O'quvchilarning ta'lim olganligini tashxis etish
Ziyoda Abdiqulova abdiqulovaziyoda@gmail .com Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universtiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchi va talabalarning egallagan bilimlarini tashxislash orqali ularning darslarni qay darajada samarali o'zlashtirishini aniqlash, ta'lim olganlikni baholashda qanday yangiliklar joriy etilganiyu, u yangiliklarni qanday kamchiliklari borligi va qanday bartaraf etilishi haqida muallifning fikrlari bayon etilgan
Kalit so'zlar: tashxislash, raqamli texnologiya, platforma, nazoart qilish, test sinovi
Diagnosing students' education
Ziyoda Abdikulova abdiqulovaziyoda@gmail .com Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after
Alisher Navoi
Abstract: In this article, by diagnosing the acquired knowledge of pupils and students, to determine how effectively they master the lessons, what innovations have been introduced in the assessment of education, what are the shortcomings of those innovations and how to eliminate them, the author's opinions are stated.
Keywords: diagnosis, digital technology, platform, control, testing
Tashxis - ta'lim jarayoni kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish va ularning natijalarini belgilash. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali nazorat qilish va ko'zlangan antijaga erishish ilojsiz. Tashxisning maqsadi o'quv jarayoninig barcha jihatlarini uning natijalari bilan aniqlash, tahlil qilish va baholashdan iborat.
Tashxislash o'z ichiga nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma'lumotlar to'plash, ularni tahlil qilish, dinamika tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o'z ichiga oladi. Ta'lim jarayoning samarali kechishi va o'quvchining o'quv materillarini o'zlashtirish jarayonini aniqlab borish nazorat va hisobga olishning to'g'ri tashkil etilishiga bog'liq. Ma'lumki umum va oliy ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarniung ta'lim olish jarayoni qay darajada samarali kechayotganini aniqlash maqsadida ma'lum belgilangan davr oralig'ida nzaorat
sinovlari tashkil etiladi va ta'lim oluvchilarning bilim, malakalarinig darajasi aniqlanadi va o'lchanadi (tekshiriladi). O'quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish mantiqiy ketma-ketlikda olib boriladi:
Tekshirish tizimi quyidagi besh bosqichda kechadi:
• brinchi bo'g'ini o'quvchi va talabalarning bilim saviyasini oldindan aniqlash(yangi o'quv yili boshida ta'lim oluvchilarning o'tgan o'quv yilidagi bilim darajasini tekshirish maqsadida tashkillashtiriladi)
• ikkinchi bo'g'ini ta'lim oluvchilarning joriy o'quv jaraynida o'tilayotgan mavzuni o'zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida joriy tekshrish olib borish
• uchinchi bo'g'ini ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalrini yangi mavzuni o'rganish bilan birga avval o'rganilganlarini takrorlashni o'z ichiga olib takroriy tekshirish deb ataladi
• to'rtinchi bo'g'ini ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalrini yaxlit tarzda bo'li yoki kursning alohida mavzusi bo'yicha davriy tekshirish
• beshinchi bo'g'ini o'quv yili davomida egallangan barcha bilim va ko'nikmalarni tekshirihni o'z ichiga olib yakuniy tekshirish va hisobga olishdir.
Tekshirish bo'g'inlaridan kelib chiqib ta'lim berish jarayoni baholashni taqoazo etadi va baholash ta'lim oluvchilarning dars jarayoniga qay darajada mas'uliyat va qiziqish bilan yondashishiga ta'sir ko'rsatadi. Bundan anlashiladiki, baho ta'lim oluvchining bilim va ma'lakasining qay darajada ekanligini bildiradi. Baho ball shaklida ko'rsatilgan son jihatdan o'lchamni anglatadi va ta'lim oluvchilarning bilim va malakasining o'quv dasturida ko'rsatilgan etalon (qolip) bo'yicha solishtirilishi natijasida hosil qilinadi. Baholar esa o'zlashtirish tabellari, sinf jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda shartli belgilar, kod, signallar, xotirlash belgilari ko'rinishuda qayd etiladi. O'qituvchi ta'lim oluvchilarni o'tilayotgan mavzu va darsliklarni qay darajada o'zlashtirayotganini va ularning bilim salohiyatini hisobga olishi kerak. Hisobga olish bir qator vazifalarga, jumladan: o'qituvchi va ta'lim oluvchining keying bajarilishi lozim bo'lgan ishlarini belgilashga, ta'lim oluvchining o'zlashtirishini rag'batlantirishga, o'zlashtirishni nazorat qilish, o'qitish, tariyalsh va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Maqola mavzusiga yanda chuqurroq yondashamiz va ta'lim olganlikning nazorat qilish va tashxislashning tamoyillarini ko'rib chiqamiz. Pedagokikada ishlab chiqilgan o'quvchilarning ta'lim olganliklarini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarning eng muhimlari: xolislilik, tizimlilik, ko'rgazmalilik.
Xolislilik. Tashxis testlari, jarayonnig mazmuniy asoslanganligi, o'qituvchining barcha ta'lim oluvchilarga bir xilda va do'stona munosabati hamda bilim, ko'nikma va malakalarni baholshaning aniq ko'rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.
Tizimlilik tashxislash nazoratini ta'lim jarayoning barcha bosqichlarida-nilimlarni boshlang'ich idrok etishdan to amalda qo'llashgacha bo'lgan bosqichlarda olib borilishidir.
Ko'rgazmalilk barcha ta'lim oluvchilarning aynan bir xil mezonlar bo'yicha ochiq sinovdan o'tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonda qo'llaniladigan har bir ko'rgzmali qurol muhim ahamiyatga ega va qiyosiy xarakterga ega. Ushbu tamoyil yana baholash va motivlashtirishni talab etadi. Baho ta'lim olvchilarning o'zlariga qo'yiladigan talablar va pedagokning xolisligi haqida fikr yuritishi uchun mo'ljal bo'lib xizmat qiladi.
Ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
Joriy davrda pedagogik amaliyotda o'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilishda joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlaridan foydalaniladi.
Joriy nazoratda ta'lim oluvchining dars mashg'ulotlariga muntazam qatnashishi va bir vaqtning o'zida o'tilayotgan darslarni, mavzularni qay darajada o'zlashtirishi qayd etib borilsa, oraliq nazoratda(o'rganilyatgon fanning ma'lum bir bob yoki bo'limning o'zlashtirilganligini tekshirish) belgilangan ma'lum muddatda o'quv yilining boshidan to yarim yillik muddatgcaha o'tilgan mavzular yuzasidan ta'lim oluvchilarning bilim va malakalari nazorat qilinadi. O'quv faoliyatining so'nggi nazorat shakli bu - yakuniy nazorat(choraklik,yarim choraklik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari). Bu o'quvchilarning o'quv yili davomida o'zlashtirgan dars mavzusi, ko'nikmalari va amaliyoti yuzasidan o'quv yilini yakunlab, talabalarning keyingi bosqichga o'tishida muhim ahamiyat kasb etadigan nazorat shakli hisoblanadi. Nazorat shakli o'quv ishlari tashkil etish shakliga bog'liq bolib, o'qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi va uning besh shakli mavjud: ommaviy, guruh va individual. Ommaviy shakli ko'pchilik o'quvchilarni sinovdan o'tkazishni ta'minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Lekin bu shakldan o'quvchilarning bilim darajasini har tomonlama aniqlashda foydalanish uchun qo'llab bo'lmaydi. Nazoratning guruh shaklida o'quvchilarning ma'lum bir qismi guruh shaklda nazorat qilinadi. O'qituvchi guruhlarga vazifa beradi va o'quvchilar shu vazifani bajaradilar. Individual shaklda har bir o'quvchining bilim, malaka va ko'nikmasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning kommbinatsiyalshgan aralash shakli. Individual nazoratni ommaviy va guruh bilan nazoratining birlashuvini taqozo etadigan nazorat shakli bo'lib, hakman kata mavzularni barcha o'quvchilardan so'rash kerak bo'lganda foydalaniladi. O'z-o'zini nazorat qilish shakli. Nazoratning bu shakli psixologik me'zonlarga asoslanib, ichki qayta aloqaning bo'lishini ta'minlaydi. Samaradorlik o'qituvchining mahoratiga bog'liq. O'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar: og'zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish hamda uy vazifalarini tekshirish. Og'zaki tekshirish eng keng tarqalgan
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 610 LME^^fi]
usul bo'lib, bunda o'qituvchi o'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchi mavzuni mazmunini qay darajada tushunganini sinoov qiladi. Bu tekshirish turi suhbat turi deb ham atalaldi va ko'p hollarda savol-javobga asoslanadi. Bu tekshirish turi o'quvchining og'zaki nutqini o'stirshda bevosita ta'sir ko'rsatadi. Yozma teskshirish eng samarili turlardan biri bo'lib, o'quvchining ijodiy qobiliyatini baholash imkonini beradi. Yozma tekshirish turlari: insho, bayon, diktantlar hisoblanadi. Ammo o'qituvchi va o'quvchi orasida o'zro aloqa bo'lmasligi tufayli o'quvchining fikrlashini kuzatish imkoni bo'lmaydi.Amaliy tekshirish amaliy harakatlar(sport, mehnat harakatlari)ning to'g'riligni kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin. Bu tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlarda keng qo'llanishi mumkin va o'quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qanday qo'llay olish malakasi aniqlanadi. O'quvchilarning egallagan bilimlarini mustagkmalsh va qay darajada egallaganini tekshirish maqsadida ularga uyga vazifa beriladi. Uyga vazifani tekshirish o'qituvchiga o'quvchi qay darajada mavzuni o'zlashtirgani va qay darajada mustaqil ishlay olishini aniqlashda yordam beradi. Bundan tashqari ta'limni tashxislashda turli fanlardan ochiq darslar o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Ammo yuqoridagi ba'zi mezonlar hozirgi zamon ta'lim berish vaolish talablariga qay darajda javvob bera olishi inobatga olinib baholash va ta'limni tashxislashda raqamli texnologiyalar kirib kelgani barcha ta'lim sohasi vakillariga ma'lum. Ayniqsa bu jarayon pandemik sharoitda joriy qilinib, pandemiydana xalos bo'lingandan so'ng ham yanada takomillashtirish yo'lga qo'yildi. Ta'lim olishda va berishda raqamli texnologiya va inovvatsion yondashuv bilan o'quvchilarni baholashning o'qituvchilarga bir qancha yengilliklar yaratishi bu ularning o'quvchilarinining bilim va saviyasini baholashdan tashqari vaqtini sanoqsiz hujjatlarni to'ldirishdan tejab qolishga va o'quvchi va talabalar bilan o'tiladigan mavzu borasida ko'proq va barcha o'quvchilarni qamragan holda bahs, muhokama va munozara yuritishga imkon beradi. Muhimi axborot texnologiyalari va multimedia materillar asosida ta'lim jarayoning amaliyotga ko'proq urg'u berilishi asosiy maqsad qilib qo'yiladi va bu maqsadga qay darajada erishilganlik dars so'nggida joriy baholash, chorak so'nggida oraliq va yil yakunida fanning barcha o'tilgan va o'rganilgan mavzulari yakuniy baholash orqali tashxis qilinadi. Ammo baholashni raqamli shakliga o'tilishida hali bir qancha amalga oshirilishi kerak bo'lgan takomillashtirishlar mavjud. Jumladan, oliy ta'limda Amerika ta'lim standartlarida qo'llaniladigan kredit-modul tizmini misol qilish o'rinlidir va bu tizim oliy ta'limda to'liq ishga tushirilishi uchun biroz vaqt talab etiladi.
Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, o'quvchi yoshlarning ta'lim olish jarayonida ularga berilayotgan ta'limning sifatli bo'lishi va o'zlashtirish darajasining yuqori bo'loishida ularning bilim, malaka va ko'nikmlalarini baholsh katta ahamiyatga ega. Bilim, malaka va ko'nikmalarnin baholashda qabul qilingan barcha
standart mezonlar o'quvchilarning ta'lim sifatini oshirishda yordam beradi. Ta'limni baholashda innavatsion texnologiyalarning joriy etilganigi ta'lim oluvchilarning mavzuni amaliy jihatiga ko'proq urg'u berilgan holda o'zlashtishi ularning ta'limni o'zlashtirishini baholashda o'qitttuvchilarga yengillik yaratadi. Ularning say-harakatlarini, dars jarayoniga munosabatini baholash orqali, o'qituvchilar ularni yanada bilim va salohiyatini oshirshiga harakat qilishlariga turtki bo'lishi yoki aksincha bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin. Shu tufayli ham ta'lim berish jarayonining bu qismi alohida ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xodjayev.B.X (2017). UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI.
2. To'xtaxodjayeva M.X umumiy tahriri ostida (2010). PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI
3. Zununov.A PEDAGOGIKA TARIXI
4. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
5. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.
6. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 2795-7365.
7. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.
8. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 710-719. (2023)
9. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 734-745 (2023).
10. Sattorov V.N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995
11. Sattorov V.N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414
12. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.
13. Jobborova Gulnoza Kadamovna. (2022). Formation of Ecological Culture of Primary School Students. Eurasian Scientific Herald, 7, 240-242. Retrieved from
14. Jobborova Gulnoza Kadamovna. PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ - MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(1/2), Jan., 2023. 97-105.