YUSUF XOS HOJIBNING BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA
AXLOQIY O'GITLARI
Baxtiyor Norbobo o'g'li Samiyev Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning davlatni boshqarish borasidagi qarashlari, rahbarlik lavozimida o'tirgan kishining vazifalariga alohida e'tibor berilgan va misollar keltirilgan. Undan tashqari Yusuf Xos Hojib tomonidan yaratilgan "Qutadg'u bilig" dostonining mazmun-mohiyati va asrning bugungi kunda tutgan o'rni haqida bayon qilingan.
Kalit so'zlar: "Qutadg'u bilig" dostoni, rahbar, adolat, halolik, ezgulik, yovuzlik, boshqaruv, aql, davlat, jamiyat
YUSUF KHOS HAJIB'S VIEWS ON MANAGEMENT PROCESS AND
ETHICAL TEACHINGS
Bakhtiyar Norbobo ugli Samiyev Research advisor: Kholmuminov Muminmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article focuses on the views of Yusuf Khos Hajib on the management of the state, the duties of a person in a leadership position, and gives examples. In addition, the essence of the epic "Kutadgu Bilig" created by Yusuf Khos Hajib and the role of this work today are described.
Keywords: "Kutadgu Bilig" epic, leader, justice, integrity, goodness, evil, management, intelligence, state, society.
Biz Yusuf Xos Hojibni albatta "Qutadg'u bilig" asari orqali taniymiz va uning ijodini o'rganamiz. Chunki Yusuf Xos Hojib haqida ma'lumot faqat shu asarida berilgan. Asar mazmunidan ma'lum bo'lishicha Yusuf Xos Hojib Balosog'unda tug'ilgan. Yusuf bu yerda arab, forsiy til va undagi adabiyotlarni puxta o'rganadi. Falsafa, mantiq, matematika va boshqa bilimlarni mukammal egallaydi, davlat ishlari, idora qoidalari bilan qiziqadi. Yusuf Xos Hojib umrini ko'pini Buxoro, Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag'dod, Hirot kabi shaharlarini kezib "Qutadg'u bilig" asarini yozadi.
Asarní 1069-yilda Balasog'unda yoza boshlaydi va 1070-yilda Koshg'arda tugatadi. Asarní qoraxoniylar hukumdorlarídan Tavgoch Bug'roxonga taqdím etadí[1:198]. Bu asar hukumdorga ma'qul bo'lib, Yusufga "Xos Hojib" (eshik og'asi) martabasini beradí. O'shandan boshlab adíbní Yusuf Xos Hojib deb atay boshlaydílar.
"Qutadg'u bilig" asarí hozírcha bízgacha yetíb kelgan turkíy badííy adabíyot namunalaríníng eng ko'hnasi hísoblanadí. Asarda ahloq va odob, talím va tarbíya, adolat va íntízom, davlat va jamíyat, hukmdor va xalq hamda ma'navíy kamolotníng yo'l-yo'riqlarini, usullarini, chora-tadbírlaríní shakllantirish tízímí mujassamlashgan. Yusuf Xos Hojib asardagí barcha bahsní talím-tarbíya atrofida olíb borar ekan, u o'z davrídan, tuzumdan, íjtímoíy va síyosíy, moddíy va ma'navíy hayotdan, o'sha davrníng turlí tabaqalarí, toífa va guruhlari, ularning rasm-rusum qoídalarí, hunar va kasbkorlarí, jamiyatdagi mavqelarí, tutgan o'rinlari, davlat aparatíníng qanday asosga qurilganligi, tutgan mavqeyíga qarab har bír tabaqaníng dunyoqarashí kabílar va urug'larning ma'muríy bo'líníshí, saroy ichki va tashqí síyosatí, xullas, ko'hna o'tmísh hayotíníng har sohasídagí ma'lumotlarni beradí, uníng hozírgí davr faylasuflaríga ham, adíblaríga ham, tabíblaríga ham, olím va fozíllarga ham, rahbarlar va boshqa kasb egalaríga fíkrlarí bor.
Yusuf Xos Hojib "Davlat - adolat va aql bilan boshqarilmog'i kerak", - degan fíkrní ramzíy shaklda ífodalagan. Bugungí kunda chindan ham demokratik huquqíy davlatní qurísh va adolatlí fuqarolík jamíyatíní shakllantirish uchun rahbarlar adolatlí va aql bilan ísh ko'rmog'i shart. Bu qobílyatga ega bo'lgan rahbar yuksak demokratik jamíyat poydevorí hamda huquqíy erkinliklar ífodachísí hísoblanadí. Rahbarlarning adolatlílígí, ular boshqarayotgan xalqníng íjtímoíy-síyosíy ongída katta rol o'ynaydi. Buníng asosíy jíhatí esa, insonlararo muomalada bír xíl munosabatda b o'lishni, bír-bíríníng ízzat-nafsíga tegmaslíkní, axloq-odob qoídalaríga amal qílíshní bíldíradí. Adolatlílíkníng huquqíy tomoní qonunlarga ríoya etíshní, síyosíy tomoní esa davlatní adolat qoídalarí asosída boshqarishni, fuqarolarni g'amini yeyíshní anglatadí. Rívojlangan fuqarolík jamíyatída rahbarning adolatlílígí fuqarolarníng demokratik qonunlar asosída ísh yurítíshíní taqozo etadí, bunday jamíyatda har bír odam o'z mehnatí, tadbírkorlígí, aql-u zakovatí tufaylí topgan mol-mulkí hísobíga yashaydí. Bunday fuqarolík jamiyati va huquqíy davlatní boshqarayotgan rahbar esa o'z ísh faolíyatída zímmasíga katta masulíyatní yuklaydi.
"Rahbar - bu o'zíní jamíyat xízmatíga yo'llagan kíshí bo'lib, undan unítílmas nom, so'z hamda buzíb bo'lmas amaliy ishlar, ya'ni bilim-qonunlar, urf-odatlar, an'analar, tartiblar, madaniy, ma'naviy-axloqiy yuksak ko'nikmalar, ezgulík va rivojlanishga undovchí mafkura, ruhiy jo'shqínlík qolmog'í kerak", [2;170] - deb ta'rif beradi Yusuf Xos Hojib. Yusuf Xos Hojíbníng qarashlari davlat va uníng boshqaruviga daxldor maslalar íjodída ham katta o'rín tutgan. U jamiyatdagi turlí xíl
hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchisi, fuqarolarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda ustunligini taminlovchi va mustahkamlovchi shaxsdir. Albatta Yusuf Xos Hojibning bu hikmati hozirgi zamon bilan chambarchasdir. Ya'ni inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, har bir shaxsning qonuniyligini va adolatini ta'minlash uchun ham rahbar adolatli va aql bilan ish ko'rishi zarur. "El-yurtni boshqarib zulmni bartaraf qilish uchun rahbar ezgu fel, xulq va behisob yaxshilik fazilatlariga ega bo'lishi kerak", - deydi Yusuf Xos Hojib. Rahbar o'z xalqining xatti-harakatlariga, ijtimoiy hodisalarga berilgan ijobiy yoki salbiy bahosi bilan ifodalashi kerak, albatta. Yaxshilik - eng muhim fazilat bo'lib inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini anglatadi. U insonga kuchli ruhiy lazzat bag'ishlashi barobarida uni shaxsga aylantiradigan haqiqiy baxtga olib boradi. Shuning uchun ham yaxshi xulq va ezgu fazilatlar insonning axloqiy va amaliy faoliyatida yuzaga chiqib, unda kamtarlik, halollik, insoflilik, adolat, rostgo'ylik kabi fazilatlarni mujassamlashtiradi. Diniy nuqtai nazardan ham yaxshilik ilohiy inoyat, yomonlik esa insondagi shaytoniy va hayvoniy hislatlarning ifodasi tarzida talqin qilinadi. Yaxshilik ham yomonlik ham insonning ixtiyor erkinligidan qay darajada foydalanishining oqibati sanaladi. Muqaddas kitobimiz Qur'oni Karimda ham, yaxshilik qilish insonning tabiiy burchi ekani, Alloh insonga o'zining ne'matlari bilan ehson qilganidek inson ham boshqalarga yaxshi fazilatda bo'lishi kerakligi takidlanadi. Shuning uchun ham qaysi davlat rahbarlarida va xalqida ezgu fazilatlar va yaxshilik tuyg'ulari ko'payib, yomonlik kamayib borsa o'sha davlatda axloqiy, yuksaklikka, faravonlikka, taraqqiyotga tezroq erishadi. Shaxsiy munosabatlarda xiyonat, g'azab, kibr, hasad, qasd kabi illatlar asta sekin yo'qolib, xush hulqlik, halollik, bag'rikenglik singari fazilatlar ko'proq o'rin egallab boradi, natijada davlat va jamiyatda ezgu tuyg'u ustuvor bo'lishiga olib keladi.
"Boshliqqa ezgu kishi yaqin bo'lsa, uning ovozasi olamga yoyiladi. El-yurt ishlari ham yaxshilanadi", [3:85] - deydi Yusuf Xos Hojib. Ushbu jumla hozirgi kundagi rahbarlar uchun dasturul amal hisoblanadi, desak xato bo'lmaydi.
Darhaqiqat, insoniyat sivilizatsiyasining barcha davrlarida va har qanday tuzumda boshqaruvchi vasifasida turgan shaxslar o'zlariga aqlli, dono, zehni o'tkir va intelektual salohiyatga ega bo'lgan odamlarni yig'adi. Buning boisi shundaki, boshqaruvchi ya'ni rahbar ommaning yetakchisi sifatida jamiyatni harakatga keltiradi, xalqning ijodiy kuchlarini, uning tashabbus va intilishini uyg'otadi, xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy hayotini jonlantiradi. Shuning uchun ham rahbar o'zi avvalambor o'zi bilimli va zakovatli bo'lishi kerak. Rahbar shaxs-yetakchilariga xos jonini ham fido qilish, xalqqa sidqidildan xizmat qilish, odamlarni o'ziga jalb eta olish, kechirimli bo'lish, odamlarni birlashtirish, boshqarish, yuksak maqsadlar sari safarbar qilish, yonib yashash, uzoqni ko'ra olish, yetakchilikni o'z
qo'liga olish, el-yurt tashvishi bilan yashash, yangilikka intilish, xalqning dardini o'zini dardi deb bilish, sog'lom turmush tarzini barpo etish kabi fazilatlarga ega bo'lish va doimo oq-qorani farqiga borishi kerak, shundagina rahbar o'z yo'lidan adashmaydi va ko'zlagan maqsadiga erishadi.
Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida menga juda yoqadigan bir jumlani adibimiz shunday yozadi, "Boshliqni so'zi o'tkir, nutqi ravon bo'lmog'i shart",[3:98] - degan jumlalaridir. Hammamizga ma'lumki, ovoz va nutqning o'tkirligi hozirgi zamon rahbarlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda har bir tashkilot, muassasa, korxona yoki davlat boshqaruvida ishlayotgan rahbar fuqarolar va hodimlar bilan gaplashayotganda har bir so'ziga ishonch va qatiyatlik sezilib turishi, so'zlarning har biri ma'no mazmunli bo'lishi shart. Chunki so'zlarni aniq talaffuz qilinishi, ularni qisqartirmaslik, ma'no mazmunini to'g'ri ayta bilish bu nafaqat rahbarning, balki butun insoniyatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham rahbar har bir aholi yoki fuqarolar bilan uchrashayotgan vaqtida, ular bilan muloqot qilishi uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi lozim. Chunki barcha insonlar rahbar gapirayotgan so'zidan o'zlariga qandaydir kuch olishi mumkin. Buning uchun har bir rahbar gapirayotgan har bir so'zini ma'nosini aniqlab va tushunib yetsagina gapirishi lozim. Lekin bunday qobiliyatga erishish uchun rahbar so'z boyligini ortirishi, ko'proq kitob o'qishi kerak.
"Rahbar kishining yetakchiligi va xalqchilligi", - degan tushuncha Yusuf Xos Hojibning asosiy o'giti hisoblanadi. Bugungi qiyinchiliklarni yengish, to'g'ri yo'l toppish, bu juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi[4:321]. Lekin shu bilan birga, chinakam rahbarlik qobilyati bo'lgan, kerak bo'lsa, qatiqqo'llik xususiyatlariga ega, insofli, diyonatli va adolatli, yetakchi va xalqchil rahbarlargina bu qiyinchiliklarni osongina yengib o'tadi. Rahbarlik qobilyati ham odamzodga Alloh taolo tomonidan beriladigan noyob bir in'omdir. Binobarin, rahbar shaxs ana shu yuksak talab va mezonlarga munosib bo'lishi zarur. Afsuski, barcha rahbarlar ham zimmasiga olayotgan ma'sulyatini teran tushunavermaydi. Biz ko'pincha rahbar qattiyatli, bilimdon va talabchan bo'lishi kerak deymiz. Hech shubhasiz, rahbar uchun bu fazilatlar suv bilan havoday zarur. Lekin hozirgi zamonda faqat shular bilan uzoq manzilni ko'zlamoq qiyinroqdir. U o'zining issiq istarasi, muomalasimi, qandaydir boshqa ijobiy jihati bilan odamlarning e'tiborini o'ziga tortadigan, bir so'z bilan aytganda, xalqning ko'ngliga yo'l topa oladigan bo'lishi shart. Rahbar eng murakkab, eng mushkul vaziyatlarda ham odamlarni ko'ndirishi, ularni ba'zi bir nojo'ya ishlardan, xatti harakatlardan qaytarish va jamoada sog'lom iqlim barpo eta olish salohiyatiga ega bo'lishi darkor. Rahbarlik, yetakchilik-u kichik jamoa, korxona yoki tashkilot bo'ladimi, tuman, shahar yoki viloyat rahbari bo'lishidan qattiq nazar, el-yurtning boshini qovushtirib, birlashtirishni, ularni yuksak marra va maqsadlar sari
safarbar etishni, kimningdir peshonasini silab, kimgadir yaxshi gapirib, odamlarning ruxini ko'tarishni taqozo etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, Yusuf Xos Hojib hayotini, ijodini, boshqaruvga oid qarashlari va o'gitlarini o'rganishga jamiyatimiz, xalqimiz va biz yoshlar uchun ehtiyoj katta. Yusuf Xos Hojibning chuqur falsafiy kuzatishlariga e'tibor bersak, unda insonni doimo yangilik sari intilishga va yangilik ixtiro qilishga, jamiyatda o'z o'rnimizga ega bo'lish bilan birga rahbarlik salohyatini ham o'rgatadi. Men o'ylaymanki, Yusuf Xos Hojib asarlari insonning amallariga bevosita ta'sir o'tkazadi va bu amallar buyuk kelajagimizning yaxshi tomonga siljishiga turtki boladi. Uning hayotini nafaqat o'rganish, asarlarini tahlil qilish va balki targ'ib qilishimiz kerak. Zero, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqi aynan rahbar kadrlar bilan bog'liq. Qachonki hozirgi kundagi zamonaviy rahbarlar, allomamiz yozib qoldirgan har bir hikmatni mag'zini chaqib, bu hikmatlarni doimo amaliyotda sinashsagina, rahbarlik nima ekanligini bilishadi va doimo bu tushunchaga qancha vazifalar yuklatilganligini tushunib yetishadi. Ana shundagina biz bu oltinga teng asarlarni o'rganib, shu asarlar orqali ko'zlagan maqsadimiz tomon qadam bosgan bo'lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. N.Rahmonov, X.Hamroqo'lova. 11-snif adabiyoti 1-qism. "O'zbekiston milly ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent - 2018, 198 bet.
2. O.Salimo, Q.Quranboyev. "Boshqaruv hikmati" G'afur G'ulom nomidagi nashriyot manbaa uyi, "Ta'lim" nashriyoti Toshkent - 2018, 170 bet.
3. Y.X.Hojib. Qutadg'u bilig. -T. Cho'lpon nashriyoti. 2007-yil, 85,98-betlar.
4. Marjon Ziyadulla qizi Maylibayeva, Xolmo'minov Zokir o'gli Mo'minmirzo. Yusuf Xos Hojibning boshqaruvga doir qarashlari va o'gitlarining mazmun-mohiyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com. 321 -bet
5. Mo'minmirzo Xolmo'minov. Buyuk sohibqironning davlat boshqaruvi borasidagi fikr-mulohazalari. Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies jurnali. 204-207-betlar. 2022/10/20.
6. Mo'minmirzo Xolmo'minov, Asilbek Qolqanatov. Mufassal mushohadalar me'moridan mufassal mushohadalar meroji. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon - 2022. https://scholar.google.com
7. Nilufar Laziz qizi Maratova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. "Qobusnoma" asaridagi oila boshqaruvi va shaxsiy munosabatlar xususida. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2022. 168-171-b
8. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Ma'naviyat va kitobxonlik inson qalbini egallash vositasi. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
9. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Sohibqiron amir temur tuzuklarining bugungi kunda tutgan o 'rni. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
10. Marjon Ziyadulla qizi Maylibayeva, Xolmo'minov Zokir o'gli Mo'minmirzo. Yusuf Xos Hojibning boshqaruvga doir qarashlari va o'gitlarining mazmun-mohiyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com
11. Otabek Murod o'g'li Axmatov, Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. yangi O'zbekiston taraqqiyotida yosh rahbar kadrlarning o'rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
12. Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiyev, Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Yangi O'zbekiston taraqqiyotida yosh rahbarlarga qo'yiladigan talablar. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
13. Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo, Malikaxon Qaxramon qizi Ashiraliyeva. Ayol rahbarlarning jamiyatda tutgan o'rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
14. Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo, Mardona Hamidjon Qizi Olimjonova. Jamiyat taraqqiyotida ayol rahbarlarning o'rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
15. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li. Bugunning zamonaviy rahbari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com
16. Asadova Gulchiroy, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Inson aql zakovatini rivojlantirishda ishlatiladigan pedagogik bilimlar. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com.
17. Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Rahbar faoliyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning boshqaruv jarayoniga ta'siri. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com.
18. Malikaxon Qaxramon qizi Ashiraliyeva, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Boshqaruv jarayonlarida rahbarlik faoliyatini rivojlantirish. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com.
19. Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Boshqaruv jarayonlarida rahbarlik faoliyatini rivojlantirish. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com.