УДК (UDC) 656.212.5.073 YO'LOVCHI VOKZALLARI VA TO'XTASH PUNKTLARIDA YO'LOVCHILARGA SERVIS XIZMAT KO'RSATISH SIFATINI OSHIRISH
TARTIBI
Xusenov O'tkir O'ktamjon o 'g'li- Toshkent davlat transport universiteti, "Transport harakatini tashkil etish" kafedrasi assistenti,
otkirxusenov@mail.ru Toxtaxodjayeva Mafratxon Maxmudovna- Toshkent davlat transport universiteti, "Transport harakatini tashkil etish" kafedrasi katta o 'qituvchisi,
mafirat. toxtaxodjayeva.66@mail.ru
Annotatsiya - Ushbu maqolada temir yo'l transportida yo'lovchi tashish marketingi elementlari hisoblanuvchi transport turlari imkoniyatlarini va yo 'lovchilarning transport turlari faoliyatidan qanoatlanish darajasini o 'rganildi. Yo 'lovchilarga ko 'rsatiladigan temir yo 'l transporti bilan bog 'liq bo 'lgan servis xizmatlarni baholash me'zonlari va yo'lovchilarning servis xizmat ko'rsatishdan qanoatlanish darajasi tahlil qilindi. Xizmat ko'rsatishning indekslari ko 'rsatib o'tildi.
Kalit so'zlar - temir yo'l vokzali, yo'lovchi poyezdi, temir yo'l chiptasi, yo 'lovchi tashish marketingi, to 'xtash punkti, tashish xarajatlari.
ORDER OF IMPROVING THE QUALITY OF PASSENGER SERVICE IN
PASSENGER STATIONS AND STOPS
Khusenov Utkir Uktamjon ugli - Assistant of the Department "Organization of traffic on transport", Tashkent state transport university, e-mail:otkirxusenov@mail.ru
Toxtaxodjayeva Mafratxon Maxmudovna - Senior lecturer of the Department
"Organization of traffic on transport", Tashkent state transport university, e-mail: mafirat.toxtaxodjayeva.66@mail.ru
Abstract - This article examines the possibilities of modes of transport, which are elements of the marketing of passenger transportation by rail, and the degree of passenger satisfaction with the activities of modes of transport. The criteria for evaluating the services provided to passengers related to rail transport and the level of passenger satisfaction with the services provided are analyzed. Service indexes were specified.
Key words - passenger station, passenger train, railway ticket, passenger
transport marketing, stopping point, transport costs.
1408
KIRISH
"O'zbekiston ternir yo'llari" AJ "O'ztemiryo'lyo'lovchi" OAJ ning oldida yo'lovchilar tashishda servis xizmatlarini takomillashtirish, yo'lovchilarning ehtiyojlarini qondirish, tashishning yangi servis xizmatlarini joriy qilish, amaldagi xizmat turlarini saqlab qolish orqali yo'lovchilar oqim zichligini yanada oshirish vazifalari mavjud. Yo'lovchilar o'z manzillariga chipta sotib olib yo'lovchi poyezdga chiqishdan, boradigan manziliga yetib olguniga qadar: ya'ni, harakat vaqtining barcha bosqichlarida xizmat sifati va yo'lovchilarning ehtiyojlari o'rtasida o'zaro muvofiqlikka erishish zarurati paydo bo'ladi [1].
TADQIQOT METODOLOGIYASI Barcha transport sohasi va yo'lovchilar manfaatlari uchun ishlab chiqilgan marketing tadqiqotlarini o'tkazishdan kelib chiqadigan ma'lumotlardan samarali foydalanish alohida ahamiyatga ega. Transport xizmatlari bozorida marketingga umumiy yondashuvni qo'llash yo'lovchilarning odatda keng qamrovli transport turlari avtomobil, havo transporti xizmatlariga qiziqishi bilan bog'liq bo'lib, yo'lovchilarga manzillariga yetib olishida qulayliklar yaratilishi uchun temir yo'l boshqa transport turlari bilan hamkorlik qilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Yo'lovchi tashish marketingining eng muhim elementlaridan biri transport turlari imkoniyatlarini o'rganishdir. Buning uchun birlamchi va ikkilamchi darajali ma'lumotlar ishlatiladi. Birlamchi ma'lumotlar yo'lovchi tashish transporti servis xizmatlari sifati qanoatlantirilganligi darajasini baholashni shakllantirish jarayonida bevosita yo'lovchilardan olinadigan ma'lumotlar. Ikkilamchi ma'lumotlar turli xil hisob va statistik tahlillar qilingan hujjatlarda mavjud bo'lib ular temir yo'l tuzilmalari va mintaqaviy sub'ektlarning ixtiyorida bo'ladi [2].
II Yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish indekslarini aniqlash tartiblari Temir yo'l transporti yo'lovchi tashishni amalga oshirishda boshqa transport vositalari bilan sog'lom raqobatning turli shakllarini faollashtirish va yo'lovchilarga barqaror foydalanish imtiyozlarini shakllantirishga yordam berib, temir yo'llarning boshqa transport vositalari bilan raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Yo'lovchilarga qulaylik yaratish uchun bajaradigan vazifasiga ko'ra bir xil bo'lgan transport turlari faoliyatini o'zaro bir biriga uzviy bog'liqlikda tashkillashtirish yo'lovchilarning manzillariga yetib borish vaqtini qisqartiradi va ko'rsatiladigan servis xizmatlarini sifatini oshiradi. "O'zbekiston temir yo'llari" AJ "O'ztemiryo'lyo'lovchi" OAJ da yo'lovchilarga servis xizmat ko'rsatishdan yo'lovchilarning qanoatlanish darajasini yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishning
indekslari orqali aniqlash mumkin. Servis xizmat ko'rsatish indekslari 1-rasmda keltirilgan.
ES ü
w
H
%
o h m ai
m ÏT
W 0
m *
si
MAVJUDLILIGI
Bilet narxi
TA'RIF
BARQARORLIK
HARAKAT JADVALI
VOKZALLARDA VA POEZDLARDA ■ XIZMAT
KO'RSATISH _DARAJASI_
AXBOROT ALMASHINUVIH
TEZLIK
YO'LDAGI QULAYLIK
INFRATUZILMA OB'YEKTLARININ ' G SANITARIYA VA TEXNIK HOLATI
XAVFSIZLIK
Stansiyalar va to'xtash punktlari joylashuvining qulayligi
Stansiyalar va to'xtash punktlarida statsionar chipta sotish kassalari mavjudligi O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminallarining mavjudligi
Bilet turlarini tanlash imkoniyatining kengligi
Bilet narxi
Poyezdlar harakati jadvaliga to'laqonli rioya qilinishi
Poyezdlar harakati chastotasi (zichligi)
Poyezdlar harakat grafigiga amal qilish (poyezdlarning kelishi va ketishidagi kechikishlarni oldini olinishi)
Kassaning oldida kutish vaqti Poyezdlarda bilet tekshiruvchilar va nazoratchilarning xushmuomalaliligi Kassalarda, stansiyalarda, poyezdlarda xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning malaka darajasi
Bilet sotuvchi xodimlarning xushmuomalaliligi
Bilet sotuvchi xodimlarning kiyinish tartibi va ozoda yurishi
Poyezdlar harakat grafigidagi o'zgarishlar haqida axborotning mavjudligi Poyezdlar harakat grafigidagi o'zgarishlar haqida axborotning mavjudligi va dolzarbligi _Yuborish va o'zgartirish haqida ma'lumotdan foydalanish qulayligi_
Vagonlarda joriy va yaqinlashib kelayotgan to'xtash punktlari haqida ma'lumotlarning aniqligi
Yurish vaqti
Poyezd tarkibidagi vagonlarning harorati (iqlim rejimi) haqidagi ma'lumotlar Poyezd tarkibidagi vagonlarning tozaligi va sanitariya holati Vagonlardagi o'rindiqlarning qulayligi Vagonlarda bagaj uchun joylar mavjudligi To'xtash punktlarining latformalarda tozaligi va sanitariya holati Stansiyalarda va to'xtash punktlarda poyezdlarni kutishda usti yopiq o'tirish joylari mavjudligi Harakatlanuvchi poyezd tarkibining holati Poyezdlarga chiqish va tushish platformalaridagi qulayliklarning xavfsizlik darajasi Shahar atrofidagi poyezdlar harakati davomida qo'riqlashning mavjudligi To'xtash punktlarida chiqish tushish joylarining mavjudligi
1-rasm. Temir yo'l transportida yo'lovchilarga servis xizmat ko'rsatish
indekslar
Belgilangan me'zonlarga temir yo'l transporti orqali ko'rsatiladigan servis xizmatlaridan yo'lovchilarning qoniqish indeksini quyidagi formulaga asosan aniqlanadi.
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
v X AOrt
Kiy =-
n
(1)
bu yerda K^ - ballardagi mezonlarga muvofiq qoniqish darajasi; A0,rt - belgilangan omillardan qoniqishning o'rtacha qiymati, ballarda; n - belgilangan mezon ichidagi omillar soni, ballarda.
Belgilangan barcha me'zonlarga asosan temir yo'l transporti orqali ko'rsatiladigan servis xizmatlaridan yo'lovchilarning o'rtacha qoniqish indeksini quyidagi formulaga asosan aniqlanadi.
K = ^ (2)
n
bu yerda K - ballardagi barcha mezonlarga muvofiq o'rtacha qanoatlanish darajasi;
K, - belgilangan omillardan qoniqishning o'rtacha qiymati, ballarda;
n - belgilangan mezon ichidagi omillar soni, ballarda; i - me'zonlar turi; n -me'zonlarning umumiy soni.
Belgilangan barcha me'zonlarga asosan temir yo'l transporti orqali ko'rsatiladigan servis xizmatlaridan yo'lovchilarning o'rtacha qoniqish indeksini foizlarda quyidagi formulaga asosan aniqlanadi.
K -ioo%
Ky (%) =-^--(3)
bu yerda K - yo'lovchilarning qanoatlanish darajasi, foizlarda; K - belgilangan omillardan qoniqishning o'rtacha qiymati, ballarda; x - belgilangan mezonlarni baholashga ajratilgan maksimal ball. Yo'lovchilarga ko'rsatiladigan temir yo'l transporti bilan bog'liq bo'lgan xizmatlarni quyida keltirilgan me'zonlarga muvofiq baholash taklif etiladi [2]:
xizmatlarning mavjudliligi: biletni sotib olish tartibi, yo'lovchi poyezdi va uning tarkibidagi vagonlardagi kerakli xususiyatlarga ega biletlarning mavjudligi;
xizmatlar darajasi: vagonlarning sanitariya va tozalik holati, oziq-ovqat bilan ta'minlanishi, vagonlarning ichki holati, choyshablar va aksessuarlar bilan ta'minlanganligi, harakat xavfsizligini ta'minlash, "xizmat sifati narxi" nisbati va boshqalar.
III Yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishni baholash
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
Uzoq muddatli transport turi hisoblangan ternir yo'l transporti segmentlarida har chorakda tadqiqotlar o'tkazib "O'ztemiryo'lyo'lovchi" OAJ ning filiallari tomonidan amalga oshirilib borilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Temir yo'l vokzallari va to'xtash punktlari boshqarmalari tomonidan har chorakda yo'lovchilarga ko'rsatilayotgan servis xizmatlari to'g'risida yo'lovchilar bilan so'rovnomalar o'tkazishi va natijalarni baholab borishi yo'lovchi vokzallariga yo'lovchilarni jalb qilish uchun muhim omil hisoblanadi
Quyidagilar yo'nalishlar tadqiqotlar o'tkazilishi kerak:
• kutish zallari,
• bilet kassalari,
• saqlash kameralari,
• axborot punktlari,
• ovqatlanish joylari (restoran, kafelar va h.k),
• yordam ko'rsatuvchi ishchilari,
• xavfsizlik va jamoat tartibi.
O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlar asosida, vokzallarda va to'xtash punktlarida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rish, yangi xizmat turlarini joriy qilish zaruratlari to'g'risida tasavvur shakllanib "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ ning filiallari faoliyatini yaxshilash uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladi.
Temir yo'l stansiyalarini, to'xtash punktlarini jamoat va individual transport stansiyalarini o'zaro uzviy bog'liqlikda joylashtirish uchun zarur hududlarni aniqlash va ularni joylashtirish hozirgi kunda dolzarb masala bo'lib bormoqda. Yo'lovchilarni ommaviy almashish punktlari sifatida temir yo'l stansiyalarini rivojlantirishga katta e'tibor talab qilmoqda [3].
Ko'plab transport turlari yo'lovchilar tashish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarda ishtirok etadi. Ushbu tashishlarning asosiy maqsadi yo'lovchilarning tashishlarga bo'lgan talabini maksimal tarzda qondirish hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan muhim omollarning ijro etilishi asosida yo'lovchi vokzallarida yo'lovchilarga servis xizmat ko'rsatish sifatini oshirish orqali temir yo'l transportida yo'lovchilar oqimini oshiriladi. Yo'lovchilarning temir yo'l transportiga bo'lgan qiziqishlarini oshirib boradi va yo'lovchi tashish transportining ravnaqini oshiradi.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Расулов М.Х. Организация железнодорожных перевозок: теория и практика: монография. - Ташкент: «Ilm-ziyo-zakovat», 2019. - 400 c.
2. Шманёв Т.М. Метод повышения стабилъности соблюдения графика движения пассажирских поездов. Диссертация канд. техн. наук. ПГУПС - 2019. - 183 с.
3. Xusenov O'.O'. Shahar atrof poyezdlari to'xtash punktlarining oraliq masofalarini aniqlash tartiblari / O'.O'. Xusenov, D.B. Butunov, Sh.X. Bo'riyev // ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. - 2021. №2 (3). - С. 890-895.