Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQA DARSLARINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI'

TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQA DARSLARINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
239
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa darslari / kompetentlik / zamonaviy yondashuv / metod / texnologik xarita / interfaol metodlar / dars samaradorligi / raqobat / tafakkur / ijodkorlik faoliyati

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dildora Abduvahobovna Djamalova

Mazkur maqolada nafaqat o‘zining badiiy-estetik tarbiya vositasi jihatdan, balki ta’limiy imkoniyatlari borasida zamonaviy o‘qitish tizimida yangi ufqlarni ochib borayotgan, san’at sohasining fundamental asosi hisoblanmish musiqa darslarini kreativ yondashuv asosida tashkil etishning usul va vositalari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQA DARSLARINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI»

TA'LIM MUASSASALARIDA MUSIQA DARSLARINI O'QITISHNING

ZAMONAVIY USULLARI

Dildora Abduvahobovna Djamalova

O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada nafaqat o'zining badiiy-estetik tarbiya vositasi jihatdan, balki ta'limiy imkoniyatlari borasida zamonaviy o'qitish tizimida yangi ufqlarni ochib borayotgan, san'at sohasining fundamental asosi hisoblanmish musiqa darslarini kreativ yondashuv asosida tashkil etishning usul va vositalari yoritiladi.

Kalit so'zlar: musiqa darslari, kompetentlik, zamonaviy yondashuv, metod, texnologik xarita, interfaol metodlar, dars samaradorligi, raqobat, tafakkur, ijodkorlik faoliyati

MODERN METHODS OF TEACHING MUSIC LESSONS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Dildora Abduvahobovna Djamalova State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: This article describes the methods and means of organizing music lessons based on a creative approach, which is considered the fundamental basis of the art field, which is opening new horizons in the modern education system in terms of its artistic and aesthetic education tool, but also in terms of educational opportunities.

Keywords: music lessons, competence, modern approach, method, technological map, interactive methods, lesson efficiency, competition, thinking, creative activity

Mamlakatimizda bo'lajak o'qituvchilarini tayyorlash jarayonini xalqaro malaka talablari asosida tashkil etish, ularni ilg'or xorijiy tajribaga asoslangan holda tayyorlash dunyo hamjamiyatida erkin muloqot qila oladigan mutaxassislar yetishtirish, jahon svilizatsiyasi yutuqlaridan keng foydalanishning me'yoriy asoslari yaratildi va moddiy-texnik bazasi boyitildi. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi talim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ta'lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish, har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish imkoniyatini yaratish. Kasbga o'qitish ko'lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o'qitish va bu jarayonda nodavlat ta'lim muassasalarining ishtirokini 30

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

foizga yetkazish, Maktabgacha ta'limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, Maktabgacha ta'lim tizimida budjet mablag'larining maqsadli va samarali sarflanishini ta'minlash, Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta'limi tizimida qo'shimcha 1,2 million o'quvchi o'rni yaratish, 2026-yilga qadar o'quv dasturlari va darsliklarni ilg'or xorijiy tajriba asosida to'la qayta ko'rib chiqib, amalda joriy etish, Malakali o'qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish, Maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlang'ich sinf o'quvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan ta'minlash, Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta'lim sifatini oshirish, 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta'lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash, Qariyb 100 ming o'rinli talabalar turar joylarini barpo etish, 2026-yilgacha nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish kabi maqsadlar belgilandi[1].

2022-yil 22-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida "Ta'lim sifatini oshirish -Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to'g'ri yo'lidir", - deya, Yusuf Xos Hojib bobomiz "Zakovat bor joyda ulug'lik bo'ladi, Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi", - deb ta'kidladi. Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta'lim dargohlariga borib, o'qituvchi va murabbiylar bilan ko'proq muloqot qilib, o'quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo'yicha ular qo'ygan masalalarni birgalikda hal etishimiz kerakligini aytib o'tdi [2]

Mazkur amalga oshirilishi ko'zda tutilgan maqsadlar orqali oliy ta'lim muassasalarida hattoki, san'at fakultetlarinig ochilishi, oliy akademik musiqa dargohlari faoliyati sohalarning ko'payishi salohiyatli kadrlarni ish foaliyatiga safarbar etish imkoniyati kengaytirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz birinchi navbatda, asosiy e'tiborni Yangi O'zbekiston uchun eng katta investitsiya bo'lgan ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratish kerakligi alohida ta'kidlab o'tib, "Najot - ta'limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi ", - dedi.

Yana shuni aytib o'tdilarki, "Ma'rifatparvar jadid bobolarimizning bu so'zlari deputat va senatorlarimiz, siyosiy partiyalar, mahalliy kengashlar, butun davlat apparati, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak. Shu bois, maktablarda ta'lim sifati hamda jamiyatda o'qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo'ladi".

Zamon allaqochon o'zgardi, uning talablari u bilan birga o'sib borayotgan bir pallada ta'lim berish shakli, usullari eskiligicha qolib ketmoqda. Albatta barcha yangi tendensiyalar asos, ya'ni eskini ustiga quriladi, lekin uning mukammallashib borayotgani ta'limning zamon, jamiyat buyurtmasiga asosan mobillashishidadir.

N.Yu.Sergeeva, J.S.Valeevalar o'z tadqiqotlarida shaxsni ijtimoiylashtirishda badiiy pedagogika shaklidagi ijod usullaridan foydalanganlar.

Ijtimoiy hayotda ro'y berayotgan noxush voqeyliklar, statistik ma'lumomlar tahlillari natijasiga ko'ra maktab faoliyati amaliyotida san'atning tarbiyaviy imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmayotgani qayd etilmoqda.

Artpedagogikaning paydo bo'lishi pedagogika va san'at integratsiyasining yangi yo'nalishi sifatida belgilangan vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlari kengaydi. Shunga ko'ra, bir necha xil san'at turlarining shaxsga tarbiyaviy ta'sirni qo'llashni integratsiyalashuviga asoslangan artpedagogikani ilmiy-pedagogik yo'nalish sifatida ko'rib chiqish muammolari, ularning asosiy mexanizmi badiiy tasvirlarni hissiy idrok etish san'atda jamlangan ijtimoiy tajribani o'zlashtirish dolzarb bo'lib qoladi.

O'quvchilarni axloqiy fazilatlarini tarbiya jarayoniga artpedagogikani joriy etilishi, uning imkoniyatlaridan to'laqonli foydalana bilish o'sib kelayotgan Yangi O'zbekiston yoshlari tafakkurining rivojlanishi, atrof-muhitda bo'lib turgan voqeyliklarga ongli ravishda shaxsiy munosabat hosil qila olish kabi zaruriy hayotiy tajriba hosil qilish imkonini beradi.

Yoshlarning axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda san'at vositalaridan foydalanishning samarali pedagogik shartlari va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda tajribani asoslash, sub'ektlar o'zaro ta'sirining ma'lum bir algoritmini, uni o'quvchilar ta'lim jarayoniga tadbiq etishni nazarda tutuvchi musiqa darslari vositasida axloqiy tarbiya modelini ishlab chiqish va dasturini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutiladi.

San'at vositasidagi ta'lim jarayoni - o'quvchining erkin axloqiy munosabatlarini shakllantirishga hissiy jihatdan boy muhit yaratishga hissa qo'shadigan innovatsion pedagogik texnologiya - san'at yordamida shaxsga ta'sir qilishning noan'anaviy yondashuv dasturidir.

Shu bilan birga, musiqa darslari vositasida o'quvchi shaxsining axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda bir qator harakat vositalari bo'lmish, raqs, tasviriy san'at, musiqa va ularni umumlashtiruvchi unsur improvizatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Ekspressiv san'at vositalari bolalarga ongsiz ravishda ta'sir o'tkazishga imkon beradi, bu esa o'z-o'zidan o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, g'oyalari va hissiy reaktsiyalarini yuzaga chiqarishga zamin yaratadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevral "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarori o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini ularning

I icclT^^^^H 148 http://oac.dsmi-qf.uz

qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatini shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab quvvatlash qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Qarorga ko'ra, musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi. Shuningdek, 2022-2023-o'quv yili davomida ro'yxatida keltirilgan milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko'nikmalari o'rgatiladi hamda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjati (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi. 2023/2024-o'quv yilidan boshlab esa, kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilariga majburiy hisoblanadi[3]. Albatta, mazkur qaror ijrosi to'laqonli ta'minlansa, o'sib borayotgan yosh avlodda, musiqaga, milliyligimizga muhabbat kun sayin rivoj topib boradi desak adashmaymiz. Sababi, bizning xalqimizda qadimdan musiqaga muhabbat, oshuvtalik jo'sh urgan.

Ta'lim muassasalarida musiqa fanlarini o'qitishda albatta, Sharq mutafakkirlari qarashlariga yuzlanmasak xato qilgan bo'lamiz. Jumladan, ulug' ajdodimiz Abu Ali ibn Sino musiqa inson ma'naviy qiyofasini yanada mukammallashtirishini ta'kidlagani bejiz emas. Darhaqiqat, navo jozibasini so'z bilan ifodalash qiyin. Mumtoz musiqalarimiz kishi ruhiyati, ma'naviyatiga ijobiy ta'sir o'tkazuvchi qudratga ega. Ular insonni ezgulikka da'vat etadi, tinglovchini borliq, hayotning mazmun-mohiyatini anglab yetishga, falsafiy mushohadaga undaydi.

O'rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeolog olimlar tomonidan topilgan yodgorliklar buning yaqqol dalilidir.

Buyuk faylasuf olim, o'rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri Abu Nasr Muhammad Farobiydir. Alloma ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi ham edi. U o'z davrida mavjud barcha musiqa cholg'ularini chalishni bilgan. Ayniqsa, kuylarni nay va tanbur cholg'ularida katta mahorat bilan ijro etgan.

Ba'zi manbalarda ko'rsatilishicha, Farobiy qonun cholg'usini ixtiro etgan, o'sha davrlarda mashhur bo'lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Farobiy o'zining musiqaga bag'ishlagan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi.

Abu Ali ibn Sino ham O'rta Osiyodan chiqqan ulug' olim, faylasuf, tabiatshunos, mashhur tabib bo'lish bilan birga ajoyib musiqa nazariyachisi ham edi. Ibn Sinoning "Kitabush-shifa", "Donishnoma" kabi asarlarining musiqaga doir qismi va "Risalatun fi-ilmil-musiqiy" kabi risolalari Abu Nasr Farobiy asarlari qatorida jahon musiqa fani va madaniyati tarixida alohida o'rin tutadi.

Ibn Sino musiqa haqida maxsus ilmiy-nazariy asarlar yozish bilangina cheklanmadi, balki musiqaga bag'ishlangan asarlarini tibbiyot kitoblarida ham aks ettirdi.

Ibn Sino o'zining "Tib qonunlari" kitobida bir o'rinda musiqaning ruhiy ta'sir kuchiga baho berib, go'dakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta'riflaydi: "Go'dakning organizmi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi esa onaning qo'shig'i (alla)dir. Birinchisi bolaning tanasiga, ikkinchisi ruhiga tegishlidir" [4].

Abu Bakr Buxoriy-Kalobodiy musiqa tovushlari-nag'malarni ta'riflab, ularni "jon quvvati va ruh ozig'i turur. Agar jon nag'madan quvvat topsa, o'z maqomi sari ishrof aylaydi, ul maqom ila mashg'ul bo'lardi"[5], - deb yozadi. Demak, musiqa insonga ma'naviy ozuqa bo'lishi bilan birga uni tarbiyalashda ham ahamiyatli ekan. Chunki, ruhi tetik va barkamol kishi o'zida yaxshi insoniy fazilatlarni mujassam eta oladi.

O'zbekiston Respbulikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir" [6]. Shunday ekan, san'at bilan oshno bo'lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo'ladi.

Darhaqiqat musiqa ta'limi bola shaxsida komil insonning qimmat baho fazilatlaridan qat'iyatlilik, iroda, kuchli xotira, abstrakt fikrlash, miyaning har ikki yarim sharini tengdek shakllanishiga erishish natijasida tiniq tafakkur, zehn, nutqning ravonligi, chiqishimlilik, o'zaro fikr almasha olish kabi diplomatik xususiyatlarni o'zlashtiradi.

Hech bir sohada kuzatilmaydigan imkoniyatlar musiqa darslarida mujassamlangan. Ta'lim oluvchi shaxsiga yakka holda yo'naltirilgan pedagogik usullarning qo'llanilishini, unda tarbiyalanuvchining temperamenti, harakteri, muloqot metodini hisobga oluvchi musiqiy-pedagogik sharoitda pedagogik faoliyatni algoritmlashtirish murakkab vazifadir[7].

Barcha o'quvchilarning individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda turli xohish va istaklarining amalga oshirilishi ta'limda integratsiyalangan yondashuvni ta'minlaydi.

Pedagogik-psixologik adabiyotlarga murojaat etish shuni ko'rsatadiki, musiqiy ta'limning ushbu zamonaviy metodlari ma'lum bir mezonlarga asoslanadi:

- texnologik, ya'ni metodni pedagogik texnologiyalarga taqqoslash, xususan, hozirda tushuntirish-ilovalash texnologiyasidan rivojlantiruvchi, muammoli, shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarga o'tish;

- psixologik - yirik shakldagi musiqa asarlarini o'rganishda metodlar yoshlar psixologiyasi nuqtai nazaridan ahamiyatli bo'lishi lozim. I.S.Kon buning ikkita muhim jihatini alohida ta'kidlaydi [8].

Bugungi kunning ayrim tendensiyalarini inobatga olgan holda fikr yuritayotgan qatlamni fíkriga ko'ra ta'lim muassasalarida musiqa darslari umuman keragi yo'q

I ícclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

deya ta'kidlanayotgan bir vaqtda, chet davlatlarda ko'p yillardan buyon "Musiqa terapiyasidan" unumli foydalanib kelinmoqda. Musiqiy asarlarni tanlashda musiqiy terapiya kursini o'tayotgan insonning musiqiy ta'lim darajasi, musiqiy adekvatlik xususiyatlarni inobatga olgan holda elektropunktur test sinovlaridan foydalanish mumkin. Yakkaxon asboblarni tanlashda jadval asosida meridian diagnostikasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi:

5 ta bosh element 5 ta chjan organlari (zich) 5 ta fu organlari (ichi bo'sh ) Cholg'u asbobi

Daraxt Jigar O't qopi Ksilofon, goboy, fleyta, klarnet

Olov Yurak Ingichka ichak Gitara, skripka, lira, violonchel;

Yer Qora toloq Oshqozon Fleyta, vokal;

Metall O' pkalar Semiz ichak Fleyta, saksofon, simbalalar;

Suv Buyraklar Siydik qopi Baraban, tanburin, litavralar;

Dunyoda musiqiy terapiyani ilgari surayotgan "Amerika" va "Shved" ilmiy amaliy maktablari tashkil topishidan ancha asrlar ilgari tibbiyot ilmining sarchashmasi Abu Ali ibn Sino amaliyotda musiqa ilmidan forig'lantiruvchi manba sifatida foydalanish omillarini milliy kasbiy musiqamiz negizi bo'lmish maqomlar orqali ilgari surgan. Alloma o'zining "Tib qonunlari" entsiklopedik kitobining "Inson mijoziga bag'ishlangan bo'limida" qay bir mijozdagi (temperament) insonga qaysi "maqom" xush kelishi va qay bir "maqom" ijrosi orqali kishi ruhini osmonu falakka olib chiqish hamda aksincha natij alarga erishish mumkinligini, musiqa ohangi orqali sog'ni aqlidan ayirish va telbaga shifo ulashish malakalarini qo'llaganini ta'kidlaydi.

Yuqoridagilarga asoslanib, xulosa o'rnida shuni ta'kidlashimiz mumkinki, musiqa darslarini zamonaviy texnologiyalar vositasida tashkil etilishi o'quvchi shaxsini ijobiy ko'nikmalarni egallashda muhim ahamiyatga ega va biz ularni katta hayotga safarbar etar ekanmiz, san'at vositasida barkamol avlod istiqboli yo'lida quyidagi zarur sifatlarga erishishimiz mumkin:

1. Shaxsning o'ziga bo'lgan hurmatini oshirish.

2. O'quvchilarga o'zini ijodiy tomondan ifoda etish imkoniyatini yaratish va jamiyatda bunday qobiliyatli shaxslarni uyushishini ta'minlanishi;

3. Muloqot va muloqot madaniyati doirasini kengaytirish;

4. Bolalarni yuksak axloqiy qadriyatlar bilan tanishtirish, ularning musiqiy-estetik didini rivojlantirish.

Bundan tashqari, hissiy, xulq-atvor va shaxslararo muammolarni hal qilishga musiqiy va estetik ta'lim yordam berishga qaratilgan psixo-pedagogik aralashuvdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni. www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 2022-yil 22-dekabr. https://review.uz/

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarori. www.lex.uz

4. Abu Ali Ibn Sino "Tib qonunlari"I,IL T., 1979-1980y., b - 21.

5. Nurullayevna, N. M. (2022). The role of pedagogical activity in creating a new uzbekistan enlightened society. best scientific research-2023, 1(1), 238-241.

6. Mirziyoev SH.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. 4-jild. -Toshkent: O'zbekiston, 2020. - B.344

7. Нaсритдиновa, М. Н. (2022). Мусикд инсониятгa нимa учун KepaK?. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 577-580.

8. Кон И.С. Психология стapшeклaссникa. - MocKBa: 1982. -с.194

9. Malikaxon Qaxramon Qizi Ashiraliyeva, Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Yoshlarni tarbiyalashda musiqa ta'limining maqsad va vazifalari. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com

10. Ziyodaxon To'g'onboyeva, Ilmiy rahbar:Mo'minmirzo Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishda xorij tajribasi. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com

11. Mardiev Abdusamad o'g'li Shahbozxon Ilmiy rahbar: Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Jamiyat ijtimoiy hayotida musiqaning tutgan o'rni. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com

12. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov, Nilufar Laziz qizi Maratova. Madaniyat markazlariga malakali kadrlarni jalb etish muammolari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

13. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov, Nilufar Laziz qizi Maratova. Madaniyat va san'at sohasida loyihalarga mablag'jalb etish masalalari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

14. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat bo'lim mudirlarining ish faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

15. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat markazlarida to'garaklarni tashkil etish muammolari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

16. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasi menejmentida loyihalar faoliyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

17. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Ijtimoiy sohada marketing xizmatlarining konseptual asoslarl. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

18. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. 2017-2022-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

19. Ziyodaxon Dilshodjon qizi To'g'onboyeva, Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Yangi O'zbekistonda madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan chora-tadbirlar "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com

20. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Art menejmentni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2021. https://scholar.google.com

21. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. CaHtar MeHe^Memu ^hhhh yKHTHrnga Metepnn xy^^araapHHHr ypHH Ba axaMHara. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2021. https://scholar.google.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.