Научная статья на тему 'ZILZILAVIY XUDUDLARDA JOYLASHGAN BINOLARNING ZILZILABARDOSHLIGINI OSHIRISH'

ZILZILAVIY XUDUDLARDA JOYLASHGAN BINOLARNING ZILZILABARDOSHLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
seysmik ta’sirlar / chegaraviy o‘lcham / rama bog‘lovchi / seismic effects / limit size / frame binder

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Nazarov Roxatjon Uktamovich, Normirzayev Avazxon Akram O‘g‘li

Maqolada zilzilaviy xududlarda qurilgan va zilzila ta’sirlariga bardosh bera olmaydigan mavjud binolarni ekspluatatsiya jarayonida zilzilabardoshligini oshirish masalasi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING THE EARTHQUAKE RESISTANCE OF BUILDINGS LOCATED IN EARTHQUAKE-PRONE AREAS

The article presents the question of increasing the earthquake resistance during the operation of existing buildings built in earthquake zones and unable to withstand the effects of an earthquake.

Текст научной работы на тему «ZILZILAVIY XUDUDLARDA JOYLASHGAN BINOLARNING ZILZILABARDOSHLIGINI OSHIRISH»

UO'T 69.059.3

ZILZILAVIY HUDUDLARDA JOYLASHGAN BINOLARNING ZILZILABARDOSHLIGINI OSHIRISH

Nazarov Roxatjon Uktamovich Namangan muhandislik-qurilish instituti Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi o'qituvchisi, [email protected]

Normirzayev Avazxon Akram o'g'li Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Qurilish muhandisligi kafedrasi assistant, [email protected]

Annotatsiya. Maqolada zilzilaviy hududlarda qurilgan va zilzila ta'sirlariga bardosh bera olmaydigan mavjud binolarni ekspluatatsiya jarayonida zilzilabardoshligini oshirish masalasi keltirilgan.

Аннотация. В стате представлен вопрос повышения сейсмостойкости при эксплуатации существующих зданий, построенных в сейсмоопасных зонах и не способных выдержат воздействие землетрясений.

Abstract. The article presents the question of increasing the earthquake resistance during the operation of existing buildings built in earthquake zones and unable to withstand the effects of an earthquake.

Tayanch so'zlar: seysmik ta'sirlar, chegaraviy o'lcham, rama bog'lovchi.

Ключевые слова: сейсмические воздействия, пределные размеры, связьующаya

рама.

Key words: seismic effects, limit size, frame binder.

Bugungi kunda mustaqil diyorimizning turli hududlarida turli xil ko'rinishga ega bo'lgan bino va inshootlar qurilishi barcha hududlarda jadal ravishda amalga oshirilmoqda. Ularning aksariyat qismi bir qavatli bino yoki inshootlar hisoblansa, asosiy qismi k o'p qavatli bino yoki inshootlardan iboratdir. So'nggi yillarda qurilgan binolar respublikamizning ko'rkiga ko'rk, chiroyiga chiroy qo'shib, o'z xizmat vazifasini bajarayotganini guvohi bo'lmoqdamiz. Ko'p qavatli binolar aholini uy-joy bilan ta'minlash, shahar hududlarida yer maydonidan iqtisod qilish kabi bir qancha omillarga tayanib amalga oshiriladi.

Bizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining ko'plab hududlari seysmik hudud hisoblanadi, seysmik hududlarda amalga oshirilayotgan bino va inshootlarning konstruksiyalari yuk ko'tarish qobiliyatiga va seysmik ta'sirlarga hisoblanadi. Seysmik ta'sirlarga va yuk ko'tarish qobiliyatiga hisoblangan konstruksiyalar bino va inshootlarning asosiy yuk ko'taruvchi konstruksiyalari hisoblanadi. Bunday konstruksiyalar iqtisod tomondan tejamli hamda sifatli bo'lgan mahalliy xom ashyolardan foydalanib qurilish ishlarida keng ko'lamda foydalaniladi. Seysmik hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.05.2023-yilda "O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-158-sonli qarori qabul qilindi.

So'nggi yillarda aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish bo'yicha aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi, seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini jahon talablari darajasida o'tkazish uchun shart-sharoitlar yaratildi, yer qobig'ining kuchlangan-deformatsiyalangan holatini kuzatuvchi, seysmik xavfni baholashda va zilzilalar darakchilarini qayd qilishda foydalaniladigan stansiyalar tarmog'ining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi[1].

Hozirgi kunda seysmik hududlarda qurilayotgan bino va inshootlar qurilishi barcha talablar asosida to'la-to'kis amalga oshirilmoqda, ko'zda tutilgan va paydo bo'lishi mumkin bo'lgan kamchiliklar loyihalash davrida, qisman qurilish jarayonlarida bartaraf etilmoqda. Afsuski, bugungi kunga qadar foydalanib kelinayotgan barcha binolar qatori 50-100 yil avval qurilgan binolar ham mavjud. Bunday binolar orasida hududning seysmik ta'sirlariga javob bermay qolish ehtimolligi borligi aniqlanmoqda. Ishlab turgan bunday bino va inshootlardan vos kechib bo'lmaydi, lekin qayta ta'mirlash hamda hududning seysmik ta'sirlariga bardosh bera olishini ta'minlash kerak. Seysmik hududlarda joylashgan, seysmik ta'sirlarga javob bera olmaydigan mavjud bino va inshootlarning zilzilabardoshligini qanday qilib ta'minlash mumkin?

O'zbekiston Respublikasining seysmik hududlarida qayta ta'mirlanadigan yoki yangi quriladigan bino va inshootlar QMQ 2.01.03-96 «Zilzilaviy hududlarda qurilish» me'yoriy hujjat talablari asosida tekshiriladi. Yangi bino yoki inshootlarni loyihalashda va qurishda yuqorida keltirilgan me'yoriy hujjatning talablari bo'yicha bajarish oson kechadi, lekin mavjud bino va inshootlarni qayta ta'mirlash jarayonida qiyinchiliklar albatta tug'iladi. Seysmik hududlarda joylashgan mavjud bino va inshootlarning zilzilabardoshligi asosan yuqoridagi me'yoriy hujjatning bandlari va 3.1-jadvalning talablari bo'yicha o'rganiladi va topilgan kamchiliklarga konstruktiv yechim beriladi. Binolarning konstruktiv chegaraviy o'lchamlari 3.1 jadvaldan olinishi lozim[2].

Demak, mavjud binolarning zilzilabardoshligi ularning konstruktiv(ko'ndalang devor, ustun va rama qadamlari) o'lchamlariga bog'liq ekan. Binolarning konstruktiv o'lchamlari 3.1-jadvalda ko'rsatilgan chegaraviy o'lchamlardan katta bo'lsa, konstruktiv yechim talab etadi. Yig'ma konstruksiyalardan tiklangan bino va inshootlarda yuqorida keltirilgan muammo deyarli uchramaydi, karkasli va aralash (tosh, blok, g'isht)konstruksiyali bino va inshootlarda uchraydi. Misol tariqasida, Namangan viloyat Pop tumanida joylashgan Pop tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Oltinkon shifohonasi o'rganilganda ikki qavatli asosiy binosi QMQ 2.01.03-96 «Zilzilaviy hududlarda qurilish» me'yoriy hujj atning 3.1.1 -bandiga va 3.1-j advalning talablari asosida tekshirildi. Natijada binoni bog'lovchi ko'ndalang devorlari orasidagi o'lchamlari yuqorida keltirilgan 3.1-jadvalning d-bandida keltirilgan chegaraviy o'lchamdan katta ekanligi aniqlandi. Binoning konstruktiv(ko'ndalang devor, ustun va rama qadamlari) o'lchamlari chegaraviy o'lchamdan katta bo'lsa, qanday echim berish kerak?

Bino va inshootlarning konstruktiv o'lchamlari chegaraviy o'lchamdan katta bo'lsa, konstruktiv o'lchamlari katta bo'lgan qismida qo'shimcha ravishda ko'ndalang devorlar yoki rama bog'lovchilar yordamida kuchaytirish kerak. Bir qavatli binolarda ko'ndalang devorlar, ikki va undan yuqori qavatli binolarda esa rama bog'lovchilar yordamida kuchaytirish maqsadga muofiq hisoblanadi. Chunki, ko'ngdalang devorlar xonalarning strukturasi buzilishiga va xonalarni qaytadan bo'lishga sabab bo'ladi. Binoning konstruktiv o'lchamlari katta bo'lgan qismida yaratilayotgan ko'ndalang devorlar mavjud poydevorga, devorga va kamarga mahkamlash(cB^3b) orqali amalga oshiriladi. Ikki va undan yuqori qavatli binolarning konstruktiv o'lchamlari katta bo'lgan joylarida rama bog'lovchilarni qanday amalga oshirish kerakligini ko'rib chiqamiz.

Birinchi, binoning ko'ndalang devorlari oralig'i katta bo'lgan qismlari aniqlanadi;

Ikkinchi, aniqlangan katta oraliqda va bino uzunligi bo'yicha joylashgan asosiy yuk ko'taruvchi devorlarda joylashgan eshik va derazalar borligi va ular orasidagi masofalar aniqlanadi;

Uchinchi; aniqlangan masofada konstruktiv chegaraviy o'lchamdan kichik bo'lgan masofada rama bog'lanishni amalga oshirishning imkoni bor-yo'qligi tekshiriladi (ushbu masofa eshik yoki derazalar orasi bo'lishi ham mumkin);

To'rtinchi; agarda tanlangan masofada rama bog'lovchili kontruksiya qilishning imkoni bo'lsa, butun qavat bo'ylab rama bog'lanishni amalga oshiriladi.

Ramalarni bog'lanish jarayonlari. Birinchi navbatda, aniqlangan rama bog'lovchilarning devordagi o'rni poydevor yostiqcha (nogymKa)sining ostigacha ochiladi. Bu ish poydevorning ikki tomonida amalga oshiriladi, undan so'ng poydevor yostiqchasining eni (b) va balandligi (hi) aniqlanadi. Poydevor yostiqchasining eni (b) va balandligi (hi) aniq bo'lgandan so'ng, yostiqchaning belgilangan joyida ankerlash usulida anker bolt hosil qilinadi, anker bolt yostiqcha qalinligining 2/3(h1) qismiga qadar tushiriladi(i-rasm).

1-rasm. Poydevor yostiqchasining yuqori qismida anker bolt hosil qilish sxemasi.

Poydevor va poydevor yostiqchasining qalinligi, yostiqchaning eni anker boltning uzunligini belgilaydi. Anker boltning diametri rama bog'lovchining karkasidagi ishchi armatura diametriga va payvandlash usuliga qarab tanlanadi. Anker bolt nihoyasiga yetgach, yuqori qismida hisob asosida armatura karkasi o'rnatiladi va betonlash ishlari amalga oshiriladi. Agarda poydevorning balandligi katta bo'lsa, ya'ni binoning yerto'la qismi mavjud bo'lsa, poydevorning har ikki tomoniga o'rnatilayotgan karkaslarni bir-biriga mahkamlash zarur bo'ladi. Buning uchun, karkas joylashadigan devor qismida devor yoki poydevor qalinligi o'lchamida vertikal teshiklar hosil qilinadi va xomut armatura joylashtiriladi. Bu xomutlar rama bog'lovchi uchun mo'ljallangan karkaslarning qavarib ketmasligini va poydevor bilan tishlashini ta'minlaydi (2-rasm).

2-rasm. Poydevorning ikki tomoniga joylashtirilgan karkaslarning bog'lanish sxemasi. Yuqorida keltirilgan sxemalarga e'tibor qaratsak, rama bog'lovchining pastki qismi poydevordan boshlangan, uning yakiniy(oxirgi) qismi esa keltirilmagan. Rama bog'lanish

binoning tom yopma qismigacha amalga oshiriladi va har bir qavatdagi orayopma qismida bog'lanishlar amalga oshiriladi. Shundagina binolarda konstruktiv o'lchamlari katta bo'lgan oraliq masofalarini qisqartirishga hamda hududning seysmik ta'sirlariga bardoshliligini oshirishga erishiladi.

Binoning har bir qavatida ko'zda tutilayotgan rama bog'lovchilar devordagi o'rni poydevor kabi mustahkamlab chiqiladi. Faqat poydevordan farqli o'laroq devorlarda donali (tosh, blok, g'isht) materiallardan tiklangan va ularning bog'lanishi beton kabi bir butun emasligi sababli qo'shimcha setkalar yordamida kuchaytiriladi(3-rasm).

3-rasm. Devorlarda rama bog'lovchilarni hosil qilish sxemasi.

4Rama bog'lovchilar vertikal va g'orizontal bog'lanishlardan iborat bo'lib, vertikal bog'lanishlar poydevor va devorlarda, g'orizontal bog'lanishlar esa tomyopma va orayopmalarda amalga oshiriladi. Vertikal bog'lanishlarni bog'lab turuvchi gorizontal bog'lanishlarni bajarilish sxemalari orqali ko'rib chiqamiz. Gorizontal bog'lanishlarni hosil qilishda birinchi navbatda, mavjud pol qatlamini hamda tomyopma qatlamini kerakli o'lchamda temir-beton plitaga qadar ochiladi. So'ngra temir-beton plitalarning xususiyatlari o'rganiladi va plitalarda kerakli bo'lgan o'lchamlar (vertikal bog'lovchining eni - a ga teng o'lchamda) ochiladi(4a-rasm).

4-rasm. a - orayopma yoki tomyopmalarda gorizontal bog'lanishlarning o'rnini ochish sxemasi, b - ochilgan joylarda hosil qilingan gorizontal bog'lanishlar sxemasi

Har bir qavatda rama bog'lovchining vertikal qismi nihoyasiga yetgach orayopmalarda yoki tomyopmada ochilgan joylarda gorizontal bog'lanishlar amalga oshiriladi. Ochilgan qismlarda vertikal bog'lovchining eniga teng o'lchamda qolip tayyorlanadi va hisob asosida aniqlangan karkaslar j olashtiriladi. Ushbu karkaslar vertikal bog'lovchi karkasiga va buzilgan plita armaturasiga montaj qilinadi va beton qorishmasi bilan to'ldiriladi(4b-rasm).

Rama bog'lanishlar binoning pastki qavatidan boshlanadi va u har bir qavatda vertikal bog'lanishlar so'ngra g'orizontal bog'lanishlar ketma-ketligida bajariladi. Ushbu bog'lanish binoning eng yuqori tomyopma qismida nihoyasiga yetkaziladi.

Xulosa. Seysmik hududlarda qurilgan, seysmik ta'sirlarga javob bera olmaydigan bino va inshootlar juda ko'p bo'lib, bugungi kunda bunday bino yoki inshootlarni zilzilabardoshligini ta'minlash maqsadida har xil yechimlar qilinmoqda. Yuqorida keltirilgan usul aralash konstruksiyali binolar uchun bir misol bo'la oladi va bu usul eng samarali usul deb hisoblayman.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEVning "O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2023 yil 16 maydagi PQ-158-sonli qarori. //lex.uz -O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

2. QMQ 2.01.03-96 «Zilzilaviy hududlarda qurilish» O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi (Davarxitektqurilishqo'm). Toshkent

3. Серия 2.130-6с "Узлы стен жилых и общественных зданий, возводимых в районах сейсмичностю 7, 8 и 9 балов" Выпуск 1

4. Asqarov B.A., Nizomov Sh.R. Temirbeton va tosh-g'isht konstruksiyalari. Darslik - T.: "Iqtisod-Moliya", 2008 - 440 bet

5. Байков В.Н., Сигалов Э.Э. Железобетонные конструкции. Общий курс. М.: Стройиздат. -2010 г.

6. Попов Н.Н., Забегаев А.В. Проектирование и расчет железобетонных и каменных конструкций. М.: Высщаya школа, -2012 г

7. Nazarov R. U. Ko'p qavatli jamoat hamda turar-joy binolarining liftga bo'lgan ehtiyoji, liftlarni montaj jarayonidagi muammolari //Pedagog. - 2022. - t. 1. - №. 4. - s. 606-613.

8. Nazarov R. U. Bino va nshootlarning poydevor qismlarini nam gruntlardan hamda zamin suvlaridan himoya qilish yo'llari //Scientific Impulse. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 2033-2041.

9. QMQ 2.03.01-96 Beton va temirbeton konstruksiyalar. T.: 1996-y.

10. QMQ 2.07.07-96 Yuklar va ta'sirlar. T.: 1996-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.