ZAMONAVIY MUSIQALI TEATRNING O'ZBEK XALQI MADANIY HAYOTIDA TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATI
Nazokat Abdumuxtorova abdumuxtorvanazokat3 6 @gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek musiqali teatr san'atining paydo bo'lishi va rivojlanishi o'z aksini topgan. Uning mustaqil janr sifatida yuksalib, bugungi kungacha alohida maqomini saqlab kelayotgani uning dolzarb bo'lib qolganini aks ettiradi.
Kalit so'zlar: Ijod, uslub, janr, musiqali drama, baxshi, san'at.
THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF MODERN MUSICAL THEATER IN THE CULTURAL LIFE OF THE UZBEK PEOPLE
Nazokat Abdumukhtarova abdumukhtorvanazokat3 6 @gmail .com Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: The emergence and development of Uzbek musical theater art is reflected in this article. Its rise as an independent genre and maintaining its special status to this day reflects its relevance.
Keywords: Creativity, style, genre, musical drama, entertainment, art.
Barcha teatr turlari kabi mustaqillik yillarida musiqali teatr ijodkorlari ham o'z sahnalarida tariximiz nafasi sezilib turgan, milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar, an'analar ufurib turuvchi sahna asarlarini tomoshabinga taqdim etishga harakat qildilar. Mazkur teatr sahnalarida mustaqillik yillarida birin-ketin tarixiy asarlar, tarixiy siymolar o'z aksini topgan "Nodirabegim" (T.To'la asari, F.Olimov musiqasi), "Har kimki vafo qilsa" (H.Muhammad asari, A.Ismoilov, S.Hayitboyev, M.Otajonovlar musiqasi), "Na falakman, na farishta" (N.Qobilov asari, F.Olimov musiqasi), "Boburshoh" (Hurshid Davron asari, B.Lutfullayev musiqasi), "Alpomish" (U.Azim asari, B.Lutfullayev musiqasi) kabi spektakllar qo'yildi. Bu spektakllar ancha yillardan buyon milliy ruhda yaratilgan sahna asarlarini ilhaqlik bilan kutgan tomoshabinlar uchun ajoyib tuhfa bo'ldi. Milliy kolorit, kechinmalar, lirik ohangdorlik sezilib turgan musiqiy chiqishlar, aktyorlik san'atidagi yutuqlar e'tiborli bo'ldi. Zulayho Boyxonova ijrosidagi Nodirada dramatik holatlar kuchli bo'lsa, Maryam Ixtiyorova talqinidagi Qutlug' Nigorxonim obrazida dramatik holatlar bilan musiqiy
I icclT^^^^H ^ http://oac.dsmi-qf.uz
jihatlar omuxtalashganining guvohi bo'lamiz. Mirza Azizov ijrosidagi Mashrab qiyofasida bu dunyodan yiroq, o'z olamida yashovchi, insonlar haqida o'z falsafasiga ega obrazni talqin etsa, R.Ma'diyev esa Bobur Mirzo talqinida shoh, shoir, ziddiyatli hayot kechirgan inson taqdirini yana bir marotaba tomoshabinlarga havola etadi.
Bu davrda ijod etgan R.Ma'diyev - rejissyor va aktyor, dramaturgning xizmatlarini alohida tilga olib o'tish lozim. Zero, uning qalami ostida yozilgan "Devona" (F.Olimov musiqasi), "Oqibat" (B.Umidjonov musiqasi), "Taqdir" (B.Lutfullayev musiqasi) musiqali asarlari keng tomoshabin ommasi orasida katta shuhrat qozongan. Ayniqsa, "Taqdir" musiqali dramasida anchadan buyon teatrda yo'qolib ketgan musiqa va dramatik kechinmalar omuxtalashuvining guvohi bo'lamiz. Tomoshabin oddiy oila taqdiri ortida ijtimoiy hayotda yuz berayotgan muammolarni ko'rishga muyassar bo'ladi, milliylik nafaqat kiyim-kechaklarda, dekoratsiyada, balki aktyorlar talqini, musiqiy chiqishlarda namoyon bo'ladi. Demakki, mustaqillik barcha san'at turlari kabi musiqali drama teatri uchun ham ijod erkinligi imkoniyatini yaratdi va ijodkorlar birin-ketin xalq og'zaki ijodiyoti, folklori, adabiyotiga murojaat etdilar.
Xalqning qadriyatlari, ma'naviy salohiyati, madaniyat darajasi, tafakkur olami, fikr-o'yi, orzu-umidlari borasida ma'lumot beruvchi manba, qimmatli yodgorlik bu -epos. Har bir millatning kimligi, o'tmishi, buguni va ertasidan kutilayotgan kelajak orzulari ayni shu epos qahramonlari ruhiyatida aks etadi. Bunday qahramonlik dostonlari atoqli baxshilarimiz tomonidan kuylanib, avloddan - avlodga, og'izdan-og'izga o'tib bizning zamonamizga qadar yetib keldi. Shu o'rinda aytish joizki, xalq ijodiyoti insonlar qalbida vatanga sadoqat, ota-onaga, oilaga mehr ulashish kabi hislarni uyg'ota oldi. O'zbek xalqi bunday dostonlarga boy. Fikrimizni o'zbek millatining mashhur qahramonlik dostoni bo'lmish "Alpomish" eposi misolida davom ettirsak.
Teatr tarixidan shu narsaning guvohi bo'lamizki, ma'lum sinovli davrlarda jamoa mazkur sahna asariga murojaat qilib kelgan. Bu esa ijodiy guruh saviyasining oshishida, aktyorlik san'ati mahoratining yuksalishida katta o'rin egallagan. Zotan, asardagi murakkab ariyalar, kuchli ovoz diapazonini talab etuvchi musiqiy lavhalar ma'lum tayyorgarlik, professionalizmni talab qilgan.
Mustaqillik yillarida ushbu dostonga iqtidorli dramaturg Usmon Azim murojaat etgani holda "Alpomishning qaytishi" asarini yozdi va rejissyor Valijon Umarov Muqimiy teatrida sahnalashtirdi. Bu spektakl istiqlolga erishgan yurtimiz tarixiy ildizlarini, ota-bobolarimiz, avlod ajdodlarimiz kim ekanligini, tariximizga nisbatan haqqoniy baho berilayotgan bir davrda dolzarb jarangladi. Rejissyor va dramaturg doston ruhiyatini saqlagani holda xalq orasida mashhur bo'lgan kuy, qo'shiq, musiqiy ohanglar topa olganlar. Eng e'tiborli jihati spektaklda xalq taqdiri inson taqdiri bilan hamohang ochib beriladi. Shu sabab bo'lsa kerak, sahna asarida xor jamoasiga, ularning musiqiy qismlariga katta o'rin ajratilgan. Spektakl uchun musiqalarni iqtidorli
I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
bastakor B.Lutfullayev bastalagan. Kompozitor asar g'oyasidan kelib chiqqan holda xalq ruhiyati, taqdiri, o'rni asosiy etib belgilangan ruhiyat ufurib turgan xalqona kuy va ohanglar yaratishga muvaffaq bo'lgan.
Sahna asari ijodkorlari tomoshabin ko'z o'ngida afsonaviy qahramon qiyofasini jonlantiradi, insoniy munosabatlar, tahlikali jarayonlar, hayotiy munosabatlar namoyon bo'ladi. Balki shu sabab tomoshabin ko'z o'ngida o'tmish voqealar bayoni emas, balki zamonamizda uchratishimiz mumkin bo'lgan voqealar, insoniy munosabatlar jilolanadi. Usmon Azim o'z asari Alpomish va Barchinning vidolashuv ko'rinishi bilan boshlanadi. Biroq rejissyor spektaklni prolog shaklida sahnada o'z xayollari bilan mashg'ul, qandaydir bir mungli dard yashiringan, jabrli, hazin ovoz bilan boshlanib so'ng o'rni o'rnida jarangdor kuylovchi baxshi obrazini kiritish bilan o'zgartiradi.
Albatta, spektakl o'zbek teatr san'ati tarixida o'z o'rniga ega bo'ldi. Birlamchi, tarixiy siymolar, afsonaviy qahramonlar, go'zal munosabatlar haqida hikoya qiluvchi har qanday asarlar tomoshabinga ilhom bag'ishlaydi. Ikkilamchi, rejissyorning ifoda uslubiyati, milliy ruhiyat yaqqol namoyon bo'lgan musiqa ohangdorligi tomoshabin e'tiborini tortdi.
Dramaturg bunday katta doston ruhiyatini saqlagani holda, undan kerakli o'rinlarni olgan, dramatik asarda vatanga sadoqat, or-nomus, insoniy tuyg'ular, do'stona munosabat kabi g'oyalar birlamchi o'rinda turdi. Shunisi diqqatga sazovarki, spektaklda adabiy asos sifatida olingan U.Azim asari o'zining yorqin nutqiy ravonligi, xalq og'zaki ijodiyoti, folkloriga befarq emasligi bilan ahamiyatli. Bu o'z vaqtida sahnaviy qahramonlar tasvirini berishda, ularning ichki dunyosi, siyratini tasvirlashda qo'l kelgan hamda spektaklning tomoshaviyligini oshirgan. Dramaturg sahnaviy asarini zamonaga yaqinlashtirishga, uni ko'rgan zamonaviy tomoshabin o'zi uchun biror e'tiborli narsa olishini istagan holda yozgan, rejissyor esa talqin etgan. Zero, spektaklning zamonaviy jaranglashi, dolzarbligi ham mana shunda-da. Asardagi voqelik hozirgi davr va insonlar e'tiboriga to'g'ri keladi. Dramaturg asar tilini xalqona ohangda yaratgan. Har bir obraz nutqida joziba va sehr bor. Asarda hozirgi kunda Surxondaryo shevasiga xos bo'lgan, "Ena", "Checha", "Qo'noq", "Elat" singari ko'plab mahalliy shevaga oid so'zlar uchraydi.
Spektaklning asosiy qahramoni Alpomish obrazi o'ta murakkab va ko'p jihatdan mas'uliyatlidir. Doston qahramonlariga xos jihatlar- ko'rkamlik, kelbatona tashqi ko'rinish, bahodirlik, dovyuraklik, vatanparvarlik bularning hammasi bir odamda namoyon bo'lishi kerak. Bunday qahramonning sahnaviy ko'rinishini talqin etish va tomoshabinni ishontira bilish ancha mushkul. Bu vazifani bajarish teatrning aktyori Mirza Azizovga nasib etadi. Alpomish sevar yori Barchin bilan xayrlashishda "Barchin...Agar mabodo Qalmoqdan qaytmasam, ulimning otini Yodgor qo'y", deb murojaat qiladi.
I [ccñ^^BI 21 http://oac.dsmi-qf.uz
Buni qarangki, oddiy tuyulgan bu munosabatda ikki sevishgan yorning nafaqat bir-biriga bo'lgan sadoqatini, balki ona yeri, ona tuprog'i, xalqi, nasli nasabiga bo'lgan munosabati yashiringan. Barchinoy timsolida esa spektakl mualliflari o'zbek ayollarining vafodorligi, qat'iyati, bir so'zligi, mardligini ko'rsatgan. Mirza Azizov bilan suhbatda bu obrazni xotirlab shunday so'zlaydi: "Qahramonning "Alpomishsiz el bo'lmaydi, biy bobomning uli,"- degan so'zining o'zida, o'zini aktyorman deb his qilgan man-man degan inson ham ijro paytida ko'zidan yosh oqib ketadi. Aslida bu gaplarni yig'lamasdan, jasorat bilan mag'rur turib gapirish kerak. Lekin men har doim ushbu sahnada shu so'zlarni gapirishga qiynalardim"1. Darhaqiqat, Alpomish obrazi o'ta murakkab, unda xalqning orzu umidi, ishonchi, kelajagi yashiringan. Bu spektaklni ko'rib, Alpomish talqinini ko'rgan har qanday insonda ham bir oz bo'lsa -da, ruhiyatida o'zgarish bo'lishi tabiiy.
"Alpomishning qaytishi" spektaklida yana bir qahramonlardan Barchin obrazi e'tiborli hamda o'ziga xos. Aktrisa Zulayho Boyxonova Barchinning hokisor, biroq keskin ruhiyatini so'zlashuv uslubiyatida, munosabatida ko'rsata bilgan. Aktrisa go'zal va mayin, sadoqatli va mard ayol qiyofasini chiza olgan. Z.Boyxonova uning turli qirralarini tasvirlashda o'z ariyalarida xalqona ifoda eta olgan, bunda unga xor jamoasi yaqindan ko'maklashgan. "Alpomishning qaytishi" spektakli voqealari o'ta tez sur'atda, birma-bir uzviy aloqadorlikda namoyon bo'lishi adabiy matnga tegishli bo'lsa, eng muhimi, milliy musiqada ham ko'zga tashlanadi.
Bugungi kunda musiqali drama teatri repertuari yoshlar, barkamol kelajak avlod taqdiri bilan bog'liq sahna asarlari bilan boyib bormoqda. Muqimiy nomidagi O'zbek davlat musiqali teatri ijodkorlari bu masalaga jiddiy yondashmoqdalar. Mazkur teatr repertuaridan o'zbek xalqining o'ziga xos dunyoqarashi, fikr-o'yi, orzu-umidlari, milliyligini aks ettiruvchi zamonaviy mavzudagi, bugungi kun yoshlari hayotidagi yutuq va muammolarini yoritib beruvchi sahna asarlari joy olib kelmoqda. Yohud yaqin o'tmishda bo'lib o'tgan, hikoya qilingan voqealar bugungi kun yoshlari, umuman tomoshabin ma'naviy dunyosining boyishida katta o'rin egallab kelgan sahna asarlari ham mavjud.
Bu kabi go'zal va yuksak saviyali spektakllar teatr sahnasini yanada boyitishi zarurdir. Bu kabi asarlarning aktyor tarbiyasi va ijodiy o'sishi jarayonida tutgan o'rni beqiyos. Zero, musiqali teatr aktyori xalq ijodiyoti namunalari, milliyligimiz ufurib turgan dramaturgik namunalar, musiqiy lavhalar asosida o'z ijodiy faoliyati diapozonini kengaytiradi va poydevorini mustahkamlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yuldashev.T.I., Ikromov H.I., Muxtarov I.A, M.S.Muxtorova. Teatr va yosh avlod. T., 2012 y. 31-bet.
1 M.Azizov bilan suhbatdan. 24 fevral 2015 y.
[MH^H
22
http://oac.dsmi-qf.uz
2. To'laxo'jaeva M. Teatr haqida g'amxo'rlik. // "Teatr", 2001 yil, 6 - son
3. To'laxo'jaeva M. XX asr teatr islohotlari. // "Jahon adabiyoti", 2014 yil, 1 -
son
4. Rizaev O. XXI asr o'zbek teatri: muammolar va rejalar. // "Teatr", 2007 yil, 5 - son.
5. Erkin Samandar. Zamon, sahna, inson. // "Teatr", 2002 yil, 4-son.
23
http://oac.dsmi-qf.uz