UDK 622.684
YENGIL AVTOMOBILLARNING KUCH UZATMASI PARAMETRLARINI
TANLASH
Qurbonova Buvrajab Kankelovna JizPI, katta o'qituvchi. E - mail: buvrajab91@ mail.ru Tel: 99-042-70-20.
Annotatsiya: Ushbu maqolada yengil avtomobillarning uzatmalar qutisida sodir bo'ladigan uzatishlar soni, maksimal tezligi, har bir o'qqa tushgan og'irlik kabi bir qancha ko'rsatkichlar hisoblab chiqilgan. Ushbu hisoblashlar natijasiga ko'ra pog'onalar sonini ko'paytirish dvigatel quvvatidan unumli foydalanish darajasini, yonilg'i tejamkorligini, o'rtacha harakat tezligini optimallashtiradi, natijada avtomobilning samaradorligini oshiradi, yuk tashish tannarxini pasaytiradi.Qo'l bilan oddiy mexanik boshqarishda tez va xatosiz pog'onalarni o'zgartirish beshinchi pog'onadan oshganda qiyinlashadi, shuning uchun pog'onalar soni oltita va undan ko'proq bo'lganda murakkab maxsus boshqarish yuritmasi, yoki mustaqil yuritmaga ega bo'lgan va ma'lum sharoitlarda ishlatiladigan qo'shimcha uzatmalar qutisi o'rnatiladi.
Аннотация: В этой статье рассчитывается ряд параметров, таких как количество передач, возникающих в трансмиссии автомобиля, максимальная скорость и вес на ось. Согласно этим расчетам, увеличение количества ступеней оптимизирует эффективность использования мощности двигателя, экономию топлива, среднюю скорость, что в свою очередь увеличивает эффективность автомобиля, снижает стоимость перевозки. При простом ручном механическом управлении быстрое и безошибочное переключение передач затруднено, когда число передач превышает пятую передачу, поэтому при числе передач шесть и более требуется сложное специальное рулевое управление, или независимое рулевое управление. дополнительный редуктор, используемый в определенных условиях, должен быть установлен.
Annotation: This article calculates a number of parameters such as the number of transmissions that occur in the gearbox of a car, the maximum speed, and the weight per axle. According to these calculations, increasing the number of stages optimizes the level of efficient use of engine power, fuel economy, average speed, resulting in increased vehicle efficiency, reduces the cost of transportation. it is difficult to change error-free steps when the number of steps exceeds the fifth step, so when the number of steps is six or more, it is a complex special control drive, or an addition that has an independent drive and is used in certain conditions. Gearbox This article calculates a number of parameters, such as the number of transmissions that occur in the transmission of passenger cars, the maximum speed, the weight of each shot. According to these calculations, increasing the number of stages optimizes the level of efficient use of engine power, fuel economy, average speed, resulting in increased vehicle efficiency, reduces the cost of transportation. it is difficult to change error-free steps when the number of steps exceeds the fifth step, so when the number of steps is six or more, it is a complex special
control drive, or an addition that has an independent drive and is used in certain conditions. The extension box must be set.
Tayanch so'zlar: avtomobil, avtokorxona, uzatmalar qutisi, texnik xizmat ko'rsatish, avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari, uzatishlar soni, og'irlik markazi, dvigatel, minimal barqaror tezlik, yo'l.
Ключевые слова: автомобиль, коробка передач, техническое обслуживание, ходовые качества автомобиля, количество передач, центр тяжести, двигатель, минимальная устойчивая скорость, дорога.
Keywords: car, gearbox, maintenance, vehicle performance, number of transmissions, center of gravity, engine, minimum stable speed, road.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha jabhalarda ulkan o'zgarishlar ro'y berdi, O'zbekiston dunyo hamjamiyatida o'z munosib o'rnini topdi, barcha sohalarda katta yutuqlarga erishmoqda. Istiqlol bergan ulkan imkoniyatlardan biri, shubhasiz, mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatiga asos solinganidir.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi jahondagi avtomobilsozlik sanoati rivojlangan nufuzli davlatlar qatoriga kiradi. Sababi, Respublikada turli xil rusumdagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi bir qator zamonaviy avtokorxonalar barpo etilib, jahon andozalariga mos keluvchi, asosan yo'lovchilar tashishga, qisman yuklarga mo'ljallangan transport vositalari o'z xaridorlariga ega bo'lmoqda.
Bundan tashqari, Respublikamiz o'zining xususiy markasiga ega bo'lgan va avtomobil rusumlari bilan ijobiy jihatlari orqali raqobatlasha oladigan harakat tarkibi tizimini yaratishga bel bog'lagan. Shu bilan birga xalq xo'jaligi va shaxsiy foydalanishda bo'lgan harakat tarkibi ma'lum yo'l masofasini bosib o'tgach, ularga texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash jarayoni samaradorligini oshirish, ularning ekspluatatsiyaviy va iqtisodiy ko'rsatkichlarini bir maromda ushlab turish ham muhandis konstruktorlar oldida turgan dolzarb vazifalar qatoriga kiradi[1].
Ma'lumki avtomobillarning tuzilishi, ekspluatatsiyasi, ularga texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash va avtomobillarning ekspluatatsiyaviy xususiyatlar nazariyasi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur tadqiqot ishida yengil avtomobillarninr uzatmalar qutisida sodir bo'ladigan uzatishlar soni, maksimal tezligi, har bir o'qqa tushgan og'irlik kabi bir qancha ko'rsatkichlar hisoblab chiqilgan.
Uzatmalar qutisi uzatmalar sonini oshirish yoki kamaytirish hisobiga avtomobilning yetakchi g'ildiraklaridagi tortish kuchini va harakatlanish tezligini o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari uzatmalar qutisi avtomobilning orqaga yurishini hamda u to'xtab turgan paytda dvigatel ishlab turgan holda yoki salt yurish paytida dvigatel tirsakli valini yetakchi g'ildiraklardan uzoq muddatga ajratib turishni ta'minlaydi [2].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oliy ta'lim muassasalari talabalarining tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash bo'yicha I.Asqarov, va mustaqil tadqiqotchilar B.Begmatov, I.Umirov va A.Ernazarovlar talabalarning
texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularda kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirish bo'yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Bugungi kunda 4-5 pog'onali uzatmalar qutisi ko'proq ishlatiladi. Katta yuk ko'taruvchi va o'tag'on avtomobillarda 6-16 pog'onali uzatmalar qutisi o'rnatiladi. Pog'onalar sonini ko'paytirish dvigatel quvvatidan unumli foydalanish darajasini, yonilg'i tejamkorligini, o'rtacha harakat tezligini optimallashtiradi, natijada avtomobilning samaradorligini oshiradi, yuk tashish tannarxini pasaytiradi. Lekin pog'onalar sonini ko'paytirish konstruksiyani murakkablashtiradi va og'irlashtiradi, o'lchamlarning, narxini oshiradi, boshqarishni qiyinlashtiradi. Qo'l bilan oddiy mexanik boshqarishda tez va xatosiz pog'onalarni o'zgartirish beshinchi pog'onadan oshganda qiyinlashadi, shuning uchun pog'onalar soni oltita va undan ko'proq bo'lganda murakkab maxsus boshqarish yuritmasi yoki mustaqil yuritmaga ega bo'lgan va ma'lum sharoitlarda ishlatiladigan qo'shimcha uzatmalar qutisi o'rnatiladi.
Yengil avtomobil kuch uzatmasi parametrlarini aniqlash jarayonida asosiy uzatmaning uzatishlar soni i0 - uzatmalar qutisining uzatishlar soni (agar mavjud bo'lsa taqsimlash qutisining uzatishlar soni) hisoblab chiqiladi [3].
Yengil avtomobil maksimal tezligini ta'minlaydigan asosiy uzatmaning uzatishlar soni i0 - quyidagi formula bilan topiladi:
n -r, 5000- 0,327
i = 0,377 max k = 0,377-,-= 3,9
° i - v 0,85-185
ou max ?
bu yerda i0K -uzatmalar qutisi oxirgi uzatmasining uzatishlar soni.
Kichik va o'rta yuk ko'taruvchanlikka ega bo'lgan karbyuratorli dvigatel bilan jihozlangan yengil avtomobillari uchun oxirgi uzatmaning uzatishlar soni ioa = ldizel dvigatelli
yuk avtomobillari uchun esa iOH = 0,7 - 0,8 ga teng deb olinadi. Yengil avtomobillar uchun agar to'rt pog'onali uzatmalar qutisi bilan jihozlangan bo'lsa oxirgi uzatmaning uzatishlar soni iOH = 1 agar besh pog'onali uzatmalar qutisi bilan jihozlangan bo'lsa iOH- = 0,8-0,88 ga teng deb olinadi.
Besh pog'onali uzatmalar qutisi bilan jihozlangan yengil avtomobillarda, maksimal tezlikni ta'minlovchi to'rtinchi pog'onasida uzatishlar soni 1 ga teng. Asosiy uzatmaning uzatishlar sonini aniqlashda oxirgi uzatmaning uzatishlar sonini ioa = 1 ga teng deb olish mumkin.
Zamonaviy yengil avtomobillarning asosiy uzatmasining uzatishlar soni 3,3-5,1; bitta asosiy uzatmali yengil avtomobillari uchun 5-7; ikkita asosiy uzatmali yuk avtomobillari uchun 6,5-9,0 oralig'ida qabul qilinadi [4].
Uzatmalar qutisi birinchi uzatmasining uzatishlar soni quyidagi shartlar asosida tanlanadi: 1. Yengil avtomobilning maksimal yo'l qarshiligi bo'yicha uzatishlar sonini aniqlash:
• =G^max:ZL= 2304- 0,4 - 0,327 = Q37 1 Mmax -Vtr - i0 220-0,95- 3,9 ,
bu yerda ^max -yo'lning maksimal umumiy qarshilik koeffitsienti (hisoblashlarda ^max = 0,35-0,4 yengil avtomobillar uchun, ^max = 0,35-0,5 yuk avtomobillari uchun qabul qilinadi); G - yengil avtomobilning to'la og'irligi.
2. Yengil avtomobilning to'la massasi taqsimlanishi bo'yicha uzatishlar sonini aniqlash:
, Gap rk 1612,8 • 0,7 • 0,27 = 045
1 Memax • /0 220• 0,95 • 3,9
bu yerda p ilashish koeffitsienti (quruq asfaltlarga yo'l uchun p = 0,7 - 0,8 ); Gm -yengil
avtomobil o'qqa tushgan og'irligi, yengil avtomobil massasining yetakchi o'qqa tushgan og'irligiga teng.
Yengil avtomobilning o'qqa tushgan og'irligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Gm = km-Ga = 0,7-2304 = 1612,8 N
bu yerda - yengil avtomobilning o'qqa tushgan og'irligi koeffitsienti.
Yuk avtomobillarida o'qqa tushgan og'irlik quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Gm = km -Ga = 0,75• 14300= 10725N
Yuk avtomobillari uchun o'qqa tushgan og'irlik koeffitsienti = 0,57 - 0,67 zamonaviy kompanovkali yengil avtomobillar uchun (dvigatel oldinda joylashgan va oldingi o'q etakchi) = 0,53 - 0,57 klassik kompanovkali yengil avtomobillar uchun (dvigatel oldinda joylashgan
orqa o'q etakchi) = 0,50- 0,55yuqori o'tag'onlikka ega bo'lgan yengil avtomobillar uchun Gm = G qiymatlar qabul qilingan.[5,6]
3. O'rnatilgan yo'l sharoitlarida minimal barqaror tezlikni vmin ta'minlash sharti bo'yicha uzatishlar sonini aniqlash:
n • r ■ = 0,377 min k
/ • v
ou min
bu yerda vmin = 4 - 5 km/soat - o'rtacha o'tag'onlikka ega yengil avtomobillar uchun;
n •r, 440^ 0,327
■ = 0,377 min k = 0,377-,-= 127,6
1 i •v ■ 0.85^5
ou min
= 3 - 4 km/soat -yuqori o'tag'onlikka ega yengil avtomobillar uchun.
n . .r 440"0,327
i = 0,377 min k = 0,377-,-= 212,7
1 i • v 0.85*3
ou min
Yengil avtomobillar uzatmalar qutisi birinchi uzatmasining uzatishlar soni odatda / = 3,4 - 4,0 yuk avtomobillarida ix = 6,0 - 8,5 oralig'ida hisoblanadi.
Uzatmalar qutisi oraliq uzatmalarining uzatishlar soni geometrik progressiya yoki gormonik qator usullari yordamida aniqlanadi. Geometrik progressiya usuli yordamida uzatmalar qutisi oraliq pog'onalarining uzatishlar soni quyidagi formula yordami aniqlanadi:
i — (n-1)/j (n-m) _ ■ (rn-1) lm v'l lou
bu yerda m - aniqlanayotgan pog'onaning tartib raqami;
n - uzatmalar qutisining pog'onalar soni, orqaga yurish pog'onasi hisobga olinmagan holdi. Birinchi uzatmada:
m — 1; n — 5; bo'lganda i — {5^4A • 0,7(1-1) — 4
Ikkinchi uzatmada:
m — 2; n — 5; bo'lganda l2 — (5i^43 • 0,7(2-1) — 2,5
Uchinchi uzatmada:
m — 3; n — 5; bo'lganda l3 — (5-1/42 • 0,7(3-1) —1,6 To'rtinchi uzatmada:
m — 4; n — 5; bo'lganda l4 — • 0,7(4-1) —1,08 Beshinchi pog'onada:
m — 5; n — 5; bo'lganda ц — (5i/40 • 0,7(4-1) — 0,7 Yuk avtomobillar uzatmalar qutisi birinchi uzatmasining uzatishlar soni odatda ij — 6,0 - 8,5 oralig'ida hisoblanadi. Birinchi uzatmada:
m — 1; n — 5; bo'lganda ^ — (5-^74 • 0,8(1-1) — 7
Ikkinchi uzatmada:
m — 2; n — 5; bo'lganda l2 — (5-д/73 • 0,8(2-1) — 4
Uchinchi uzatmada:
m — 3; n — 5; bo'lganda l3 — (si^72 • 0,8(3-1) — 2,5 To'rtinchi uzatmada:
m — 4; n — 5; bo'lganda l4 — (5-^71 • 0,8(4-1) —1,37 Beshinchi pog'onada:
m — 5; n — 5; bo'lganda l5 — (s^1/70 • 0,8(4-1) — 0,8 Uzatmalar qutisi oraliq pog'onalarining uzatishlar sonini aniqlash jarayonida uzatishlar orasidagi farq past pog'onadan yuqori pog'onaga qarab 5-15 % dan ortadi, yuqori pog'onadan past pog'onaga qarab 5-15 % dan kamayadi.
Uzatmalar qutisi uzatishlar sonini aniqlaganda quyidagi ko'rsatmalarga amal qilish zarur:
LL > l-L > LL > Il
i2 l3 l4 l5
Ya'ni:
4 2,5 1,6 1,08 — > > —— > ——
2,5 1,6 1,08 0,7
Demak, avtomobilning tezligi oshishi bilan uzatmalar qutisining uzatishlar soni kamayib borishi kerak. Ushbu talabni amalga oshirish uchun:
• pog'onalar sonini ko'paytirib, qo'shni pog'onalar uzatish sonlarini nisbatini iloji boricha kichiklashtirish, tezlatgich pog'onalar ishlatish kerak;
• pog'onalardagi uzatishlar soni to'g'ri tanlanishi kerak. Birinchi pog'onaning uzatish soni avtomobil ekspluatatsiya sharoitida eng katta qarshiliklarni yenga oladigan etib tanlanadi. Xulosa qilib aytganda, uzatmalar qutisi uzatishlar sonini hisoblash yakunida talab
qilingan oraliqni hisobga olish zarur, ya'ni uzatmalar qutisi birinchi pog'onasi uzatishlar
sonining oxirgi pog'onasi uzatishlar soniga nisbati D = — Zamonaviy yengil avtomobillarda.
i .
ou
D = 3,5 - 4,5 .Kichik va o'rta yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan yengil avtomobillarda D = 6,5 - 8,5, ya'ni uzatmalar qutisining pog'onalari soni 4 yoki 5 pog'onali bo'lganda. Zamonaviy yuk yengil avtomobillarida (uzatmalar qutisining pog'onalari soni 20 tagacha bo'lgan) D = 25bo'lishi mumkin, bu yengil avtomobillardan turli xil yo'l sharoitlaridan samarali foydalanish imkonini beradi [7,8,9].
ADABIYOTLAR
1. Avtomobillarni texnik ekspluatatsiyasi. Oliy o'quv yurtlari uchun darsli.qayta ishlangan va to'ldirilgan 4-nashri. E.S.Kuznetsov, A.P.Boldin, V.M.Vlasov va boshqalar. Prof.Q.M.Siddiqnazarov taщriri ostida tarjima qilingan. T.: VORIS, 2006
2. Hamroqulov O., Magdiev SH. Avtomobillarni texnik ekspluatatsiyasi. T.: Toshkent,
2005
3. Musajonov M.Z. Avtotransport korxonalarini texnologik loy^alash. T.: FAN, 2006.
4. Нуруллаев, У. А., & Умиров, И. И. У. (2020). Создание программных средств автоматизированной информационной системы транспортных предприятий. Academic research in educational sciences, (1).
5. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Уразов, Б. А. (2020). Методика определения деталей, критических по надежности автомобилей. Academic research in educational sciences, (1).
6. Адилов, А. К., Сувонкулов, Ш. А., Кулмурадов, Д. И., Умиров, И. И., & Бойжигитова, И. А. (2019). Причины изменения технического состояния автомобиля. Актуальные научные исследования в современном мире, (1-2), 116-118.
7. Умиров, И. И. У., & Х,амракулов, Ё. М. (2020). Автомобиллардан чикаётган газсимон чикиндиларнинг атмосферага аралашиши. Academic research in educational sciences, (1).
8. Нуруллаев, У. А., & Умиров, И. И. (2020). Улучшения эксплуатационных показателей двигателей газобаллонных автомобилей. Academic research in educational sciences, (3).
9. Адилов, О. К., Умиров, И. И. У., & Барноев, Л. (2020).Транспортни хдвфсиз бошкариш курсаткичларини бах,олаш. Academic research in educational sciences, (1).
10. Умиров, И. (2021).Таълим жараёнида электрон таьлим воситаларини куллашнинг педагогик-психологик омиллари. Academic research in educational sciences, 2(2).
11. Iskandarovich, U. I. (2021). Theoretical Fundamentals of Introduction of Electronic Educational Tools to the Educational Process. Central asian journal of theoretical & Applied sciences, 2(1), 1-7.
12. Umirov, I., Turushev, S., & Ravshanov, F. (2021). Йул булакларининг хдракатланиш хавфсизлигига таъсирини тах,лил килиш.Academic research in educational sciences, 2(2).