Научная статья на тему 'ZAYTUN: BOTANIKASI VA FIZIOLOGIYASI'

ZAYTUN: BOTANIKASI VA FIZIOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

258
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zaytun kelib chiqishi / o‗sishi va rivojlanishi / mavjud navlari / tuproq iqlim sharoitlariga bo‗lgan talabi. / origin / growth / and development of olive / available varieties / soil / and climate requirements.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Alisher Erkinovich Botirov, Lola Bahromovna Xalmirzayeva, Xudayor Gayrat Ugli Allaberdiev

Zaytun o'simligini mamlakatimizda o'stirishda bugungi kunda bir qancha muammolarga duch kelinmoqda (sovuq urushi, o'sish kuchini pastlig va hakozolar). Zaytun o'simligini o‗stirishdan oldin uni botanikasi va fiziologiyasi haqida yetarlicha ma‘lumotlarga ega bo'lish bu o'simlikni yaxshi o'stira olish uchun zamin yaratadi. Shuni hisobga olgan holda ushbu maqolada Zaytun o'simligining botanikasi va fiziologiyasi haqida adabiyotlarda berilgan ma‘lumotlar asosida tahlillar keltirib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

There are a number of problems in the cultivation of the olive plant in our country today (chilling, low growth rate, drought tolerance and etc). Before growing an olive plant, having sufficient knowledge about its botany and physiology lays the groundwork for growing this plant well. Taking this into account, this article analyzes the botany and physiology of the olive plant based on the information given in the literature.

Текст научной работы на тему «ZAYTUN: BOTANIKASI VA FIZIOLOGIYASI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Alisher Erkinovich Botirov

Akademik Mahmud Mirzayev nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy

tadqiqot instituti doktoranti

Lola Bahromovna Xalmirzayeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali "O'simlikshunoslik va meva sabzavotchilik" kafedrasi katta o'qituvchisi

Xudayor Gayrat ugli Allaberdiev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Agrobiznes va logistika fakulteti

bakalavr talabasi

Zaytun o'simligini mamlakatimizda o'stirishda bugungi kunda bir qancha muammolarga duch kelinmoqda (sovuq urushi, o'sish kuchini pastlig va hako zolar). Zaytun o'simligini o'stirishdan oldin uni botanikasi va fiziologiyasi haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lish bu o'simlikni yaxshi o'stira olish uchun zamin yaratadi. Shuni hisobga olgan holda ushbu maqolada Zaytun o'simligining botanikasi va fiziologiyasi haqida adabiyotlarda berilgan ma'lumotlar asosida tahlillar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: zaytun kelib chiqishi, o'sishi va rivojlanishi, mavjud navlari, tuproq iqlim sharoitlariga bo'lgan talabi.

There are a number of problems in the cultivation of the olive plant in our country today (chilling, low growth rate, drought tolerance and etc). Before growing an olive plant, having sufficient knowledge about its botany and physiology lays the groundwork for growing this plant well. Taking this into account, this article analyzes the botany and physiology of the olive plant based on the information given in the literature.

Keywords: origin, growth, and development of olive, available varieties, soil, and climate requirements.

ZAYTUN: BOTANIKASI VA FIZIOLOGIYASI

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

February, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Zaytun (Olea) — zaytundoshlar oilasiga kiruvchi o'simlik turkumi. Zaytun (Olea europaea L.) O'rta er dengizi havzasidagi eng muhim mevali daraxtlardan biri hisoblangan o'zida ramziy ma'noni ifodalovchi tur hisoblanadi (Loumou va Giourga, 2003). Olea europaea, europaea kenja turining yovvoyi ("Olea europaea"ning "europaea " - kenja turiga va "sylvestris"- turkumiga oid) va madaniy zaytun ("Olea europaea" ning "europaea" - kenja turiga va "europaea" - turkumiga oid) larini o'z ichiga olgan diploid turi (2n=2x=6) hisoblanadi (Kumar va boshq., 2011).

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dunyo aholisi tahlili saytining ma'lumotirga ko'ra 2023 yilda zaytun moyi yetishtirish bo'yicha top 10 talik mamlakatlarga quyida berilgan davlatlar ko'rsatilgan; Ispaniya (5 965 080 t.), Italiya (2 191 110 t.), Morokko (1 912 238 t.), Turkiya (1 525 000 t.), Gretsiya (1 228 130 t.), Misr (1 080 091 t.), Portugaliya (997 040 t.), Tunis (876 877), Jazoir (868 754 t.) Suriya (844 316 t.) kabilar, shu o'rinda O'zbekiston (117 t.) ham bu ro'yxatni quyi qismidan joy olgan.

Yetishtiradigan asosiy mamlakatlar sifatida esa Ispaniya, Italiya, Gretsiya Portugaliya va boshqa davlatlar kiradi. Gruziya, Qrim, Turkmaniston, Rossiyaning Krasnodar o'lkasida ham zaytunzorlarni uchratishimiz mumkin. Zaytun daraxti 4-12 m balandlikgacha o'sadi. Mevasi yetida 80% gacha, mag'zida 30% gacha moy, oqsil, vitamin S va karotin bor. Qurg'oqchilikka chidamli, 13-18 °C sovuqqa bardosh beradi. 300-400 (1000) yilgacha yashaydi. Unumdor, qumoq va qumloq, ohakli tuproqlarda yaxshi o'sadi.

Barglari. Barglari novdada qarama-qarshi joylashib, ustki tomoni kumushsimon yaltirab tursa, orqa tomoni yashil rangda, uzunchoq lansetsimondir. Zaytun bargining rangi och yashil bo 'lib. Zaytun daraxti barglari mutloq to 'kilib yalang 'och bo 'lib qolmaydi, qishda ham barglarini saqlab qolgani uchun ekologik toza daraxtlar turiga kiradi (1-rasm. (a)).

Gullari. Ikki jinsli, barg qo 'ltig 'ida rovaksimon holda bo 'lib, bir rovakda 8-42 tagacha gul joylashadi. Gultoji barglari 4 ta, otaliklari 2 ta, onalik tugunchasi bitta, aprel oyining oxiri, may oyi boshlarida, ba'zan mayning oxiri, iyunda gullaydi. Zaytun gullari oqish qaymoq rang bo'lib, shingil shaklida, shingilning hajmi kichikdir (1-rasm. (b)).

Zaytun mevalari. Zaytunning mevasi cho'ziq ovalsimon bo'lib, navlariga qarab mevasining vazni har xil bo ' ladi. Zaytunning navlari,

KIRISH

turlari juda ko 'p. Ayrim navlari kichik meva hosil qiladi,

February, 2023

ularning vazni kichik bo'lib 240-250 donasi, ayrimlarida 80-90 ta mevasi bir kilogramm bo'ladi. Sentabr oylarida mevalari to'q yashil tusda bo'lsa, oktabr oyi oxirida mevasi qora rangga kiradi (1-rasm. (c)).

Zaytun ko' chatini yetishtirish

Bu o'simlik urug'laridan, qalamchalaridan, bachkilari va payvandlash yo'li bilan ko'paytiriladi. Ekishga ajratilgan mevalarining eti yoki mag'zi qushlarga yediriladi yoki suvga ivitib qo'yilib, keyin urug'i ajratib olinadi. qushlar cho 'qib tashlab ketgan mevalardan ko'kargan novdalari baquvvat bo'lib o'sadi. Ildizlari juda ko'p bachki beradi, ularni alohida ajratib ko'chatzorlarga ekiladi. Urug'lari tuproqqa ekilganda juda kech unib chiqadi. Shuning uchun ularni namli qumlarda ekib ko'kartirib, keyin ekish lozim. Novdalaridan 20-25 smqalamchalar tayyorlab, ular orqali ham ko'paytiriladi. Payvand qilish eng yaxshi natija beradi yoki hosilga kirish tezlashadi, bu vaqtda to'rtinchi yili meva beradi [3, 4].

Qalamchasidan ko'paytirish

Ushbu usulnin bir necha turi bo'lib, ular quyidagicha:

a) uzun ortiqcha shoxlar yoki keraksiz novdalardan;

b) ko'chatlar ildizli bo'lganda;

v) kichkina novda holatida;

g) payvandlash orqali ko'paytirish.

Bundan tashqari yashilqalamchalaridan ko'paytirish mumkin (ya'ni, yangi kesilgan, qurib qolmagan bo'lishi lozim). Zaytun ko'chatini urug'idan yetishtirish Barglari yaxshi turgan ko'chat novdalaridan o'stirilgan ko'p novdali ko'chatni ekish tavsiya etiladi. Yosh ko'chatlar yaxshi sharoitda ekilganining 3-4-yili meva berishni boshlaydi.

XULOSA

Yuqoridagi ma'lumotlar asosida shuni aytishimiz mumkinki, zaytun daraxtini botanik belgilaridan tashqari

February, 2023

70

morfologik xususiyatlarini ham bilish juda muhimdir. Bu jihat asosiy zaytun navlarini saqlab qolish, shuningdek, genetik xilma-xillikni yo'qotmaslik, kichik genotiplarni saqlash uchun asosiy va ajralmas qismi hisoblanadi.

REFERENCES

1. Kumar, S.; Kahlon, T. & Chaudhary, S. (2011). A rapid screening for adulterants in olive oil using DNA barcodes, Food Chemistry Vol.127, pp. 1335-1341, ISSN 0308-8146

2. Loumou, A. & Giourga, C. (2003). Olive groves: "The life and identity of the Mediterranean". Agriculture and Human Values Vol. 20, pp. 87-95, elSSN 15728366.

3. Botirov, A. E., & Xalmirzayeva, L. B. (2022). UNABI (ZIZIPHUS MILL): DEVELOPMENT, RECENTLY AND NOWADAYS. Academic research in educational sciences, (Conference), 194-198.

4. Бойжонов, У. Урмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер Ботиров (2022). САМАРКАНД ИЛМИЙ ТАЖРИБА СТАНЦИЯСИ КОЛЛЕКЦИЯ МАЙДОНЛАРИДАГИ ИСТЩБОЛЛИ УРИК НАВЛАРИДА ФЕНОФАЗАЛАРНИ УТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3, 287-292.

https://t.me/ares uz

February, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

71

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.