Научная статья на тему 'YURTIMIZDA MUZEYLARNING VUJUDGA KELISH TARIXI TO’G’RISIDAGI FAKTLAR'

YURTIMIZDA MUZEYLARNING VUJUDGA KELISH TARIXI TO’G’RISIDAGI FAKTLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1209
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / X.D.Fren / K.P.Fon Kaufman / «O’rta Osiyo Bosh muzeyi» / Turkkomstaris / Uzkomstaris / Turkiston muzeyi / O’zR FA O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi / I.V.Savickiy

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Boboxonov Jasur Abdikarimovich

Yurtimizda muzeylarning vujudga kelish tarixi to’g’risidagi faktlar mavzusidagi ushbu maqolada muzeyshunoslik sohasi xalqimiz hayotiga begona emasligi, tarixan o’ziga hos ravishda shakllanib kelganligi va muzeyshunoslikning rivojlanishida bir qancha to’siqlarga, yo’qotishlarga uchraganligi bayon etiladi. Muzeylarning insonlar ma’naviyatini rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega ekanligi yoritilgan. Mustaqillikdan so’ng muzeylarni rivojlantirishda yurtimizda olib borilayotgan ishlar to’g’risida muxtasar faktlar keltirib o’tilgan ushbu maqola ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YURTIMIZDA MUZEYLARNING VUJUDGA KELISH TARIXI TO’G’RISIDAGI FAKTLAR»

JffiTALQINVA

\-/TADQIQOTLAR No3 2022

ilmiy-uslubiy jumaU

VTTRTTTVIT7TIA \II /I \ I A li\I\YI VI HIVI A k l l 1^11 TA li IVI

YURTIMIZDA MUZEYLARNING VUJUDGA KELISH TARIXI

#

TO'G'RISIDAGI FAKTLAR

* : i>

»

Boboxonov Jasur Abdikarimovich

J > | > ;

Toshkent Viloyati Angren shahar 4-iqtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi tarix fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7240774

P-<\ > Cj )><#

Annotatsiya: Yurtimizda muzeylarning vujudga kelish tarixi to'g'risidagi faktlar mavzusidagi ushbu maqolada muzeyshunoslik sohasi xalqimiz hayotiga begona emasligi, tarixan o'ziga hos ravishda shakllanib kelganligi va muzeyshunoslikning rivojlanishida bir qancha to'siqlarga, yo'qotishlarga uchraganligi bayon etiladi. Muzeylarning insonlar ma'naviyatini rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega ekanligi yoritilgan. Mustaqillikdan so'ng muzeylarni

n x j 11 onli n nrl n \nit4imif7/in rvl iK Krvn 1 ot rrv+irnn iftlilnt" +r\'rr't*icinn m < nor fo or

rivojlantirishda yurtimizda olib borilayotgan ishlar to'g'risida muxtasar faktlar

keltirib o'tilgan ushbu maqola ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Amir Temur, X.D.Fren, K.P.Fon Kaufman, «O'rta Osiyo Bosh muzeyi», Turkkomstaris, Uzkomstaris, Turkiston muzeyi, O'zR FA O'zbekiston

»

m?

xalqlari tarixi muzeyi, I.V.Savickiy.

Muzeylar tarixiy yodgorliklarni asrovchi, saqlovchi, o'rganuvchi va xalqqa namoyish qiluvchi muassasadir. Muzeylar kishilarning o'zlari uchun qadrli va

\rr»Hrrr»r1iV V\r»'1iV\ nnloHirron hmmmlortii +r»'r\1aV\ lilarni Vi^lmici ai/l r»H1 arrra nr»1HincVi

yodgorlik bo'lib qoladigan buyumlarni to'plab, ularni kelgusi avlodlarga qoldirish ehtiyoji natijasida paydo bo'ldi. Muzeylarning turlari juda ko'p. Tarixga, adabiyot va san'atga, texnikaga, tibbiyotga, hayvonot olamiga, harbiy qurol-yarog' kabilarga oid muzeylar mavjuddir. Muzeylar dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan. Yevropada ko'plab muzeylarning tashkil etilishi XIV-XVII asrlarga to'g'ri keladi. Jahonning mashhur muzeylari AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya

m

Federatsiyasi jahonning mashhur muzeylari joylashgan mamlakatlar hisoblanadi. Yurtimizda ham muzeyshunoslik sohasi katta tarixiy yo'lni bosib o'tgan. Bu yo'lda katta talofatlarni, ulkan sinovlarni va rivojlanishni boshdan kechirgan. Tarixdan

J-jt

ma'lumki X asrdagi Buxoro va Sheroz amirliklar kutubxonalarida insoniyat yaratgan hamma nodir kitoblar bo'lgan. Xorazmshohlar davridagi to'plangan nodir moddiy-ma'naviy boyliklar mug'ullar bosqinida yo'qotildi, kutubxonalar yondirildi. Natijada hayot 100 yillar orqaga chekindi. Oradan 150 yil o'tgach, ayniqsa Amir Temur

! K*

davrida fan va madaniyat qayta kurtaklay boshladi. Amir Temur musulmon dunyosining muqaddas kitobi bo'lmish «Usmon qur'oni» ning asl nusxasini

Samarqandga keltiradi. Temur va Temuriylar kutubxonasi dunyoga mashxur edi.

^ ___ „ ^ , „„,-, , .....„j-___,1 „ ____

Buxoro, Xiva, Qo'qon xonliklarida ham nodir qo'lyozmalar kolleksiyasini to'plab

* : j*

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIQOTLAR No, 2022

№3 2022

ilmlyusluWyjumali

Miiiif-iwuuif juman

saroy va shaxsiy kutubxonalar barpo etish odat bo'lgan. Toshkentda Jurab ekning,

#

>

Andijonda Dukchi Eshon shaxsiy kutubxonalari mashxur edi. Yuqoridagi bu faktlar asosida Orta Osiyo diyorida moddiy va ma'naviy yodgorliklarni to'plash asriy anana bo'lib, milliy xususiyatlarga rioya qilgan holda amalga oshirilganligini ko'ramiz.

Moddiy ma'naviy boyliklarning tashib ketilishi xilma-xil yo'llar bilan amalga oshirildi. Elchilarga sovg'a sifatida berildi, sayyohlar, savdogarlar orqali va bosqinchilik xarakatlari tufayli ular xorijiy mamlakatlarga o'tib ketdi. Masalan: 1831-1833-yillarda Ost-Indiya kompaniyasining leytenanti Aleksandr Byorns Buxoroda

J J r J О J J

yashab qadimiy tilla va kumush tangalarni yig'adi va 200 dan ortiq nodir numizmatika kolleksiyasini barpo etib, Britaniya muzeyiga taqdim etadi. Peterburgdagi Osiyo muzeyining direktori, sharqshunos olim X.D.Fren 1834-yil O'rta Osiyodan izlab topilishi mumkin bo'lgan sharq mualliflariga mansub «Yuz asarning xronologik ro'yxati»ni tuzib chiqadi. Orenburg bojxonasiga savdogarlar yo'llash va ko'rsatilgan qo'lyozmalarni Peterburgga yuborish haqida farmoyish

berildi. Bu O'rta Osiyo moddiy va ma'naviy yodgorliklarning olib ketilishining

birinchi bosqichi edi.

1869-yildan planli o'lja yig'ish choralari ishlab chiqildi. Soldat-ofitserlar qo'llariga Peterburgda yozilgan tavsiyanomalar berilib qanday narsalarga ahamiyat

»

m?

berishlik ko'rsatilgan edi. 1870-yilda Shahrisabz va Kitob bekliklaridagi qo'zg'olonni bostirish bahonasida 97 jild qadimiy qo'lyozmalar tortib olindi.

Moddiy va man'aviy yodgorliklarni ilmiy asosda yig'ish 1873-yil Xiva xonligiga yurish oldidan juda mukammal tashkil qilindi. Sharqshunos olim P.I.Lerx, xonlikda nimalarga etibor berish va yig'ish haqida mukammal dastur ishlab, Turkistonga yuboradi va bu «ko'rsatma» soldat va ofitserlarga tarqatiladi. Ayniqsa O'rta Osiyo allomalarining asarlarini to'plashga etibor berildi. Bu ishlar Turkiston general gubernatori faxriy maslahatchisi A.Kun zimmasiga yuklatildi. Xiva xoni taxti 1874-yili Moskva qurol-aslaxa palatasiga topshirildi. Xon saroyidan olingan o'ljalar ichida 25 pud tilla va kumush, 200 dan ortiq qadimiy tanga, tilla buyumlar bo'ldi. Ular Moskva, Peterburg muzeylariga jo'natildi. 1962-yildagina Xiva xonligi arxivi Toshkentga olib kelindi. 1875-1876 yillarda Qo'qanga yurish natijasida, xonlik tugatilib, xazina Peterburgga olib ketildi. Shu maqsad

yo'lida 1807-1917-yillarda

A W I I ll-ln n /~1 n I N +П 1 ltV»1Tr 1 n-iYMT rr>+ irtkmk 1 VI In T Г1 I /~l n +11Г71 А-П1Л I Г\Г1 и|7"А1-л4

Turkistonda 15 ta ilmiy jamiyat ishlab turdi. 1895-yilda tuzilgan Toshkent

arxeologiya, etnografiya va antropologiya to'garagining ham asli vazifasi shunday bo'ldi.

Tarqoq kolleksiyalarni birlashtirish va ularni Peterburgga jo'natish uchun saralash markazi lozim bo'ldi. Bunday markaz muzey bo'lishi mumkin edi. Shu tariqa Turkiston muzeyi tashkil topdi. Bunday maqsad "Qizil imperiya" davrida ham o'z kuchida qoldi. Yuqoridagi faktlar bugungi mustaqilligimizning naqadar azizligini,

o z -------- qoldi. , ............................... naqadar ^^^

qadrli va muqaddasligini asoslab beradi. O'zbekistonda dastlabki muzeylarning

u>,* ^ «KQs

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No3 2022

ilmiy-uslubiy jumali "

M3

Miiiif-iwuuif juiiian

shakllanishi va rivojlanishi haqida to'xtaydigan bo'lsak, 1876-yilda Toshkentda

#

Turkiston muzeyi tashkil etiladi (12-iyul). 1888 yil muzey nizomi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Unda muzey ixtisosi, vazifasi, ish xarakteri belgilab berildi. Muzeyga rahbarlik qilishi besh kishidan iborat Nazorat komitetiga yuklandi. Ustavga muvofiq muzeyga geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya, arxeoliya, numizmatika, sanoat va qishloq xo'jaligi bo'yicha materiallar to'plash va saqlash huquqi berildi.

1919-yil fevralda Turkiston General Gubernatorligi qarorgohi, «oq uy» ning bir qismiga muzey ko'chiriladi. Bu O'zbekiston xalqlari tarixi muzeyi fondida 1978

1 J> w N j.

yildayoq arxeologik materiallardan 52 mingtagacha buyum, numizmatikadan 43

mingdan, oshiq tanga pul, medal va boshqa xil pullar, etnografiyada 1800 tadan

oshiqroq yodgorlik buyum bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

21-aprel 1992-yil, 203- sonli qarori asosida muzey qayta tashkil etildi. U O'zRFA

O'zbekiston tarixi Davlat muzeyi deb nomlandi. Turkiston muzeyidan tashqari 1895-

yilda Farg'ona viloyat muzeyi ochilib, u dastlab shahar xalq muzeyi deb atalgan.

1896-yilning 21-iyunida Samarqandda «Samarqand statistika komiteti muzeyi»

*

(hozirgi O'zR madaniyat va san'at tarixi muzeyi) ekspozitsiyasining tuzilishi odatdagi konstkamera sifatida bo'lgan, unda har xil materiallar to'plangan. Ularni to'ldirishda rus havoskor kolleksionerlardan A.I.Dobrosmislov, N.S.Likoshin,

N.P.Ostroumov, A.L.Vyatkin, N.N.Karazin, maxalliy vakillardan Mirzo Buxoriy, Mirzo Qosimov) A.Asqarovlarning faolyaiti katta bo'lgan.

Mahalliy muzeylar taraqqiyoti o'lkashunoslik harakati bilan bevosita bog'liq holda borgan. «O'lkashunoslik muzeylari» atamasi ham o'tgan asrning 20-yillari o'rtalaridan keng tarqaladi. Ularning faoliyati, mazmun mohiyati o'lkashunoslikka oid nashrlarda muhokama etildi. O'lkashunoslik harakatini taniqli olimlar va madaniyat arboblari akademik V.V.Bartold, professor A.A.Semyonov, A.A.Divaev, V.L.Vyatkin, M.E.Masson, L.V.Oshanin va boshqalar boshqarib, muntazam ravishda o'lkashunoslik konferensiyalarini o'tkazib turganlar. Rossiyada 1918-1923- yillari 150 dan ortiq muzey yaratilgan bo'lsa1, Turkistonda 4 ta, jumladan Toshkentdagi san'at, Namangandagi shahar o'lkashunoslik, Xorazm tarixiy-inqilobiy va Buxoro muzeylari tashkil qilindi. 1923- yili barcha muzeylarning fondi davlat mulki deb e'lon qilindi. Maxsus qarorlarga binoan 1922-1926 -yillari muzeylarga tarixiy-badiiy

J-jt

qiymatga ega bo'lmagan buyum va ashyolarni, eskirgan narsa, takrorlanadigan fondlarni sotishga ruxsat berildi. Ushbu yangi iqtisodiy siyosat davrining majburiy chorasi hamda 1929- yili davlat muzey fondlari omborxonalarining tugatilishi

<i 1 > ' ^^ "я 1 >

haqidagi qaror antikvariat bozorini shakllantiribgina qolmasdan, muzey kolleksiyalarining sotilishiga va tiklab bo'lmas yo'qotishlarga olib keldi. Urush yillarida ko'pgina muzeylar binolarini evakuatsiya qilgan muassasalar uchun

bo'shatib berdi. Muzey tarmoqlari vaqtincha qisqardi. Mustaqillik yillarida mavjud

..... ,____• • , , ___:______: _______________: .....___

muzeylarni ta'mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo

* : j*

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No3 2022

«Cl

llmly-uslubty jumaU

I 1><м> -Зм. I 1>

etishga alohida e'tibor berildi. O'zbekiston Respublikasida ko'plab muzeylar mavjud.

#

Bu muzeylardagi eksponatlar jahonning mashhur muzeylari eksponatlaridan qolishmaydi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-shuhrati,2002-yili Qatag'on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi -Termiz shahrida arxeologiya muzeyi ish boshladi. O'zbekiston Prezidentining 1998-yildagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risida»gi farmoni mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar

! Ш-

davlat muhofazasiga olindi, ularni ta'mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy - uslubiy yordam ko'rsatish, moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda «O'zbekmuzey» Respublika jamg'armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko'maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta'sis etildi va u 1999-yildan boshlab o'zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Yoshlar ma'naviyatida Muzeylarning ahamiyati hisobga olinib

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oiil /1 T ri 1 \/пг71г1пг \ /In Ылпт nmmnrr ппгАП nil on потто-пил rr oaonnnKn тгп Iii m о lninlnn

2014-yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari

bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko'rsatish, har yili 2-8 sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi»ni tashkil etish belgilandi. Hozirgi kunda respublikamizda O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O'zbekiston san'at

»

m:

muzeyi kabi mashhur muzeylar faoliyat yuritmoqda. O'zbekistonning o'tmish tarixini ko'z-ko'z qilib turadigan Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda bunyod etilgan. Balandligi 31 metr bo'lgan muzey binosi uch qavatlidir. Muzey ko'rgazma zalining markazida devorga ajoyib tasviriy san'at asari ishlangan. Unga «Buyuk Sohibqiron -buyuk bunyodkor» deb nom berilgan. «Yuksalish» qismida buyuk bobomiz hayotida doimo amal qilgan «Rosti-rusti», ya'ni «Tog'rilik najotdir» degan shiori oltin harflar bilan yozib qo'yilgan. «Faxrlanish» qismida esa Amir Temur va temuriylar davri merosining avloddan avlodga o'tib kelayotganligi g'oyasi tasvirlangan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki millatimizning o'zligini anglashda milliy,

tarixiy qadriyatlarimizni tiklashda muzeylar alohida o'rin tutadi. Muzeylar tarixiy yodgorliklar maskani, adabiyot, san'at, urf - odatlari, hayot obrazlarimizning moddiy va maishiy jihatdan bir ko'rinishi, ko'zgusi, tasviri. Muzeylar orqali o'tmishni, tarixni ko'rish, eslash, sezish, o'rganish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Sodiqova N. Madaniy yodgorliklar xazinasi. - Toshkent: Fan, 1981

2.G'ulomov YA. O'zbekistonda moddiy-madaniy yodgorliklarni saqlash, o'rganish yo'llari. - Toshkent-1934

3.Narzulla Jo'rayev, Akbar Zamanov. "O'zbekiston tarixi" (Mustaqillik davri). Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 11-sinf uchun darslik. Toshkent- 2018

4.U. Jo'rayev, Q. Usmonov, A. Nurqulov, G. Jo'rayeva. "Tarixdan hikoyalar". Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. Toshkent- 2020

Ы> 3 ]> <}>

a >

u>,* ^ t<ns

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.