Научная статья на тему 'ZAMONAVIY JAMIYATDA VIRTUAL REALLIK MUAMMOSINING FALSAFIY TAHLILI'

ZAMONAVIY JAMIYATDA VIRTUAL REALLIK MUAMMOSINING FALSAFIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1393
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborot oqimi / simulyatsiya / virtual reallik / neyronlar / innovatsiya / model / sun`iy psevdomakon. / information flow / simulation / virtual reality / neurons / innovations / model / artificial pseudo-space.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boboqulov, Abror Abdug‘ani O‘g‘li, Mirzaliyev, Sanjar Mahamatjon O‘g‘li

Axborot almashinuvining yuqori intensivligi jamiyat xayotining yangi borlig‘ini ya`ni kibermakon yoki virtual jamiyat deya ataladigan platformani xosil qilmoqda. Ushbu soxaning shiddat bilan shakllanishi Virtual borliqning konstruksiyasi, uning jamiyatga ta`siri, uning ijtimoiy falsafiy, psixologik tabiatini o‘rganishni taqozo etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHILOSOPHICAL ANALYSIS OF THE PROBLEM OF VIRTUAL REALITY IN MODERN SOCIETY

The high intensity of information exchange creates a new existence in society, a platform called cyberspace or virtual society. The rapid formation of this field requires the study of the construction of the virtual being, its impact on society, its social, philosophical and psychological nature.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY JAMIYATDA VIRTUAL REALLIK MUAMMOSINING FALSAFIY TAHLILI»

ZAMONAVIY JAMIYATDA VIRTUAL REALLIK MUAMMOSINING

FALSAFIY TAHLILI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-327-331

Boboqulov Abror Abdug'ani o'g'li

TDIU tayanch doktoranti +998935314098 mr.abrorboboqulov@gmail .com Mirzaliyev Sanjar Mahamatjon o'g'li

falsafa doktori, PhD TDIU Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalar bo'limi boshlig'i +998972648707 s.mirzaliev@tsue.uz

ANNOTATSIYA

Axborot almashinuvining yuqori intensivligi jamiyat xayotining yangi borlig'ini ya^ni kibermakon yoki virtual jamiyat deya ataladigan platformani xosil qilmoqda. Ushbu soxaning shiddat bilan shakllanishi Virtual borliqning konstruksiyasi, uning jamiyatga ta^siri, uning ijtimoiy falsafiy, psixologik tabiatini o'rganishni taqozo etadi.

Kalit so'zlar: Axborot oqimi, simulyatsiya, virtual reallik, neyronlar, innovatsiya, model, sunлiy psevdomakon.

АННОТАЦИЯ

Высокая интенсивность информационного обмена создает в обществе новое существование, платформу, называемую киберпространством или виртуальным обществом. Быстрое формирование этого направления требует изучения конструкции виртуального бытия, его влияния на общество, его социальной, философской и психологической природы.

Ключевые слова: информационный поток, симуляция, виртуальная реальность, нейроны, инновации, модель, искусственное псевдопространство.

ABSTRACT

The high intensity of information exchange creates a new existence in society, a platform called cyberspace or virtual society. The rapid formation of this field requires the study of the construction of the virtual being, its impact on society, its social, philosophical and psychological nature.

Keywords: information flow, simulation, virtual reality, neurons, innovations, model, artificial pseudo-space.

327

KIRISH

Zamonaviy jamiyat avvalgilaridan axborot oqimining jadallik bilan rivojlanishi, kompyuter - axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarining har bir inson xayotiga kirib borishi bilan ajralib turadi. Xozirda inson xayotining biror bir jabxasi yo'qki unga informatsion - kommunikatsion texnologiyalar joriy qilinmagan bo'lsa. Ular bizning kundalik xayotimizning bir bo'lagiga aylanishi bilar birga aloxida bir xayot shakliga xam aylanib bormoqda. Kompyuter texnologiyalari rivojlanishi bilan bir necha soxalar integratsiyasi kuzatildi shuningdek yangi o'rganilmagan soxalarning paydo bo'lishi xam aloxida axamiyat kasb etadi. Axborot almashinuvining yuqori intensivligi jamiyat xayotining yangi borlig'ini yani kibermakon yoki virtual jamiyat deya ataladigan platformani xosil qilmoqda. Ushbu soxaning shiddat bilan shakllanishi Virtual borliqning konstruksiyasi, uning jamiyatga tasiri, uning ijtimoiy falsafiy, psixologik tabiatini o'rganishni taqozo etadi. Chunki o'rganilmagan fenomenning boshqa soxalarga tasiri, oqibati va tarmoqlarao spekulyatsiyasi juda kata bo'lishi mumkin. Xuddi bir fuqaroning erkinligi boshqa fuqaroning erkinligi boshlangan joyida tugagani kabi, soxa va tarmoqlarda tushunchalarning bir biri bilan ishlatilishida ham ko'lam va amal qilish maydon bo'lishi kerak. Texnika imkoniyatlari va muvaffaqqiyatlari aniq fanlar kesimida pozitiv qabul qilinishi mumkin albatta, chunki rivojlanish, soxaning asosiy vazifasi xisoblanadi, lekin ana shu yangi "taraqqiyotning" salbiy va ijobiy oqibatlarini, uning pozitsiyasini obyektiv yoritish ijtimoiy soxaning asosiy vazifasi xisoblanadi.

Virtual haqiqat (inglizcha virtual reality, sun'iy reallik) - bu texnik vositalar yordamida yaratilgan, insonga uning sezgi organlari: ko'rish, eshitish, sezish va boshqalar orqali uzatiladigan dunyo.[1;1] Virtual haqiqat ham ta'sir qilishni, ham ta'sirga javoblarni simulyatsiya qiladi. Bu sun'iy psevdo-muhit bo'lib, u bilan go'yo haqiqiy kabi muloqot qilishingiz mumkin. Bu inson psixikasiga kuchli (va umuman oldindan aytib bo'lmaydigan) ta'sir qiladi.[2;538] Ushbu hodisaning maqsadi multisensorli stimulyatsiyadan foydalangan holda tajribani simulyatsiya qilish sifatida aniqlangan bo'lsa-da, olimlar vizual virtual haqiqatni tavsiflash bilan cheklanishadi, chunki u fazoviy idrok etish bo'yicha tadqiqotlari kontekstida birinchi navbatda qiziqish uyg'otadi va u orqali ko'rish insonning hissiy tajribasida ustunlik qiladi.[3;45] Virtual haqiqat tizimlari odatiy kompyuter tizimlariga qaraganda insonning barcha beshta sezgi organlariga ta'sir ko'rsatish orqali virtual muhit bilan o'zaro ta'sirni to'liq taqlid qiluvchi qurilmalar deb ataladi.

Taraqqiyot va ilmiy soxada qo'lga kiritilgan malumotlar jamiyatning eng katta boyligi xisoblanadi. Taraqqiyotning xar bir bosqichida jamiyatda to'plangan

informatsion arsenalni saqlash va uzatishning yanada samarali usullarini yaratish zarurati bilan duch keladi. Postindustrial madaniyatning hozirgi rivojlanish darajasi va unda yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar bugungi kunda mavjud bo'lgan ijtimoiy harakatlar o'tish davri ekanligini va yillar davomida shakllanib borishini anglatadi. [4;2]

Virtual makonning bugungi kundagi soxalarga qo'shayotgan xissasi beqiyos xisoblanadi. Istalgan soxadagi real vaziyatda amalga oshirish mushkul bo'lgan jarayonlarni, vaziyatlarni virtual simulyatsiya yordamida bajarish ushbu soxadagi muammolarning yechimiga ijobiy xissasini qo'shmoqda. Masalan qurilish soxasida real obyektni va obyekt elementlarini birlashtirish va ularni kompilyatsiya qilish virtual makonda yuqori aniqlik va tejamkorlik bilan amalga oshiriladi. Sport va xarbiy soxalardagi virtual trenajorlar ham shular jumlasidandir. Shuningdek talim soxasining amaliyot bilan bog'liq tarmoqlarida tajribasiz talabalar uchun mashq simulyatorlari samarali vosita xisoblanadi. Qisqasini aytganda virtual reallik texnologiyalari nafaqat ma'lum bir sanoat yoki tadqiqot sohasining rivojlanishiga ta'sir qilibgina qolmay balki jamiyat hayotining barcha jabhalariga - tibbiyotdan tortib kosmik parvozlargacha ta'sir o'tkazishga qodir.

Insoniyat tabiatga moslasha boshlagandan to bugungi kungacha, to'plagan tajriba va dunyoqarashlarini kelajak avlodga yetqazib kelishda davom etmoqda va bu vazifani dastlab iyerogliflar bajargan bo'lsa so'ngra ular mukammal yozuvlarga ko'chdi, malumot bazasi vazifasini dastlab qoyatoshlar bajargan bo'lgan bo'lsa keyinchalik bu vazifani qo'lyozmalar, kitoblar bajardi. Endilikda ma lumotlar raqamlashtirildi ushbu malumotlar esa qattiq disklarda saqlanadigan bo'ldi. Ko'rinib turibdiki vosita turli bo'lishiga qaramay maqsad bitta yani malumotni sifatli yetqazish. Dastlabki urinishlardan ma lumki iyeroglif va yozuvlar ma lumot uzatishdagi vosita xisoblanadi maqsad emas. Bugungi kunda xam virtual reallik kibermakonidan foydalanish maqsad emas balki samarali vosita bo'lish kerak.

Muammoning paradoksal tomonini ko'rib chiqish uning joriy qilinishidagi xatoliklarni oldini olishda samarali usul xisoblanadi. Virtual reallik va virtual makonda uzatilayotgan, loyihalanayotgan modellarni salbiy va ijobiy jixatlarni ko'rib chiqamiz. Masalan malumot yetqazish: virtual makonda malumot yetqazish tezlik va sifat jixatdan yuqori samarador va shu bilan birga yolg'on malumotlar uchun xam qulay; virtual olam: virtual olamni yaratadi bu boshqa makonda bo'lish effektini yaratadi, shuningdek virtual olam konstativ xarakterga ega, chunki dasturlar tugallangan algoritmlar xisoblanadi, ular ongni o'ziga adaptatsiya qiladi va virtual olamga moslashgan ong u kabi xarakatsiz bo'ladi, real olam esa takrorlanmasligi,

o'zgaruvchanligi, o'z - o'zini tashkil qilishi va muarkkabligi va obyektivligi bilan ajralib turadi;[5] Vaqt va xodimlar xarajatlarini tejaydi shu bilan birga bu texnologiyani yaratish qimmatga tushadi va ishlab chiqish uzoq vaqtni talab qiladi. O'qitish va sinov sharoitlarini standartlashtiradi va shu bilan birga bir yoqlamali fikrlashni keltirib chiqaradi. Ushbu masalaning sintezi shuni ko'rsatadiki vositalarni joriy qilishda tabiiy va inson omilini chetga surish bir yoqlamalikni keltirib chiqaradi shuningdek vosita uchun kurash va manfaatlar yo'lida jamiyat ongini manipulyatsiya qilishni keltirib chiqarishi mumkin.

Bugungi xayotimizni ko'p qismini virtual olamda o'tqazar ekanmiz biz unga moslashib borayotganimizni unutmasligimiz lozim. Biz uchun kompensatorlik vazifasini bajarayotgan algoritmlarning tasir simmetriyasini unutmaslik kerak. Chunki faqatgina real dunyoning murakkabligigina bizni yangi maqsadlar qo'yishga fikrlashga majbur qiladi, konstativ bir xillikka ega, doimiy ovunchoq virtual olam esa maqsadsiz utopik xayollarni keltirib chiqaradi va maqsadsiz yoki sifatsiz fikrlashdan kelib chiqqan qaror-xulosalar orqali absurdlikka olib keladi. Analog tariqasida real olamda mavjud bo'lmagan ammo xayoliy tarzda mavjud bo'lgan yoki inson qo'li bilan yaratilgan istalgan narsani olaylik, ular tafakkurda ko'p o'rin egallamaydi va ularni o'zlashtirish juda oson shuningdek zerikarli xam. Real bo'lmagan obyektlarning idrok qilinishi osonligi va ularning qadrsizlanishi inson miyasidagi neyronlar bilan bog'liq. Neyron - bu elektr va kimyoviy signallar yordamida tashqi ma'lumotni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va chiqarish uchun mo'ljallangan elektr qo'zg'aluvchan hujayra. Neyronlar bir-biriga tegmaydi; ular sinaps deb ataladigan aloqa nuqtalarini hosil qiladi. Neyronlar nerv impulsi yordamida ma'lumotlarni uzatadi. [6] Yangi obyekt to'g'risidagi tushunchalar murojaatlar soniga qarab mustaxkamlanib boradi. Keyinchalik obyekt to'g'risidagi malumotlar shablonga aylanadi va neyronga joylashadi. Obyektning umumiy ko'rinishi pozitsiyasi endilikda shablon orqali anglanadi yani u dastlabki to'plangan ma lumotlar yordamida avtomat tarzda xotiradan neyronlarga uzatilaveradi. Biz xaqiqiy tasvirni yo'qotib boraveramiz. Masalan inson xayoti davomida birinchi ko'rgan xissiyoti bilan yashaydi, chunki qaysi obyektga murojaat qilmasin dastlab olingan malumotlar qayta uzatilaveradi murojaatlar qancha ko'p bo'lsa uning haqiqiyligi yo'qolib boraveradi. Odatda o'zgarmas belgili obyektlar shunday idrok qilinadi. Tabiiy jarayonlar esa bundan mustasno chunki tabiiy jarayonlaarni idrok qilish juda qiyin ular o'zgaruvchan, murakkablik, spontanlik xususiyatiga ega va hajm jixatdan katta, tafakkur uni shablonga aylantirishi qiyin kechadi. Shu sababli biz suniy narsalardan tez zerikamiz.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki virtual reallikda joriy qilinayotgan meta olam haqiqiysidan ancha farq qiladi. Ontologik jixatdan ular faqat qurilmalarda va qisman inson ongida mavjud, real xayotda mavjud emas. Ularning mavjudligi real narslardan ancha farq qiladi, ular murakkablikka, shuningdek spontan tabiyatga, o'z -o'zini tashkil qilish funksiyasiga ega emas. Gnoseologik jixatdan virtual olamni idrok qilish oson, ular bir xillikka ega, oqibatlarini oldindan bashorat qilish oson. Psixologik jixatdan kompensatorlik, vaqtinchalik qiziqish, xaqiqiy dunyoni unuttirish orqali o'ziga jalb qilib, ongni shunga adaptatsiya qiladi, ushbu adaptatsiya vaqt o'tishi bilan ongning funksiyalarini yo'qotib boradi. Antropologik jixatdan dunyoni egallagn virtual olam real sotsiumning degradatsiyasiga olib kelishi mumkin.

REFERENCES

1. https:// dictюnarv.cambridge.org/щ/словарь/английский/virtual-reality

2. Философия: Учебник для высших учебных заведений / Под ред. В.П. Кохановского. Ростов н/Д, 1997. С. 538.

3. Коловская Л.В, Ковалевич И.А. Информационная культура: Учеб. пособие. Красноярск, 2002.

4. Галушкина А. Ю. Инновационные процессы в гуманитарных науках: проблемы и перспективы [Электронный ресурс] // Международный студенческий научный вестник. 2018. № 2. URL: https://eduherald.ru/ ru/article/view?id=18093 (дата обращения: 23.11.2020).

5. https:// dictюnarv.cambridge.org/щ/словарь/английский/real-world

6. https://dictionary.cambridge.Qrg/m/словарь/английский/пеигоп

7. Saifnazarov, I., Muhtarov, A., Sultonov, T., Tolibov, A. (2020) Religious tolerance, unity of knowledge and faith issues highlighting in Imam Bukhari Hadiths. International Journal of Advanced Science and Technology 29 (5), pp. 1846-1853.

8. Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda Fahriddin Roziyning ontologik qarashlarining o'rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.