Научная статья на тему 'YOSHLARDA IJTIMOIY FAOLLIK HOLATI VA AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI'

YOSHLARDA IJTIMOIY FAOLLIK HOLATI VA AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5691
323
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / bilim / ijtimoiy / faol / psixologik / ong / individual / jamiyat taraqqiyoti / mahorat. / Young people / knowledge / social / activist / psychological / consciousness / individual / community development / skill.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ismailov Berdiyor Rashidovich, Latipova Nodira Muxtarjonovna

Yoshlarning ijtimoiy faolligi jamiyatning boshqa qatlamlari ijtimoiy faolligiday xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu eng avvalo yoshlarning jamiyatda tutgan mavqeining tuliq shakllanmaganligi bilan bogliq. Yoshlar ijtimoiy tuzilmalarga kirish, ya'ni ijtimoiylashuv jarayonini boshdan kechiradilar. Ijtimoiy faoliyatning har bir soxasida yoshlarning ijtimoiy faolligi o'ziga xos xususiyatga ega. Shundan kelib chiqib, uni bir necha yo'nalishlarda: iqtisodiy ta'lim, ijtimoiy himoya ma'naviy-axloqiy xayot soxalarida o'rganish lozim..Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi boʻlishidan, qanday lavozimda ishlashidan qatʼiy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qoʻshishga, zamondan ortda qolmaslikka boʻlgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u oʻzini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Ijtimoiy faollik atamasi ijtimoiy munosabatlarning muayyan tizimida insonlarning intensiv faoliyatini belgilash uchun qanday bo‘lsa, uni amalga oshirishga qobiliyatni belgilash uchun ham shunday ishlatiladi. Shunday qobiliyat bo‘la turib, ijtimoiy faollik murakkab, integral fazilat sifatida mavjud. U qandaydir alohida xususiyatni, balki hayotiy faoliyat xususiyatlarining butun majmuini ifodalaydi. Ijtimoiy faollik murakkab jarayon bo‘lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Olib borilgan tadqiqotlar talaba shaxsida ijtimoiy faollik shakllanishi uning ushbu kasbni tanlagan davriga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATUS OF SOCIAL ACTIVITY AND IMPLEMENTATION IN YOUTH FORMS OF GROWTH

The social activity of young people is one of the main mistakes of society in social activityor is distinguished by features. This is primarily due to the fact that the position of young people in society is shaped by a fox.Young people experience the process of entering into social structures, that is, socialization. In every sphere of social activity, the social activity of young people has its own characteristics. Proceeding from this, it is necessary to study it in several directions: in the spiritual and moral spheres of Economic Education, Social Protection. When it comes to social activity, a person can understand his action to contribute to the development of society, not lagging behind in time, no matter what profession he is the owner, in what position he works. In this process, he manifests himself as a person and a citizen. The term social activity is also used to designate the ability to carry out it, if any, in order to designate the intensive activity of people in a particular system of social relations. Being such an ability, social activity exists as a complex, integral virtue. It expresses some kind of special feature, but also a whole set of features of vital activity. Social activity is a complex process that does not arise suddenly in a person. The studies conducted showed that the formation of social activity in the student's personality coincides with the period of his choice of this profession.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA IJTIMOIY FAOLLIK HOLATI VA AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI»

Scientific Journal Impact Factor

YOSHLARDA IJTIMOIY FAOLLIK HOLATI VA AMALGA

OSHIRISH SHAKLLARI Ismailov Berdiyor Rashidovich O'ZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Ilmiy rahbar: Latipova Nodira Muxtarjonovna Sotsiologiya fanlari Nomzodi, professor Annotatsiya: Yoshlarning ijtimoiy faolligi jamiyatning boshqa qatlamlari ijtimoiy faolligiday xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu eng avvalo yoshlarning jamiyatda tutgan mavqeining tuliq shakllanmaganligi bilan bogliq. Yoshlar ijtimoiy tuzilmalarga kirish, ya'ni ijtimoiylashuv jarayonini boshdan kechiradilar. Ijtimoiy faoliyatning har bir soxasida yoshlarning ijtimoiy faolligi o'ziga xos xususiyatga ega. Shundan kelib chiqib, uni bir necha yo'nalishlarda: iqtisodiy ta'lim, ijtimoiy himoya ma'naviy-axloqiy xayot soxalarida o'rganish lozim..Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi bo'lishidan, qanday lavozimda ishlashidan qat 'iy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qo 'shishga, zamondan ortda qolmaslikka bo 'lgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u o 'zini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Ijtimoiy faollik atamasi ijtimoiy munosabatlarning muayyan tizimida insonlarning intensiv faoliyatini belgilash uchun qanday bo 'lsa, uni amalga oshirishga qobiliyatni belgilash uchun ham shunday ishlatiladi. Shunday qobiliyat bo'la turib, ijtimoiy faollik murakkab, integral fazilat sifatida mavjud. U qandaydir alohida xususiyatni, balki hayotiy faoliyat xususiyatlarining butun majmuini ifodalaydi. Ijtimoiy faollik murakkab jarayon bo'lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Olib borilgan tadqiqotlar talaba shaxsida ijtimoiy faollik shakllanishi uning ushbu kasbni tanlagan davriga to 'g'ri kelishini ko 'rsatdi.

Kalit so'zlar: yoshlar, bilim, ijtimoiy, faol, psixologik, ong, individual, jamiyat taraqqiyoti, mahorat.

ABSTRACT: The social activity of young people is one of the main mistakes of society in social activityor is distinguished by features. This is primarily due to the fact that the position of young people in society is shaped by a fox. Young people experience the process of entering into social structures, that is, socialization. In every sphere of social activity, the social activity of young people has its own characteristics. Proceeding from this, it is necessary to study it in several directions: in the spiritual and moral spheres of Economic Education, Social Protection. When it comes to social activity, a person can understand his action to contribute to the development of society, not lagging behind in time, no matter what profession he is the owner, in what position he works. In this process, he manifests himself as a

Scientific Journal Impact Factor

person and a citizen. The term social activity is also used to designate the ability to carry out it, if any, in order to designate the intensive activity of people in a particular system of social relations. Being such an ability, social activity exists as a complex, integral virtue. It expresses some kind of special feature, but also a whole set offeatures of vital activity. Social activity is a complex process that does not arise suddenly in a person. The studies conducted showed that the formation of social activity in the student's personality coincides with the period of his choice of this profession.

Keywords: Young people, knowledge, social, activist, psychological, consciousness, individual, community development, skill.

Yoshlar faoliyati deganda, uning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon bo'lishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo'lib uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat ko'rsatkichdir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir. Yoshlar faolligi deb, uning hayotini boshqarish bilan, bog'liq bo'lgan va qadriyatlarining nomoyon bo'lish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi bo'lib, uning yuksak qadriyadagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko'rsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda o'rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda o'rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.1

Bugun jamiyatimiz hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar va tub islohotlar jarayoni fuqarolik jamiyati institutlari deya ta'riflanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalaridan ham ijtimoiy faollikni talab etmoqda. Xo'sh, ijtimoiy faollik o'zi nima?

Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi bo'lishidan, qanday lavozimda ishlashidan qat'iy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qo'shishga, zamondan ortda qolmaslikka bo'lgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u o'zini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Bugun yurtdoshlarimizning ijtimoiy faollashayotganini ko'rib turibmiz. Ijtimoiy tushkunlik, o'zgarishlarga, islohotlarga loqaydlik davri o'tdi, yurtdoshlarimizda tashabbusni, yangilikka bo'lgan intilishlarni guvohimiz. "Ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy faollikni kuchaytirib yubordi", degan mazmundagi fikrlarni ham mavjud. Lekin ijtimoiy faollik bilan ijtimoiy tarmoqlardagi faollik o'rtasida katta farq bor. Ijtimoiy tarmoqlardan turib o'zining subyektiv fikrlarini ulashib, kechayotgan voqea-

1 Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. "Ijtimoiy fikr". 2004. 3-son. 149-150

KIRISH

betlar.

Scientific Journal Impact Factor

hodisalarga faqat va faqat negativ munosabat bildirib o'tirish, bu hali ijtimoiy faollik degani emas.

Har qanday ijtimoiy hodisaga nimadir sabab bo'ladi, nimadir turtki beradi. Ijtimoiy faollik ham o'z-o'zidan sodir bo'ladigan jarayon emas.2

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari haqida tahlil olib borildi. Tursunova N.ning "Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari" nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba bo'lib belgilandi.

Mustaqil mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatorida ko'rish har bir o'zbekistonlikning orzusi. Lekin bu orzu kecha yoki bugun paydo bo'lgani yo'q. Yurtdoshlarimiz qalbidagi ana shu istakning yanada ortib, yangi O'zbekistonni barpo etishga bo'lgan ishtiyoqning kuchayishiga, aytib o'tganimiz - ijtimoiy faollikning ortishiga, shubhasiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan shiddatli demokratik islohotlar turtki berdi.

Bugun O'zbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon qadam tashladi. Taraqqiyot va farovonlikka qaratilgan islohotlarning samarali amalga oshishini hamma istaydi. Sababi, bu kabi islohotlar natijasida halq farovon yashaydi. Islohotlarga, o'zgarishlarga daxldorlik hissi shaxsni ijtimoiy faol bo'lishga undaydi.

Kelajak bugundan boshlanadi.Yurtimizda yoshlarning bilim olishi, hartomonlama yetuk shaxslar bo'lib yetishishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Ushbu maqolada nazariy jihatdan egallangan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish natijasida shakllanadigan faollik borasida fikr-mulohaza yuritishni oldimizga maqsad qilib qo'ydik.Ijtimoiy faollik shaxs faoliyatining muhim tomonlaridan biridir. U shaxsning jamiyat va jamoa ishlaridagi ishtirokida namoyon bo'ladi; ma'lum darajada siyosiy va axloqiy o'zlikni anglashga asoslanadi. Ijtimoiy faollikni tarbiyalash - bu nafaqat jamoat ishlarida ishtirok etish darajasining oshishi, balki yoshlarning axloqiy yo'nalganligini aniqlovchi motivlarning shakllanishi hamdir.

Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas bog'liqdir. Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni o'rganishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaroviy faollikni o'rganishdan iborat. Zero fuqarolik

2 Qayumov U. Rol semi v formirovani nravstvennix i duxovnix osnov obshestva. "Ijtimoiy fikr". 2004. 4-son. 93-94 betlar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423

jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bo'lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.3

Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to'laqonli rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning to'liq namoyon bo'lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bo'lish jamiyatda ro'y berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning yechimini chuqur anglashni taqozo etadi. Demak, biz yoshlarimizda fuqaroviy ongni shakllantirishimiz kerak. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yo'lida fuqarolar o'rtasida kelishuv bo'lishiga xizmat qiladi. Jamiyatda ro'y beradigan turli ijtimoiymadaniy omillar ta'sirida fuqaroviy ong o'zgarib boradi va fuqaroviylik to'g'risidagi g'oyalar taraqqiyotida o'z aksini topadi.Yoshlarni fuqaroviy ongi qanchalik rivojlangan bo'lsa ular jamiyatdagi ijtimoiy faolligi shunchalik faollashadi.

Aynan fuqaroviy faollikning o'zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi;

• faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim to'g'risida bilim olishga tayyor bo'lgan kishilardan iborat;

• faol fuqarolarda o'z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat mavjud;

• faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun ko'nikmalar mavjud bo'ladi.4

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Muayyan faoliyatni doimiy ravishda tashkil etish shaxsda ma'lum ko'nikmalarni hosil qiladi. Ko'nikmalar esa faoliyatni izchil davom ettirish jarayonida malakalarga aylanadi. Shakllangan malaka esa shaxs tomonidan faoliyatning tezkor, sifatli, samarali kechishini ta'minlaydi. Faoliyatda samaradorlikka erishish insoniyatni qay darajada qiziqtirib kelgan bo'lsa, uni tashkil etayotgan shaxsning kasbiy malakaga ega bo'lishi ham shunday dolzarblik kasb etgan. Kasbiy malakaga ega bo'lish ijtimoiy, shu bilan birga shaxsiy ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. "Ijtimoiy fikr". 2004. 3-son. 149-150 betlar.

3 Qirg'izboev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. - T.: Yangi asr avlodi, 2006.

4 Tolibov I.I. Fuqarolik jamiyati: tushunchasi, institutlari, asosiy printsiplari va funktsiyalari / Red. A.X. Saidov. - T.: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi, 2008

257

Scientific Journal Impact Factor

2. Qayumov U. Rol semi v formirovani nravstvennix i duxovnix osnov obshestva. "Ijtimoiy fikr". 2004. 4-son. 93-94 betlar.

3. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

6. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

7. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

8. Qirg'izboev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. - T.: Yangi asr avlodi, 2006.

9. Tolibov I.I. Fuqarolik jamiyati: tushunchasi, institutlari, asosiy printsiplari va funktsiyalari / Red. A.X. Saidov. - T.: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi, 2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.