Научная статья на тему 'ZARAFSHON VODIYSINING O’TLOQI BO’Z TUPROQLARI SHAROITIDA BUG’DOY VA TAKRORIY SOYA EKININI O‘SISHI VA RIVOJLANISHINING EKISH MUDDATLARIGA BOG‘LIQLIGI'

ZARAFSHON VODIYSINING O’TLOQI BO’Z TUPROQLARI SHAROITIDA BUG’DOY VA TAKRORIY SOYA EKININI O‘SISHI VA RIVOJLANISHINING EKISH MUDDATLARIGA BOG‘LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

52
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug‘oriladigan yerlar / o’tloqi bo’z tuproq / nav / ekish muddati / yumshoq bug‘doy / coya / don / sifat / hosil

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — G. Q. Islomova, X. X. Mardonov, Sh. N. Tursunov, P. Bobomirzayev

Maqolada sug‘oriladigan yerlarning o’tloqi bo’z tuproqlar sharoinbda bug’doy va takroriy soya ekinlari navlarining yetishtirishi texnologiyasi elementi ekish muddatlari o‘rganilgan va xulosalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZARAFSHON VODIYSINING O’TLOQI BO’Z TUPROQLARI SHAROITIDA BUG’DOY VA TAKRORIY SOYA EKININI O‘SISHI VA RIVOJLANISHINING EKISH MUDDATLARIGA BOG‘LIQLIGI»

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

ZARAFSHON VODIYSINING O'TLOQI BO'Z TUPROQLARI SHAROITIDA BUG'DOY VA TAKRORIY SOYA EKININI O'SISHI VA RIVOJLANISHINING EKISH MUDDATLARIGA BOG'LIQLIGI

G. Q. Islomova

TDAU Samarqand filiali 1-bosqich magistranti

X. X. Mardonov

Q.x.f.d., Toshkent davlat agrar universiteti, professori

Sh. N. Tursunov

DDEITI Samarqand tajriba-stansiyasi direktori

P. Bobomirzayev

TDAU Samarqand filiali professori v.v.b, q.x.f.d (DSc)

ANNOTASIYA

Maqolada sug'oriladigan yerlarning o'tloqi bo'z tuproqlar sharoinbda bug'doy va takroriy soya ekinlari navlarining yetishtirishi texnologiyasi elementi ekish muddatlari o'rganilgan va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: sug'oriladigan yerlar, o'tloqi bo'z tuproq, nav, ekish muddati, yumshoq bug'doy, coya, don, sifat, hosil.

Kirish. Dunyo dehqonchiligida don, xususan bug'doy doni 2020 yilda 762 mln tonna ishlab chiqarilgan. Jahon dehqonchiligida 2019 yilda yalpi don hosili 2655 mln. tonna yetishtirilgan, shundan 28,7 foizi bug'doy doni hissasiga to'g'ri keladi[15].

Donli ekinlar hosildorligini oshishiga asosan yangi navlarni joriy etish, ma'dan o'g'itlardan, suvdan samarali foydalanish, yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish orqali erishilmoqda. Dunyo qishloq xo'jaligida so'nggi yillarda don hosili yetishtirishda yangi innovasion texnologiyalarni tadbiq qilish orqali tuproq unumdorligini oshirish, mavjud bioiqlim resurslaridan samarali foydalanish, bir yilda ikki yoki uch marta hosil olish yo'nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish muhimligi qayd etilmoqda. Sug'oriladigan yerlardan samarali foydalanish aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratilmoqda. Boshoqli don ekinlari bilan atmosfera azotini tuganak bakteriyalar yordamida

October 5-6

224

o'zlashtiradigan dukkakli don ekinlari bilan uyg'unlashgan holda ekish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Respublikamizda kuzgi bug'doy hosili yig'ishtirilgandan keyin 90-120 kun ekinlarni yetishtirishga imkon beradigan, sovuq bo'lmaydigan davr hisoblanadi. Kuzgi bug'doy hosilidan bo'shagan maydonlarga suv ta'minoti, ijobiy yoki faol harorat yig'indisi, ekinlar navlarining o'suv davri, ularning hosilini shakllanish xususiyatlari hisobga olingan holda yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish asosida yuqori va sifatli mahsulot yetishtirish muhim vazifalar hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Ilmiy manbalar tahlilariga ko'ra, kuzgi bug'doy navlarining biologik xususiyatlaridan kelib chiqib uning ekilish mintaqalaridan qat'iy nazar meyoridao'sishi, rivojlanishi hosil shakllantirishiuchun kuzgi o'suv davrining davomiyligi 45-60 kunni tashkil etishi yoki urug'lar doimiy sovuqlar tushgunicha 50-60 kun qolganda ekilishi tavsiya etilgan [9;8].

Kuzgi bug'doy navlarining biologik xususiyatlari, mintaqa tuproq-iqlim sharoiti inobatga olingan holda kuzgi bug'doy uchun kuzgi davrdagi ijobiy harorat 590-600 0C va 580 0C, V.N.Remeslo, V.F.Sayko 5080C bo'lishi lozimligini qayd etishgan [5;4;6].

O'zbekiston respublikasining Markaziy mintaqalari sug'oriladigan yerlari S.Egamberdiyev, G'.Qurbonov hamkorligida o'tkazilgan 4 yillik tajribalarda Intensivnaya navidan eng yuqori hosil muqobil muddatda va normada ekilgan variantlarda olingan. Erta va kechki muddatlarda hamda kam va yuqori meyorlarda ekilganda hosildorlik, donning sifati pasaygan. Shuningdek tegishli muddat va normalarda o'g'itlarni qo'llash ham yaxshi natija bergan [7].

Dukkakli-don o'simliklari ildizida yashab, havodagi erkin holdagi azotni o'zlashtiruvchi tuganak bakteriyalarning faoliyati va faolligi xo'jayin o'simlik hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularning faolligi ekinlarni qay darajada parvarish qilishga, agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o'tkazishga, ayniqsa tuproq- iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ularni ekish muddatlari va meyorlarini to'g'ri belgilashga bog'liqdir [3].

Tadqiqot metodologiyasi. Dala tajribalari Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi dalalarida dastur asosida olib borildi.

Tajribada o'simlik parvarishi mazkur mintaqa uchun qabul qilingan agrotexnika asosida bajarildi. Tajribada kuzgi bug'doyni 15.09; 1.10; 16.10; 1.11 ekish muddatlarida kuzgi bug'doyning Krasnodarskaya 99, Farboma, Mars-1 va G'ozg'on navlari va soyaning Orzu (st),

Amigo, Avanta, Sparta navlari 16.06; 1.07; 16.07 muddatlarida

October 5-6

ekilib o'rganildi. Dala tajribalari 4 qaytariqli hisobga olinadigan paykallarning kattaligi 50 m2, 2 yarusli qilib joylashtirildi. Dala tajribasida o'tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o'lchovlar O'zPITIning «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» uslubiy qo'llanmalaridan foydalanildi. Kleykovina miqdori GOST 135861-68 bo'yicha aniqlandi[11].

Hosildorlik bo'yicha olingan malumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov bo'yicha aniqlandi[10].

Tahlil va natijalar. O'simlik urug'larning ekish-unib chiqish davri, rivojlanish fazalarining davomiyligi juda ko'p omillarga harorat, namlik, yorug'lik, oziqa moddalar bilan taminlanishi, navning biologik xususiyatlari, agrotexnik tadbirlarga bog'liq holda o'zgardi [1;2;12;13;14;16].

Bizning tajribalarimizda kuzgi bug'doy rivojlanish fazalari va o'suv davri davomiyligiga ekish muddatlariga bog'liq holda o'zgardi.

Ekish muddatlarini o'zgarishi bilan ekish-unib chiqish davrining davomiyligi ham o'zgarib bordi. Ekish muddatlari 15 sentabr 1 oktabr, 16 oktabr, lnoyabrda ekish-unib chiqish davri muvofiq holda 7; 8; 11 va 16 kun bo'lishi kuzatildi. Eki sh muddatlarining kechikib borishi bilan ekish-unib chiqish davrining ortishi, haroratning pasayib borishi bilan bog'liq bo'lgan.

Tajribamizda unib chiqish-tuplanish davri ekish muddatlariga bog'liq holda 13 kundan 23 kungacha o'zgardi. Ekish muddatlarini kechikishi bilan unib chiqish, tuplanish davrining davomiyligi ortib bordi. Ekish 15 sentabrda o'tkazilganda ekish -unib chiqishdan tuplanish fazasigacha bo'lgan davr 13 kunni tashkil etgan bo'lsa, 16 oktbyarda 17 kun, 1 noyabrda ekilganda 23 kunni tashkil etdi. Kech 1 noyabrda ekilgan paykallarda kuzgi bug'doy tuplanishini boshlanishi, to'la tuplanish bahorda kuzatildi.

Unib chiqish-naychalash davrida fazaning boshlanishiga va davomiyligiga ekish muddatlari tasir ko'rsatdi. Eng uzun unib chiqish naychalash davri Krasnodarskaya-99 navida, erta 15 sentabrda ekilganda kuzatildi va 185 kunni tashkil etdi. Bu davrda o'simliklarni qishki tinim davriga kirganligi uchun boshqa fazalar hamda davrlarga nisbatan uzun bo'lgan. Barcha navlarda unib chiqish-naychalash davri ekish muddatlarining kesikishi bilan qisqarib borgan. Shunday qonuniyat rivojlanish fazalarining boshqa davrlarida ham kuzatilgan. Tajribamizda ekish muddatlari va navlarga bog'liq holda kuzgi bug'doy o'suv davri 225 dan 265 kungacha o'zgargan.

Soya urug'larining dala sharoitida unuvchanligi asosan

tuproqdagi namlik, harorat, havo, urug'larning yirikligi va boshqa

October 5-6

omillarga bog'liq ekanligi manbalarda qayd etilgan. Bizning tajribalarimizda soya urug'lari turli muddatlarda ang'izga ekilganda ularning ekish meyorlari oldin o'tkazilgan tajribalarda aniqlangan maqbul ekish muddatlari bo'yicha amalga oshirildi. Bunda soya urug'lari 16 iyulda ekilgan paykallarda urug'larning unuvchanligi soya navlarida maysalarning hosil bo'lishi 1 m.kv. da 79,4 dan 83.6 % gacha, 1 kv.m. da hosil bo'lgan maysalar 44.0 dan 45.9 donagacha o'zgargan. Hosilni yig'ishtirishgacha saqlangan o'simliklar soya navlarida 89.7 dan 91.5% gacha o'zgarishi kuzatilgan.

Xulosalar. Samarqand viloyatining sug'oriladigan yerlari sharoitida tajribamizda ekish muddatlari va navlarga bog'liq holda kuzgi bug'doy o'suv davri 226 dan 267 kungacha o'zgargan.

Takroriy ekilgan soya navlari urug'larining dala unuvchanligi va hosilni yig'ishtirishgacha saqlanishi nav xususiyatlari va ekish muddatlariga bog'liq holda o'zgaradi.

REFERENCES

1.Bobomirzayev P., Boboqulov Z.R. Photosynthetic activity of durum wheat on irrigated lands at different times and seeding rates.1st International Forum on Bioeconomy for Sustainable Development of Countries and Regions (IFBSDCR) 27th & 28th April 2022, Samarkand 2022, 102-109 рр.

2. Bobomirzayev P., Tursunov Sh. Dates and norms of sowing new varieties of winter wheat on irrigated lands of the Zarafshan valley/ Journal of Hunan University (Natural Sciences) Vol. 49. No. 01. January 2022.

3.Баранов В.Ф., Кочегура А.В. Соя биология и технология возделывания.-Краснодар.: Советская Кубань, 2005. - 433 с.

4. Носатовский А.И. Пшеница. - Москва.: Колос, 1965.- 568 с.

5. Пруцков Ф.М. Повышение урожайности зерновых культур.- Москва.: Россельхозиздат, 1977.-207 с.

6.Ремесло В. Н., Сайко В.Ф. Сортовая агротехника пшеницы. - Киев.: Урожай, 1981.-200 с.

7. Эгамбердиев С. Карбонов рд. Сувликда арпа ва бугдой навларини агротехникаси. // Селекция ва уругчилик.- Москва,1982.- №1.- С.44-48.

8.Сиддиков Р. И. Сугориладиган ерларда кузги бугдой етиштириш технологиясини такомиллаштиришнинг илмий-амалий асослари. Кишло; хужалик фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати.Тошкент. 2007.-29 б.

9.Аманов М.А. Устойчивость пшеницы Узбекистана к

неблагоприятным факторам среды. Т: «Фан». 1978. С.91.

October 5-6

10. Dospexov B.A. Metodika polevogo opbita. M.Kolos, 1985, 317 s.

11.Dala tajribalarini o'tkazish uslublari.- O'zPITI, -Toshkent, 2007.-145 b.

12.Rizayev Sh.X.The influence of agro-technical and chemical weeds control measures and yield of autumn wheat in Zarafshon valley of Uzbekistan. Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22 (67&68): 38-46 England. 2021 ISSN: 0972-2025.

13.Остонакулов Т.Э., Шамсиев А.А., Амантурдиев И.Х., & Турсунов Г.С. (2022). Оценка сортов батата и разработка технологии их возделывания в Узбекистане. Международный научно-исследовательский журнал, (4-1 (118)),

14. Makhmatmurodov A.U., Mashrabov M. Yield of corn grain at various forms and rates of phosphorus fertilizers on the unwashed and washed off typical gray soils. European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Available Online at: Vol. 2 No. 2, February 2021. -P. 3-5. https://www.scholarzest.com

15. http: //statistics.amis-outlook.org/data/index.html

16.Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root Growth Changes in the Winter Planting of Young 'Miyabi Fuji'Apple Trees. International Journal of Horticultural Science and Technology, 8(3), 227-233.

17. Qahhorov, S. Q. S., Sanayev, S. T., & Botirov, A. E. (2022). BROKKOLI KARAMINING OZIQ OVQAT HAVSIZLIGIDA TUTGAN O'RNI. Academic research in educational sciences, 3(4), 97-101.

18. EorapoB, A. 3., EOH^OHOB, y. M., & PycraMOBa, r. A. (2022). mAOTOHHHHHr TyPHH HABHAPHHH KACA—HK 3APAPKyHAH^A^APrA ^APmH ^H^AMHHHHrHHH yPrAHHffiHHHr HHMHH ACOCHAPH. Academic research in educational sciences, 3(7), 176-182.

19. Alisher Botirov, Akbarxon Murtazayev, Baxodir Ochilov, & Gulrabo Rustamova (2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 293-297.

20. ynyr6eK EOH^OHOB, ypMOH Mnp30xng0B, rynpa6o PycTaMOBa, & Annrnep EOTHPOB (2022). CAMAP^AHA HHMHH TA^PHEA CTАHЦH£CH KOHHЕKЦH^ MAHAOHHAPH^ArH HCTH^EOHHH yPHK HABHAPHAA OEHOOA3AHAPHH yTHm My^AATHAPH. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 287-292.

21. Botirov, A., Arakawa, O., & Zhang, S. (2021). Forecasting Young Apple Tree Bud Status with a Visible/Near-Infrared Spectrometer.

162-169.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.