Научная статья на тему 'YASHIL TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH ORQALI IQTISODIY OʻSISHNI TAʼMINLASH'

YASHIL TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH ORQALI IQTISODIY OʻSISHNI TAʼMINLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yashil texnologiya / atrof-muhit / resurs / energiya tejash / qayta tiklanuvchi energiya / samaradorlik / chiqindilarni qayta ishlash / barqaror iqtisodiyot / ijtimoiy barqarorlik / ekologik tiklanish / raqobatbardoshlik. / Green technologies / environment / resources / energy conservation / renewable energy / efficiency / waste recycling / sustainable economy / social stability / environmental recovery / competitiveness.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Boboqulov S.B., Ismoilov K.B., Barotov A.K.

Ushbu maqola yashil texnologiyallardan samarali foydalangan holda iqtsodiy o‘sishni taminlashga qaratilgan bo‘lib, bunda yashil texnologiyalar atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy resurslarni samarali foydalanish va energiya tejashga yo‘naltirilgan innovatsion yechimlar keltirilgan. Shuningdek, yashil texnologiyalardan samarali foydalanish bo’yicha taklif va tavsiyalar hamda xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article aims to ensure economic growth through the effective use of green technologies, presenting innovative solutions aimed at environmental protection, efficient use of natural resources, and energy conservation. Proposals and recommendations, as well as conclusions on the effective use of green technologies, are also presented.

Текст научной работы на тему «YASHIL TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH ORQALI IQTISODIY OʻSISHNI TAʼMINLASH»

YASHIL TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH ORQALI

IQTISODIY O'SISHNI TA'MINLASH

Boboqulov S.B.

SamISI. Raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, PhD tel: +998941891989 e-poch: ferdu [email protected]

Ismoilov K.B.

SamISI, IK_422-guruh talabasi tel: +998938337578 e-poch: [email protected]

Barotov A.K.

SamISI, IK_422-guruh talabasi tel: +998938337578 e-poch: [email protected]

Anotatsiya: Ushbu maqola yashil texnologiyallardan samarali foydalangan holda iqtsodiy o'sishni taminlashga qaratilgan bo'lib, bunda yashil texnologiyalar atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy resurslarni samarali foydalanish va energiya tejashga yo'naltirilgan innovatsion yechimlar keltirilgan. Shuningdek, yashil texnologiyalardan samarali foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar hamda xulosalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Yashil texnologiya, atrof-muhit, resurs, energiya tejash, qayta tiklanuvchi energiya, samaradorlik, chiqindilarni qayta ishlash, barqaror iqtisodiyot, ijtimoiy barqarorlik, ekologik tiklanish, raqobatbardoshlik.

Abstract: This article aims to ensure economic growth through the effective use of green technologies, presenting innovative solutions aimed at environmental protection, efficient use of natural resources, and energy conservation. Proposals and recommendations, as well as conclusions on the effective use of green technologies, are also presented.

Keywords: Green technologies, environment, resources, energy conservation, renewable energy, efficiency, waste recycling, sustainable economy, social stability, environmental recovery, competitiveness.

Kirish. Raqamli iqtisodiyotga o'tish sharoitida jamiyatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning asosiy mazmun-mohiyati aholi turmush darajasini yuksaltirish, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shishdan iborat. Buning uchun zamonaviy texnika-texnologiyalardan samarali foydalanish, inson kapitalini shakllantirish, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikga erishishimiz mumkin. Ayniqsa hozirgi vaqtda dolzarb hisoblangan yashil texnologiyalardan unumli foydalanish davr talablaridan biri hisoblanadi. Iqtisodichi olimlarnining ta'kidlashicha yashil texnologiyalar - bu ekologik xavfsizlikni ta'minlash, energiya tejash, resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy barqarorlikni rivojlantirish maqsadida joriy etilgan innovatsion yechimlardir. Ular, o'z navbatida, iqtisodiy o'sishning barqaror va uzoq muddatli rivojlanishiga yordam

beradi. Bugungi kunda dunyo bo'ylab yashil texnologiyalarni qo'llash iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vositalaridan biri sifatida qaralmoqda. O'zbekiston Respublikasi ham bu global tendentsiyaga qo'shilib, yashil iqtisodiyotga o'tish jarayonini jadallashtirmoqda.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar va qarorlar, ayniqsa, yashil texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Masalan, 2019-yilda imzolangan "O'zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo'lgan ekologik xavfsizlikni ta'minlash dasturi" mamlakatda yashil texnologiyalarni joriy etishni va ularning iqtisodiyotda ulushini oshirishni o'z ichiga olgan. Ushbu dastur, ekologik barqarorlikni ta'minlash, chiqindilarni qayta ishlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo'yicha strategiyalarni o'zida jamlagan.

Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur muammoni tadqiqotining bir qator usullardan foydalanish asosida o'rganilgan, jumladan, asosan xorijiy tajribalarni monografik tahlillar natijalarini monografik tadqiqot, analiz va sintez, tizimli tahlil kabi iqtisodiy usullar asosida o'rganilib, rivojlangan mamlakatlar tajribasini mamlakatimizda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo'yicha imkoniyatlarini ochib berishda ahamiyat kasb etgan.

Tahlil va natijalar. Yashil texnologiyalarni rivojlantirish iqtisodiy o'sishning yangi manbalarini yaratadi. Ular qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlash, energiya samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Masalan, quyosh, shamol va bioenergiya kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, fossiyl energiya manbalariga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi. Bu esa nafaqat atrof-muhitni himoya qiladi, balki energiya importiga bo'lgan qaramlikni kamaytiradi, yangi ish o'rinlarini yaratadi va iqtisodiyotning barqaror o'sishiga imkon beradi.

Bundan tashqari, yashil texnologiyalar sanoat ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Energiya tejash texnologiyalari, ekologik toza ishlab chiqarish jarayonlari va chiqindilarni qayta ishlash orqali sanoatning ekologik izini kamaytirish mumkin. Bu o'z navbatida, mamlakatni global bozorlar bilan raqobat qilishda yanada raqobatbardosh qiladi, yangi eksport bozorlariga chiqish imkoniyatlarini yaratadi va iqtisodiy diversifikatsiyaga yordam beradi.

Yashil texnologiyalar energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, bu esa iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi. Energiya tejovchi qurilmalar, LED chiroqlar, izolyatsiya materiallari va aqlli energiya boshqaruv tizimlari sanoat va uy xo'jaliklarida energiya sarfini kamaytiradi. Bu texnologiyalar orqali energiya tejashning o'zida iqtisodiy foyda yuzaga keladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini kuchaytiradi va ushbu sohadagi xarajatlarni kamaytiradi.Yashil texnologiyalarni rivojlantirish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (quyosh, shamol, geotermal energiya) foydalanishni oshirish mumkin. Bu, bir tomondan, energiya importiga bo'lgan qaramlikni kamaytiradi, ikkinchi tomondan, yangi ish o'rinlarini yaratadi va iqtisodiyotga jadal sur'atda o'sish imkonini beradi. Qayta tiklanuvchi energiya

manbalariga investitsiyalar, o'z navbatida, iqtisodiy o'sishni гag'batlantiгadi, eksport imkoniyatlarini kengaytiradi va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun imkoniyat yaratadi. Yashil texnologiyalar sanoatning ekologik izini kamaytiradi, chiqindilarni kamaytiradi va energiya samaradorligini oshiradi. Barqaror sanoat ishlab chiqarishning гivojlanishi iqtisodiy o'sishning yangi manbalarini yaгatadi va iqtisodiyotda innovatsion sektorlarning shakllanishini qo'llab-quvvatlaydi. "Yashil" sanoat ishlab chiqarishning yangi tarmoqlari - qayta tiklanuvchi energiya, elektromobillar, energiya samaTali quгilish mateгiallaгi va boshqa texnologiyalaг o'sishni ta'minlaydi (1-rasm).

IMRS

"Yashil" biznes mahsulotlari, xizmatlari va mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj

Tabiiy materialdan tayyorlangan mahsulotlar (%)

. Atrof muhltga kamroq I 'a'vr ho r^atadlgan ' mahtulotlar

I "VetNI" te»notoglyalaf

Tabiiy ortqovqat mahsuiotiart

I laUèfy materialdan I tayyorlangan mansuiotiar

16,2

34,0 15.0 10,3

«Yashil» biznes xizmatlaríga talab yuqori bo'lgan sohalar (%)

Mududlarm obodonlasht Irish.

Oefcrvatsiya

«l/matl,

Bugungi kunda ehtiyoj katta bo'lgan mutaxassislar (%)

«Yashil» iqtisodiyotning eng muhim sohalari (%)

Qayta tiklarvadtgan anerglya maribatart bo'ytcfta

Shahar mayOonlnt rajalashtlnivchi

18.4 12.0 11,2

11,8 16,9

Energiya tefamkor иуш araitefctort Orgaruh qltMoq xotelgi

Flektromofrliarni tehlab chJqarKh bo'ytcha

Bocnqa yo'nallshlar boyicha

Chlqlndilaml qayta Ikhlash

• QayU tJklanuvchi anecgiya rnanbalarldan foydalanish i Organ* qishtoq xtfjabgi

* EtotogJk to/a rnahsukxlar va ¡dimatlar tavdod Avtomobli sanoatl dektromobllU'nl fchlato ch*qar*h "Yaihir qurllih

Bothqa whaiar [Transport va akoturtrml

1-rasm. Yashil texnologiyaning tarmoq va sohalarda tadbiq etilish

jarayonlari

Yuqoridagi rasm ma'lumotlaгidan kelib O'zbekistonda «yashil» iqtisodiyot uchun qaysi sohalar muhim, degan savolga so'rovda qatnashganlarning 18,4 foizi chiqindilami qayta ishlash, deb javob bergan. Respondentlaming 16,9 foizi «yashil» qurilish, 8,2 foizi ekologik turizmni eng muhim sohalar sifatida qayd etgan. Respondentlarning 17,3 foizi qayta tiklanadigan energiya manbalari, 15,4 foizi chiqindilami qayta ishlash, 10,7 foizi shahar maydonini rejalashtirish bo'yicha mutaxassislarga va energiya tejamkor uylarning arxitektorlariga talab bugungi kunda nisbatan yuqoгi ekanligini e'tirof etgan. Qaysi «yashil» mahsulotlaгga talab yuqori, degan savolga respondentlarning 16,2 foizi tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari, 15,0 foizi «yashil» texnologiyalar 13,7 foizi ishlab chiqarishda atrof-muhitga kamroq ta'sir ko'гsatadigan mahsulotlaг, 10,8 foizi to'qimachilik mahsulotlari, 10,3 foizi tabiiy materialdan tayyorlangan mahsulotlarga, deya javob bergan.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish energiya ishlab chiqarishni ekologik toza va barqaror qilishda muhim rol o'ynaydi. Bu texnologiyalar quyosh, shamol, bioenergiya, geotermal energiya va gidroenergiya kabi tabiiy manbalardan foydalanadi.

> Quyosh Energiya Texnologiyalari: Quyosh energiyasidan foydalanish uchun fotovoltaik panellar va quyosh issiqlik kollektorlaridan foydalaniladi. Bu texnologiyalar elektr energiyasini ishlab chiqarish va issiqlik energiyasini ta'minlashda samarali.

> Shamol Energiya Texnologiyalari: Shamol turbinalari orqali shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantirish. Shamol energetikasi qayta tiklanuvchi va barqaror energiya manbai sifatida keng qo'llanilmoqda.

> Bioenergiya: Organik materiallardan (masalan, qishloq xo'jalik chiqindilari, o'simliklar yoki hayvonlar chiqindilaridan) biogaz yoki bioyoqilg'ilar ishlab chiqarish. Bu usul orqali, avvalo, energiya ishlab chiqarish va chiqindilarni qayta ishlash mumkin.

> Geotermal Energiya: Yer osti issiqlik manbalaridan foydalanib energiya olish. Bu texnologiya issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda yoki isitish tizimlarida qo'llaniladi.

> Gidroenergiya: Suv oqimidan foydalanish orqali energiya ishlab chiqarish. Suv energiyasi gidroelektr stansiyalarida ishlatiladi va bu usul ham qayta tiklanuvchi energiya manbai hisoblanadi. Bu kabi texnologiya turlari Iqtisodiy O'sishga katta foyda keltirib qolmasdan, Aholining ijtimoiy hayotini yaxshilanishiga ham katta yordam berib kelmoqda.

Xulosa va takliflar. Fikrimizcha, yashil texnologiyalar — bu atrof-muhitni himoya qilish, energiya va resurslardan samarali foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar bo'lib, ular nafaqat ekologik barqarorlikni ta'minlash, balki iqtisodiy o'sishni ham qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynaydi. Yashil texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakatlar quyidagi asosiy foydalarga erishishlari mumkin:

> Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish orqali tashqi energiya resurslariga qaramlik kamayadi, shu bilan birga energiya ishlab chiqarishning barqarorligi ta'minlanadi.

> Chiqindilarni qayta ishlash va ekologik toza sanoatni rivojlantirish orqali yangi sanoat tarmoqlari va ish o'rinlari yaratiladi, iqtisodiyot diversifikatsiya qilinadi.

> Energiyani samarali boshqarish texnologiyalari ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida xarajatlarni kamaytiradi, raqobatbardoshlikni oshiradi.

> Yashil transport va agrotexnologiyalar orqali ekologik izni kamaytirish, qayta tiklanuvchi resurslardan samarali foydalanish va yangi bozorlarni yaratish mumkin.

> Investitsiyalar va yangi texnologiyalarni jalb qilish iqtisodiy o'sish sur'atlarini tezlashtiradi va global miqyosda yangi bozorlar yaratishga imkon beradi.

Yashil texnologiyalar o'zining iqtisodiy samaradorligi, ekologik foydalari va ijtimoiy ahamiyati bilan kelajakda yanada kengroq qo'llanilishini ta'minlaydi. Biroq, bu texnologiyalarni joriy etish jarayoni keng ko'lamli strategik yondashuvni talab etadi. Jamiyatni yashil texnologiyalarning ahamiyati va foydalari haqida xabardor qilish uchun targ'ibot va informatsion kampaniyalar o'tkazish zarur.

Yashil iqtisodiyotga o'tish nafaqat ekologik talab, balki hamma uchun yanada mustahkam, adolatli va farovon kelajakni qurish yo'lidagi zarur qadamdir. Barqaror

amaliyotlarni qo'llash, yashil texnologiyalarga sarmoya kiritish va hukumatlar, biznes va hamjamiyat o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish orqali biz iqtisodiy o'sish atrof-muhitni muhofaza qilish shunungdek yashil iqtisodiyot hamma uchun yanada barqaror va adolatli kelajak sari o'zgaruvchan yo'lni taklif etadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy inklyuzivlik va iqtisodiy barqarorlik tamoyillarini qabul qilish orqali mamlakatlar Yerning ekologik chegaralarida gullab-yashnashi mumkin bo'lgan barqaror va farovon jamiyatlarni qurishlari mumkin. 21-asr muammolarini hal qilar ekanmiz, yashil iqtisodiyot hozirgi va kelajak avlodlar farovonligini birinchi o'ringa qo'yadigan barqaror rivojlanish uchun yo'l xaritasini taqdim etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Boboqulov S. B. et al. O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA ELEKTRON BIZNESNI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI //YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. - 2023. - Т. 1. - №. 10. - С. 524-529.

2. A.N. Nizamov, S.K. Yuldashev, A.X. Jumayev, Sh.S. Sharifov, S.B. Boboqulov. Salary in the system of material incentives for workers of construction //Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. - 2020. - Т. 12. -№. 7. - P. 1925-1927.

3. Bobokulov S.B. Diversifying the service field under digitalization //American Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2022. - V. 11. -ISSN Online: 2771-8948. - P. 218-224.

4. Bobokulov S. B. et al. Methods of increasing efficiency of the public utilities //International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development. - 2019. - V. 1. - №. 1. - P. 7-10.

5. Boboqulov S.B. KOMMUNAL XIZMAT KO'RSATISHDA XARAJATLARNI OPTIMALLASHTIRISH //THE INNOVATION ECONOMY. -2023. - Т. 1. - №. 2. - P. 92-100.

6. Бобокулов С. Б. КОММУНАЛ ХИЗМАТ КУРСАТИШ СО^АСИНИНГ ХОРИЖ ТАЖРИБАСИ ВА МАМЛАКАТИМИЗДА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ЙУЛЛАРИ //Инновацион технологиялар. - 2022. - Т. 1. - №. 4 (48). - С. 116-120.

7. Бобокулов С. Б. Роль модернизации в повышении эффективности системы коммунальных услуг //Экономика и предпринимательство. - 2020. - №. 7. - С. 820-822.

8. Mirzaxodjayev A. B. Sharifov Sh //S., Boboqulov SB," MAKROIQTISODIYOT" o'quv qo'llanma. - 2021.

9. Boboqulov Sanjar Baxronkulovich, Qadamboyeva Dilso'z Doniyor Qizi RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI // JMBM. 2023. №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-iqtisodiyoti-sharoitida-innovatsion-texnologiyalar-asosida-tadbirkorlik-faoliyatini-rivojlantirish-istiqbollari (дата обращения: 10.01.2024).

10. BAXRONKULOVICH, BOBOQULOV SANJAR, ORTIQOV FARMONBOY RAXMON O'G'LI, and MEXRIDDINOV FAHRIDDIN ASQAR

O'G'LI. "O'ZBEKISTONDA AXBOROT-TEXNOLOGIYALARINI

RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY-HUQUQIY ASOSLARI." Formation and Development of Pedagogical Creativity: International Scientific-Practical Conference (Belgium). Vol. 1. 2023.

11. Erkin, S. & Bakhronkulovich, B. S. (2024). Some Issues Related To the Industrialization of the Economy of Uzbekistan. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 4 (3), 187-194. Retrieved from http : //inovatus .es/index.php/ejbsos/article/view/2684

12. S.B.Boboqulov, Sh.B.Djurakulov. Elektron tijoratda "buy-side" hamda "sell-side" tizimlarining o'rni va ahamiyati. Iqtisodiyot va ta'lim / 2024-yil 1-son. 2024-02-29. https://cedr.tsue.uz/index.php/iournal/article/view/1442

13. Bobokulov S.B. (2024). Exploration of Housing and Communal Services Development: International Perspective. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 2 (4), 221-228. Retrieved from https://grniournal.us/index.php/AJPDIS/article/view/4405

14. Bobokulov, S., & Usmanov, S. (2024). Economic Importance of Housing and Communal Services. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 4 (4), 204-208. Retrieved from https : //inovatus. es/index .php/eibso s/articl e/view/2994

15. Bobokulov Sanjar Bakhrankulovich. (2024). Advancement Achieved by Implementing Environmentally Friendly Technology in Housing and Communal Services. Excellencia: International Multi-Disciplinary Journal of Education (29949521), 2(5), 33-36. https://doi.org/10.5281/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.