Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA MADANIYATLARARO MULOQOT TAHLILI'

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA MADANIYATLARARO MULOQOT TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
228
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvomadaniyat / kognitiv lingvistika / konsept / freym / skript / gestalt / lingvistika / semantika / sistema / simvol / : linguoculture / cognitive linguistics / concept / frame / script / gestalt / linguistics / semantics / system / symbol.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilobar Sherali Qizi Abduxalilova

Ushbu maqola zamonaviy lingvistikaning eng asosiy bo`limlaridan lingvokulturologiya va kognitiv lingvistika uyg`unligi haqida fikr yuritiladi. Tilshunos olimlarning fikrlari tahlil qilinadi. Ularga umumiy xulosalar beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF INTERCULTURAL COMMUNICATION IN MODERN LINGUISTICS

This article discusses the combination of linguoculturology and cognitive linguistics, one of the most important sections of modern linguistics. The opinions of linguists are analyzed. They are given general conclusions

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA MADANIYATLARARO MULOQOT TAHLILI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-390-394

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA MADANIYATLARARO MULOQOT

TAHLILI

Dilobar Sherali qizi Abduxalilova

Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola zamonaviy lingvistikaning eng asosiy bolimlaridan lingvokulturologiya va kognitiv lingvistika uyg'unligi haqida fikr yuritiladi. Tilshunos olimlarning fikrlari tahlil qilinadi. Ularga umumiy xulosalar beriladi

Kalit so'zlar: lingvomadaniyat, kognitiv lingvistika, konsept,freym, skript, gestalt, lingvistika, semantika, sistema, simvol.

ANALYSIS OF INTERCULTURAL COMMUNICATION IN MODERN

LINGUISTICS

ABSTRACT

This article discusses the combination of linguoculturology and cognitive linguistics, one of the most important sections of modern linguistics. The opinions of linguists are analyzed. They are given general conclusions

Keywords: linguoculture, cognitive linguistics, concept, frame, script, gestalt, linguistics, semantics, system, symbol.

KIRISH

Lingvomadaniy tahlil ijtimoiy hayot darajasining tildagi aks etishini o'rganishda ham aktiv qo'llaniladi. Misol uchun o'zbek millatida keng uy, ko'p farzandli bo'lish, to'y tomosha qilish milliylikning ajralmas qismi bo'lsa, nemis millati vakillarida bu narsaga unchalik e'tibor qaratilmaydi. Ijtimoiy hayot, holatlar, haqidagi tasavvurlar o'zining holatini yillar davomida, vaqt o'tishi bilan o'zgartirib turadi.

Lingvistika(semantika)ga kognitiv yondashuvda inson ongidagi struktur bilimlarning ma'lum turlarini qo'llash masalasi asosiy o'rinda turadi. Kognitiv ilmda bilimlar strukturasi turlicha tushunchalar: freym, ssenariy, skrept, geshtal't kabilar bilan ifodalanadi. «Xotirada egallangan bilimning aks etishini ifodalovchi tuzilmalar qatorida «skrept», «ssenariy», «kognitiv model», «mental model», «situasiya modeli» kabilar borligini olimlar e'tirof etadilar. Ayrim tadqiqot ishlarida esa semantika va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-390-394

gnoseologiya o'rtasidagi oraliq bosqichida obraz, geshtalbt, freym, propozisiya, formula kabi namunaviy biriliklar yuzaga keladi deb ko'rsatilgan». Atamalardagi bunday turli-tumanlik shu bilan izohlanadiki, ular butun mohiyati bilan bilimlarning turli xillarini anglatadi, qolaversa, yuqorida keltirilganidek, har bir olim bilimlarning u yoki bu strukturani ifodalashida o'z atamasini (yangiligini) qo'llashga harakat qiladi. Madaniyatning til bilan o'zaro bog'liqligida murakkab psixolingvistik jarayonlardan biri bo'lgan - tarjima muhum ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Tarjima axboratining asl ma'nosini ifodalashda lingvistik birliklarning mosini topish va ularni samarali qo'llashni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. U o'z madaniyatimizning xorijiy til madaniyati bilan o'zaro munosabati va o'ziga xos tafovvutlarini hamda dunyoni hamda dunyoni anglash bilan bog'liq bo'lgan muayyan kognitiv jarayonlarni ustun qo'yadi. Kognitiv tahlilda olamni bilish jarayonida yuzaga keladigan mantiqiy (mental) strukturalarning lisoniy ifodasini ochib beruvchi mexanizmlar qurshovidagi uslub va vositalar tadqiqi asosiy o'ringa chiqadi. Ma'lumki, inson narsa va predmet, hodisalarni bilishda, idrok qilishda qator mantiqiy-ruhiy harakatlarga ega bo'lgan faoliyatni amalga oshiradi. «.. ..avvalo, narsa jonli mushohada, bevosita kuzatish vositasida o'rganilib, uning xususiyati, qirrasi, tomoni aniqlanadi, natijada bu xususiyat, dalil, hodisa to'planadi, saralanadi; ...aqliy dialektik tahlil usuliga o'tish ehtiyoji paydo bo'ladi». Ana shu aqliy tahlil (mantiqiy-ruhiy harakatlardagi faoliyat) ni amalga oshirishning bir necha bosqichlari qator manbalarda sanab o'tilgan. Ularda berilishicha aqliy tahlilga qaratilgan faoliyatda dastlab ma'lum bir ob'ekt boshqa ob'ektlar qatoridan ajratib olinadi. Bunda, albatta, uning farqlovchi belgilari e'tiborga olinadi. Farqlovchi belgilar asosida boshqa ob'ekt bilan qiyoslash harakati amalga oshirilib, xotirada shu ob'ektga oid hissiy ramz shakllantiriladi. Bu ramzning lisoniy xotiradagi boshqa ramzlar bilan o'xshash tomonlari qidiriladi. Eng so'nggi bosqichda esa voqelikning bilishning muhim bosqichi-umumlashtirish amalga oshiriladi.

Bu faoliyatlarning barchasi ob'ekt haqida tushuncha shakllanishiga xizmat qiladi. Mantiqiy faoliyat natijasi bo'lgan tushuncha obraz va lisoniy ma'no bilan umumlashib kognitiv lingvistika tarmoqlarida asosiy figura sifatida o'rganilayotgan konseptning yuzaga kelishini ta'minlaydi.

Til leksikasi madaniyatni ifodalovchi vosita sifatida dunyoning bir biridan farq qilayotgan xalqalarida aks etayotgan muayyan madaniy konseptual tushunchalarini aniqlashga va mazmun mohiyatini ochib berishga yordam beradi. Siyosiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-390-394

terminlarnig muayyan madaniyatning muhum konseptlarini ochib berishda katta ahamiyatga ega.

Konsept atamasi tilshunoslik tadqiqotlarida XX asrning birinchi yarmidan paydo bo'la boshladi. Bu atama ingliz tiliga oid so'z bo'lib, (conssept), rus tilida ponyatie (tushuncha) atamasi bilan tarjima qilinadi[1;68]. Keyinchalik bu atama tushuncha atamasi bilan aralashtirib yuborila boshlangach, uning tom ma'nodagi mazmunini aniq shakllantirishga qaratilgan ishlar tadqiq qilina boshlandi. Lingvistik ensiklopedik lug'atda konsept atamasiga quyidagicha ta'rif beriladi: "konsept bu -"so'z ma'nosi" kabi tushuncha bo'lib, faqat bog'lanishlar tizimi nuqtai nazaridan farqlanadi; ma'no-til tizimida; tushuncha ham mantiqda, ham tilshunoslikda tadqiq etiladigan mantiqiy munosabatlar va formalar tizimida bo'ladi" Konsept tushunchasini turli xil soha va yo'nalishlarda uchratishimiz va har bir sohada konseptning o'z ma'no va vazifasi borligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, psixolingvistika, tilshunoslik, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik sohalari nuqtai nazaridan konsept talqinlari ko'rib chiqilgan. Psixolingvistika nuqtai nazaridan konsept insonning psixik hayot qonuniyatlariga bo'ysunuvchi, shaxsning bilish va muloqot jarayonida dinamik xarakterga ega.

Tilshunoslikda konsept lingvokognitiv va lingvomadaniy hodisa sifatida qaraladi. Kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik fanlarining asosiy mavzusi konsept bo'lib, u tafakkur birligi sifatida millatning ma'naviy qadriyatlarini aks ettiradi. Kognitiv tilshunoslikda konsept hayotiy obraz, til birligini anglatuvchidir. Konsept orqali aniq tilni semantik oralig'i tuziladi. Konsept tabiatini tushuntirish va anglash til orqali kechadi. Konseptning o'zi tahlilsiz sistema, ammo boshqa konseptlar ostida harakat qiladi. Konsept - bir millatga tegishli bo'lgan hayotiy tajriba natijalarini o'zida namoyon qilgan bilimlar va tasavvurlar yig'indisi, inson ongidagi hayotga, borliqqa bo'lgan munosabati, bir millatning nimadir haqida o'y-fikrlar, qarashlarini o'zida mujassamlashtirgan termin. Shu bilan bir qatorda konsept xotiraning operativ birligi bo'lib, fikriy, lisoniy, konseptual tizimlar va ong tili, borliq bilimlarni o'zichiga oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Konsept insonni o'rab turgan olamni anglash natijasida orttirilgan bilimlar yig'indisi va tajribasida mavhum birlikni namoyon etadi. Bu qarashlar Yu.S.Stepanov xulosalarida ham keltirilgan. Uning fikricha, konsept inson ongidagi madaniyat bo'lagi, bunday holatda konsept insoniyat olamini mental birligi bo'lib madaniyatga kirgan. Konsept oddiy inson qiyofasida madaniy qadriyat yaratadi va madaniyatga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-390-394

kirib, ba'zi vaqtda madaniyatga ta'sir ko'rsatadi. Bu qarashlarga N.D.Artyunova tomonidan aniqlik kiritilgan. Olimani fikricha, konsept bir qancha faktorlarni o'zaro aloqa natijasi: folklor, milliy urfodatlar, din, hayotiy tajriba, obraz, qadrlilik tuyg'usi. Konsept o'ziga xos madaniy qatlam, inson va olam o'rtasidagi aloqa tasviri[2;41].

Bizga ma'lumki, konsept lisoniy birliklar (so'z, gap, matn) orqali yuzaga chiquvchi fikrlash jarayonining natijasidir. Konsept bizning psixikamizda aks etuvchi obyektiv borliq, predmet va hodisalar haqida ma'lumot, tushuncha, tasavvurlarni o'zida tashishi, saqlashi, o'zgaga yetkazib berishi bilan jamiyat a'zolarining predmet va hodisalarga bo'lgan munosabatini qayd etishi bilan o'ziga xosdir. Turli madaniyatlarda konseptlar olami turlicha aks etadi. Konsept imkoniyati individual hissiy va madaniy tajriba natijasida til egalari tomonidan boyitiladi[3;95].

Konsept ma'nosi murakkab tuzilgan. Shuning uchun olimlar tomonidan konseptga tizimli hodisa sifatida qaraladi. Bu tizim qatlam so'zi bilan talqin qilinadi. Qatlam nuqtai nazaridan konsept turlarga ajratiladi. Bu turlar ikkita asosga qaratilgan. Birinchi asos - diaxronik, ikkinchisi - sinxronik. Diaxronik nuqtai nazariga ko'ra konseptlar zamonaviy va tarixiy qatlamga ajratiladi. Sinxronik nuqtai nazarida konseptlar ostida yotgan obraz asosiga qaraladi. Mana shu murakkabliklar V.A.Maslova ishlarida ham o'rganilib chiqilgan[3;97]. U konsept ma'nosiga ko'p qirrali tuzilma sifatida qarab, nafaqat til egalari tomonidan o'ylanadigan, balki ular o'zlari his qiladigan hayajon, baho, milliy obraz va konnatatsiyani o'z ichiga olishini ko'rsatadi va konsept tuzilishida o'zgacha nuqtai nazar borligini ta'kidlaydi. Konsept tuzilishini o'rganishda boshqacha qarashlar ham mavjud. Masalan, buni Yu.S.Stepanov ishlarida kuzatamiz. U bir tomondan, konsept tuzilishida hamma turg'un tushunchalarni ajratadi, boshqa tomondan konseptni madaniyat asosiga aylantiradigan ichki tuzilish-etimologiyasini ko'rsatadi. Z.D.Papova va I.A.Sternin esa konsept tuzilishini uch xil komponenti: obraz, ma'lumotlar saqlovchisi, tahlil maydoni haqida gapiradi. Konseptda obrazni mavjudligi umumiy predmet kodini xarakterlash bilan tushuntiriladi[4;69]. Ma'lumot saqlashda esa konsept alohida kognitiv belgilarni kiritadi, predmet yoki holatni asosiy xususiyatlarini aniqlashtiradi. Tahlil maydoni u yoki bu aspektda ma'lumotlar orqali konseptni tahlil qilib, undan xulosaviy bilimlar oladi yoki unga baho beradi. Olimlar fikricha, konseptni ma'no va tuzilishidan tashqari xususiyatlari ham mavjud. Konseptni barcha qabul qilgan xususiyati ko'p ma'noligi. Uning bu xususiyati uch pog'onada ko'rinadi. Ular quyidagilar:

1. Sistemada simvol madaniyat tashuvchisi, madaniyatda leksikografiyadan yozib olingan lingvistik holat saqlovchisi;

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-390-394

2. Til vositasida madaniyat saqlovchisi;

3. Matnda namoyon bo'luvchi; Keltirilgan yondashuvlardan tashqari zamonaviy tilshunoslikda konseptni lingvomadaniy talqini ham mavjud[5;84].

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, konsept markazida qadrlilik turadi, u til madaniyat tadqiqiga xizmat qiladi, madaniyat asosida aynan qadrlilik prinsipi yotadi. Har bir konsept murakkab mental uyg'unligi, ma'noviy tuzilishdan tashqari insonni ifodalanayotgan obyektga munosabati va umuminsoniy yoki umumiy, milliy-madaniy, ijtimoiy, til egalariga tegishli, shaxsiy-individual komponentlarni o„z ichiga oladi. Til leksikasi insoniyat madaniyatini ifodalovchi vosita sifatida dunyoning bir biridan farq qilmaydigan xalqlarida aks etgan muayyan madaniy konseptual tushunchalarni aniqlashga va mazmun mohiyatini ochib berishga yordam beradi.

REFERENCES

1. G„ Salomov. Til va tarjima. - Toshkent: Fan, 1966

2. Телия В. Н. Русская фразеология. - М. :1982

3. Воробьев В. В. Лингвокультурология - М . : РУДН, 2008

4. Yusupov O„. Q. Tilshunoslikda yangi yo'nalishlar va ularda ishlatiladigan ayrim istilohlar//Filologiya masalalari. - Toshkent, 2011

5. Файзуллаева Р.К проблеме передачи национального колорита в художественном переводе: Дисс. ... канд. филол. наук. - Ташкент, 1972.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.