Научная статья на тему 'ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALARGA QUYILADIGAN TALABLAR'

ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALARGA QUYILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
17
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
logistik texnologiyalar / zamonaviy transport-texnologiyalari / transport operatorlari / muqobil variantlar / zamonaviy axborot texnologiyalari / yo‘lovchi tashish / ulgurji vositachilar / raqamli iqtisodiyot. / logistics technologies / modern transport technologies / transport operators / alternative options / modern information technologies / passenger transportation / wholesale intermediaries / digital economy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Soliev H.

Zamonaviy transport-texnologiyalari va ularning tavsifi, zamonaviy muammolari va rivojlanish darajasi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida zamonaviy logistik texnologiyalarning zaruriy shartlari, transport logistik tizimlar uni tuzish va boshqarish, transport operatorlari va transport xizmatlarini muqobil variantlari, yetkazib berish zanjirida zamonaviy logistik texnologiyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari, yo‘lovchi tashishdagi zamonaviy logistik texnologiyalarning samaradorligini baholash usullari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REQUIREMENTS TO BE POURED INTO MODERN LOGISTIC TECHNOLOGIES

The concept, content and requirements of modern logistics technologies, modern transport technologies and their description, logistics technologies: modern transport technologies and their description, modern problems and level of development, necessary conditions for the use of modern logistics technologies in the context of economic modernization, transport and logistics systems for its construction and management, alternative options for transport operators and transport services, modern logistics technologies, The methods of evaluating the effectiveness of modern logistics technologies in passenger transportation are presented.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALARGA QUYILADIGAN TALABLAR»

Soliev H. PhD

Namangan muhandislik - qurilish instituti.

ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALARGA QUYILADIGAN

TALABLAR

Annotatsiya: Zamonaviy transport-texnologiyalari va ularning tavsifi, zamonaviy muammolari va rivojlanish darajasi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida zamonaviy logistik texnologiyalarning zaruriy shartlari, transportlogistik tizimlar uni tuzish va boshqarish, transport operatorlari va transport xizmatlarini muqobil variantlari, yetkazib berish zanjirida zamonaviy logistik texnologiyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari, yo 'lovchi tashishdagi zamonaviy logistik texnologiyalarning samaradorligini baholash usullari berilgan.

Kalit so'zlar: logistik texnologiyalar, zamonaviy transport-texnologiyalari, transport operatorlari, muqobil variantlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, yo 'lovchi tashish, ulgurji vositachilar, raqamli iqtisodiyot.

Soliev H.. PhD.

Namangan Institute of Engineering and Construction.

REQUIREMENTS TO BE POURED INTO MODERN LOGISTIC

TECHNOLOGIES

Abstract: The concept, content and requirements of modern logistics technologies, modern transport technologies and their description, logistics technologies: modern transport technologies and their description, modern problems and level of development, necessary conditions for the use of modern logistics technologies in the context of economic modernization, transport and logistics systems for its construction and management, alternative options for transport operators and transport services, modern logistics technologies, The methods of evaluating the effectiveness of modern logistics technologies in passenger transportation are presented.

Keywords: logistics technologies, modern transport technologies, transport operators, alternative options, modern information technologies, passenger transportation, wholesale intermediaries, digital economy.

Zamonaviy logistik texnologiyalarga nisbatan tobora ortib borayotgan qiziqish moddiy oqimlar bilan shug'ullanuvchi tizimlar va yo'lovchilarga transport xizmatlari ko'rsatish hamda servis faoliyatini zamonaviy logistik texnologiyalar asosida tashkil qilish nuqtai nazaridan yondashishning samaradorligi bilan belgilanadi. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasida logistikaning dolzarbligini, uni yanada rivojlantirish va xalqaro darajalarga integratsiyalashish masalalarining o'ta muhimligini ta'kidlash zarur [1-3].

1-jadval

O'zbekiston Respublikasi korxonalari uchun logistikaning

dolzarblik belgilari

Dolzarblik belgisi Belgi tavsifi

Mahalliy mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining yuqoriligi Turli xil baholashlarga ko'ra, ular jahon darajasidan 2-8 marotaba yuqori, ko'pgina holatlarda ishlab chiqarish texnologiyalari zamon talablariga mos kelmaydi

Xizmatlar sohasining ishlab chiqarish sohasidan davriy orqada qolishi • savdo sohasida qo'l mehnati 70% ga teng; • ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiya-lashtirish darajasi 20-30% ni tashkil etadi • tashishga buyurtma qabul qilishdan uning bajarilishigacha bo'lgan muddatning uzoqligi

Mahsulot taqsimoti tizimini rivojlantirish-ning o'ylab chiqilgan strategiyasi mavjud emasligi, ko'plab vositachilik tuzilma-larining mavjudligi • vositachilar, mahsulotning boshlang'ich narxidan 2-2,5 barobar yuqori transaktsion xarajatlarni keltirib chiqaradi; • markazlashgan taqsimot tizimlarining hududlar bo'yicha unchalik rivojlanmaganligi

Tashkil etilgan yirik va o'rta ulgurji savdo bozorlarining yetishmasligi O'zbekistondagi ulgurji vositachilar soni 1 ming kishiga 0,05ta korxonani tashkil etadi, taqqoslash uchun AQShda bu ko'rsatkich 1,9ga, Yaponiyada esa 3,4ga teng

Zamonaviy axborot va elektron kommunikatsiya vositalarining past darajada rivojlanishi Respublikaning chekka hududlarida internet tarmoqlarining pastligi yoki yo'qligi, yuk xarakatini su'iy yo'ldoshdan kuzatish qurilmalarining kamligi yoki qimmatligi

Transport infratuzilmasining qoloqligi • O'zbekistonda mahsulot yetkazishning o'rtacha sutkalik tezligi 5-6 marta past, terminallar orqali yetkaziladigan mahsulot ulushi esa 5-10 marta kamdir; • magistral avtopoezdning o'rtacha yuk ko'tarish qobiliyati O'zbekistonda 15 t.ga teng, AQSh, Frantsiya, Shvetsiyada bu ko'rsatkich 25-30t.ni tashkil etadi

Transport harakat vositalari va infratuzilma ob'ektlarining yuqori darajada eskirishi • avtomobil yo'llarining 1/3dan ko'prog'i zamonaviy talablarga javob bermaydi; • xalqaro yuk tashishda band bo'lgan avtotransport vositalarining 90 foizdan ortig'i yevropa ekologik standartlariga javob bermaydi

Omboi"xona xo'jaligi ishlab chiqaгish-texnik bazasi rivojlanish daгajasining pastligi • omboгxonalaг У qismining maydoni 500 m2 dan kam; • 12 foiz omboraonala^a umumiy omboгxonalaг maydonining 2/3 qismi to'g'ri keladi; • omboгxona xo'jaligi asosiy fondlarining 30 foizga yaqini jismoniy va ma'naviy eskiïgan

Zamonaviy qadoq^ tuгlaгini ishlab chiqaгish sanoatining yaxshi rivojlanmaganligi Qadoqlash materiallari bilan yetaгlicha ta'minlanmaganligi va uning yomon sifati tufayli, har yili meva va sabzavotlaming 40 foizigacha yo'qotiladi

Logistik texnologiyalaг bo'yicha xalqara daгajalaгda faoliyat yuгituvchi yuqoгi malakali kadriaming kamligi ta'lim sifatining jaxon talablaridan pastligi, Respublikaning chekka hududlaridagi mutaxassislaming xoгijiy tillaгda muloqot qilishining yetarii daгajada гivojlanmaganligi

Ushbu masala^ o'z o'mida eng dolzart muamшolaгdiг. Muamшolaг yechimi sifatida barcha sohalaгda zamonaviy logistik texnologiyalami qo'llash, iqtisodiyotni гaqaшlashtiгish, kadгlaг tayyoгlash tizimini tubdan isloh qilish oгqali transport sohasini гivojlantiгish kabi ustuvoг masala yotadi.

O'zbekistonda tгanspoгt faoliyatini yanada rivojlantirish, xalqaгo xizmatlaг bozoгidagi nufuzini oshiгish maqsadida гaqaшlashtiгish tadbiгlaгiga alohida e'tiboг qaгatilmoqda.

Raqamli iqtisodiyot - bu noldan boshlab yaгatilishi lozim bo'lgan qandaydiг boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyala^ platfoгmalaг va biznes modellari yaгatish va ulami kundalik hayotga joгiy etish o^ali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko'chirish deganidiг [4-5].

Raqamli iqtisodiyot belgilari:

• yuqoгi daгajada avtomatlashtiгilganlik;

• elektran hujjat almashinuvi;

• buxgalteriik va boshqaгuv tiziшlaгining elektгon integratsiyalashuvi;

• ma'lumotlaг elektгon bazalari;

• CRM (mijoz^ bilan o'zaгo munosabat tizimi) mavjudligi;

• koгpoгativ tarnoqlar

Raqamli iqtisodiyotning qulayliklaгi:

1. To'lov^ uchun xaгajatlar kamayadi (masalan, bankka boгish uchun yo'lkiгa va boshqa гesuгslaг tejaladi).

2. Tovaгlaг va xizmat^ haqida ko'pгoq va tezraq ma'lumot olinadi.

3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlaming jahon bozoriga chiqish iшkoniyatlaгi katta.

4. Fidbek (iste'molchi fíkri)ni tez olish hisobiga tovaг va xizmatlaг jadal takomillashtiriladi.

5. Tezгoq, sifatliгoq, qulayгoq.

Ushbu qulayliklar transport xizmati iste'molchilarining vaqt va pul xarajatlarini tejabgina qolmasdan xizmatlarga bo'lgan talabini ham oshiradi. Natijada transport korxonasi o'z faoliyatida yuklarni yetkazib berishning "an'anaviy zanjir"idan voz kechib "zamonaviy yetkazib berish zanjiri"dan foydalanadi.

Endi "an'anaviy" va zamonaviy yetkazib berish zanjirini bir-biri bilan turli ko'rsatkichlar asosida taqqoslab ko'ramiz [6-7].

2-jadval

"An'anaviy" va zamonaviy yetkazib berish zanjiri tavsifi

Zanjir tavsifi "An'anaviy" zanjir Zamonaviy zanjir

Boshqaruv qarorlari tavsifi Zanjirning xar bir ishtirokchilari o'zlarining shaxsiy qiziqishlari doirasida qabul qiladi Fokus kompaniya tomonidan bir butun zanjirning raqobatbardoshligi oshirish maqsadida qabul qilinadi

Zaxiralarni boshqarish Har bir qatnashchining alohida manfaatlari hisobga olinadi Butun bir zanjir bo'yicha boshqaruv sub'ekti tomonidan muvofiqlashtiriladi

Bajariladigan funktsiyalar Har bir qatnashuvchining ixtisoslashuvi va manfaatlari asosida aniqlanadi Etkazib berish zanjirining umumiy vazifasidan kelib chiqib qatnashchilar o'rtasida qayta taqsimlanishi mumkin

Xarajatlar Xar bir qatnashchi o'zining manfaatiga ko'ra minimallashtiradi Oxirgi bo'g'inda maksimal raqobatbardoshlikdan kelib chiqqan holda qatnashchilar o'rtasida taqsimlanadi

Axborotlar Har bir qatnashchi tomonidan alohida nazorat qilinadi Faqat fokus kompaniya uchun imkonli

Tavakkalchilik Alohida korxonalarga yo'naltirilgan Zanjir qatnashchilari o'rtasida taqsimlanadi

Rejalashtirish Alohida korxonalar doirasida, asosan qat'iy rejalashtirish sxemasi asosida olib boriladi Zanjirning barcha bo'g'inlari uchun, ko'p hollarda "jadal mo'ljallanish" sxemasi bo'yicha olib boriladi

Qatnashchilar o'rtasidagi o'zaro xamkorlik Alohida korxonalar tomonidan o'z maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan Yakuniy bo'g'inda yetkazib berish zanjiri manfaatiga moslangan holda o'rnatiladi

Zamonaviy yetkazib berish zanjiri logistikaning quyidagi asosiy tamoyillariga asoslanadi [8-9]:

- sinergiya tamoyili, bu qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'lida kompleks tizimli yondashishni bildiradi. Ushbu tamoyil asosida, ishlab chiqarish va ayriboshlash jarayonlarining o'sishi xisobga olinib, logistik tizimning aloxida elementlari faoliyati emas, balki umumiy tuzilmaning o'zaro bog'lik jarayonlarda transport vositalarining kelishuviga erishgan xolda, ko'prok samaraga ega bo'lishi nazarda tutiladi;

- dinamika tamoyili logistik tizimning tashkiliy-iqtisodiy ma'lumotlar bilan chegaralanib qolishi kerak emasligini e'tirof etadi. Bu tamoyil butun logistik tizim jarayonlarini qamrab olishni talab etadi. Shu ma'noda ushbu jarayonlar o'sib borish dinamikasini ko'zda tutib, yangilanish va rivojlanishga xizmat kilishi darkor. Dinamika logistik tizim xarakatining ma'lum ko'rinishi sifatida ishlab chiqarish, ta'minot va sotish operatsiyalari, mexnat predmetlari va vositalari, shu bilan birga maqsad va vazifalar, belgilangan tartibda rivojlanishning navbatdagi bosqichlarini aniklaydi;

- majmuaviylik tamoyili, bu logistikada tizimning bir nechta elementlar asosida jamlanishi, bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lishi jarayonlarini xisobga olgan holda yaratilishini nazarda tutadi. Logistika tizimida aloxida elementni xarakatlanishiga yo'l ko'yilmaydi. Favqulotda va nostandart xolatlarda yakka tartibda ishlashi mumkin;

- egiluvchanlik tamoyili, bu tamoyil asosida logistik tizim va zanjirlar shunday qurilishi kerakki, bunda doimo tuzilma elementlari o'zaro almashish imkoniyati mavjud bo'ladi. Bu esa tizimning tezda ichki va tashki sharoitlar o'zgarishiga moslashishda yordam beradi. Ushbu tamoyil bilan boshka tamoyillar doimo aloqada buo'lishi zarur;

- tashabbuskorlik tamoyili, bu korxonada bo'lishi mumkin bo'lgan voqea-xodisalarni va imkoniyatlarini xuo'jalik faoliyatida tartibga solish yoki keltirib chiqarishni nazarda tutadi;

- maksadga muvoffiklik tamoyili ko'zlangan maqsadga yetishish uchun optimal yo'lni tanlash. Shunga muvofiq texnik, texnologik va boshqaruv tuzilmalar elementlarini o'rnini o'zgartirishdagi kam vaqt, kam xarajat nuqtai nazaridan bir nechta yechim tanlash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mamadjonov X., Ustaboev A., Ataxonov X. Logistik tizimlarda tashish jarayonini tashkil etish mexanizmlari //Current approaches and new research in modern sciences. - 2023. - T. 2. - №. 1. - S. 137-141.

2. Ustaboev, A. "Multimodal tashishlar haqida tushuncha." Scienceweb academic papers collection (2021).

3. To'xtaboyev, M., Ataxanov, X. Shorrahalardagi tirbandlikni oldini olish //Transport i logistika: Sifrovbie texnologii v razvitii transportno-tranzitnogo potensiala respubliki: Sbornik materialov Respublikanskoy nauchno-texnicheskoy konferensii, 2021. - S. 109-112.

4. Ataxonov X., Xidirov U., Ustaboev A. Razrabotka progressivntix sistem strategicheskogo upravleniya v dorojno-transportnom komplekse gao" namanganavtoyo'l" //Mirovaya nauka. - 2018. - №. 6 (15). - S. 89-91.

5. Ataxanov X. Logistik konsepsiyalarni ahamiyati//Scienceweb academic papers collection. - 2022.

6. Mamirov U. X., Soliev X. M., Turg'unov Z. X. Namangan shahrida transport oqimini oshirishda infratuzilmalarni loyihalash //Mexanika i texnologiya. - 2023. -T. 1. - №. 10. - S. 130-135.

7. Mamirov U. X., Soliev X. M., Turg'unov Z. X. Jamoat transporti samaradorligini oshirish uchun qo'shimcha yo'l bo'lagi (BRT tizimi) ni tashkil etish (Namangan shahri misolida) //Mexanika i texnologiya. - 2023. - T. 1. - №. 10. - S. 77-84.

8. Mamirov U. X., Soliev X. M., Turg'unov Z. X. Namangan shahridagi markaziy ko'chalarda chorrahalarning o'tkazuvchanligini oshirish samaradorligi //Mexanika i texnologiya. - 2023. - T. 1. - №. 10. - S. 66-71.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.