YOSHLAR BANDLIGINI TA'MINLASHDA MUAMMO VA
YECHIMLAR
Ulugmuradova Nodira Berdimuradovna Samarqand davlat universiteti, Inson resurslarini boshqarish fakulteti
dotsenti
2-kurs talabasi Miyassarova Maxliyo Axmad qizi
Annotatsiya: Maqolada iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida aholi ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xususiyatlar, kasb-malaka guruhlari bo'yicha taqsimlanishdagi qonuniyatlar Ishsizlik holatini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar kambag'al va ishsiz fuqorolarni tadbirkorlikga jalb qilish,ularni kasb-hunarga o 'qitish holatlari o 'rganib chiqilgan vayoritilgan.
Kalit so'zlar: islohotlar, malaka, ishsizlik, bandlik, ehtiyoj potensial demografikxolat,xarajatlar,forum,biznes loyiha,kredit mehnat resurslari
ПРОБЛЕМИ И РЕШЕНИЯ В СФЕРЕ ЗАНЯТОСТИ МОЛОДЕЖИ
Аннотасии. В стате исследуются и освещаются особенности сосиално-економического характера занятости в условиях инновасионного развития экономики, закономерности распределения по профессионалним группам.
Ключевие слова: реформи, навики, безработиса, занятост, потребност, потенсиалная демографическая ситуасия.
PROBLEMS AND SOLUTIONS IN YOUTH EMPLOYMENT
Abstrakt. The article examines and highlights the features of the socioeconomic nature of employment in the context of innovative development of the economy, the patterns of distribution by professional groups.
Keywords: reforms, skills, unemployment, employment, need, potential demographic situation.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida "2021 yil 1 yanvardan talab yuqori bo'lgan ishchi kasblar bo'yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etish. Yoshlar forumidagi uchrashuvda yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta'minlash uchun 100 million dollar ajratish to'g'risida qaror qabul qildik. Bundan tashqari yoshlarning
biznes loyihalarini kreditlagan xolda ularni kasb-hunarga o'qitish uchun 1 trillion
423
Scientific Journal Impact Factor
so'm va 50 million dollar ajratiladi" deb ta'kidlab o'tdi. [1]Bu esa o'z navbatida innovasion rivojlanish davrida yoshlarga keng imkoniyatlar berilayotganligidan dalolat beradi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, amalga oshirilayotgan islohotlar insonni har tomonlama kamol topish maqsadlariga yo'naltirilgan. Shunga ko'ra, respublikamiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo'lgan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o'rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o'sish sur'atlarining ta'minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo'lgan ishonchini tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishda aholini ish bilan bandligi muhim omil hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini ta'minlash uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasin oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy va psixologik jihatdan qo'llab-quvvatlash uchun qilinadigan sarflar aholini ish bilan ta'minlanishiga bog'liqdir. Shuning uchun aholini ish bilan bandligini ta'minlashning ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida alohida ahamiyatga egadir.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, mehnat bozorida ishsizlarning 90%ga yaqini munosib ishga joylashishga ko'maklashish yuzasidan muhtojlik sezmoqda. Munosib ish o'rinlari - bu ishchilarga qiziqarli va qo'lidan keladigan ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqbul bo'lgan ish o'rinlaridir. Munosib ish joyiga ega bo'lish uchun mehnat bozorida ishchi kuchi ancha raqobatbardosh bo'lishi zarur. Ishlab chiqarishning yoki tashkilotda boshqarishning rasional tashkil etilishi va modernizasiyalashishi natijasida kadrlarning taqchilligi yuzaga kelmoqda. O'z vaqtida ish joyini o'zgartirish, qayta tayyorgarlik, bo'sh ish joylariga qabulning to'xtatilishi, kadrlarni ishdan bo'shatishga ijtimoiy yo'naltirilgan tanlab olishning amal qilishi, personalni qisqartirish yoki qabul qilishni rejalashtirish yo'li bilan ichki mehnat bozorini tartibga solishni zarurat etmoqda.
Aholini ish bilan ta'minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo'lib, u mehnat masalalari bilan bog'liq muammolarni hamda mehnatga bo'lgan taklif va talablarni qondirish yo'llarini ochib beradi. Ish bilan
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
bandlik kishilarning ish joylari qayerdaligidan qat'i nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o'zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko'rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichdir.
Aholining ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponentlar bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik uning asosiy hususiyati hisoblanadi.
Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo'lar ekan, uni quyidagicha ta'riflash mumkin. Ish bilan bandlik - fuqarolarning qonun xujjatlari zid kelmaydigan o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq, ularga ish haqi yoki mennat daromadi keltiradigan faoliyatdir.
Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi uchun ish bilan ta'minlashning muayyan modeli mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi.
Tajriba shuni ko'rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning shaxsi va talab-ehtiyojlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish omadsizlikka mahkum yetadi. Shuning uchun avvallari olimlar ish bilan bandlik muammolarini ko'rib chiqayotganlarida asosan, uning iqtisodiy jihatlariga e'tibor bergan bo'lsalar, keyingi paytda ish bilan bandlikning ijtimoiy jihatlari to'g'risida tobora ko'prok gapirilayotganligi bejiz emas.
Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xususiyatlar, shu jumladan, ish bilan bandlik turlari, kasb-malaka guruhlari bo'yicha taqsimlashdagi qonuniyatlar kishilarning yoshi va jinsi bo'yicha farqlanishi bilan ifodalandi.
Scientific Journal Impact Factor
40000,0 35000,0
2010 mm 2014 MM 2016 MM 2020 MM
waiwu a^o^u cohm warçap a^o^ucu k.mw.hok, a^o^ucu
Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qumitasi ma'lumotidan 1.1.-rasm. O'zbekistonda aholi sonining o'zgarish dinamikasi (ming
kishi)*
Demografik jarayonlarga bog'liq holda, O'zbekistonda mehnat resurslari soni yil sayin ortib bormoqda. Tahlillar shundan dalolat bermoqdaki, 2010-2020 yillarda respublikamiz mehnat resurslari 2930.8 ming kishiga ko'payib, ushbu ko'rsatkich mazkur yillarda 17,7% ga oshganini ko'rsatmoqda.[4] Bunday holat respublikamizda demografik vaziyatning murakkabligidan dalolat beradi. Chunki mehnat bozorida demografik "bosim"ning kuchayishi yoshlarning ish bilan ta'minlash muammosini kuchayishiga sabab bo'ladi.
Tahlil etilayotgan davrlarda O'zbekiston Respublikasida aholi soni 21,5 %ga oshgan. Shuningdek, respublikamizda shahar aholisini muntazam ko'payib borishi kuzatilmoqda, ya'ni 2020 yilda 17183,7 ming kishini tashkil etgan, ya'ni bu ko'rsatkichning 2010 yilga nisbatan o'sishi 19,9 % ga oshgan oshgan.[4]
Respublikamizda ish bilan bandlar soni bu davrlar oralig'ida 17,9%ga oshgan holda, ishsizlik darajasi 2020 yilda 9,1%ni tashkil etgan. Shuningdek, mustaqil tarzda ish qidirayotganlar soni 2,5 martaga oshgan. [4] Buning asosiy sababi mehnat bozori egiluvchanligining ta'minlanishi hisobiga nostandart ish bilan bandlik turlarining kengayib borayotganligi hisoblanadi (1.1-rasm).
Mamlakatda ishsizlik katta iqtisodiy, moliyaviy ijtimoiy va ba'zan psixologik harajatlarga olib keeladi. Iqtisodiy harajatlarbarcha iqtisodiy faol aholi band bo'lmasligi oqibatida YalMda o'z ifodasini topadi. Moliyaviy harajatlarga, birinchidan, ishsizlarga ijtimoiy yordam sifatida ketadigan harajatlar(nafaqa moddiy
yordamning boshqa turlari, ish bilan bandlik dasturini amalga oshirishga), ikkinchidan, davlat byudjetiga tushmagan soliqlar summasi orqali hisoblanadigan harajatlar kiradi. 1981 yilda Buyuk Britaniya moliya vazirligi tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko'ra bitta ishsiz uchun qilingan harajat davlatga 3,4 ming funtga tushgan hamda davlatning barcha moliyaviy harajatlari 9,8 mlrd. funtni tashkil etgan. [3]
Shuningdek, qishloq aholisi sonining doimiy oshib borishi O'zbekistonda demografik rivojlanishning o'ziga xos xususiyatidir. Bunda hozirgi kunda mehnat bozorida yoshlarning jami mehnat resurslari tarkibida hissasi oshib borishi tendensiyasining mavjudligi yoshlar ishchi kuchiga talabni oshirish va ishchi kuchi taklifini qisqartirish muammosini yuzaga keltirmoqda.
Tashkiliy-huquqiy mexanizmga mehnat munosabatlariga oid qonun va me'yoriy hujjatlarni qabul qilish, mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish chora-tadbirlari va mehnat bozori infrastuzilmasining rivojlanishi kabilar kiradi.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qumitasi ma'lumotidan
1.2.-rasm. O'zbekiston Respublikasida mehnat resurslari va ish bilan band aholi soni dinamikasi, (ming kishi)
Aholining ijtimoiy-foydali faoliyatda qatnashish xususiyati bo'yicha jins-yosh guruhlarini ijtimoiy-demografik guruhlari deb atash qabul qilingan. Aholining jins va
yoshi bo'yicha ish bilan bandlik xususiyatlarini hisobga olish maqsadida aholining
427
quyidagi ijtimoiy-demografik guruhlarini ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiqdir: erkaklar, ayollar, yoshlar (16-29 yoshgacha bo'lgan mehnatda faol aholi) o'rta yoshli kishilar (30-49 yosh), pensiyaga chiqish arafasidagi kishilar (50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli aholi), pensiya yoshidagi kishilar va boshqalar. [2]
MLUCM3/1MK AapamacM, %
4
2
0 iii
7G10 WW/1 7014 WW/1 7018 WW/1 2070 mm/I
Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qumitasi ma'lumotidan
1.3.-rasm. O'zbekiston Respublikasida ishsizlik darajasi, (foizda)
Respublikamizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolar hamda korxonalar daromadlari yo'qotishlarini qoplash, faoliyat yuritishini hamda ish o'rinlarini saqlab qolishni rag'batlantirish maqsadida turli imtiyozlar joriy etildi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirkorlik subektlariga mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lash bo'ycha kechiktirish imkoniyati taqdim etildi.
Yuqorida keltirilgan masalalar bilan bir qatorda aholini asosan yoshlarni ish o'rinlari bilan ta'minlash masalasi ham pandemiya sharoitida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mehnat bozori jamiyat, siyosat va iqtisodiyotda ro'y beradigan o'zgarishlarga sezgir hisoblanadi. Dunyo bo'yicha 2020 yil boshla- nishidan mehnat bozoridagi ayrim kasblarga bo'lgan talab keskin o'zgara boshladi. Inqirozli sharoitlarda, xususan, koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi xavfi mavjudligi sharoitida aholi daromadlarini va ish o'rinlarini saqlab qolish, aholi ish bilan bandligining egiluvchan shakllaridan, ya'ni, ayrim joylarda qisqartirilgan ish kuni yoki haftasi, ayrim sohalarda masofaviy ish bilan bandlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Xalqaro mehnat tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining 2 mlrd.dan ortig'i norasmiy iqtisodiyotda ish bilan banddir. Bular, jami ish bilan bandlarning 62 %ni tashkil etadi. Norasmiy ish bilan bandlik past rivojlangan
Scientific Journal Impact Factor
mamlakatlarda 90,0 %ga yaqinni, o'rta rivojlangan mamlakatlarda 67,0 % va rivojlangan mamlakatlarda 18,0 % atrofida tashkil etadi. Yoshlarni ish bilan bandlikni ta'minlovchilarni rag'batlantirish inqirozli holatlarni ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish uchun zarurdir. Bunday choralar samarali muloqot asosida inqirozga qarshi choralarni adolatli, samarali bo'lishi va bevosita ishtirokchilarning imkoniyatlari va eitiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Tahlikali vaziyat ish beruvchilar, xodimlar va hukumat o'rtasida samarali muloqotni yo'lga qo'yish hamda ijtimoiy sheriklik jarayoniga norasmiy ish bilan bandlarni ham jalb etish imkonini beradi.Xalqaro mehnat meyorlari barchani qamrab olishga qaratilib, inson huquqlari, imkoniyatlar tengligi, har kimning sog'lig'i holatini e'tiborga olgan holda hech kamsitishlarsiz adolatli siyosat olib borishga xizmat qiladi. Bu esa asosan inqirozlarga norasmiy iqtisodiyotni inobatga olgan holda samarali qarshi kurashish imkonini beradi.
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma'lumot- lariga ko'ra bugungi kunda O'zbekiston mehnat bozorida 13,7 mln kishi band bo'lib, ulardan 5,8 mln kishi rasmiy va 7,9 mln kishi norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda.Norasmiy iqtisodiyotdagi ish bilan bandlar hamda korxonalar pandemiya sharoitida inqirozga uchrashi mumkin bo'lgan eng zaif qatlam hisoblanadi. Ushbu qatlamni qo'llab-quvvatlamaslik mehnat bozori inqirozga yuz tutishi hamda kambag'allik darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Moliyaviy texnologiyalar, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar, biznes vakillari hamda mahalliy hokimiyatlar hamjihatlikda ishni tashkil etishi orqali norasmiy ish bilan bandlarni qamrab olishi mumkin. Munosib rag'batlantirish imkoniyatlari, texnik ko'maklashish qisqa va uzoq muddatda norasmiy korxonalarni rasmiylashtirish imkonini beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va o'rta korxonalarda norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish chora-tadbirlari oqibatlarini yumshatish ushbu korxonalarning norasmiy sektorga yana qaytishini oldini olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 2020-yil 8-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. 2020-yil 1-iyuldan boshlab O'zbekistonda fuqarolarning o'zini o'zi band qilish bo'yicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida ro'yxatga olish tartibi joriy etilgan edi. O'zini o'zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat'i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to'laydi. Ushbu summa to'liqligicha byudjetdan tashqari Pensiya
Scientific Journal Impact Factor
jamg'armasiga yo'naltiriladi. Shundan kelib chiqqan holda YaTTlar uchun o'rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi [5].
Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining aynan ishsizlik muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlari bu borada qator ijobiy natijalar bermoqda. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni ish o'rinlari bilan ta'minlashga yunaltirilgan ishlar haqida alohida to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq. Xususan, "Har bir yoshga bir gektar" loyihasi yurtboshimiz topshirig'iga asosan hokimliklar, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 2020-yilning I-choragi natijalariga ko'ra, respublika bo'ylab jami 25 mingdan ziyod gektar yer maydonlari yoshlarga ajratildi. Jumladan, 1277 ga. sabzavot, 1787 ga. poliz, 10296 ga. dukkakli ekinlar, 7727 ga. boshoqli don ekinlari va 391 ga. kartoshka ekish uchun, 3 866 ga. Esa bog' yaratish uchun ajratib berildi [6].
Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklif o'rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni ish bilan band bo'lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo'lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.2020-yil 11-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentimiz tomonidan imzolangan "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror ham aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadiPrezidentimiz qaroriga asosan, ushbu loyihalar ijrosini ta'minlash uchun Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablag'larga qo'shimcha ravishda 150 milliard so'm mablag' ajratiladi. [7]
Bu chora-tadbirlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, iqtisodiyot rivojlanishiga, aholining hayot darajasi va sifati izchil o'sishiga mustahkam zamin yaratmoqda.Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularing mamlakat mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda ikki katta guruhni -o'quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib ko'rsatish mumkin.
Mehnat bozoriga chiqadigan va ish bilan bandlikka ko'maklashuv Markazlari xizmatiga murojaat qiladigan yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo'shash ko'lami bilan belgilanadi, Bunda ko'p narsa xodimlar qaysi tarmoqlardan bo'shashiga bog'liq
Scientific Journal Impact Factor
bo'ladi. Agar bular mashinasozlik, to'qimachilik sanoati tarmoqlarida bo'lsa, bu joylarda ishlovchi ishchilarning ulushi ko'proq bo'ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi.
Yoshlar o'rtasidagi ishsizlik miqyosini tartibga solib turishning muhim usuli faoliyatning asosiy sohasi bo'lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo'lib, bunga ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim oladiganlar sonini ko'paytirish, kichik yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy yordam berishni yaxshilash yo'li bilan erishiladi. O'qiyotgan yoshlar sonini kengaytirishning ikkita yo'nalishi bo'lishi mumkin. Birinchisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ikkinchi yo'nalishga vaqtincha chora sifatida qarash mumkin va u kollej o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida mehnat bozori ehtiyojlarini o'zgarib borishiga muvofiq qayta ixtisoslashuv natijasida ta'lim olish muddatini uzaytirishdir.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirib kelayotgan islohotlarning oldida turgan dolzarb muammolardan biri - bu takomillashgan mehnat bozorini shakllantirish va uning samarali amal qilishini ta'minlash hisoblanadi. Respublikamizda ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya qilinmagan yoshlar orasida ishsizlar soni salmoqli miqdorga ega bo'lmoqda. Bunday holat mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini ta'minlash, ularning ishsizligini kamaytirishning samarali usullari va mexanizmlarini tadqiq etishni talab qilmoqda.
Mamlakatimiz aholisi yosh jihatidan ancha yosh hisoblanadi, mehnat resurslari tarkibiga kirib keluvchilar, ya'ni mehnat qobiliyati yoshiga kelib qo'shiluvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil qiladi. Buning asosiy sababi sobiq Ittifoq davrida va mustaqilligimizning dastlabki yillarida respublikamizda aholini tez sur'atlar bilan ko'payishi natijasida hozirgi kunga kelib, demografik bosimning ortishiga olib keldi. Oqibatda yoshlarni, ayniqsa, qishloq yoshlarining ishsizligini kamaytirish va ularning ish bilan bandligini ta'minlashda jiddiy muammolarni vujudga keltirmoqda. Yoshlar o'rtasida ishsizlikni kamaytirish, ularning mehnat bozoridagi hatti-harakati qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy yechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi.
O'zbekiston aholisi tarkibida yoshlarning salmog'i yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligi va ularni kasbga tayyorlash ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan alohida ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv sharoitida dunyoning barcha mamlakatlarida yoshlar orasida ishsizlikning yuqori darajada ekanligi kutilmoqda. Bugungi kunda yoshlar mehnat bozorini tartibga solish va qishloqda ishsizlikni va avvalo 30 yoshgacha bo'lgan shaxslar orasida bartaraf etish
Scientific Journal Impact Factor
masalalari yetarlicha o'rganilmagan. Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadqiqotlar quyidagilarni tasdiqlashga imkon beradi, ya'ni qishloq yoshlari ishsizligi darajasining yuqori bo'lishi ko'proq ishchi kuchini dastlabki kasbga tayyorlash tizimi (shu jumladan, kasbga yo'naltirish)ni takomillashmaganligi, ularni ishga joylashis hining past darajasi va operativ emasligi, ish beruvchilarga yosh kadrlar uchun ish o'rinlarini tahlil qilish va saqlab qolishga hamda yaratishga moddiy rag'bat va imtiyozlar yo'qligi, qishloq yoshlari tadbirkorligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlanmaganligi, yoshlarda malaka yetishmasligi, mehnat bozori infratuzilmasining yaxshi rivojlamaganligi; istiqbolda ish bilan bandlikni rivojlantirish bo'yicha ilmiy jihatdan asoslangan dasturlarning ishlab chiqilmaganligi bilan belgilanadi.
Bizning fikrimizcha mehnat bozorida yoshlar ishsizligini kamaytirishni ta'minlovchi omillardan biri, ularning bilim darajasi va kasbiy malakasini oshirish hamda mehnatni diversifikasiyalash bilan bog'liq noqishloq ish o'rinlarini yaratish, xizmat ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishning alohida ahamiyatga ega ekanligi hisoblanadi. Yoshlarning ish bilan bandligiga ko'maklashish sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish, ularning ishsizligini kamaytirishning ijtimoiy va iqtisodiy mehanizmlarini takomillashtirish mehnat bozorida yoshlarga mehnatni diversifikasiyalash asosida talabni rag'batlantirish hamda chuqur tahlil va tadqiq etish natijasida ularning ish bilan bandligi darajasini oshirish bo'yicha tegishli ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga egadir.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 30.12.2020 y. Xalq so'zi №276(7778).
2. 1. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Darslik. Qayta ishlangan va to'ldirilgan 3-nashri. - T.: "FAN", 2019. - 592 b.
3. Economic progress Report.- London. : 1981
4.O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo'mitasi ma'lumoti 2020 yil. 5. Soliq.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo'mitasi rasmiy veb
XULOSA
REFERENCES
sahifasi.