ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLAR FAOLLIGINI OSHIRISH
MASALASI
Zumradxon Sabirjanovna Kasimova
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Gumanitar fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi
Ushbu maqolada yoshlarning hayot tarzi milliy mentalitetimizga asoslangan izohlanib, milliy mentalitet yoshlarning ijtimoiy-ruhiy rivojlanish sharti ekanligi, oiladagi sotsial munosabatlar ta'sirida insonlar bilan o'zaro muloqot natijasida yuzaga kelishi asoslab berilgan. Yoshlarning ongi alohida e'tiborga loyiq bo'lib, ulkan axborot qabul qila oladi. Mana shu vaqtda yoshlar ongida qiziqish, ong rivojlanishi va o'zining xulq-atvorida o'zgarishlar ro'y berishi asoslangan. Bu jarayonlar negizida yoshlarning jamiyatdagi o'rni o'zgarish, ularning huquq va majburiyatlari ortishi bilan bog'liq ekanligi ko'rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: Yoshlarning ijtimoiy-ruhiy rivojlanishi, yoshlar faolligi, qadriyat, yuksak ma'naviyat, oila, maktab, mahalla.
This article explains the way of life of young people based on our national mentality, and argues that national mentality is a condition for the socio-spiritual development of young people, which is formed as a result of interaction with people under the influence of social relations in the family. The consciousness of young people deserves special attention and can absorb a huge amount of information. It is based on the fact that at this time, interest, development of consciousness and changes in their behavior occur in the minds of young people. It is shown that these processes are fundamentally related to the change in the position of young people in society, the increase in their rights and obligations.
Keywords: Socio-spiritual development of young people, youth activity, values, high spirituality, family, school, mahalla.
Bolaning yoshligidan qolgan ayrim xatti-harakati uning xarakterida yangi elementlarni keltirib chiqaradi. "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
hamon talabqilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz"[1].
December, 2024
Yoshlardagi ijtimoiy-ruhiy rivojlanish har doim ham silliq kechavermaydi. Rivojlanish natijasida yoshlar jismoniy o'sib, hayotga qiziqishi oradi, ma'naviy quvvati, qobiliyati yuksaladi. Lekin ba'zida ma'naviy-ruhiy tayyorgarlik maqsadga to'g'ri intilmaslik, hayotiy tajribaning yo'qligi sabab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. S.Jo'raev fikricha, "Yoshlar respublikamiz aholisining 33-35% mehnat resurslarining yarmidan ortiqrog'ini tashkil etadi"[2]. Yoshlar katta avloddan jamiyatni ma'naviy-madaniy, ijtimoiy qabul qilib oluvchi, vorisiylik qonuniyatini amalga oshiruvchi meros sohibidir.
Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy holatini kuzatish shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunda ularning anchagina qismi siyosiy jarayonlarning munosib qatnashchilari bo'la olish imkoniyatlarining mavjudligiga oxirigacha tushunib yetganlaricha yo'q. Hozircha ular siyosiy jarayonlarda ishtirok etishlarini inson sifatida shakllanishlarida, jamiyatda o'z o'rinlarini topishlarida unchalik muhim bo'lmagan mashg'ulot deb bilmoqdalar. Shuning uchun ham B.X.Jo'raev "Jamiyatdagi demokratik jarayonlar va yoshlar faolligi bir-biri bilan uzviy bog'liq. Ular ikki muhim munosabatlar tizimining tarkibiy qismlari ekanligini siyosiy tafakkur chuqurroq idrok eta boshladi"[3], deb yozadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
"Yoshlar siyosiy madaniyati, - deydi yuridik fanlar doktori E.Kadirov. -shaxsning erta bolalikdan dastlab oilada, maktabgacha ta'lim muassasasi, umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari yoki mavjud tashqi ta'sir doirasida davlat, siyosiy tizim, siyosiy institut va siyosiy jarayonlar haqidagi siyosiy ong, siyosiy bilim va siyosiy xulq-atvorining yig'indisidir"[4].
M.Yo'ldoshev fikricha, "Yoshlarning ijtimoiy siyosiy faolligi ulardagi yuksak siyosiy madaniyat bilan uyg'un bo'lgan yuqori iqtisodiy tayyorgarlikni, g'oyaviy-siyosiy yetuklikni, faol va barqaror fuqarolik mavqeini talab etadi. Bu talablar tashqi muhit va ichki omillar asosida kamol topadi. Sust faoliyat esa yoshlarning o'quv, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatida muayyan qadriyatlarga ehtirom shakllanmaganini ko'rsatib turadi"[5].
Jahon tajribasi ham, o'z tajribamiz ham shundan dalolat beradiki, jamiyatda amalga oshirilayotgan har qanday, jumladan, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning ham ko'zlangan yutuqlariga erishuvi mazkur islohotlarning jamiyat a'zolari tomonidan faol ravishda qo'llab-quvvatlanishi orqali yuz beradi. Davlat bilan jamiyat o'rtasida bo'ladigan o'ziga xos ijtimoiy hamkorlik taraqqiyotning garovi bo'lib xizmat qiladi.
Yoshlar muammolari o'rganib, tahlil etilar ekan, u ijtimoiy uyushma, yosh avlodning ijtimoiy hayotga kirib kelishi va unga
nisbatan ijtimoiylashib borish xususiyatlari, katta avlod bilim va
December, 2024
tajribalariga nisbatan vorislik, o'z hayotiy rejalarini shakllantirish va unga nisbatan yo'naltirilgan qadriyatlar, jumladan, kasbiy, ijtimoiy mobillik, turli guruhlar ichida ijtimoiy rollarni ijro etish hamda ko'nikmalarni shakllantirish kabi omillar e'tiborga oladi. Chunki "Ijtimoiy faollik sub'ektning jamoa, guruh va uyushmalar bilan muloqotda bo'lish, atrofidagilar bilan hamkorlik qilish, tengdoshlari va katta-kichik oldida ma'lum majburiyatlarni ijodiy bajarish, tadbirkorlik ko'rsatish, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va boshqa jarayonlarda faol ishtirok etish malakalarini o'z ichiga oladi"[6].
NATIJALAR
Yangi bosqichda Harakatlar strategiyasi asosida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish sharoitiga o'tish yoshlardan mehnatning yangicha shakllarini joriy etishni taqozo qilmoqda. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi yoshlardan katta miqdordagi potensial kuch talab qilyapti. Shunday sharoitda iqtisodiy o'sish yoshlarni yanada tejamkor, hushyor va sergak, har tomonlama o'ylab fikr yuritishni talab etmoqda. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, uyushmagan yoshlar deganda biz faqat qishloqda yashaydigan o'qimagan ishsiz yoshlarni yoki oddiy qishloq aholisini tushunmasligimiz kerak. Aslini olganda, qishloq yoshlari ham xuddi shahar yoshlari kabi tengdirlar. Faqat ularda shaharga nisbatan ma'lum qiyinchiliklar mavjud. Bizning nazarimizda, qishloq aholisining, yoshlarining qiziqishlari, g'oyalari, o'qishga intilishlari ijtimoiy guruhning jamiyatdagi o'rnini belgilab beradi.
Yoshlar hayotidagi ijtimoiy muammolarni hal etishning turli yo'llari keng jamoatchilik uchun nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Buning uchun davlatimiz tomonidan turli ijtimoiy muammolarni bartaraf qilish borasida qonunlar, dastur, farmon va qarorlar qabul qilinmoqda. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, jamiyatda yoshlar muammolarni samarali hal etishda quyidagilarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb topdik:
1. Mamlakatimizda yoshlarning chinakam suyanchi va tayanch bo'la oladigan mutloqo yangi - O'zbekiston yoshlar ittifoqining respublika, viloyat, tuman, shahar ma'naviyat-ma'rifat markazlari ishini faollashtirish;
2. Ma'naviyat va ma'rifat sohasida faoliyat ko'rsatadigan xodimlarni tanlash, ularni qayta o'qitish, malakasini oshirishga katta e'tibor berish maqsadga muvofiq.
3. Oila, maktab, mahalla va keng jamoatchilik faoliyatiga alohida e'tibor qaratish. Ular o'zaro hamkorlikda ish yuritishlarini ta'minlash zarur.
Yoshlar ongiga ijtimoiy qarashlarning o'zgarishi boshqaruvga ham o'z ta'sirini o'tkaza boshlaydi. Ruhiy - ma'naviy rivojlanish yoshlar ongiga shunday singishi kerakki, bu narsa ularning mehnatida,
dunyoqarashida o'z aksini topishi lozim. Bu jarayon negizida
December, 2024
jamiyat taqdiri,mas'uliyatlilik, ijtimoiy faollik, jamiyat, o'z xalqi uchun faol mehnat qilishi yotadi. "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"[7]gi qonun, birinchidan, millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma'lumoti va e'tiqodidan qat'i nazar, yoshlar haqida g'amxo'rlik qilish, ikkinchidan, yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish, uchinchidan, yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o'z manfaatlarini amalga oshirish yo'llarini erkin tanlab olishlariga kafolat berish, to'rtinchidan, jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa, respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishini ta'minlash; beshinchidan, huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas'uliyatining birligi qoidalariga asoslanadi.
Ma'lumki yoshlarning bilimlarini oshirish hamda ularni konstruktivizm ruhida tarbiyalashda davlat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari samarali hamkorlik qilib kelmoqdalar. Bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari iqtisodiyot, ta'lim, sport, ayollar va yoshlar, ekologiya masalalari, ijtimoiy va huquqiy yordam hamda boshqa yo'nalishlarda samarali faoliyat olib bormoqdalar. Mazkur muassasalar joylarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda, aholining, ayniqsa, yoshlarni qo'llab-quvvatlash va faolligini oshirishga ko ' maklashmoqdalar.
MUHOKAMA
Har qanday jamiyat taraqqiyotida avlodlar almashinuvi va vorisiylik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Har bir davr jamiyat oldiga yangi-yangi vazifalar qo'yadi, oldingi avlod erishgan yutuqlarni yanada mustahkamlash, ta'sirchanligi va samaradorligini yanada oshirish muhim vazifa sifatida kun tartibiga chiqadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yoshlar faolligining yuqori darajasi ularning shaxsiy takomillashishiga, ya'ni individual rivojlanishi, takomillashishiga yo'nalgan ongli va tizimli faoliyati - o'z-o'zini tarbiya qilishga intilishi bilan belgilanadi. Bunday faollik shakli insonda birdaniga shakllanmaydi, balki butun umri davomida yuksalib boraveradi.
Ilmiy konstruktivizmning o'sishi, fan-texnikaning rivojlanishi, jamiyat a'zolarining ijtimoiy faolligi, mas'ullik va tashabbuskorlik tuyg'ularining kuchayishi muayyan vazifaning dolzarbligini ta'minlaydi. Bunday sharoitda barkamol avlod tarbiyasiga alohida e'tibor bergan, navqiron yigit-qizlarning har jihatdan barkamol bo'lib yetishishlari uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib bergan jamiyat rivojlanishda davom etadi, fuqarolar turmush tarzida farovonlik, tinchlik-totuvlikka erishiladi[8].
December, 2024
Jamiyat hayotini yuksaltirish, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy kuch-qudratini oshirishda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, o'quv jarayonini zamonaviy talablarga mos ravishda olib borish, shu bilan birga, yoshlarning nazariy bilimlarini amaliy ko'nikmalar bilan uyg'unlashtirish alohida o'rin tutadi. Chunki, jamiyatdagi konstruktivizmga milliy taraqqiyotga ilm-fan cho'qqilarini egallagan, qalbida Vatan tuyg'usi jo'sh urgan, istiqlol g'oyalariga sadoqatli, yurtning farovon kelajagiga ishonchi mustahkam yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi, mustaqil fikrlash darajasi, Vatan ravnaqi uchun mas'ullikni chuqur his etishi orqaligina erishish mumkin[9].
Shuning uchun yoshlarning tarbiyasi, ularning yangicha dunyoqarashi doimo konstruktivizm, bunyodkorlik g'oyalariga yo'g'rilgan mafkurasi jamiyat kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga ega. Milliy ravnaq, iqtisodiy barqarorlik, birinchi navbatda, jamiyatdagi tinchlik-totuvlik, katta hayot ostonasiga qadam qo'yayotgan yoshlarning zamonaviy bilimlarni chuqur egallagani, dunyoqarashining to'g'ri shakllangani, o'tmish ajdodlar merosidan bahramandligi va ular tajribasiga tayanib, mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy salohiyatini mustahkamlash yo'lidagi azmu qarori bilan bevosita bog'liq. Bunday "Ijtimoiy faollik - shaxsning atrof muhit, jamiyatda kechayotgan jarayonlarga bo'lgan munosabatlarining integral tizimi bo'lib, uning individual-tipologik va umri davomida shakllanib boruvchi ijtimoiy shartlangan xususiyatlari bilan xarakterlanadi"[10].
Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim-tarbiya bilan bir qatorda tez sur'atlarda anti ta'lim ham rivojlanib, turli yo'nalishlarda o'z ifodasini topmoqda. Turli kanallar orqali yoshlar ma'naviy-ruhiy holatiga katta ta'sir etadigan bunday nomadaniy hodisalar, tabiiy ravishda ulardagi o'zini-o'zi himoya qilish reaksiyasini so'ndiradi, yoshlar ma'naviy olamini salbiy qarashlar, ular asosida shakllanadigan kayfiyatlar bilan to'ldirib boradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yoshlar haqiqatan jamiyat tarkibidagi alohida ijtimoiy-demografik guruhdir. Yoshlarda jamiyat boshqa a'zolaridan farqli o'laroq, o'ziga xos xususiyatlar va tavsiflar mavjudligini alohida ta'kidlash o'rinli. Mazkur xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotga kirib borishi, hayot yo'llarini topishi, o'zini shaxsiy, ijtimoiy mavqeiga erishuvi, qarashlar, intilishlar, qiziqishlar, ma'naviy-madaniy, psixologik holatlaridan iborat. Demak, yoshlar ongida konstruktivizm to'g'risidagi dunyoqarashni to'g'ri shakllantirishda ularning millat tarixi va o'tmishini nechog'li yaxshi bilishi, yaqin-o'tmishda kechgan voqea-hodisalar mohiyatini to'g'ri anglashi g'oyatda muhim hisoblanadi.
XULOSA
REFERENCES
December, 2024
1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз. - 1-жилд Т.: Узбекистан, 2017. Б. 145-146.
шаклланадиган давлат ёшлар сиёсатининг узига хос хусусиятлари: Дис. ... политология фан. д-ри/ - Т., 1994. - Б.5.
Президенти хузуридаги Давлат ва жамият курилиши академияси. - Т., 2004. -
4. Кадиров Э. О. Ёшларнинг хукукий ва сиёсий маданиятини юксалтириш масалалари (академик лицей ва касб-хунар коллежлари мисолида). Юридик фанлар доктори (DS^ дисс. автореферати -Т.: 2019. - Б 63.
5. Юлдошев М.М. Мустакил Узбекистон Республикаси ёшларини тарбиялаш жараёнида хулк-одоб маданияти ва сиёсий маданиятини шакллантириш муаммолари: Дис. ... фалсафа фан. д-ри; Андижон Давлат тиббиёт ин-ти. - Т., 1998. - Б.194.
6. Рахманова МД. Олий таълим муассасалари талабаларида ижтимоий фаолликни ривожлантириш. Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. - Самарканд, 2019. - Б.11.
7. "Халк сузи", 2016 йил 15 сентябрь.
8. Петренко В.Ф. Конструктивистская парадигма в психологической науке // Психологический журнал. 2002. № 3. - С.113-121.
9. Джержен (Герген) К. Дж. Социальный конструкционизм: знание и практика Минск, 2003.
10. Рахманова МД. Олий таълим муассасалари талабаларида ижтимоий фаолликни ривожлантириш. Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. - Самарканд, 2019. - Б.11.
11. Qaxxarova, M., & Absattorov, B. M. (2020). Evolution of views on ethics, ethical criteria and ethical standards. The Light of Islam, 1, 110-115.
12. Absattarov, B. M. (2019). Evolution Of Views On Ethics, Ethical Criteria And Ethical Standards. In НОВАЯ НАУКА: СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ (pp. 135-141).
13. Mamarasulovich, A. B. (2021). Improvement and Development of Ethical Criteria and Norms. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(10), 41-45.
14. Mamarasulovich, A. B., & Ismoil o'g'li, T. M. (2023). GENETIC MARKERS AND EVOLUTIONARY
2. Жураев С.А. Узбекистон Республикасининг утиш даврида
3. Жураев Б.Х. Узбекистонда жамиятнинг демократиялашуви жараёнида ёшлар сиёсий фаоллиги муаммоси: Дис. ... Сиёсий фан. номзоди: УзР
Б.13.
December, 2024
MANIFESTATIONS OF THE "NAFS" CONCEPT. World Bulletin of Social Sciences, 29, 16-19.
15. Mamarasulovich, A. B., & Ismoil o'g'li, T. M. (2023). GENETIC MARKERS AND EVOLUTIONARY MANIFESTATIONS OF THE "NAFS" CONCEPT. World Bulletin of Social Sciences, 29, 16-19.
16. Qahhorova, M. (2021). SOCIO-PHILOSOPHICAL FOUNDATIONS OF THE SOCIO-RELIGIOUS SPIRITUAL AND MORAL ENVIRONMENT. Theoretical & Applied Science, (6), 135-138.
17. Каххарова, М. М. (2018). Этическое наследие мыслителей востока. Актуальные проблемы современной науки, (5), 47-52.
18. Kakhkharova, M. M. (2019). СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОЙ ОБЩЕСТВЕННОЙ СРЕДЫ. Theoretical & Applied Science, (10), 682-687.
19. Sanaqulov, A. N. Prospective Directions of Effective Use of Virtual Technologies in Increasing the Power of Youth. JournalNX, 897-903.
20. Sanaqulov, A. (2022). FEATURES OF PREVENTING METAMORPHOSIS OF SPIRITUAL AND MORAL VALUES IN THE VIRTUALIZATION OF PUBLIC LIFE. International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS).
21. Nazarovich, S. A., & Olimjanovich, X. A. (2022). FEATURES OF PREVENTING METAMORPHOSIS OF SPIRITUAL AND MORAL VALUES IN THE VIRTUALIZATION OF PUBLIC LIFE. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(7).
22. Nizomi, A. B. M., & Al-Khorazmi, K. A. O. (2022). Sufism as a way of self-implementation and knowledge of the truth. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(11), 199-204.
23. Mamarasulovich, A. B. (2021). Improvement and Development of Ethical Criteria and Norms. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(10), 41-45.
Q Ф О
©
Ф
в
December, 20241 Multidisciplinary Scientific Journal
О
191