Scientific Journal Impact Factor
О
TEZYURAR VA YUQORI TEZLIK TEMIR YO'L UCHASTKALARIDA ORALIQ RELS BIRIKTIRGICHLARINING NUQSONLARI
Anotatsiya:Ushbu maqolada tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo'l tarmog'ini joriy saqlash mobaynida oraliq rels biriktirgichlarda hosil bo 'lgan nuqsonlarni kelib chiqishi ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: Tezyurar va yuqori tezlik, temir yo'l, aralash harakat,high-speed, Railways, "Pfleiderer", rels, KB, Pandrol, biriktirgich nuqsonlari.
Annotation: this article discusses the origin of defects formed in intermediate rail fasteners during the current storage of high-speed and high-speed rail network
Keywords: high-speed and high-speed, rail, mixed motion,high-speed, Railways, "Pfleiderer", rail, kb, Pandrol, connector defects.
Аннотация: в статье рассматривается происхождение дефектов, образующихся в промежуточных рельсовых крепежах при текущем хранении высокоскоростных и высокоскоростных железнодорожных сетей.
Ключевые слова: высокоскоростной и высокоскоростной, рельс, смешанное движение, высокоскоростной, РЖД, «Pfleiderer», рельс, kb, Pandrol, дефекты соединителя.
Ushbu maqolada tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo'l tarmog'ini joriy saqlashda oraliq rel's biriktirgichlarida yuzaga keladigan va hosil bo'lgan nuqsonlarini ko'rib chiqamiz. O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transporti mamlakat iqtisodiyotining barqaror ishlashini ta'minlash va yo'lovchilarni rejali tashish ishlarini amalga oshirishda muhim o'rin tutadi. Uning mamlakat yuk tashish oborotidagi ulushi 80% ni, yo'lovchi tashishdagi ulushi esa 40% ni tashkil etishini eslatish yaqqol temir yo'l tizimini muhimlik darajasini ko'rsatib turibdi. O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transportini zamonaviylashtirish dasturi doirasida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ bugungi kunda mavjud temir yo'llarni rekonstruksiya qilish va yangi temir yo'l liniyalarini qurish, temir yo'llarni elektrlashtirish, nisbatan mukammal harakatdagi tarkibni xarid qilish, yo'l konstruksiyasi va yo'l xo'jaligini yuritish tizimini takomillashtirish kabi ishlarni amalga oshirmoqda. Yuqoridagilar O'zbekiston suveren davlati temir yo'l transporti umumiy infratuzilmasini jahon standartlariga muvofiq, nisbatan yuqoriroq darajaga ko'tarish imkonini beradi.Ushbu dasturning mavjud temir yo'llarni
Islomov Akbar Sadulloevich Toshkent davlat transport universiteti, Temir yo'lmuhandisligikafedrasi, tdtuakbar@mail.ru
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
rekonstruksiyalash va yangi ternir yo'l liniyalarini qurish qismiga oid vazifalarni bajarish borasida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ bugungi kunda quyidagilarni amalga oshirmoqda:
- Toshkent - Samarqand - Buxoro yo'nalishi bo'yicha temir yo'l liniyasini rekonstruksiya qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan "Pfleiderer" nemis firmasi litsenziyasi bo'yicha ishlab chiqarilayotgan BF 70 tipidagi yangi zamonaviy temirbeton shpalalar yotqizilmoqda. SHpalalar Evrostandartga binoan tayyorlanib, "Pandrol Fastclip" (Angliya) tipidagi qayishqoq (elastik) rels biriktirgichlari bilan jihozlanmoqda;
- Toshg'uzor - Boysun - Qumqo'rg'on yo'nalishi bo'yicha yangi temir yo'l liniyasi qurilishi;
- Afg'onistonga chiqish imkoniyatiga ega bo'lgan Termiz - G'alaba temir yo'l uchastkasini rekonstruksiyalash;
- yuqori qurilmasi almashtirilishini talab etgan uchastkalarda rejali tartibda temir yo'l izlarini yangilash, shuningdek qator boshqa loyihalar.
Mamlakatimizda 2011 yilda Toshkent-Samarqand yo'nalishida "Afrosiyob" tezyurar poezdlar harakatini yo'lga qo'yilishi "O'zbekston temir yo'llari" tarixida yangi texnologik jarayon boshlangidan darak berdi. Bugungi kunda ushbu yo'nalishdagi temir yo'l bo'lagining aloxida bo'laklarida tezyurar poezdlar 220-230 km/s tezlikda harakatlanmoqda [1].
Tezyurar va yuqori tezlikli yo'lovchi poezdlar harakatining mamlakatimiz temir yo'l magistrallarida yo'lga qo'yilishi, zamonaviy harakat tarkibi, harakatni operativ boshqarish vositalari va temir yo'l ustki qurilmalaridan foydalanish natijasida temir yo'lda yo'lovchi poezdlarining tezligi va yo'lovchilar tashish imkoniyati sezilarli darajada oshmoqda. Yo'lovchi poezdlarining tezyurar va yuqori tezlikdagi harakati yo'lga qo'yilgan temir yo'l uchastkalarida oraliq rels biriktirgichlarining nuqsonlarini rivojlanishini o'rganish, eng keng tarqalgan xavfli nuqsonlarni aniqlash, oraliq rels biriktirgichlari zararlanishining o'ziga xos xususiyatlari va ularining ishonchli ishlashini ta'minlovchi istiqbolli qurilmalardan foydalanish extiyojini yuzaga keltiradi.
Tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo'llarning yo'lovchi va yuk poezdlarining aralash harakatli Toshkent-Samarqand uchastkasida oraliq rels biriktirgichlarning ishlashi bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatdiki quyidagi nuqsonlarni vujudga kelishi tez-tez kuzatilmoqda.
Natijalar bo'limi:Toshkent-Samarqand temir yo'llarning tezyurar uchastkalarida yo'lovchi poezdlarining tezyurar harakati yo'lga qo'yilgan vaqtdan boshlab, yo'l
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ustki qurilmasi elementlarini ekspluatatsiya jarayonida KB tipidagi biriktirgichlarning quyidagi kamchiliklari aniqlandi:
1. Biriktirgich uzellarining ko'p detalliligi (har bir komplektda 21 ta detal).
2. Material talabligi: har 1 km dagi biriktirgichlarning metall va metall bo'lmagan detallari umumiy massasi mos ravishda 41,5 va 2,1 t.
3. Ko'p miqdorda bolt yordamidagi tutashmalar mavjudligi (1 km yo'lga taxminan 16 ming bolt) boltlarni vaqti-vaqti bilan tortib turish zarurati (bir yilda 1-2 marta) tufayli yo'lni saqlash uni ta'mirlash ishlarini ancha murakkablashtiradi.
4. Rezbali tutashmalarning korroziya(zanglash)ga moyilligi (jadalligi) 1,5-2 yildayoq yangilanish(yo'lning kapital ta'miri)dan so'ng bolt gaykalarini buralmay qolishi va PMS bazasida yo'l panjarasini olib qo'yish yo'li bilan demontaj qilinishining imkoni bo'lmasligiga olib kelishi mumkin.
5. Klemma boltlaridan foydalanish jarayonida ular tarang buralganligining bo'shashishi pogonli qarshilik kamayishi hamda ulamasiz yo'l izlari chekkaga surilib ketishiga olib keladi.
6. KB-65 biriktirgichlari klemmalari juda qattiq mahkamlanib (4-6 kN kuch qo'yilganida taxminan 1,4-1,6 kN /mm atrofida), bu harakatdagi tarkib g'ildiraklaridan relslarga tushadigan dinamik yuklamani qayishqoq qayta ishlash sifatini yomonlashtiradi.
Yo'lovchi poezdlari tezyurar harakatli uchaskalarida rels shpal panjaralarini qayta yotqizishdan oldin qattiq klemmali KB turidagi biriktirgichlar qo'llanilishiga yo'l qo'yiladi [3].
Munozara bo'limi: «Pandrol» biriktirgichi uchun nuqson sifatida anker elementlari sinib qolganida temirbeton shpalalarni almashtirish zarurati paydo bo'lishini qayd etish lozim. «Pandrol Fastclip» biriktirgichining umumiy ko'rinishi 1-rasmda ko'rsatilgan.
a) ishchi bo'lmagan holat b) «parkovka» holati v) ishchi holat
1-rasm. «Pandrol Fastclip» biriktirgich montaji sxemasi «O'zbekiston temir yo'llari» AJ da foydalanish uchun «Pandrol Fastclip» tipidagi rels biriktirgichi qabul qilindi. 2004 yildan ushbu biriktirgichlar jahonda taniqli, temirbeton shpalalar ishlab chiqaruvchi nemis «Pfleiderer» firmasining litsenziyasi bo'yicha, Evrostandart EN 13230 - 1,2 ga muvofiq mahalliy ishlab chiqaruvchi
Scientific Journal Impact Factor
О
«MARMAKS» QK tomonidan chiqarilayotgan BF70 temir-beton shpalalar bilan birga Toshkent - Samarqand - Buxoro yo'nalishida o'rnatilib, qo'llanib kelmoqda. Tadqiqot ob'ektlari sifatida "O'zbekiston temir yo'llari" AJning Toshkent -Samarqand temir yo„l uchastkalari tanlanib, bu uchastkalarda yotqizilgan biriktirgichlarning holatiga tezlik omili alohida etiborga olindi. Aralash harakatli poezdlar qatnovida tezlik tufayli yuzaga keladigan yuklamalar biriktirgichlar holatiga qanchalik darajada tasir qilish doirasi o'rganildi.Tezliklarni uchastkalarda o'zgarish chegarasi 2-rasmda gistogramma ko'rinishida tahlil qilindi.
Тезлик (км/с) Vßy^
Станциялар
Тезлик (км/с) Vtok
72 70 68 66 64 62 60 58 56 54
Станциялар
2-rasm. Yuk va yulovchi poedlarning tezlik holat gistogrammasi
250
200
150
100
50
0
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Djabbarov Saidburkhan. Prospects for raising passenger train speed on the reconstructed section of the railway UZBEKISTAN Transport Problems. -Katowice: Silesian university of technology publication, 2016, Volume 11, Issue 4, r.r.103-110. 2 Основы устройства и расчетов железнодорожный пути. Под ред. С.В. Амелина, Т.Г. Яковлевой. М.: Транспорт, 1990. - 367 с.
3. Правила технической эксплуатации железной дороги РУз. Утв. Узгосжелдорнадзором от 13.08.01г. Т.: ОАО «Темирйулчи», 2001-159с.