Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA’LIM SHAKLLARIDA O‘QUVCHILAR O‘ZLASHTIRISHDAGI KO‘RSATKICHLAR'

ZAMONAVIY TA’LIM SHAKLLARIDA O‘QUVCHILAR O‘ZLASHTIRISHDAGI KO‘RSATKICHLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik / ta’lim / tarbiya / og‘zaki tekshirish / yozma tekshirish / Pedagogical / educational / upbringing / oral verification / written verification

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sulliyeva S.X.

Maqolada zamonaviy ta’lim shakllarida o‘quvchilar o‘zlashtirishdagi ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE WAYS OF DIRECTING STUDENTS TO THE PROFESSION

The article presents data on student performance indicators in modern forms of education.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA’LIM SHAKLLARIDA O‘QUVCHILAR O‘ZLASHTIRISHDAGI KO‘RSATKICHLAR»

Sulliyeva S.X.

Termiz davlat universiteti

ZAMONAVIY TA'LIM SHAKLLARIDA O'QUVCHILAR O'ZLASHTIRISHDAGI KO'RSATKICHLAR

Annotatsiya: Maqolada zamonaviy ta'lim shakllarida o'quvchilar o'zlashtirishdagi ko'rsatkichlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Pedagogik, ta'lim, tarbiya, og'zaki tekshirish, yozma tekshirish

Sulliyeva S.X.

Termiz State University Termiz, Uzbekistan

EFFECTIVE WAYS OF DIRECTING STUDENTS TO THE

PROFESSION

Annotation: The article presents data on student performance indicators in modern forms of education.

Keywords: Pedagogical, educational, upbringing, oral verification, written verification

Ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta'lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o'quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo'yilayotganligi, ta'lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o'quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo'llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta'lim muassasalarida keng ko'lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko'zga tashlanayotgan bir vaqtda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega [1].

O'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish metodlari qo'yidagilar: og'zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish.

Og'zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an'anaviy usullaridan biridir. Og'zaki tekshirishning mohiyati shunda ko'rinadiki, o'qituvchi o'quvchilarga o'rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning o'zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og'zaki tekshirish o'quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga

oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og'zaki tekshirishda o'qituvchi o'rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o'quvchilarga savollar beradi. Biroq o'quvchilarning nutqini o'stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo'lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin

Yozma tekshirish - o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo'lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o'qituvchi alohida mavzu yoki o'quv dasturining ma'lum bo'limini o'tib bo'lganidan so'ng oz vaqtning chida barcha o'quvchilarni tekshirishi mumkin. Yozma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va boshqalar yordamida olib boriladi. Ammo o'qituvi va o'quvchi o'rtasida bevosita aloqaning yo'qligi sababli, uning fikrlashini kuzatish imkoni bo'lmaydi [3, 4].

Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to'g'riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o'quvchilarning o'zlashtirishini xisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o'quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olish malakasi aniqlanadi.

Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilarning o'zlashtirishini nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o'qituvchiga o'quvchilarning o'quv ishiga bo'lgan munosabatini, o'rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi. Ma'lumki, bugun ta'lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.

Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikasiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo'ycha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o'quvchining ma'lum bir fandan reytingini aniqlaydi.

Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Reyting nazoratida o'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so'rovidan nafaqat o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O'zbekiston Respublikasida abiturientlarni oliy o'quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.

Test - aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko'rsatkchlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko'zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:

1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;

2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob'ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;

3) bir vaqtning o'zida ko'p sonli o'quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;

4) bilim natijalarining o'qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;

5) barcha o'quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi. Ta'lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir. Ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangcha mazmun kasb etdi [4,5,6].

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son Qarori.

2. Asqarova O'.M, Usmanova S.U., Zamilova R.R., M.X.Tashibekova, D.A.Abdusamiyev Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism) / Darslik /-Namangan: Usmon Nosir media, 2022. - 376 b

3. Asqarova O'., Xayitboyev M., Nishonov M. Pedagogika. - T.: Talqin, 2008

4. Nosirov A. "O'quvchilar bilimi va kompetensiyasi xalqaro mezonlar asosida baholanadi"/O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi: www.uzedu.uz.

5. Sulliyeva S.X., Ravshanova U.B., Boltayeva S.J. Sinf rahbari faoliyati. Monografiya. TerDU NMM . 2022. 99 b.

6. Sulliyeva S.X., Zokirov Q.G'. Biologiya o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. "Complex Print" nashriyoti. Toshkent-2023. - 224 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.