MAKTABGACHA TA'LIM SAMARADORLIGIDA MULTIMEDIA
TEXNOLOGIYASINING O'RNI
Umida Mirovna Xalikova
Buxoro davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Maqolada maktabgacha ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari, multimedia maxsulotlarining samaradorligi haqida so'z yuritilgan. Maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga oid qabul qilingan qaror va farmonlar ijrosi sifatida yaratilgan multimediali platformaning samaradorligi. Amaliyotda foydalanilganligi va samaradorligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'li, multimedia, axborot texnologiyalari, platform, elektron darslik, maktabgacha ta'lim tashkiloti.
THE ROLE OF MULTIMEDIA TECHNOLOGY IN THE EFFICIENCY OF
PRESCHOOL EDUCATION
Umida Mirovna Khalikova
Bukhara State University
ABSTRACT
The article discusses the effectiveness of information technology and multimedia products in preschool education. The effectiveness of the multimedia platform created as a result of the implementation of decisions and decrees on the development of preschool education. Information on its practical use and effectiveness is provided.
Keywords: preschool education, multimedia, information technology, platform, e-textbook, preschool organization.
KIRISH
Hozirgi kunda respublikamizda ta'lim tizimini raqamli texnologiyalarni qo'llash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan umumiy o'rta ta'lim va oliy ta'lim tizimlarida raqamli texnologiyalar keng qo'llanilmoqda. Elektron darsliklar, elektron ta'lim resurslari va o'quvchilar uchun mo'ljallangan maxsus multimedia dasturlari, electron platformalar buning yaqqol dalilidir. Ammo ta'limning birinchi bo'g'ini bo'lmish maktabgacha ta'lim tizimi nisbatan ancha orqada qolgan. O'zbekistonda ushbu muammoning sabablaridan biri sifatida o'zbek tilidagi maktabgacha yoshdagi bolalarga mo'ljallangan elektron ta'lim resurslarining juda
kamligini va MTT lari axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta'minlanmaganligini keltirish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabr PQ-4884 sonli "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" gi qaroriga asosan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa mafaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar maktabgacha ta'lim tizimida zamonaviy o'qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish vazifasi belgilangan [1]. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595 sonli qonunining 53-moddasida ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun o'quv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish-ishlab shiqarish, maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish vazifalari belgilangan [2]. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar S.L.Novoselova [3], I.Yu.Pashiliti, G.P.Petko, Xanter [5] va M.IJumayevlarning fikrlariga ko'ra ta'lim jarayonida kompyuterdan foydalanish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar nafaqat kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati maqsadga muvofiqligini, balki bolaning intellekti va shaxsiyatini rivojlantirishda alohida o'rin tutganligini va bugungi kunda multimedia o'qitish vositalaridan foydalanish maktabgacha ta'lim tizimidagi ko'plab uslubiy yangiliklarni ishonchli isbotlamoqda [5]. Ularning fikriga qo'shilib shuni aytmoqchimanki multimedia maxsulotlari bolaning ta'limga bo'lgan qiziqishini oshiradi, fikrlash doirasi va intelektual salohiyatini o'stiradi va mustaqil bilim olishiga imkoniyat yaratadi.
ASOSIY QISM
Ilmiy izlanishlarim natijasida men o'z tadqiqot ishimda asosiy e'tiborni maktabgacha ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarni qo'llash va "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muasasasining Davlat o'quv dasturi talablari asosida "Elementar matematika" mashg'ulotlarini o'qitishga mo'ljallangan elektron ta'lim resursini yaratishga qaratdik va ilmiy izlanishlar olib bordik. 2020 yilda "Maktabgacha ta'limda matematika mashg'ulotini o'qitishga mo'ljallangan amaliy dastur" nomli elektron ta'lim resursini yaratildi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan mualliflik guvoxnomasi olindi. 2021 yilda "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi, "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari" asosida shakllantirilgan elementar matematika mashg'ulotlar to'plamining kompyuter dasturi yaratildi dasturda to'liq kichik guruh, o'rta guruh, katta guruh, tayyorlov guruh
bolalariga mo'ljallangan elementar matematika mashg'ulotlarining to'plamini qamrab oladi. Dasturda har bir mashg'ulotga mo'ljallangan multimediali o'quv video roliklar va mavzuni mustahkamlashga oid rivojlantiruvchi kompyuter o'yinlari to'plami joylashtirilgan.
"Ill> ndk Ah ■ Hj cMlm rn 4 m DavUl
Ddwiiirl, «.«.puhtilMi.» 4 Hf |lk
iknb|jith« )f<»lidtgi bolalar rivu|l« uluga 4 y Liga
•iarlat lalabtun1' >>oiIda tluUtila tlrll^a rlr m Ur
Dastimiiiig bosli oynasi
Dastiii- oynalari
Dasturning asosiy qismi Adobe Flash Player dasturida yaratildi, animatsion video roliklar an Animator, Camtaziya Studio, Format Factory, diktofon dasturlarida foydalanib yaratildi, kompyuter o'yinlar tizimini yaratishda Action Script dasturlash tilidan foydalanildi.
Ta'lim materialining tushunarli bo'lish tamoyili kompyuter xotirasiga kiritilgan va o'rganishga taalluqli materiallarni monitor ekraniga chiqarish va namoyish etilishi asosida amalga oshiriladi. Dasturchi elektron ta'lim resursini tayyorlashda ta'lim berish jarayonida o'quv materialining bolaga tushunarli bo'lish tamoyiliga alohida e'tibor berishi lozim. Tanlangan o'quv materiali murakkab bo'lmasligi, osondan qiyinga qarab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi inobatga olingan.
Dasturda bolalarning yosh davrlari ajratilagan bo'lib, har bir yosh davri bo'yicha mavzular "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi asosida alohida joylashtirilgan. Har bir mavzu bo'yicha ma'lumot beruvchi animatsion video roliklar yaratilgan va yosh davriga mos ravishda platformaga joylashtirilgan, har bir mavzuni mustahkamlashga doir 15 ga yaqin interfaol kompyuter o'yinlari kiritilgan.
Elektron platforma orqali bilim berishning an'anaviy usullardan afzalligi shundaki har bir video rolik orqali mashg'ulot mavzularimultfilmlar orqali bola tilida yoritiladi, buorqali bolaning bilim olishga ishtiyoqi ortadi.
Kompyuter o'yinlari orqali bolalar multaqil ravishda topshiriqlarni bajarishda xato javobni belgilasada unga kompyuter tanbeh bermaydi, do'stlari orasida izza qilmaydi natijada bolaning o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Qolaversa bolaning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishda ham ushbu elektron platformadan o'rni beqiyosdir. Zamonaviy kompyuterli animatsion, mukammal dasturiy vositalardan foydalanish, uchinchi relesans bolasining zamon talablariga mos ravishda bilim olishiga, mustaqil fikrining shakllanishiga, tafakkur doirasining ortishiga, kompbyuter savodxonligiga ega bo'lishiga, aqliy salohiyatning yuksalishiga xizmat qiluvchi zamonaviy vosita hisoblanadi.
XULOSA
Maktabgacha ta'limda raqamli texnologiyalar asosida multimedia maxsulotlarini qo'llash natijalari bo'yicha 2019-2021 yillar davomida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkazgan tajriba-sinov natijalari asosida shunga amin bo'ldimki, raqamli texnologiyalar ta'limning ajralmas qismi bo'lib, ayniqsa maktabgacha ta'lim tizimida mashg'ulotlarni tashkiletishda zarur vosita deb hisoblayman. Bunday sharoitda shaxsni shakllantirish avvalgi an'anaviy usullardan tubdan farq qiladi, bu globallashayotgan axborot makonida maktabgacha ta'lim tizimining sifat jihatidan yangi modelini ishlab chiqishni, hozirgi sharoit uchun zarur bo'lgan va ularga mos keladigan mutlaqo yangi usullarini o'zida jamlagan metodik ishlarni shakllantirishni talab qiladi. Nima bo'lganida ham, zamonaviy pedagogikada raqamli texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish maktabgacha yoshidagi bolalarning yutuqlarini kafolatlaydi va keyinchalik yuqori sinflarda muvaffaqiyatli o'qishini kafolatlaydi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy salohiyatini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish, ularning aqliy rivojlanish salohiyatini dunyo tendentsiyalari darajasiga ko'tarish davr talabidir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Raspublikasining 2019 yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595 sonli qonuni.
2. Узбекистан Республикаси Президентининг 2020 йил 6 ноябрдаги П^-4884-сон "Таълим-тарбия тизимини янада такомиллаштиришга оид кушимча чора-тадбирлар тугрисида " ги карори.
3. Новоселова С.Л., Петку Г.П. (2007). Компьютерный мир дошкольника. М. Новая школа. 128 С.
4. Савченко Н.А. (2016). Использование мултимедиа-технологий в обшем среднем образовании. Электронное пособие для педагогов.-Москва.
5. Макарова В.Н, Ставцева Е.А. (2018). Использование мултимедийных средств в развитии природоведческой лексики детей дошкольного возраста. "Наука и оброзовании". 271 С.
6. Xalikova U.M. (2020). Maktabgacha ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi. Интернаука, 13-2, С. 78-79.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021
ISSN: 2181-1601
7. Khalikova U.M. (2020). Information and communication technology (ICT) in preschool education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. 10:4, pp. 877-885.
8. Холикова У.М. (2020). Эмоционально-методические системы обучения математическим концепциям в дошкольном образовании на основе информационных технологий. Academy. 56:5, C. 65-67.
9. Boboeva M.N., Rasulov T.H. (2020). The method of using problematic equation in teaching theory of matrix to students. Academy. 55:4, pp. 68-71.
10. Rasulov T.H., Rashidov A.Sh. (2020). The usage of foreign experience in effective organization of teaching activities in Mathematics. International Journal of Scientific & Technology Research. 9:4, pp. 3068-3071.
11. Mardanova F.Ya., Rasulov T.H. (2020). Advantages and disadvantages of the method of working in small group in teaching higher mathematics. Academy. 55:4, pp. 65-68.
12. Rasulov T.H., Rasulova Z.D. (2019). Organizing educational activities based on interactive methods on mathematics subject. Journal of Global Research in Mathematical Archives, 6:10, pp. 43-45.
13. Расулов Т.Х. (2020). Инновационные технологии изучения темы линейные интегральные уравнения. Наука, техника и образование. 73:9, С. 74-76.
14. Расулов Т.Х,., Расулов Х.Р. (2021). Узгариши чегараланган функциялар булимини укитишга доир методик тавсиялар. Scientific progress. 2:1, 559-567 бетлар.
15. Расулов Т.Х,., Умарова У.У. (2020). Мактабда дискрет математика ва математик манти; элементларини укитишга оид методик тавсиялар. Физика-математика фанлари электрон журнали. 5-сон, 1-жилд, 14-20 бетлар.