механизмов управления на современных предприятиях строительной отрасли. Глубоко проанализированы инновационные тенденции в менеджменте, взгляды зарубежных ученых на менеджмент, выделены рекомендации по повышению экономической эффективности механизма управления предприятиями строительной отрасли.

Ключевые слова: эффективность, механизм управления, эффективность механизма управления, элементы механизма управления, оперативные и финансовые механизмы, трудовые ресурсы.

IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MANAGEMENT MECHANISM OF CONSTRUCTION ENTERPRISES

Umirova Gulmira Shodiboyevna

Jizzakh Sambhram University umirovagulmira2@gmail. com

Annotation: this article presents information aimed at improving the organizational and economic mechanisms of management at today's construction industry enterprises. Innovative directions in management, views of foreign scientists in management have been thoroughly analyzed and recommendations for improving the economic efficiency of the management mechanism of enterprises of the construction industry have been covered.

Keywords: efficiency, management mechanism, effectiveness of the management mechanism, elements of the management mechanism, Operational and financial mechanisms, labor resources.

KIRISH

Mustaqillik yillarida ayrim iqtisodchilar bozor iqtisodiyotiga o'tish haqidagi qarashlarini o'zgartira boshladilar. Ishlab chiqarish bozor qonunchiligi bilan talab va taklif orqali tartibga solinadi, degan xulosa kelib chiqdi. Biz bu fikrga qo'shilishimiz mumkin, ammo har qanday jamiyatning asosiy maqsadi o'z resurslaridan uzoq muddat foydalanishga e'tibor qaratish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni jadallashtirish, aholi turmush darajasini farovonlashtirishga qaratilishi lozimdir. Shu boisdan, samaradorlik doimo olimlar, mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o'quv yurtlari uchun eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Iqtisodiy faol aholining muhim qismi menejment jarayoniga tegishli ta'lim hamda malakaga egadir. Bunday xodimlarni tayyorlash uchun ko'p vaqt va mablag' talab etishini ko'zdan qochirmagan holda, katta e'tiborni boshqarish samaradorligi deb baholashimiz mumkin. Samaradorlik mezonlari sizga bu savolni chuqurroq ko'rib chiqishga imkoniyat beradi.

Nazariy tadqiqotlar natijasida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

- iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish va boshqaruv xarajatlari, shuningdek olingan natijalarning nisbati;

- ijtimoiy samaradorlik turli xil iste'molchilar assortiment va tovarlar va xizmatlarning sifatini qondiradi.

Quyidagi tushunchalarni ham ajratish kerak:

- ichki samaradorlik - bu tashkilotning o'z maqsadlariga doimiy xarajat darajasida erishish;

- tashqi samaradorlik - korxonaning tashqi muhitning so'rovlari va albatta talablariga muvofiqligidir.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, boshqaruvning samaradorligi umumiy yoki uning alohida quyi tizimini boshqarishni anglatadi. Shu maqsadda turli xil integral ko'rsatkichlar qo'llaniladi, bu esa natijalarni aniq raqamli holatda belgilab beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Xorij adabiyotlarida bu borada har xil fikrlar mavjud. Masalan, AQSH olimlari Bryu, Makkonnell va boshqalar "Ekanomikos" kitobida bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy 5 ta tendensiyasi doirasida samaradorlikni belgilaganlar1.

Lyudvig fon Bertalanfi (1901-1972) boshqaruvning murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo'lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy xususiyatlarini ta'riflashga muvaffaq bo'ldi. U sodda va murakkab tizimlar xususiyatlarini alohida o'rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo'lishi va aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko'rsatib bera oldi2. Shemetov, P.V. Boshqaruv qarorlari: texnologiya, usul va vositalar: "Tashkilotni boshqarish" mutaxassisligi uchun darslikgida boshqaruvda samaradorlikni baholab borish muhimligi va uni baholash natijasida samaradorlikni oshirish yo'nalishlari taklif etilgan3.

Samaradorlik iqtisodiy rivojlanishning eng asosiy mezoni hisoblanadi. Samaradorlik tushunchasi iqtisodiy adabiyotlarda juda keng yoritilgan. Samaradorlikning oddiy tushunchasi daromadning ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati hisoblanadi. Bundan tashqari, boshqa adabiyotlar va tadqiqotlarda samaradorlikni aniqlash hamda oshirishning aniq usullari, ko'rsatkichlari, toifalari va usullarini o'rganib, ishlab chiqildi. Lekin, samaradorlik doimo iqtisodiyotning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib kelgan. Masalan, Nobel mukofoti laureati V. Leontiyev 1973-yilda "Xarajat-daromad" nazariyasini taklif etdi hamda uning asosida samarali jamiyatning asosiy ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu tushuncha o'z ma'nosini hozirgi kungacha yo'qotmagan4.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu ilmiy maqolada qiyosiy tahlil, analitik tahlil va matematik yondashuvlardan foydalanilgan holda boshqaruv mexanizmlarini iqtisodiy samaradorligini baholashning metodlari taklif etilgan shu bilan birgalikda, muammoni yechimiga olib boruvchi asosiy formulalar ham ishlab chiqilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

1 Bryu, Makkonnell va boshqalar. "Ekonomiks. Economika. 1995 y.

2 Bertalanffy L. von (1962), General System Theory - A Critical Review // «General Systems», vol. VII, p. 1-20.

3 Boshqaruv qarorlari: texnologiya, usul va vositalar: "Tashkilotni boshqarish" mutaxassisligi uchun darslik / P.V. Shemetov, V.V. Radionov, L.E. Cherednikova, S.V. Petuxova. - M.: Omega-L, 2013.- 398 p.

4 V. Leontiev "Xarajatlar - ozod qilish" usulini ishlab chiqish va uni qo'llashning muhim iqtisodiy muammolariga qo'llash uchun" https://awgm.ru/uz/teoriya-vasiliya-leonteva-v-leontev-vydayushchiisya-rossiiskii.html

Bоshqаruv mexаnizmi iqtisodiy sаmаrаdоrligini bаhоlаshdа korxona faoliyatini funksional yo'nalishlarini hisobga olish samaradorlikni aniqliligini va dolzarbligini ta'minlaydi. Sababi bu elementlarda ham o'ziga xos xarajatlar mavjud. Boshqaruv mexanizmi iqtisodiy samaradorligining umumiy modeli haqida ma'lumot 1-rasmda ko'rsatilgan.

Ushbu 1-rasmga asoslangan holatda boshqaruv mexanizmining umumiy samaradorligini ishlab chiqildi.

Sb.m=St(1-n)+Stex(1-n)+Cin(1-n)+C m(1-n)+Se(1-n)+Sinf(1-n) (1)

bunda,

Sb.m - boshqaruv mexanizmi samaradorligi;

St - tashkiliy samaradorlik;

Stex - texnologik samaradorligi;

S in - innovatsion samaradorligi;

Sm - marketing samaradorligi;

Se - ekologik samaradorlik;

Sij - ijtimoiy samaradorlik;

Sinf - infratuzilma samaradorlik.

1-rasm. Boshqaruv mexanizmi elementlari samaradorligi5

Har bir element samaradorligini baholashda o'ziga xos koeffitsentlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Ammo har bir turi samaradorlikni umumiy samaradorlikdagi ulushni aniqlashda noaniqliklar hamda risklar uchrashi mumkin. Bu esa ularga ta'sir etadigan omillar va tashqi muhitga ham bog'liq bo'ladi. Shuning

5 Tursunqulov I. (2021). BOSHQARUV MEXANIZMINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH. Iqtisodiyot Va ta'lim, (6), 53-58. https://doi.org/10.55439/ECED/vol_iss6/a280

uchun taqqoslama tahlilda bulami ham e'tibогga olish keгak. Ushbu holatni tо'g'гi tushunish uсhun 2-rasmdagi ma'lumotlar ham taklif etildi.

2-rasm. Boshqaruv mexanizmi samaradorlikni baholashda bozor qiymatining

ta'sirini o'rganish

Samaгadoгlikni baholashda va hisoblashda quyidagilarga alohida e'tiboг qilish aniq natija berishi mumkin:

1. Koгxonani bozoг qiymatini hisoblashni amalga oshiгish. Bunda qo'shilgan qiymat o'zgaгishi koгxona гentabilligini o'zgaгishini tahlil qilishi zaгuг.

2. Olingan daгomadni tahlil qilib hisoblash, unga ta'siï etgan shaгt-shaгoitlaгni o^ganish.

3. Koгxonaning samaгadoгligini aniqlashda asosiy ko^satkichlami baholash.

4. Shu sohadagi faoliyat olib borayotgan taгmoqlaг, komparnya^ samaгadoгligining eng yuqoгi ko'гsatkicЫaгini o^ganish.

5. Foydani iqtisodiy samaгadoгligi ko^satkichlarini aniqlash, bunda eгkin pul oqimlari va гentabellikni baгcha tuгlaгini hisoblash tahlilini amalga oshiгish.

6. Operativ va moliyaviy vositalari asosida operatsion va moliyaviy гisklaгni hisoblash.

7. Samaradoriikni hisoblashda uning baholash usullaгi bilan taqqoslashni amalga oshiгish.

8. Samaradoriikni istiqbollashtirishni o'гta davгga ishlab chiqarish va boshqalaгб.

6 Umirova, G. (2024). Qurilish sanoati korxonalari boshqaruv mexanizmining iqtisodiy samaradorligini oshirish. QO'QON UNIVERSITETIXABARNOMASI, 10(10), 92-95. https://doi.org/10.54613/ku.v10i10.91S

Ushbu talablarni sarnarali amalga oshirish uchun real va ochiq axborot bazasi zarurdir. Bular quyidagilardan iborat bo'lishi ham mumkin: korxona to'g'risidagi axborot; moliyaviy holati tahlili; korxona strategiyasini rivojlantirish va investitsion qarorlarning tahlili; iqtisodiy samaradorlikni tahlil qilishda buxgalterlik va boshqaruv hisobotlardan foydalanish hamda boshqalar.

Qurilish sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshib borishi bevosita ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki yangi yaratilayotgan texnika tizimlari, robot texnologiyalar, ishlab chiqarish jihozlari, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish samaradorlikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Korxona ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yana bir muhim jihati boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish, ya'ni korparativ usulidan foydalanish hamda rivojlantirish yaxshi natija beradi.

Samaradorlikning muhim yo'nalishlaridan yangi xom-ashyo va materiallardan keng foydalanish uni oshirishning aniq yo'nalishidan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda, transmilliy korporatsiyalar, moliya-sanoat guruhlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratish va shular bilan birga diversifikatsiyalash, klasterlashtirishni kengaytirishga katta ahamiyat berilishi lozimdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ko'pincha korxonadagi boshqarish personaliga ham bog'liq. Korxona personalining zamonaviy bilimlarga ega bo'lishiga professionalligi, murakkab vaziyatda to'g'ri qaror qabul qilishligi, bular ham boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.

Yuqorida aytib o'tilgandek, iqtisodiy adabiyotlarda boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashning to'g'ri usullari ishlab chiqilgan. Ular asosan resurslarga qaratilgan. Ammo hozirgi davrda ishlab chiqarishda omillar o'rnini kuchayganligi sababli boshqarish mexanizmini takomillashtirish samaradorligini aniqlashda omil ko'rsatkichiga yondashish juda yaxshi samara beradi.

Ma'lumki, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishning bir qator omillari mavjud. Masalan, ulardan asosiylari mehnat, kapital innovatsiya, strukturaviy o'zgarishlar va boshqalar. Demak, ushbu omillar ishlab chiqarish samaradorligiga qanday ta'sir ko'rsatsa, boshqarish samaradorligiga ham xuddi shunday ta'sir ko'rsatadi. Bunda eng asosiy rolni foyda o'ynaydi. Chunki, har ikkala samaradorlik turlariga foyda asosiy mezon o'rnini bosadi. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda yangi boshqarish mexanizmi samaradorligini boshqarishda quyidagi omilarga o'z e'tiboringizni qaratishingiz ham mumkin:

- Ishlab chiqarish jarayonning optimal variantini tanlash, ya'ni eng kam xarajatlar bilan boshqarish mexanizmini tashkil etish;

- Iste'mol talabini qondirish hamda korxona belgilangan foydani yoki daromadni olish;

- Optimal ishlab chiqarish zahirasini yaratish, ya'ni korxonaning barqarorligini ta'minlash uchun aylanma mablag'larni tejash.

Boshqaruv mexanizmi omillari asosida turli shakl va usullardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Ammo samara va xarajatlar konsepsiyasiga amal qilib, samaradorlik baholanadi. Buni quyidagi jadvalda batafsil kuzatish mumkin.

1-jadval

Ishlab chiqarishni boshqarishda resurlar va harajatlar konsepsiyasidan

foydalanish7

Moddiy shaklda Pul shaklda

Resurslar Xarajatlar Resurslar Harajatlar

Ishchi kuchi soni Mehnat sarfi Ish haqqi fondi Real ish haqqi

Asosiy fondlar Mehnat qurollarining yemirilishi Asosiy kapital Amortizatsiya ajratmalari

Mehnat vositalari Material, yoqilg'i, energiya va boshqalar Aylanma kapital Xom-ashyo va materiallar qiymati

Tayyor mahsulot Dizayn, reklama va sifatsiz tovarlar Aylanma fondlar Qo'shimcha xarajatlar

Pul mablag'lari Kredit foizlari

Ushbu jadval tahlillaridan kelib chiqqan holda boshqarish mexanizmini umumiy samaradorligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:

Sbm=r100 yoki (R:X)^100 (2)

bunda,

Sbm - boshqaruv mexanizmi samaradorligi;

R - resurslar;

X - xarajatlar.

Boshqaruv mexanizmi samaradorligini detallashtirilgan holda baholanishi murakkabroq bo'lsada, ammo aniqroq bo'lishi mumkin. Bunda omillar, elementlar, koeffitsentlardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu munosabat orqali boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini baholashni to'laligicha ifodalash uchun xarajatlarning boshqa jihatlarini e'tiborga olish zarur. Ayniqsa, jamlangan mehnatni o'rganish, uni mehnat sig'imida o'zgarib borishni bilish juda yaxshi samara beradi. Bundan tashqari mehnat resursidan, mehnat qurollaridan, mehnat vositalaridan foydalanish samaradorligini va ayniqsa, boshqarish mexanizmi samaradorligini baholash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:

Mu=Mx:Is yoki Ms = (3)

J * Mb+Mj v '

Bunda,

7 TypcyH^y^oB, H. A. (2021). Bom^apyB MexaHH3MHHH TamKH^ этнmнннг xopn^HH Ta^pnöacn. Academic research in educational sciences, 2(5), 378-385.

Mu - mehnat unumdorligi;

Mx - mahsulot hajmi;

Is - ishchilar soni;

Ms - mehnat samaradorligi;

Mb - buyumlashgan mehnat;

Mj - jonli mehnat.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ishlab chiqarish samaradorligini tamoyillaridan kelib chiqqan holda, boshqarish mexanizmi samaradorligini baholash usulini taklif etdik. Bunda boshqaruv mexanizmi samaradorligini baholash ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:8

Sbm =No:Xu yOki S bm=Bf.n:Bx (4)

Bunda,

Sbm - boshqaruv mexanizmi samaradorligi;

No - ohirgi natija;

Xu - umumiy xarajatlar;

Bf n - faqat boshqaruv apparati natijasi;

Bx - boshqaruv xarajatlari.

Ushbu ko'rsatkich bir vaqtli xarajatlar boshqaruvda quyidagicha aniqlanadi:

Bx=K+NK (5)

bunda,

K - kapital xarajatlar, so'm;

NK - kapital bo'lmagan xarajatlar.

Boshqaruv mexanizmini takomillashtirishda aniq tadbirlar ishlab chiqilgandan so'ng haqiqiy erishilgan tejamkorlik aniqlanadi.

Boshqaruv mexanizmi samaradorligini oshirishni rivojlantirishda strategik nuqtai nazardan yondashish ishlab chiqarish muammolarini ijobiy hal etishda mulkiy munosabatlarni takomillashtirishni talab etadi. Ilmiy-amaliy tahlillarning ko'rsatishicha boshqaruv mexanizmi samaradorligini oshirish bozor iqtisodiyoti talablari va tamoyillaridan kelib chiqish zarur. Ular korxonaning boshqarish usullari tartib qoidalarida o'z aksini topishi lozimdir9.

Hozirgi davrda turli mulkchilik shakllariga asoslangan ishlab chiqarish subyektlari talab va taklif qonuni asosida ishlab chiqarish hamda boshqarishni talab qiladi. Chunki ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish ana shu talablardan kelib chiqadi. Boshqaruv mexanizmini samaradorligini oshirish ko'p jihatdan tashqi va ichki aloqalarni rivojlanganligiga bog'liq. Shu sababdan boshqaruv mexanizmi

8 Бoйжигитoв С. К. MapKeTHHroBbie crpaTeraH швышения эффективнocти (Ha npnMepe пpoмышленнoro пpедпpиятия)/CК у. Бoйжигитoв //Мapкетинг в Рoccии и 3a pубежoм. - 2021. - Т. 1. - С. 95-97.

9 Шлухин А.А. Оpгaнизaциoннo-экoнoмичеcкий мехaнизм мoдеpнизaции cельcкoгo хoзяйcтвa Рoccии/ А.А. Шлухин// Агpapнaя Рoccия. - 2012 - №5 c. 23-29

samaradorligini oshirish strategiyali murakkab vazifalar, ya'ni integral samaradorlikni maksimallashtirish uchun ular o'rtasidagi aloqalarni tashkil etishni takomillashtirish zarurdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Boshqaruv tizimining iqtisodiy samaradorligini baholash juda ko'p hollarda amalga oshiriladi. Mulk va faoliyatning har qanday shaklini tashkil qilish uchun baholash mezonlari bir xil, ammo faoliyat natijalariga ko'ra parametrlarning ta'sir darajasi bo'yicha boshqa afzalliklarga ham egadir. Boshqacha qilib aytganda, har bir tashkilotning samaradorligi darajasini baholash imkoniyati mavjud bo'lmagan belgilar mavjud emas. Umuman olganda, boshqaruv tizimi shunchalik samarali bo'lishi kerakki, tashqi muhitning har qanday o'zgarishlari hamda to'siqlari, shuningdek tashkilot ichidagi ish sharoitlari, har doim maqsadlarga erishishda to'sqinlik qilmasligi lozimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Bryu, Makkonnell va boshqalar. "Ekonomiks. Economika. 1995 y.

2. Bertalanffy L. von (1962), General System Theory - А Critical Review // «General Systems», vol. VII, p. 1-20.

3. Boshqaruv qarorlari: texnologiya, usul va vositalar: "Tashkilotni boshqarish" mutaxassisligi uchun darslik / P.V. Shemetov, V.V. Radionov, L.E. Cherednikova, S.V. Petuxova. - M.: Omega-L, 2013. - 398 p.

4. V. Leontiev "Xarajatlar - ozod qilish" usulini ishlab chiqish va uni qo'llashning muhim iqtisodiy muammolariga qo'llash uchun" https://awgm.ru/uz/teoriya-vasiliya-leonteva-v-leontev-vydayushchiisya-rossiiskii.html

5. Tursunqulov I. (2021). Boshqaruv mexanizmining samaradorligini baholash. Iqtisodiyot Va ta'lim, (6), 53-58. https://doi.org/10.55439/ECED/vol_iss6/a280

6. Umirova, G. (2024). Qurilish sanoati korxonalari boshqaruv mexanizmining iqtisodiy samaradorligini oshirish. Qo'qon universiteti xabarnomasi, 10(10), 92-95. https://doi.org/10.54613/ku.v10i10.918

7. Туpcунк;улoв, И.А. (2021). Бoшк;apув мехaнизмини тaшкил этишнинг хopижий тaжpибacи. Academic research in educational sciences, 2(5), 378-385.

8. Бoйжигитoв С.К. MapKeraHroBbie cтpaтегии мвышения эффектившети (Ha пpимepe пpoмышлeннoгo пpeдпpиятия)/CК у. Бoйжигитoв //Mapкeтинг в Poccии и 3a pубeжoм. - 2021. - Т. 1. - С. 95-97.

9. Шлухин А.А. Opгaнизaциoннo-экoнoмичecкий MexaHroM мoдepнизaции ceльcкoгo xoзяйcтвa Poccии/ А.А. Шлухин// Агpapнaя Poccия. -2012 - №5 c. 23-29.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.