Научная статья на тему 'ONA TILI FANINI INTEGRATIV YONDASHUV O‘QUV TOPSHIRIQLARI ASOSIDA O‘QITISHDA MILLIY G‘URURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

ONA TILI FANINI INTEGRATIV YONDASHUV O‘QUV TOPSHIRIQLARI ASOSIDA O‘QITISHDA MILLIY G‘URURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / milliy g‘urur / integrativ yondashuv / o‘quv topshiriqlari / muloqot ko‘nikmalari. / родной язык / национальная гордость / интегративный подход / учебные задания / навыки коммуникации.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.M. Umarova

maqolada ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o‘qitishda milliy g‘ururni rivojlantirishga oid uslubiy masalalar yoritilgan. Integrativ yondashuv doirasida 15-sinf o‘quvchilarida muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quv topshiriqlarini takomillashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF FOSTERING NATIONAL PRIDE IN TEACHING THE NATIVE LANGUAGE BASED ON AN INTEGRATED APPROACH EDUCATIONAL TASKS

в статье рассматриваются методологические вопросы развития национальной гордости у учащихся на уроках родного языка на основе интегративного по дхода. Особое внимание уделяется разработке и модернизации учебных заданий и задач на уроках для 1-5 классов.

Текст научной работы на тему «ONA TILI FANINI INTEGRATIV YONDASHUV O‘QUV TOPSHIRIQLARI ASOSIDA O‘QITISHDA MILLIY G‘URURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Sh.M. Umarova1H_

1Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirishga oid uslubiy masalalar yoritilgan. Integrativ yondashuv doirasida 1 -5-sinf o'quvchilarida muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish, o'quv topshiriqlarini takomillashtirish orqali ta'lim samaradorligini oshirish masalalari ko'rib chiqilgan.

MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi — ona tili ta'limida milliy g'ururni shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida ona tili ta'limi bo'yicha mavjud ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan, 1 -5-sinf o'quvchilari bilan tajriba-sinov ishlari olib borilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: olingan natijalar muloqot ko'nikmalarini shakllantirishda integrativ yondashuvning samaradorligini tasdiqladi. Shu bilan birga, pragmatik yondashuv asosida ishlab chiqilgan o'quv topshiriqlari ta'lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

XULOSA: ona tili ta'limida milliy g'ururni shakllantirish bo'yicha ishlab chiqilgan metodika o'quvchilarning nutqiy va ijodiy faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: ona tili, milliy g'urur, integrativ yondashuv, o'quv topshiriqlari, muloqot ko'nikmalari.

МЕТОДИКА ВОСПИТАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГОРДОСТИ В ОБУЧЕНИИ РОДНОМУ ЯЗЫКУ НА ОСНОВЕ КОМПЛЕКСНОГО ПОДХОДА УЧЕБНЫЕ ЗАДАНИЯ_

© Ш.М. Умарова1И

Ташкентский Университет Прикладных Наук, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматриваются методологические вопросы развития национальной гордости у учащихся на уроках родного языка на основе

Iqtibos uchun: Umarova Sh.M. Ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasi // Inter education & global study. 2024. №10(1). B. 349-359.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

интегративного подхода. Особое внимание уделяется разработке и модернизации учебных заданий и задач на уроках для 1-5 классов.

ЦЕЛЬ: основная цель статьи — создать и применить методику формирования национальной гордости у учащихся при обучении родному языку.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования были проанализированы научные работы в области педагогики и филологии, проведены эксперименты с учащимися 1 -5 классов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты подтверждают эффективность интегративного подхода в формировании навыков коммуникации у учащихся, особенно на уроках родного языка.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: методика формирования национальной гордости значительно улучшает качество обучения и развивает творческие способности учащихся.

Ключевые слова: родной язык, национальная гордость, интегративный подход, учебные задания, навыки коммуникации.

Для цитирования: Умарова Ш.М. Методика воспитания национальной гордости в обучении родному языку на основе комплексного подхода учебные задания // Inter education & global study 2024. №10(1). С. 349-359.

METHODS OF FOSTERING NATIONAL PRIDE IN TEACHING THE NATIVE LANGUAGE BASED ON AN INTEGRATED APPROACH EDUCATIONAL TASKS

© Shaxnoza M. Umarova1®

1Tashkent State Technical University, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article examines methodological issues of fostering national pride among students in native language lessons based on an integrative approach. Special attention is paid to the development and modernization of learning tasks for grades 1-5.

AIM: the primary goal of the article is to develop and implement methodologies for fostering national pride in students through native language education.

MATERIALS AND METHODS: the study analyzed scientific works in pedagogy and philology, as well as conducted experiments with students in grades 1-5.

DISCUSSION AND RESULTS: the results confirm the effectiveness of the integrative approach in developing communication skills in students, especially in native language classes.

CONCLUSION: the methodology for fostering national pride significantly improves the quality of education and develops students' creative abilities.

Keywords: native language, national pride, integrative approach, learning tasks, communication skills.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

For citation: Shaxnoza M. Umarova. (2014) 'Methods of fostering national pride in teaching the native language based on an integrated approach educational tasks'. // Inter education & global study. № 10(1). pp. 349-359. (In Uzbek).

Jahonda til o'qitish metodikasi pedagogika va tilshunoslikda integrativ yondashuv asosida o'qitishda erishgan yutuqlardan foydalanadi. Til inson uchun borliqni anglash vositasi hisoblanadi, o'quvchi tafakkurida olamning lisoniy manzarasi ona tili orqaligina shakllanadi. Shu ma'noda, ona tili o'qitishning yangi usullarini kashf qilish, amaliyotga uzluksiz joriy qilib borish muhim masalalardan hisoblanadi. Xalqaro til o'qitish metodikasida andoza sifatida qabul qilinayotgan ingliz tili ta'limi yutuqlaridan aksariyat mamlakatlar samarali foydalanib kelmoqda. Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, xalqaro til o'qitish metodikasida nutqiy muloqot ko'nikmalarni rivojlantirish, o'quvchini turli nutqiy vaziyatlarga tayyorlash asosiy masalalardan bo'lib, uni amalga oshirish, asosan, o'quv topshiriqlarining sifatiga, mazmuniga bog'liqdir. Barcha xalqlar milliylikni asrashning bosh mezoni sifatida ona tilini anglaydi va buni ta'lim orqali amalga oshirayotganda ona tilini faol muloqot vositasiga aylantirish, qadriyat sifatida ulug'lash ko'nikmalarini rivojlantirishga katta e'tibor beradi. Dunyoda rivojlangan tillarni ona tili sifatida o'qitishga doir ilmiy adabiyotlarda ona tili ta'limi, asosan, matn ustida ishlash, turli uslubda taqdim qilingan ma'lumotni o'qib tushunish va munosabat bildirishga tayyorlashga yo'naltiriladi.

Ta'lim mazmuni umumta'lim maktab 1-5 sinf o'quvchilarini muloqot ko'nikmalarini integrativ yondashuv asosida metodik rivojlantirish mexanizmi orqali yuzaga chiqariladi. Har bir mashg'ulotda taqdim qilingan ma'lumotning o'quvchi uchun kundalik hayotdagi foydalilik darajasiga alohida e'tibor beriladi va ta'lim jarayonida muloqot ko'nikmalaridan unumli foydalaniladi. Xalqaro tajribalarda innovatsion texnologiyalar asosida ona tili ta'lim mazmunini metodik rivojlantirish o'zaro muloqotning samarali bo'lishiga qaratiladi. Umumta'lim maktab o'quvchilarini muloqot ko'nikmalarini belgilangan ma'lum mezonlar asosida shakllantiriladi, shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida ona tili boshqa fanlar bilan integratsiya qilingan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitilmoqda. O'zbekistonda ham o'zbek tilinining ona tili va davlat sifatida nufuzini oshirish, yangi zamonaviy o'qitish metodikalarni joriy etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda shakllangan yangi til siyosati uning ta'limiga ham zarur talablarini qo'ymoqda. "Har birimiz davlat tiliga bo'lgan e'tiborni mustaqillikka bo'lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak" ligi ona tili ta'limi oldiga, xususan, o'quv topshiriqlari ishlab chiqishning ilmiymetodik asoslarini takomillashtirish oldiga ham dolzarb vazifalar qo'yadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi Farmonida "Jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish..." muhim vazifa etib

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

belgilangan. Bu qonuniy asos umumta'lim maktab 1-5 sinf o'quvchilarini ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid ko'nikmalarini didaktik rivojlantirish orqali turli nutq vaziyatiga tayyor, o'z fikrini turli shakllarda ravon va mantiqan izchil ifodalab bera olish kompetensiyasini rivojlantirish orqali ona tili ta'limini yangi bosqichga ko'tarish va nutqiy muloqot ko'nikmalarini ta'minlash tizimini rivojlantirish dolzarb masala ekanligini ko'rsatadi. Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmonidagi ta'lim sohasiga oid bandlar ijrosini ta'minlashda, 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limni tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712son Farmonida ta'kidlangan "...o'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individullashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish" bilan bog'liq ko'rsatmasini ta'lim amaliyotiga tatbiq etishda, shuningdek, mamlakat rahbari tomonidan ilgari surilgan "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbus"dagi to'rtinchi "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan" tashabbusni hayotga joriy qilishda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabr kuni nihoyatda muhim bo'lgan "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ona tili metodikasini tubdan yangilash to'g'risida fikrlari keltirilgan 2020 yilning 20 oktyabr kungi "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6084-sonli Farmoni hamda mazkur masalaga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mamlakatimizda keyingi yillarda bir qator ona tili o'qitish metodikasiga doir ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida H.Ne'matov, A.G'ulomov, R.Safarova va D. Yo'ldoshevalar ona tili ta'limi maqsadi va mazmunini yangilashning ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqdi. Shuningdek, Sh.Yusupova va N.Yuldasheva kabilar o'z tadqiqotlarida ona tilini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitishni targ'ib qilgan. A.G'ulomov M.Saidov va N.Alavuddinovalar esa ona tili o'qitish orqali mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish metodikasi ustida izlanishlar olib borgan. Shuningdek, uzluksiz ta'limda ona tilidan til sathlarini o'qitish metodikasi bo'yicha ham bir qator tadqiqotlar olib borilgan, jumladan, T.Yusupova gapning bosh bo'laklarini o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Ta'kidlash joizki, Ona tili o'qitish metodikasiga turli davrlarda filolog-olimlar ham dastur, darslik mualliflari sifatida o'zlarining munosib hissasilarini qo'shdilar. H.Ne'matov, N.Mahmudov, A.Sobirov, I.K.Mirzayev kabilar shular jumlasidandir. B.Mengliyev ona tili o'qitishda ortiqcha grammatizmdan voz kechib, o'quvchilarda nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish, lug'at va matn asosida milliy tilni, milliy ma'naviyatni o'quvchi tafakkuriga singdirish, o'quvchini turli nutq vaziyatlariga tayyorlash,

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ijodiy tafakkur sohiblarini tarbiyalash yo'nalishidan bormoqda. Ayniqsa, pedagogika fanlari doktori, professorlar R.Safarov, Sh.Yusupova, X.Muhiddinova, Sh.Yuldasheva, D.Kabulova Q.Husanboyevlar ta'limda komunikativ yondashuv, ilg'or pedagogik texnologiya, uzviylik va uzluksizlik bo'yicha nihoyatda to'g'ri yondashuvlarni ilgari surgan.

Tadqiqotlar metodologiyasi. Tadqiqotchi A.Bobomurodova, T.Ziyadova, T.T.G'aniyev, M.Saidov A.Hamroyev, G'.Hamroyev, M.E.Axmedova, K.Mavlonovalar ona tili ta'limi jarayonida o'quvchilarning so'z boyligini oshirish imkoniyatlari, o'zining ona tili ta'limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o'quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasiga doir ona tilidan mashq bajarish jarayonida o'quvchining bilish faolligini oshirish masalalarini tadqiq qilgan. Shuningdek, tadqiqot mavzusiga doir I.A.Allayorov, O.R.Rozikov, R.Ibragimov, B.R.Adizov, M.H.Mahmudov I.E.Davronovlar tomonidan ta'lim oluvchining o'quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, o'quv topshiriqlari orqali o'quvchi faolligi oshirish muammolari ham o'rganilgan.

Rus pedagoglari A.N.Leontev, J. A. Ponomarev, S.L.Rubenshteyn, avstraliyalik olim Jak Richards ingliz tilining ona tili va ikkinchi til sifatida o'qitilishida o'quv topshiriqlarini tadqiq qilgan. Ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid bilimlarni tanlashning o'quv topshiriqlari tavsifi va tasnifiga doir yondashuvlaridan dunyo miqyosida foydalaniladi. Ona tili o'qitishga doir mahalliy va xorijiy tajribalarni o'rganish, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quv topshiriqlaridan foydalanishning bugungi ahvolini o'rganish va pragmatik mazmundagi o'quv topshiriqlarining ona tili ta'limidagi o'rnini belgilash; darsliklardagi o'quv materiallarining DTS hamda dastur talablariga mosligini qiyosiy o'rganish, shuningdek, ularni o'qitish bilan bog'liq muammolarning sabablarini aniqlash va yechimlar taklif qilish; 1-5 sinf o'quvchilarida tinglab tushunish (anglash), gapirish (nutq so'zlash), o'qib tushunish (fahmlash) va yozish (savodli va mazmunli matn tuzish - insho) ko'nikmalarini rivojlantiruvchi ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid tizimini ishlab chiqish orqali fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishning mazmun, usul, vositalarini ishlab chiqishni takomillashtirish; savol, mashq va topshirilar bilan ishlashda qulay va amaliy ahamiyatga ega yondashuvni tanlash, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni tajriba orqali darsliklar mazmunida, ona tili darslarida sinab ko'rish va olingan xulosalarni mumlashtirish.

Ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid yondashuv asosida takomillashtirildi, ya'ni mashq, savol va milliy g'ururga oid topshiriq tushunchalarga pedagogik, psixologik va lingvodidaktik jihatdan yangicha ta'rif berildi, qo'llanilish o'rinlari, bajaradigan vazifalari aniqlab berildi; ona tili ta'limida mashqlardan, asosan, ko'nikma va malaka hosil qilishda, savol va topshiriqlardan - biror amalni bajarishga yo'naltirish, fikrlashga undash hamda, eng muhimi, o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni baholash maqsadlarida har biridan o'z o'rnida foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishi isbotlandi; matn bilan ishlash uchun savol va topshiriqlar tuzish, nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishda suhbatdoshga nutq vaziyatidan kelib chiqib savol berishning darajalari aniqlandi, lingvodidaktikada savol

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

tuzishga pragmatik usulda yondashishning afzalliklari dalillandi; tinglab tushunish ko'nikmasi bilan birga o'quvchida muloqot vaziyatiga ko'ra murojaat qilish, nutq so'zlash malakasi ham baravar rivojlanishi lozimligini nazarda tutib, o'quvchini to'g'ri va mantiqli savol berishga o'rgatish metodlari ishlab chiqildi; ona tilidan baholash tizimi uchun matn ustida ishlash orqali - eshitganlarini to'g'ri tushuna olish - (anglash), adabiy tilda ravon va mantiqan izchil gapira olish - (nutq so'zlash), matnni o'qib tushuna olish - (fahmlash) hamda to'g'ri va mazmunli yoza olish - (insho) ko'nikmalari taklif qilindi Ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid yondashuv asosida takomillashtirilgan o'quv topshiriqlar ona tili o'qitish jarayonida sinab ko'rilganda matn ustida ishlash orqali o'quvchilarda nutqiy ko'nikmalar rivojlanib, o'qish savodxonligi oshgani aniqlandi; tajriba-sinov yakunlariga ko'ra nutqiy ko'nikmalarni rivojlantiruvchi, baholovchi pragmatik o'quv topshiriqlar tizimining ta'limiy korpus uchun elektron metodik ta'minoti yaratildi.

Tahlil va natijalar. Ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid takomillashtirish, avvalo, ona tili ta'limining maqsadi, vazifalari, umuman, mazmuniga bevosita bog'liq, zero o'quv topshirig'i o'quvchini fikrlashga, o'quv materiali ustida mustaqil ishlay olishga, zarur nutqiy ko'nikma va malakalarni (matnni anglash, fahmlash, nutq so'zlash, yozish) rivojlantirish uchun mashq qildira olishga, hosil bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni qulay va aniq baholashga xizmat qilishi kerak. Bugun ona tili ta'limida o'quv topshiriqlariga o'qitish metodikasining asosi, ta'lim mazmunini yuzaga chiqaruvchi muhim omil sifatida qaralmaydi. Ona tilidan ta'lim mazmuni sifatida grammatik qoidalar tushunib kelindi va o'quv topshiriqlari ham shunga xizmat qildi. Ona tili - bu bola uchun o'ylab topilgan qoidalar emas, nafas olayotgan havo kabi xalqining ruhi bilan teng. 1-5 sinf o'quvchilariga ona tilini o'rgatish quyidagi vazifalarni hal qiladi: birinchidan, uning tug'ma aqliy qobiliyatni rivojlantirish, bu so'zning in'omi deb ataladi; ikkinchidan, o'quvchilarni ona tili xazinalarini ongli egallash bilan tanishtirish; uchinchidan, bolalar bu tilning mantig'ini o'rganishlari kerak. Bu maqsad va vazifalarga birin-ketin emas, balki baravar erishish borish lozim. Bunda o'quv topshiriqlari asosiy vazifani bajaradi. Bugun ona tili ta'limida matn bilan ishlash orqali nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishga bosqichma-bosqich o'tilmoqda. Bunday sharoitda o'quv topshirig'i tuzishga asos bo'luvchi o'quv materiallarini tanlashda foydalilik, amalda qo'llay olish asosiy tamoyil bo'lishi lozim. "Asrlar davomida insoniyat tomonidan to'plangan barcha til ilmini o'rta maktab o'quvchisiga o'rgatishning iloji va zarurati yo'q. Demak, ona tilidan eng zarur bilimlarni tanlash asosiy masalalardan biridir. Ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid bilimlarni tanlashning bosh mezoni uning foydalilik va amalda qo'llanila olish darajasidir. Biz ona tilidan foydali bilimlar deb bolalarning savodli yozish, ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, uni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta'minlaydigan bilimlarni tushunamiz. O'quv topshiriqlarini tuzishga asos bo'luvchi o'quv materiallarini tanlash, ta'kidlash kerakki, ona

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

tili ta'limi maqsadini, mazmunini belgilash borasida mustaqillikning dastlabki yillarida tizimli tadqiqotlar olib borildi.

Sh.Yusupova o'zining doktorlik dissertatsiyasida hozirgi o'zbek adabiy tili darslarida o'quvchilar tafakkurini o'stirishning ilmiymetodik asoslari mavzusida tadqiqot olib boradi, ona tili ta'limida o'quvchilar tafakkurini rivojlantirishning ilmiy-metodik asosini ishlab chiqish bilan birga tafakkurni rivojlantiruvchi o'quv topshiriqlariga ham alohida e'tibor qaratadi. X.Muhiddinova o'zbek tilining davlat tili sifatidagi ta'limini tizimlashtirish, uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash borasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan. Jumladan, o'quv topshiriqlarni ham uzluksiz ta'lim tizimi uchun uzviylik tamoyili asosida takomillashtirib kelmoqda.

Q.Husanboyevaning ta'lim mazmuniga o'qituvchini ham kiritishi nihoyatda to'g'ri yondashuv. Chunki ona tili ta'limida, ayniqsa, sinfda bajariladigan mashqlarni nazorat qilishda, zarur o'rinlarda o'quvchilar adabiy talaffuz ko'nikmasini rivojlantirishda bevosita o'qituvchi dastlab namuna ko'rsatishi muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, olimning adabiy ta'lim uchun ishlab chiqqan mustaqil fikrlash va va muammoli ta'lim bo'yicha yondashuvlari ona tili ta'limida o'quv topshiriqlarini to'g'ri shakllantirishga yordam beradi.

Bu borada metodist K.Mavlonov ona tili ta'limining bugungi yondashuvlariga mos ravishda eng murakkab bo'lib turgan matn ustida ishlash, uni o'qiy olish, tushuna olish va, eng muhimi, matn yarata olish ko'nikmalarini adabiyot fani bilan integratsiya qilgan holda rivojlantiruvchi o'quv topshiriqlarini ishlab chiqdi. Shuningdek, tadqiqot mavzusiga doir I.A.Allayorov, O.R.Rozikov, R.Ibragimov, B.R.Adizov, M.H.Mahmudov I.E.Davronovlar tomonidan ta'lim oluvchining o'quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, bunda ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid topshiriqlardan foydalanish bilan bog'liq muammolar ham o'rganilgan.

Keyingi 2000-2020 yillarda N.Mahmudov muallifligida yaratilgan darsliklar mazmunida ham grammatik qoidalar hajmi kamaymadi, biroz ilmiylashdi va o'quv topshiriqlari orqali o'quvchini mantiqiy fikrlashga yo'naltirildi. Ma'lumotlarni lingvistik tahlil qilishni o'rgatishga xizmat qilib keldi, biroq - bu nutqiy ko'nikmalarni rivojlantiruvchi o'quv topshiriqlari yo'q, degani emas. Ta'kidlash kerakki, N.Mahmudov bosh muallifligida yaratilgan darslikda birinchi marta topshiriqdan foydalanildi. Unga qadar "Ona tili" darsliklarida, asosan, mashqlardan foydalanib kelingan. Shunday bo'lsa-da, ona tili o'qitish metodikasida shu kunga qadar o'quvchilar mashg'ulotlar orqali nimani o'rganishi kerakligi, ya'ni qaysi o'quv materialini yoddan bilishi, qaysi o'quv materialini yod olishga zarurat yo'q, uni o'qib tushunsa, yetarli bo'lishini, qaysi bo'limlarni o'qitishda, asosan, mashqlardan, qaysilarida topshiriqlar ustida ko'proq ishlash kerakligi; mashq, topshiriq va savolning bir-biridan funksional farqlanishi; tahlil materiali uchun qanday misollar, matnlar olish lozimligi, matnlarni tanlash va qo'llash mezonlari aniqlanmagan. Shu o'rinda "mashq", "topshiriq" va "savol" atamalarini mohiyatan farqlash, ularning lingvodidaktikadagi o'rni hamda ahamiyati haqida to'xtalish joizdir. Metodist M.Saidov o'quv materiallari sirasida o'quv topshiriqlarini uch turga bo'lib, ularni o'zaro farqlaydi va, ko'pincha, o'qituvchilar o'z ish faoliyatlari davomida "mashq", "topshiriq" va "masala"

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

tushunchalarini qorishtirib yuborishlarini ta'kidlaydi. Olim pedagogika fanlari doktori Asqar G'ulomovning "mashq ham o'quv topshirig'ining bir shakli, ham o'qitishning muayyan bir usuli," degan fikriga qo'shiladi va topshiriq mashqning bir bo'lagi, u, asosan, mashqning shartida o'z ifodasini topshini, topshiriq mashqqa qaraganda torroq tushunchani ifodalashini e'tirof etadi. Bizningcha, topshiriq mashqni ham savolni ham o'z ichiga oladigan, o'quvchini bilim olishga yo'naltiradigan, baholashda ishtirok etadigan; takrorga asoslangan mashqlar orqali malaka hosil qilishni tashkil qiladigan asosiy o'quv topshirig'idir. Uzoq muddatli kuzatishlar, tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, "Ona tili" darsliklaridagi mashq deb nomlangan o'quv topshiriqlari ham mashq emas, ya'ni mashqning talablariga javob bermaydi. Aslida mashq bilim berish vositasi emas, u ko'nikma va malaka hosil qilish uchun qo'llanilishi kerak. Topshiriq esa, bilim olish, mashg'ulotni tashkil etish va o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarni baholashi, savol esa, o'quvchini fikrlashga undashi, sinab ko'rish uchun qo'llanilishi lozim. Amalda esa, ular aralash holda qo'llaniladi. Shu sababli metodlar, darsliklar mazmuni yangilansa ham dars samaradorligi sezilarli oshmay, nutqiy ko'nikmalar to'laqonli rivojlanmay kelmoqda. Shu ma'noda, o'quv topshiriqlari ona tili ta'limi mazmunini yuzaga chiqarishda, nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishda katta ahamiyatiga ega, ta'lim jarayonida o'quv topshiriqlarini tuzish va ulardan foydalanishga alohida e'tibor berish kerak.

Ta'lim sohasining oldida "...maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilim va tajribasini xalqaro darajaga olib chiqish, oliy o'quv yurtlarining xalqaro reytinglarga kirishi uchun maqsadli dasturni ishlab chiqish" asosiy va yetakchi vazifalar qilib belgilangan. Shuningdek, "boshlang'ich sinflarda berilayotgan ta'lim va tarbiya sifati, o'qituvchilarning bilimi va mahoratini talab darajasida deb bo'lmaydi. 2023- yildan maktab ta'limini xalqaro ta'lim dasturlari asosida butunlay isloh etilishi, bu ishlarni tizimli yo 'lga qo'yilganligi, yangi darsliklarni ishlab chiqish, ilg'or ta'lim standartlari va metodikalarini joriy etilishi, milliy o'zligimiz timsoli, ma'naviyatimiz asosi bo'lgan ona tilimizga e'tibor yanada kuchaytiriladi" Shu ma'noda umumiy o'rta ta'lim tizimining boshlang'ich sinflarida Ona tili va Tarbiya" fanini o'qitish asosida milliy g'ururini rivojlantirish orqali o'quvchi larda vatanparvarlik, milliy iftixor kompetensiyalarni, xususan, yurt ravnaqini yuksaltirish hamda mantiqiy fikrlash va tarbiyaviy tuchunchalarni rivojlantirish zarurati mavjud. Ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid ona tili va tarbiya fanini o'qitishda didaktik o'yinlardan, interfaol usullardan foydalanish ta'lim jarayonida o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o'yinlar esa o'quvchilarning ijodiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ixtiyoriy diqqatini jamlashga yordam beradi, shuningdek xotirani rivojlabtiradi. Didaktik o'yin jarayonida o'quvchilar o'zlari sezmagan holda juda ko'p harakatlarni, mashqlarni bajaradilar, turli masalalarni yechadilar

"O'zbek tilining izohli lug'ati"da "milliy" so'zi (arabcha) biror millatning o'ziga xos xususiyatini ifodalovchi, biror mamlakat va uning aholisi bilan bog'liqligi ta'riflanadi. Demak, o'zbek millatiga oid, O'zbekistonni davlat, mamlakat sifatidagi tarixiga oid barcha

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

moddiy va ma'naviy qadriyatlar milliy qadriyat sanaladi. Shu ma'noda me'moriy obidalar har ikki maqomdagi qadriyat sifatida ham ijtimoiy, ham pedagogik (tarbiyaviy) ahamiyat va mohiyat kasb etadi. "G'urur" so'zi ham arabcha so'z bo'lib, insonning o'z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi, faxrlanish tuyg'usi, faxr, iftixor, faxrlanishga asos bo'ladigan narsa tariqasida talqin etilgan. Bolalarda faxrlanish tuyg'usi, avvalo, o'zi yashab turgan hudud, u yerda mavjud qadriyatlar asosida shakllanadi. Me'moriy obidadalar esa ham bevosita, ham bilvosita ta'sir etuvchi omil sifatida samarali qo'llanilishi mumkin bo'lgan vositadir.

Xulosa sifatuida shuni aytish lozimki ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitishda milliy g'ururni rivojlantirish metodikasiga oid bilimlarni tanlashning Milliy g'urur tushunchasi "Mustaqillik: ilmiy-ommapob lug'at"da "Milliy g'urur - millatning o'z-o'zini anglashi natijasida sodir bo'ladigan doimiy ichki ruhiy ko'tarinkilik. U o'z ona zamini, avlod-ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma"naviy merosdan, o'z millatining jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan ulushlaridan, o'zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro'-e'tiboridan faxrlanish hissiyotidan iborat. Milliy g'urur o'z millatining chinakam fidoy isi bo'lgan har bir insonga xos ichki ruhiy tuyg'udir... milliy g'urur har bir kishida o'z millatining moddiy, ma'naviy meroslarini o'zlashtirish, urf-odatlari, an'analari, qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish hamda uni o'zga millatlarniki bilan qiyoslash natijasida shakllanadi. Har bir inson o'z qobiliyati va kuchiga ishongan va bundan faxrlanganda biror narsaga erishadi. "Vatan tuyg'usi" kitobi mualliflari "o'z-o'zligicha qolgan insonning g'ururi bus-butundir ... Kishi shunday yashashi joizki, uning yutuqlaridan o'zi ham g'ururlansin, lekin undan ko'ra ko'proq oila a'zolari, xesh-aqrabolari, mahalla-ko'yi, qolaversa, butun mamlakati faxrlansin, faxrim deb e'zozlasin" muhim ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o'ttiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2019 yil 21 oktyabr

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni. - T.: 2017 yil 7 fevral. Elektron manba: www.lex.uz/doks/

3. Mirziyoev Sh. "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limni tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmoni. 29 aprel, 2019 yil. Elektron manba: lex.uz/docs/3412785.

4. Mirziyoyev Sh. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbus. Elektron manba: https://www.gazeta.uz./oz/2019/04/03/5-tashabbus/

5. Yusupova Sh. Ona tili ta'limi samaradorligini oshirish va ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish: ped. fan. nom-di diss. TDPI. -T., 1998. - 137 b.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

6. Yuldasheva N. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida lug'aviy sinonimlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish metodikasi: ped.fan. nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilan diss.- T., 2002. -123b.

7. Gulyamov A. Metodika razvitiya uchebno - poznovatelnoy aktivnosti uchashixsya v protsesse prepodovaniya rodnogo (uzbekskogo) yazbika: Dis. dok. ped. nauk. -T.: TGPI, 1991. - 37 b.

8. Saidov M. O'zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta'limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o'quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi: ped. fan. nom -di diss. avtoref.TDPU. - Toshkent, 2000. - 25 b.

9. Alavuddinova N. Ona tili darslarida ijodiy fikrlash ko'nikmasini shakllantirish metodikasi: ped. fan. nom-di diss. avtoref. TDpU. - T., 2008.- 24 b.

10. Yusupova T. Uzluksiz ta'lim tizimi asosida maktabda o'quvchilarga bosh bo'laklarni o'rgatish: ped. fan. nom-di diss. avtoref.TDPI. -T.,1998.- 22 b.

11. Safarova R. Milliy tiklanish sharoitida O'zbekiston maktablarida ona tili ta'limi nazariyasi va amaliyoti. Pedagogika fanlari doktori ilm. darajasini olish uchun yozilgan diss. - Toshkent, 1995. -242 b.

12. Yusupova Sh.J. Hozirgi o'zbek adabiy tili darslarida o'quvchilar tafakkurini o'stirishning ilmiy-metodik asoslari: Ped. fan.doktori... diss. - Toshkent: TDPI, 2005. - 270 b.

13. Muhiddinova X. Ta'lim bosqichlarida o'zbek tili o'qitilishi uzluksizligini ta'minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish ped. fan. nom-di diss. TDPI -Toshkent, 2011.270b

14. Hamroev A.R. Ona tili ta'limida o'quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish. Pedagogika fanlari doktori (Dsc) ilm. Darajasini olish uchun yozilgan diss. -Toshkent, 2020. - 242 b. 20.

15. Mavlonova K. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o'qitish metodikasini takomillashtirish Ped. fanl. bo'yicha fal. dok. (PhD) ilm. daraj. olish uchun yozilgan diss. avtoreferati. -T.: 2019. - 22 b.

16. Hamroev A.R. Ona tili ta'limida o'quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish. Pedagogika fanlari doktori (Dsc) ilm. darajasini olish uchun yozilgan diss. -Toshkent, 2020. - 242 b.

17. Ibragimov R. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari: Ped. fanl. dokt. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. -Toshkent: Qori Niyoziy nomli O'zPFITI, 2002. - 265 b.;

18. Adizov B.R. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Ped. fanl. dokt. ilm. daraj. olish uchun

19. Saidov M. O'zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta'limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o'quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi: ped. fan. nom -di diss. avtoref. TDPU. - Toshkent, 2000. - 25 b.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

20. Djon Dyui. Obщestvo i yego problembi John Dewey. The Public and its Problems. Denver, 1927. / Dj. Dyui. Obщestvo i yego problembi. — Perevod s angliyskogo: I. I. Myurberg, A. B. Tolstov, Ye. N. Kosilova. — M., 2002.

21. Pirnazarova A. Tarbiya fanini o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash va unda ta'lim va tarbiyaning uzviyligi: tarbiya fanini o'qitishda didaktik o'yinlar//Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi 2022. 77-78b.

22. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik. 5-jild. - T.: O'zME, 2020, - 150 b.

23. Xasanova Sh. Tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirish// International scientific journal volume 1 issue 7 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337

24. Ibrohimov A., Sultonov X., Jo'raev N. Vatan tuyg'usi. -T.: O'zbekiston, 1996. 29-b.

25. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug'at // Mualliflar: M.Abdullayeva., F. Abdullaeva., G. Abdurazzoqova va boshqa; A.Jalolov va Q.Xonazarov umumiy tahririda. - T.: "Sharq", 2000.- 124 b.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Umarova Shaxnoza Maxmudjanovna, katta o'qituvchi [Умарова Шахноза

Махмуджановна, старший преподаватель], [Shaxnoza M. Umarova, senior lecturer];

manzil: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy, [адреc: г.Ташкент,

Чиланзар, улица Гавхар, дом 1], [address: Tashkent city, Chilanzar, Gavkhar street,

house 1].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.