Научная статья на тему 'ZAMONAVIY SHAROITDA MAKTABGACHA TA’LIM O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI TADBIQ ETISH MASALALARI'

ZAMONAVIY SHAROITDA MAKTABGACHA TA’LIM O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI TADBIQ ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
677
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim / axborot kommunikatsiya texnologiyalari / multimedia texnologiyasi / multimediali kompyuter ta’limi / masofaviy ta`lim. / Preschool education / information and communication technologies / multimedia technology / multimedia computer education / distance learning.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdunabiyeva, Maftunaxon Solijon Qizi

Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda maktabgacha ta’lim o‘quv-tarbiya jarayonida multimediya texnologiyalarini tadbiq etish masalalari yoritildi. Мaqolada MTTlarda ta’lim jarayoniga tatbiq etiladigan multimedia texnologiyasi an’anaviy uslublarga nisbatan malum bir afzalliklarga ega ekanligi yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF IMPLEMENTATION OF MULTIMEDIA TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF PRESCHOOL EDUCATION IN MODERN CONDITIONS

This article discusses the application of multimedia technologies in the pre-school education process in modern conditions. The article highlights that multimedia technology applied to the educational process in MTTs has certain advantages over traditional methods.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY SHAROITDA MAKTABGACHA TA’LIM O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI TADBIQ ETISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ZAMONAVIY SHAROITDA MAKTABGACHA TA'LIM O'QUV-TARBIYA JARAYONIDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI TADBIQ ETISH

MASALALARI

Abdunabiyeva Maftunaxon Solijon qizi

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti Aniq va Tabiiy fanlar o'qitish metodikasi fakulteti Ta'limda

axborot texnologiyalari ta'lim yo'nalishi 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda maktabgacha ta 'lim o'quv-tarbiya jarayonida multimediya texnologiyalarini tadbiq etish masalalari yoritildi. Maqolada MTTlarda ta 'lim jarayoniga tatbiq etiladigan multimedia texnologiyasi an 'anaviy uslublarga nisbatan malum bir afzalliklarga ega ekanligi yoritildi.

Kalit so'zlar: Maktabgacha ta'lim, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia texnologiyasi, multimediali kompyuter ta 'limi, masofaviy talim.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается применение мультимедийных технологий в процессе дошкольного образования в современных условиях. В статье подчеркивается, что мультимедийные технологии, применяемые в образовательном процессе в МТЦ, имеют определенные преимущества перед традиционными методами.

Ключевые слова: дошкольное образование, информационно-коммуникационные технологии, мультимедийные технологии, мультимедийное компьютерное образование, дистанционное обучение.

ABSTRACT

This article discusses the application of multimedia technologies in the preschool education process in modern conditions. The article highlights that multimedia technology applied to the educational process in MTTs has certain advantages over traditional methods.

Keywords: Preschool education, information and communication technologies, multimedia technology, multimedia computer education, distance learning.

KtRlSH

Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini kichiklikdan boshlab yaxshilik, oliyjanoblik, insonparvarlik, odamgarchilik, aql-idrokli bo'lish,

odob-axloqlilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, so'zamollik,

1089

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xushso'zlilik, ilmli bo'lish kabi xislatlar bilan boyitish inson kamolotining me'yori bo'lib kelgan. Chunki komil insonning ma'naviyati yuksak bo'ladi Yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan kishi esa o'z xalqining tarixi, urf-odati, qadriyati hamda an'analari, madaniyatini chuqur biladi va unga rioya qiladi.

tadqíqot metodologíyasí.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Ushbu tizim oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo'yildi. Bugungi ta'lim-tarbiya jarayonida jiddiy islohotlar, tub burilishlar ro'y bermoqda, ta'lim mazmunini yangilash bilan aloqador bo'lgan katta salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun nihoyatda katta kuch va mehnat sarflanmoqda. Ijobiy o'zgarishlarni yuzaga keltirish uchun davlat ham, jamiyat ham to'la safarbar qilingan Maktabgacha yosh -har bir inson hayotida o'chmas, yorqin vaqtdir. Aynan shu davrda bolaning turmushidagi etakchi sohalar odamlar, tabiat, narsalar olami bilan aloqada o'rnatiladi; madaniyatni, umuminsoniy qadriyatlarni bila boshlaydi, salomatligiga zamin tayyorlanadi. Maktabgacha bolalik shaxsning shakllanishi, bolaning o'z - o'zini bilishi asoslari shakllanishi yuz beradigan davr. Zero, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev 2016 yil 29 dekabrdagi "2017-2021 yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida belgilab qo'yilganidek, bundan buyon yosh bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrovini oshirish va ushbu muassasalar soni ko'payishini inobatga olgan holda undagi ta'lim-tabiyaning sifati hamda samaradorligini oshirish kun tartibidagi dolzarb masala bo'lib qoladi. Maktabgacha tarbiyaning vazifasi bola taraqqiyotini tezlashtirish, uni tezroq o'quvchi qilib qo'yish emas, balki eng avvalo har bir bola o'z imkoniyat vaqobiliyatlarini namoyon qilishga sharoit yaratishdan iborat.

Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta'lim

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

berishga yo'naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo'lsa, bugungi kunga kelib ta'lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o'ta qat'iy hamda murakkab talablar qo'yilmoqda. Bu borada o'quv axborotlarining mazmundorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham qo'yilgandir. Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko'lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur'atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o'quvchiga yetkazib berishni yo'lga qo'yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJA

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning birinchi turi bo'libgina qolmay, balki ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi birinchi pog'ona hamdir. Maktabgacha ta'lim tashkilot(MTT)larida ta'lim va tarbiya jarayonini qanchalik yuqori saviyada tashkil etilsa, tarbiyalanuvchi bolalar, shunchalik ta'limning keyingi turlarida qiynalmasdan muvvaffaqiyat qozona olishlariga imkoniyat yaratiladi. Maktabgacha ta'lim, bolalarni sog'lom va har tomonlama yetuk shaxs bo'lib shakllanishiga, o'qishga bo'lgan havaslarini uyg'otishga muntazam ravishda ta'lim olishlariga imkon yaratadi va maktabgacha ta'lim muaassasalarida amalga oshiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga Davlat talablari va maktabgacha ta'lim konsepsiyasida ham, "eksprimental maktabgacha muassasalar asosida yangi pedagogik texnologiyalar aprobatsiyasini o'tkazish va ularni ommaviy amaliyotga tatbiq etish", "Yangi texnik vositalardan foydalanish"larga e'tibor qaratilgan. Ushbu talablarni qisman amalga oshirish maqsadida MTTlarning ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish uchun samarali multimedia texnologiyasi ishlab chiqildi. MTTlarda multimedia texnologiyasining tub mazmuni-multimediali kompyuter ta'limni amalga oshirishdan iborat. MTTlarda ta'lim jarayoniga tatbiq etiladigan multimedia texnologiyasi an'anaviy uslublarga nisbatan malum bir afzalliklarga ega. Jumladan:

- bolalarning fikrlash qobiliyatini oshiradi;

- bola bir vaqtning o'zida ham ko'radi, ham eshitadi (miyaning o'ng va chap yarim sharlari bir vaqtda faollik ko'rsatadi);

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- an'anaviy usulga nisbatan bolalarga o'rgatiladigan materiallarning hajmi ortadi;

- mashg'ulotlarning samaradorligi oshadi;

- MTT bolalarining kompyuter savodxonliklarini shakllantirishga yordam beradi;

- didaktik materiallarni animatsiyalar orqali ko'rsatish imkoniyati mavjud;

-turli xil jangarilik, qo'poruvchi o'yinlar o'rniga ta'limiy-rivojlantiruvchi o'yinlardan foydalanish mumkin.

MTTlarda multimedia texnologiyasidan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud, bu xususiyatlarni o'rganish texnologiyalarni joriy etish jarayonida bolalarning yoshlarini hisobga olish va didaktik materiallarni ularga mos tanlash, ta'lim jarayonida pedagogik va psixologik ta'sir etish usullarini o'rganish va joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Multimedia texnologiyasidan va uning asosiy vositasi bo'lgan kompyuterlardan MTTlarning ta'lim-tarbiya jarayoniga foydalanish bo'yicha xorijiy mamlakatlar (masalan, Rossiya)ning olimlaridan S.V.Gurev, N.Z.Frolova, N.I.Klifsova, V.P.Kustova, L.A.Savina, N.M.Klimeshova, M.V.Osmakovalar, AQShda multimedia texnologiyasidan ta'lim jarayonida foydalanish bo'yicha D.Jonassen, R.Grabindger, S.Carver, R.Lehrer, D.Davidson, A.Mullon va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirganlar. Ma'lumki, multimedia texnologiyasi, asosan, kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. Ammo, hozirgi kunda respublikamiz MTTlarining ko'pchiligi kompyuterlar bilan to'la ta'minlanmagan. Birinchi muammodan vaqtinchalik chiqish uchun, ayrim MTTlarda kompyuterli mashg'ulotlarining birinchi bosqichini televizor va DVD qurilmalari orqali amalga oshirilishining imkoniyati mavjud. Buning uchun, dasturli yoki rolli (ijroli) multimedia ta'lim vositalari tayyorlab diskka ko'chiriladi.

Ikkinchi muammo shundan iboratki, multimediali mashg'ulotlar asosan kompyuter ërdamida amalga oshirilishi tufayli tarbiyalanuvchilar ular bilan elementar ishlash darajasiga ega bo'lishlari lozim. Bu o'z navbatida tarbiyalanuvchilarda kompyuter savodxonlikni shakllantirilishni taqozo etadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma'qulllangan, "Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga quyiladigan Davlat talablari"da minimal talablar qatorida bolalar 15-20 daqiqadan ko'p vaqt kompyuterda shug'ullanishiga yul qo'ymaslik ta'kidlangan. Tarbiyalanuvchilarning kompyuter

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

savodxonligini shakllantirish uchun MTT kamida bitta shaxsiy kompyuter bilan jihozlangan bo'lishi kerak.

Uchinchi muammo, MTT pedagog-tarbiyachilarining o'zlari ham kompyuter savodxonligiga ega bo'lishlari lozim va shu bilan birga multimedia texnologiyasini o'zlashtirishlari zarur

Hozirgi davrda, multimedia texnologiyasidan oliy o'quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, umumiy o'rta-ta'lim maktablarida foydalanib kelinmoqda. Shu bilan birga, uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bo'g'ini bo'lgan MTTlarda ham multimedia texnologiyasidan foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud. Jumladan, MTT tarbiyalanuvchilariga harflarni o'rgatishda elementar matematik tushunchalar bilan tanishtirishda, ijobiy va salbiy ekologik ta'sirlarni bayon qilishda, ta'limiy va rivojlantiruvchi kompyuterli o'yinlarni amalga oshirishda foydalaniladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Masofali ta'lim o'qitishing zamonaviy shakllaridan biri sifatida ta'lim tizimining barcha sohalarida o'z o'rnini topmoqda. Jumladan, Internet tarmog'idagi o'quv materiallaridan keng foydalanilmoqda. Internetdan olinadigan materiallarning aksariyati multimediali taqdimot shaklida yaratilgan. Masalan, MTTlar uchun "Kimning uyi qayerda?", "Uy yasash" taqdimotlari va turli xil kompyuter o'yinlari shular jumlasidandir. Shunday qilib, MTT tarbiyachilari multimedia to'g'risida to'liq ma'lumotga ega bo'lganlarida, undan MTTlarning ta'lim-tarbiya jarayoniga foydalanishlari oson kechadi.

REFERENCES

1. Bikbayeva N.U., Umarova T. Bolalarning elementar matematik tasavvurlarini rivojlantirish. - Toshkent: Uz.PFITI, 1995.

2. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. - T.: Yangi asr avlodi, 2008. -313 b

3. Begmatova N.X. Bog'cha bolalarining bilimini baholashda multimedia texnologiyasidan foydalanish. Qarshi DUaxborotnomasi. 2009. -№2. -B. 63-10.

4. Begmatova N.X. Maktab ta'limiga kompyuter savodi bilan... // Maktabgacha ta'lim. Ilmiy - metodik oylik jurnal . - T.: 2009. -№ 6. -B. 11-12.

4. F.R.Qodirova, Z.R. Qodirova, F.N.Vahobova O'zbekiston respublikasining "Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi" T.2008-yil

5. http://www.botik.ru/ICCC/NewPage/ICCCpageRus/ - Xalqaro bolalar kompyuter markazi loyixasi sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.