Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-866-870
YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY, HUQUQIY
ASOSLARI VA MUAMMOLARI
Sabinabonu Jahongirovna Azimova
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buxoro filiali Yer tuzish va Yerdan foydalanish kafedrasi o'qituvchisi
Manzura Axatovna Asatova
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buxoro filiali Yer tuzish va Yerdan foydalanish kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada yer resurslaridan foydalanuvchilar va yer egaliklarining yer islohoti davrida tashkiliy-iqtisodiy mexanizlarini takomillashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.
Kalit so'zlar: yer resurslaridan foydalanuvchilar, yer egaliklari, yer munosabatlari.
ECONOMIC, LEGAL BASIS AND PROBLEMS OF THE USE OF LAND
RESOURCES
ABSTRACT
The article describes the relationship between land users and landowners in the process of improving the organizational and economic mechanisms of land reform.
Keywords: land users, land tenure, land relations.
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab barcha sohalarda keng ko'lamli isloholtar olib borilayotganini bugun barchamiz g'urur va iftixor bilan tilga olmoqdamiz. Insoniyat tajribasi shuni ko'rsatadiki, har qanday mukammal tizim ham zamon va makon ta'sirida, taraqqiyot tendensiyasiga mos ravishda rivojlanmog'i uchun islohotga, yangilanishga ehtiyoj sezadi. Bu islohotlar va yangilanishlarga bo'lgan ehtiyoj yer resurslarini boshqarish tizimini ham chetlab o'tmadi.Bu sohada ham yer
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 866 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-866-870
resurslaridan aniq maqsadlarda, samarali foydalanishni tashkil etish va boshqarishga qaratilgan bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Yer resurslaridan foydalanishni boshqarishning nazariy asoslari
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Yer munosabatlarini boshqarish-barcha ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi.
Munosabatlar ijtimoiylikdan iqtisodiy, huquqiy, ekologik va boshqarishning boshqa
turlarini ham o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda O'zbekiston jamoatchiligi va
iqtisodiyot sohasining olimlari o'rtasida yer munosabatlarini rivojlanish
mexanizmlari tо'g'risidagi bahslar kengaymoqda. Fikrimizcha, yer munosabatlarini
boshqarish - bu davlatning va jamiyatning yer resurslarini boshqarishga muntazam
va muayyan maqsadga qaratilgan ta'sir ko'rsatishdir. Bunday ta'sir ko'rsatish
mamlakatning yer resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida
obyektiv qonunlarni bilishga va ularni hayotga tatbiq etishga undaydi. Yer
resurslarini boshqarish tarkibiga quyidagilarni kiritishi kerak: yerdan foydalanish
ustidan nazorat qilish, tashkillashtirish, tartibga solish, rejalashtirish. Yer resurslarini
boshqarish tizimining asosini obyekt, subyekt, predmet, maqsad, vazifalar va
boshqarish funksiyasi tashkil etadi. Boshqarishning obyekti va predmetini tarixiy-
ijtimoiy jarayonlar natijasi deb bilish zarur. Boshqarishning predmeti va obyekt
turlari bir-biri bilan uzviy bog'langan. Masalan, ko'p qavatli binolarning yer
uchastkalarini boshqarish, bir qavatli binolar joylashgan uchastkalarni boshqarishdan
talaygina farqlanadi. Yer resurslarini boshqarishning maqsadi, mohiyati va vazifasini
mustaqil O'zbekiston jamiyatining bugungi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
harakati belgilab beradi. Boshqarish obyekti O'zbekiston Respublikasining yer
fondidir, uning subyektlari ma'muriy-hududiy birliklar, ma'muriy tumanlar,
shaharlar, yerga egalik qilishning ayrim yer mulklari, huquqiy ma-qomdan
foydalanish tavsifi bo'yicha yerdan foydalanishning farqla-nadigan, shuningdek
yerdan foydalanishga kirmaydigan (umumiy foydalanish yerlari) yer uchastkalaridir.
Yer resurslarini boshqarish bo'yicha ijro - farmoyish berish organlari faoliyatining
mazmuni yer resurslaridan foydalanishni reja-lashtirish va bashoratlashtirishdan iborat.
Yerlarni qayta taqsimlash va yerlardan foydalanish, yerga egalik qilishning tartibi va
me'yorini belgilash, yerlarni muhofaza qilish va yerdan foydalanganligi uchun
faoliyatini nazorat qilishni tekshirish va tezkor - farmoyish berishdir.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 867 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-866-870
Yer resurslarini boshqarish tizimida o'tadigan jarayonlar asosini uzluksiz axborot almashinuvi tashkil etadi. Bu almashinuvni ta'minlaydigan vosita yer kadastri hamda yer monitoringi hisoblanadi.
Boshqarish jarayonida axborotlar o'zlarining vazifasi bo'yicha quyidagilarga taqsimlanadi:
> xabardor qilishga (qabul qilinadigan qarorlarni asoslash uchun
> foydalaniladi);
> boshqarish jarayoni shakllanadi va subyektga ijro etish va
> foydalanish uchun yetkaziladi.
Axborotlarni to'plash, ishlov berish va ularning tahlili yaxlit boshqarish tizimining
mohiyatini belgilaydi. Shuning uchun axbo-rotlarni boshqarish komponentlarini
aniqlashda ularning ma'muriy hududiy darajalarida o'zaro aloqadorligi ham muhimdir
Axborotlarning manbai yer kadastri xizmati va boshqa idoralar, shuningdek
hokimiyat ijro organlarining materiallari bo'lishi mumkin: kartografik, material,
hisobotlar, kitoblar va qaydnomalar, kataloglar, referatlar, ekspertlar ma'lumotlari,
qomuslar, boshqa tekshiruv hamda tahlil materiallari. Boshqarish tizimining ishlab
chiqarish va yaratish jarayoniga uning obyekti va predmetidan tashqari
boshqaruvning maqsadi va vazifalari ham ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga obyekt
va predmet ko'p yillik o'tmish davrida yaratiladi. Maqsad va vazifalar esa jamiyat
tomonidan qisqa muddatda shakllantiriladi. Birinchi va ikkinchi guruhlar o'rtasida
yetarlicha o'zaro aloqa mavjud. Chunonchi, maqsad va vazifa boshqarishning
predmeti va obyekti holatini hisobga olish bilan shakllanadi. Shakllanib bo'lingan
maqsad va vazifa esa ularni realizatsiya qilish paytida boshqarishning predmeti va
obyektini shakllantiradi.
Yer resurslarini boshqarishning maqsadi - jamiyatning mujassam-lashgan
ehtiyojini ifodalashdir. Maqsad yer resurslari xususiyatlaridan foydalanish asosida
qondirilish holatini kelajagi va ulardan foyda-lanish jarayonini aks ettiradi. Yerdan
foydalanishning o'zi bu yer resurslariga ayrim subyektlar yoki jamiyatning bevosita
ta'sir ko'rsa-tishidir. Shu bilan birga har qanday ta'sir ko'rsatuvchi yerning aniq
xususiyatini iste'mol qilish bilan pisanda qilingan ma'lum maqsadga ega. Jamiyat
alohida subyektlar maqsadini ularning ommaviyligi va xilma-xilligi sababli to'la
nazorat qilishga qodir emas. Shuning uchun bu jarayonlarni boshqarishda yerdan
foydalanishning umumiy qoida va chegaralarni o'rnatilishini talab qiladi. Bunday
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 868 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-866-870
chegaralar foydalanish chegaralash va foydalanish tizimini o'rnatish asosida yaratiladi. Bunday holat yerdan foydalanishning har qanday holati uchun xosdir va yer resurslarini barcha xilma-xil tizimlari uchun umumiy bo'lib hisoblanadi. Yer resurslarini boshqarishning maqsadi, umumiy ko'rinishda yerdan foydalanish bilan bog'langan jamiyat ehtiyojini yanada yuksak darajada qondirishga imkon beradigan yerdan foydalanishning va yer munosabatlari tizimining shakllanishini ta'minlash va yaratishdan iboratdir. Vaqtning aniq davrida maqsad alohida e'tiborini ifodalashga ega bo'lish mumkin: ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik yoki ularning o'zaro birligida. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar qishloqlar va shaharlar hududida ijtimoiy ustunlikka ega edi. O'sha paytda aholining barcha ehtiyojlarini maksimal qondirilishi mumkinligiga urg'u berilgan. Hozirgi paytda yer bozori rivojlangan sharoitda iqtisodiy o'zgarishi hisobga olishning qayta mo'ljallanishi ro'y berdi, ya'ni maksimal iqtisodiy samaradorlikka erishishi mo'ljallanmoqda.
Muammoni qo'yilishi. Tabiiy muhitning ahamiyati tarkibiy qismi - yer resurslaridir. U hududi, iqlimi, relyefi, tuproqlarining sifati, gidrologik sharoiti, o'simliklari va boshqa belgilari bilan tavsiflanadi, xalq xo'jaligi obyektlarini va aholini joylashtirish uchun kenglik asos, qishloq va o'rmon xo'jaliklarida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Yer resurslaridan foydalanish suv manbaalariga, qazilma boyliklar zaxirasiga, havo basseyniga, o'simlik va hayvonot dunyosiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo'llash, yer-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g'alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo'yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda .
TAHLIL VA NATIJALAR
Yer resurslaridan foydalanishni boshqarish orqali yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha tanlangan tadqiqot ob'ekti doirasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir va ular quyidagilar: > Tadqiqod ishining nazariy asoslarini ochib berish;
Google Scholar
Academic Research, Uzbekistan
Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-866-870
> Ob'ekt to'g'risidagi tadqiqot ishiga tegishli ma'lumotlarni tahlil qilish. Bu doiradagi ilmiy izlanishlarni o'rganib chiqish.
> Yer resurslaridan foydalanishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirishning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish.
> O'rganib chiqilgan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
XULOSA
Tumanda yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun asosan sho'rlangan yerlarda meliorativ ishlarni keng ko'lamda olib borish, notekis ekin maydonlarida kapital tekislash ishlarini o'tkazish va suv bilan kam ta'minlangan maydonlarga yangi sug'orish tarmoqlarini o'tkazish zarur.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami.Toshkent, O'zbekiston, 2014
yil.
2. Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me'yoriy hujjatlari to'plami. I va II qismlar. Toshkent, Sharq, 1998.
3. O'zbekiston Respublikasining Qonuni "Davlat yer kadastri to'g'risida". Toshkent, 1998 yil.
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2019 yildagi 357-sonli «Qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 fevraldagi 5209- son «O'zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoyishi.
Google Scholar
Academic Research, Uzbekistan
Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz