Научная статья на тему 'LALMIKORLIKDA QATTIQ BUG’DOY RIVOJLANISH FAZALARINING DAVOMIYLIGIGA EKISH MUDDATI VA MEYORLARINING TA’SIRI'

LALMIKORLIKDA QATTIQ BUG’DOY RIVOJLANISH FAZALARINING DAVOMIYLIGIGA EKISH MUDDATI VA MEYORLARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

445
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lalmikor yerlar / tog„ oldi mintaqasi / to„q tusli bo„z tuproq / nav / qattiq bug„doy / Langar navi / ekish muddati / meyori / rivojlanish fazalari / unib chiqish / tuplash / naychalash / o‟sish davri / don / hosil / dry land / sub-mountain region / dark gray soil / variety / durum wheat / Langar variety / planting time / norm / development phases / germination / tillering / tuber growth era / grain / crop

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — O. Bobonorov, P. Bobomirzayev

Ushbu maqolada lalmikorlikning tog„ oldi mintaqasi to„q tusli bo„z tuproqlari sharoitida ekish muddatlari, meyorlarining qattiq bug„doyning yangi “Langar”navi o„sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‟siri o„rganilgan va xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the effects of planting periods and parameters on the growth, development and productivity of the new durum wheat variety "Langar" in the dark gray soils of the sub-mountain region were studied and conclusions were given.

Текст научной работы на тему «LALMIKORLIKDA QATTIQ BUG’DOY RIVOJLANISH FAZALARINING DAVOMIYLIGIGA EKISH MUDDATI VA MEYORLARINING TA’SIRI»

LALMIKORLIKDA QATTIQ BUG'DOY RIVOJLANISH FAZALARINING DAVOMIYLIGIGA EKISH MUDDATI VA MEYORLARINING TA'SIRI

Ushbu maqolada lalmikorlikning tog' oldi mintaqasi to'q tusli bo'z tuproqlari sharoitida ekish muddatlari, meyorlarining qattiq bug'doyning yangi "Langar"navi o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'siri o'rganilgan va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: lalmikor yerlar, tog' oldi mintaqasi, to'q tusli bo'z tuproq, nav, qattiq bug'doy, Langar navi, ekish muddati, meyori, rivojlanish fazalari, unib chiqish, tuplash, naychalash, o'sish davri, don, hosil.

In this article, the effects of planting periods and parameters on the growth, development and productivity of the new durum wheat variety "Langar" in the dark gray soils of the sub-mountain region were studied and conclusions were given.

Keywords: dry land, sub-mountain region, dark gray soil, variety, durum wheat, Langar variety, planting time, norm, development phases, germination, tillering, tuber growth era, grain, crop.

Kirish. Respublikamizda lalmikor yerlarida yetishtirilgan bug'doy hosili azaldan aholini bug'doy doniga bo'lgan ichki ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, u ko'p yillar davomida don yetishtirishning asosiy manbai bo'lib kelgan. Lalmikor yerlarda yetishtirilayotgan bug'doy hosildorligi asosan vegetasiya davomidagi atmosfera yog'ingarchiliklariga bog'liq. Ob-havo qulay kelgan (seryog'in) yillar lalmikorlikda bug'doy hosili 20-30 s/ga ga yetishi mumkin. Respublikamizda bug'doyning lalmikorlikdagi hosili past 5-9 s/ga.

Almashlab ekishni to'la joriy qilish, hamma agrotexnik usullarni o'z vaqtida, tez, sifatli bajarish hosildorlikni oshiradigan eng muhim vazifalar hisoblanadi. Lalmikorlikda bug'doy yetishtirishni ko'paytirish,

O. Bobonorov

TDAU Samarqand filiali 1-bosqich magistranti

P. Bobomirzayev

TDAU Samarqand filiali professori v.v.b, q.x.f.d (Ds)

ANNOTASIYA

ABSTRACT

October 5-6

hosildorlikni, don sifatini oshirish g'allachilikdagi dolzarb muammolardan biri bo'lib hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: O'simlikning o'sish va rivojlanishi juda ko'p omillarga xususan navning irsiy xususiyatiga, haroratga, tuproq va havo namligiga, yog'in-sochin miqdoriga, o'simlikning kasallik hamda zararkunandalar bilan zararlanishiga, oziqlanish darajasiga, ekish muddati va meyorlariga bog'liq bo'ladi [11;2;3;5;7;8;9].

O'simlikning naychalash fazasi suvga eng talabchan davri hisoblanadi. Ammo qattiq bug'doy yumshoq bug'doy kabi o'sish davrining boshqa fazalarida ham yetarli miqdorda namlik bo'lishini talab qiladi. Tuplanishda nam yetishmasa barglar va poyalar hosil bo'lishi kechikadi, ildiz tizimi kuchsiz rivojlanadi, o'simlik qishlashga yaxshi rivojlanmasdan kiradi. Naychalashda o'simlik yetarli miqdorda namlik olmasa barglari, poyalarining bo'g'in oralig'i o'sishdan to'xtaydi, biologik o'sishi kam va o'simlikning bo'yi past bo'ladi. Bu fazada namning yetishmasligi generative organlarning hosil bo'lishini buzadi, don hosil qilmaydigan gullarning ko'p bo'lishiga va umumiy massa hamda donning kam bo'lishiga olib keladi. Gullash va urug'lanish davrida namlikning yetishmasligi ham don hosilini kamaytiradi. Donning shakllanishi va to'lishish davrida o'simlik yetarli miqdorda namlik bilan ta'minlanmasa, donlar yengil va puch bo'lib qoladi [12].

Bug'doy o'simligi gullash va changlanish ya'ni yetilish davrida havo haroratining yuqori va nisbiy namlikning keskin pasayishi boshoqdagi donlar sonining kamayishiga va pirovard natijasida hosildorlikni 20% gacha pasayishiga olib keladi [4].

Qattiq bug'doy yumshoq bug'doyga nisbatan 4-5 kun kech boshoqlaydi. Yurtimizning tuproq-iqlim sharoitida kechpishar navlarning pishish muddati aynan issiq kunlarga to'g'ri kelib, yuqori harorat ta'sirida boshoqlar birdan pishib qolishi tufayli don to'lishmay, och va puch bo'lib qoladi [10].

Tadqiqot metodologiyasi. Dala tajribalari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi lalmikorlikning tog' oldi mintaqasi "Orifjon umidli dala" fermer xo'jaligi sharoitida dastur asosida olib borildi. Lalmikor yerlarda qattiq bug'doyning Davlat reyestriga kiritilgan yangi Langar navi tajriba obekti qilib olindi. Tajribada kuzgi bug'doyni 1 oktabr, 21 oktabr, 11 noyabr va ldekabr ekish muddatlarining har birida ekish meyori gektariga 2,0; 2,5; 3,0 va 3,5 mln. dona unuvchan urug' hisobida ekilib o'rganildi. Dala tajribalari 4 qaytariqli hisobga olinadigan paykallarning kattaligi 50 m2, 2 yarusli qilib joylashtirildi. Dala

tajribasida o'tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik

October 5-6

o'lchovlar O'zPITIning «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» uslubiy qo'llanmalaridan foydalanildi [6]. Kleykovina miqdori GOST 13586-1-68 bo'yicha aniqlandi.

Hosildorlik bo'yicha olingan malumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov bo'yicha aniqlandi[13].

Tahlil va natijalar. Lalmikor sharoitda bug'doyning o'sishi va rivojlanishida suv rejimi boshqa omillarga tenglashtirilganda birinchi darajali ahamiyatga ega. Ma'lumki, lalmi dehqonchilikda yuqori va barqaror hosil olish uchun asosiy sharoit namlik hisoblanadi. Kuzgi ekish muddatida ayniqsa ekish unub chiqish davri davomiyligi kuzgi oylarda tuproqdagi namlik bilan bog'liq. Kuzgi bug'doy donining to'liq pishishi uchun jami foydali harorat yig'indisi (+500Cdan yuqori) 2250-23500C ni tashkil etishi lozim va bu harorat yig'indisi uning turli o'sish va rivojlanish bosqichlarida quyidagicha taqsimlanishi zarur: ekish-unib chiqish 150-1600C, tuplash 250-3 000C, naychalash 400-4500C, boshoqlash 320- 3500C, gullash 235-2500C va to'liq pishish 600-7500C [1].

Qattiq bug'doy navlarining o'sish davriga ekishdan unib chiqishgacha bo'lgan davr ham o'z ta'sirini ko'rsatdi, bu davr davomiyligi bevosita haroratga, tuproq namligiga, urug'larning ekish chuqurligiga bog'liq bo'ladi. Tajribalarimizda erta muddatda (1.10) ekilgan qattiq bug'doyning ekish unub chiqish davri 64 kunni tashkil qildi.

Ekish muddatlari kechikishi bilan qattiq bug'doy navlari ekish unib chiqish davri tuproqdagi namlik va haroratning pasayishi bilan bog'liq bo'lgan ya'ni Samarqand meteostansiyasi ma'lumotlariga ko'ra o'rtacha ko'p yillik yog'ingarchilik miqdori oktabr oyida 25,6 mm, noyabr oyida 52,7 mm va dekabr oyida 35,9 mm ni tashkil etdi.

Tajribamizda unib chiqish tuplanish davri ekish muddatlariga (1.10; 21.10; 11.11; 1.12) bog'liq holda 30 kundan 60 kungacha o'zgardi. Ekish muddatlarining kechikishi bilan unib chiqish tuplanish davrining davomiyligi ortib bordi. Ekish 1 oktabrda o'tkazilganda ekish-unib chiqishdan tuplanish fazasigacha bo'lgan davr 4659 kunni tashkil etgan bo'lsa, 21 oktabrda 26-60 kun, 11 noyabrda ekilganda 20-61 kun, 1 dekabrda ekilganda 21-53 kunni tashkil etdi. Kech 11 noyabr va 1dekabrda ekilgan paykallarda to'la tuplanish bahorda kuzatildi.

Unib chiqish-naychalash davrida fazaning boshlanishiga va davomiyligiga ekish muddatlari ta'sir ko'rsatdi. Eng uzun unib chiqish naychalash davri Langar navida, erta 1 oktabrda ekilganda

kuzatildi va 88 kunni tashkil etdi. Bu davrda o'simliklarni qishki

October 5-6

tinim davriga kirganligi uchun boshqa fazalarda hamda davrlarga nisbatan uzun bo'lgan. Barcha navlarda unib chiqish-naychalash davri ekish muddatlarining kechikishi bilan qisqarib bordi. Shunday qonuniyat rivojlanish fazalarining boshqa davrlarida ham kuzatilgan.

Ekish muddatlarining kechikishi bilan unib chiqish-naychalash fazasigacha davr davomiyligi qisqarib borgan bo'lsa, unib chiqish boshoqlashga kelib ekish muddatlarining kechikishi va meyorlarining oshishi rivojlanish fazalarining o'tashini tezlashtirdi. Bunday qonuniyat boshoqlash to'liq pishish davrida ham kuzatildi.

Langar navini erta muddatda (1.10) gektariga 2,0 mln. dona urug' ekilganda bug'doy 209 kunda pishgan bo'lsa, kech ekilganda 185; 159 kunda pishib yetildi.

Ekish meyorlarining oshib borishi bilan qattiq bug'doyning o'sish davri qisqarib bordi. Erta muddatda gektariga 2,0 mln. meyorda ekilgan qattiq bug'doy 209 kunda pishgan ekish meyori gektariga 3,5 mln. ga oshirilganda 8 kunga tezlashdi. Shunday qonuniyatlar keyingi ekish muddatlari va meyorlarida ham saqlandi.

Xulosa. Samarqand viloyati lalmikorlikning tog oldi mintaqasida qishloq xo'jalik ekinlarining Davlat reestriga lalmikor erlarda ekish uchun kiritilgan Langar navining ekish muddatlarining kechikib va meyorlarining oshib borishi bilan o'suv davri qisqarib boradi.

REFERENCES

1. Amanov A.A. va boshqalar. Iqlim va ob-havo sharoitlari o'zgarishini lalmikor ekinlar hosildorligiga ta'siri. G'allaorol, 2012. 36-b.

2.Amanov A.A., O'rinboyev T.X., Siddiqov R.E. "O'zbekiston bug'doyi", Sangzar nashriyoti-2013. 120 bet.

3. Bobomirzayev P., Tursunov Sh. Dates and norms of sowing new varieties of winter wheat on irrigated lands of the Zarafshan valley/ Journal of Hunan University

(Natural Sciences) Vol. 49. No. 01. January 2022.

4. Blumenthal C. S., Barlow E. W. R., and Wrigley C. W., "Growth environment and wheat quality: the effect of heat stress on dough properties and gluten proteins" Journal of Cereal Science, vol. 18, no. 1, pp. 3-21, 1993.

5.Sanaev S.T., Khonkulov Kh.Kh., Amanturdiyev I.Kh."Yield And Marketability Of Potato Varieties With Different Numbers Of Irrigation Schemes And Fertilizer Standards In Case Of Uzbekistan." European Journal of Agricultural and Rural Education, vol. 2, no. 8, 2021, pp. 5-8.

6. Nurmatov va boshqalar. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari.

Uslubiy qo'llanma. 0'zPITI-T.2007. -B.146. 2. Dospexov B.A.

October 5-6

Metodika polevogo opbita. - M: «Kolos», 1985. - 317 s. 3. Udachin R.A., Shaxmedov I.Sh. Pshenisb v sredney Azii. -Tashkent, Fan., 1984. C 134. 7.Rizayev Sh.X.The influence of agro-technical and chemical weeds control measures and yield of autumn wheat in Zarafshon valley of Uzbekistan. Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22 (67&68): 38-46 England. 2021 ISSN: 0972-2025.

8.Остонакулов Т.Э., Шамсиев А.А., Амантурдиев И.Х., & Турсунов Г.С. (2022). ОЦЕНКА СОРТОВ БАТАТА И РАЗРАБОТКА ТЕХНОЛОГИИ ИХ ВОЗДЕЛЫВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Международный научно-исследовательский журнал, (4-1 (118)), 162-169.

9. Makhmatmurodov A.U.,Mashrabov M. Yield of corn grain at various forms and rates of phosphorus fertilizers on the unwashed and washed off typical gray soils. European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Available Online at: Vol. 2 No. 2, February 2021. -P. 3-5. https://www.scholarzest.com

10. Qarshiboyev H. Qattiq bug'doy seleksiyasi uchun ertapishar boshlang'ich manbalar. O'zbekiston qishloq xo'jaligi, №5, 2013, 26 bet.

11. Xalilov N., Qilichev A. Kuzgi bug'doy hosili va don sifatining shakllanish xususiyatlari// Agrar fan xabarnomasi. -Toshkent, 2008.- 1 (31).-B.7-10.

12. Ilashev A., O'rinboyev T., Siddiqov R. Jizzaxda bug'doychilikning ilmiy-amaliy asoslari. Sangzor nashriyoti, 2012 y., 60-70 b.

13. Dospexov B.A. Metodika polevogo opbita. M.Kolos, 1985, 317 s.

14. Ботиров, А. Э., Бойжонов, У. М., & Рустамова, Г. А. (2022). ШАФТОЛИНИНГ ТУРЛИ НАВЛАРИНИ КАСАЛЛИК ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА КАРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ УРГАНИШНИНГ ИЛМИИ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(7), 176-182.

15. Alisher Botirov, Akbarxon Murtazayev, Baxodir Ochilov, & Gulrabo Rustamova (2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 293-297.

16. Улугбек Бойжонов, Урмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер Ботиров (2022). САМАРКАНД ИЛМИИ ТАЖРИБА СТАНЦИЯСИ КОЛЛЕКЦИЯ МАЙДОНЛАРИДАГИ ИСТЩБОЛЛИ УРИК НАВЛАРИДА ФЕНОФАЗАЛАРНИ УТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 287-292.

17. Botirov, A., Arakawa, O., & Zhang, S. (2021). Forecasting Young Apple Tree Bud Status with a Visible/Near-Infrared

Spectrometer.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.