ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY MEXANIZMINI YARATISH.
Sardorjon Qodirjon o'g'li Saloydinov
Namangan muxandislik-texnologiya instituti assistenti
ANNOTATSIYA
Paxta tozalash korxonalarida ham juda katta xajmda energiya resurslaridan foydalanilmoqda. Ushbu energiya resurslarini tejashni yo'lga qo'yish, samarali tarzda foydalanib, uning sarfini kamaytirish xozirgi davrning asosiy muammolaridan hisoblanadi.
Kalit so'zlar: Energiya tejamkorlik, paxta tozalash korxonasi, optimallashtirish.
CREATION OF TECHNICAL AND ECONOMIC MECHANISMS TO REDUCE ENERGY CONSUMPTION IN GINNERIES
ABSTRACT
Cotton gins also consume a lot of energy. One of the main tasks of our time is to save energy, use it more efficiently and reduce consumption.
Keywords: energy saving, ginning plant, optimization.
KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotini bozor isloxotlarining chuqurlashuvi davridagi faoliyatining asosini barcha soxalardagi samarali xolat tashkil etadi. Iqtisodiyotning barcha soxalarining rivoji juda katta xajmda energiya resurslarini talab qiladi. Mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatlari esa chegaralangan. Demak, eng zarur moddiy resurslardan biri xisoblangan elektr energiyasining xar bir birligidan tejab-tergab foydalanish talab qilinadi. Buning uchun sanoat korxonalarida umumiy talab qilinadigan elektr energiya miqdorini aniqlash hamda uni sarflash ob'ektlarini to'la tahlil qilish qonun-qoidalari, tamoyillari va usullarini yaratish talab etiladi.
Ilmiy-amaliy tadqiqotdan ko'zda tutilgan maqsad-hozirgi davrda paxta tozalash korxonalarida foydalanilayotgan dastgoxlar, asbob-uskunalar xolatini baxolash va taxlil qilish asosida ulardagi energiya sarfini kamaytirishning texnik-
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
iqtisodiy mexanizmini yaratish. Elektr energiyasi sarfini kamaytirishga imkon beruchi qo'shimcha moslamalarni yaratish va joriy qilish.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ko'zda tutilgan muammo-hozirgi vaqtda korxonalardagi moddiy resurslar tejamkorligiga erishish masalasidir. Ushbu masalani yechish yo'lida quyidagi vazifalar xal qilinishi zarur:
1. Hozirgi vaqtdagi energiya resurslaridan foydalanish xolatini baxolash.
2. Paxta tozalash korxonalarida elektr energiyasiga bo'lgan extiyojni aniqlash.
3. Elektr energiyasi sarfini optimal xolatga keltiruvchi yo'nalishlarni ishlab chiqish.
4. Energiya sarfini yuzaga keltiruvchi xolatlarni o'rganish va ularni oldini olish yo'llarini aniqlash.
5. Elektr energiyasini sarfini kamaytirishga imkon beruvchi moslama yaratish.
6. Elektr energiyasidan samarali foydalanishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish.
Ko'zda tutilgan masalaning yechimi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtgacha bo'lgan ilmiy izlanishlarda bu masalaga yetarlicha e'tibor qaratilmagan, yechimi topilmagan. Natijada elektr energiya sig'imi ortib ketgan. Hozirgi kunda energiya sarfini kamaytirishga imkon beruvchi moslamaning yaratilishi juda katta ijtimoiy-iqtisodiy samara beradi. Elektr energiyasining tejalishi mamlakatimizda zamonaviy korxona va tashkilotlarni ishga tushirilishi va mavjudlarining iqtisodiy saloxiyatidan to'laroq foydalanishga imkon beradi.
Iqtisodiy isloxotlarning chuqurlashuvi sharoitida sanoat korxonalarida raqobatbardoshli maxsulotlarni ishlab chiqarish muxim masalalardan hisoblanadi. Raqobatbardoshli mahsulotlar ham sifati jihatidan, ham narxi jihatidan boshqa mahsulotlardan ustun bo'lishi lozim. Ishlab chiqariladigan mahsulotning narxini arzonroq bo'lishi uchun ularni ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish kerak bo'ladi.
Paxta tozalash va to'qimachilik korxonalaridagi dastgoxlar, asbob-anjomlarni ishlatish uchun sarflanadigan dvigatel energiyasi mahsulot tannarxida katta xissaga ega va ularni tejab-tergab sarflash mahsulot tannarxini pasaytirishning muxim omillaridan biri hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonalaridagi barcha texnologik dastgoxlar, asbob-anjomlar va moslamalarni harakatga keltirish uchun, yoritish uchun, chigitni, paxta xom ashyosini va tolani titish uchun, quritish va tozalash uchun, ventilyatorlarni va
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
isitgichlarni xarakatga keltirish uchun juda katta miqdorda elektr energiyasi sarf qilinadi. Ushbu sarflanadigan elektr energiyaning sarflanish xolatini o'rganish, baxolash, sarf darajasini aniqlash, kamaytirish yo'llarini qidirib topish, tejamkorlik bilan foydalanishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish xozirgi vaqtda ob'ektiv zaruriyatdir. Bu masalaning yechimini qanchalik tez topilsa, olinadigan samara shunchalik yuqori bo'ladi.
Ushbu masalaning yechimi uchun zarur bo'lgan ma'lum imkoniyatlar mavjud.
Paxta tozalash korxonalarida institut kafedralarining filiallari mavjud bo'lib, ilmiy izlanishlarni ana shu filiallarda amalga oshirish mumkin. Paxta tozalash korxonalarining laboratoriya jixozlari, asbob-uskunalarining ma'lum qismi mavjud.
Loyixa davomida elektr energiya sarfini nazorat qiluvchi va baxolovchi moslama yaratiladi. Energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmi yaratiladi. Hozirgi iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashuvi sharoiti uchun energiyadan foydalanishni boshqarish tamoyillari, usullari ishlab chiqiladi. Yaratilgan ishlanmalarni, uskunani, energiyadan foydalanishni boshqarish mexanizmini mamlakatda va tashqi bozorda sotish imkoniyati mavjuddir. Yaratilgan ushbu ishlanmalarni iqtisodiyotning qolgan barcha soxalarida ham qo'llash mumkin.
Muxim natija sifatida korxonalarda elektr energiyasi sarfini kamaytirishning yo'nalishlari, texnik-iqtisodiy mexanizmi va moslama tayyorlanadi va joriy etishga xarakat boshlanadi.
Namangan viloyati «Paxtasanoat» aktsionerlik uyushmasiga qarashli korxonalarda joriy qilinadi.
Ilmiy tadqiqot doirasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini ishlab chiqarishda qo'llash korxonalarda energiya resurslaridan tejab foydalanishga asos yaratadi va korxonaning texnik-iqtisodiy xolatini yaxshilashga olib boradi. Shu bilan birgalikda mamlakatimiz iqtisodiyotini, yanada rivojlantirishga asos yaratadi.
XULOSA
Ilmiy faoliyati bir necha yildan beri amalga oshirilmoqda. Ular tomonidan sanoat korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish masalalari iqtisodiy saloxiyatdan samarali foydalanish masalalari amalga oshirilib kelinmoqda. Ular tomonidan bir necha qo'llanmalar, monografiyalar, maqolalar chop etilgan, to'qimachilik va yengil sanoat korxonalari faoliyatida joriy qilingan. Joriy qilinganligi to'g'risida xujjat olingan.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
REFERENCES
1. Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent, 2011.
2. Tursunxo'jaev T.L. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. - T., 2006.
3. Xaitov R.A., Zuparov R.I., Radjabova V.E., Shukurov Z.Z. Don va don maxsulotlarining sifatini baxolash xamda nazorat qilish. T, Universitet, 2000 y.
4. Xaitov R.A., Radjabova V.E. "Don va don maxsulotlarini saqlash texnologiyasi" kursidan tajriba ishlarini bajarish uchun uslubiy kullanma. Buxoro, Muallif, 2001. (13-14)
5. Bo'riyev X.CH., Jo'rayev R., Alimov O. - Don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash. T., "Mexnat", 1997 y.
6. Bo'riyev X.CH., Jo'rayev R., Alimov O. - Dala ekinlari mahsulotlarini saqlash va ularga dastlabki ishlov berish. UzME., T, 2004 y.