Scientific Journal Impact Factor
BOBUR ADABIY MUHITI VA UNING MANBALARI
Xoliqulova Gulsanam Yorqulovna,
Samarqand davlat universiteti doktoranti (DSc), filologiya fanlari nomzodi e.mail: gulsanamyorqulovna@mail.ru
Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan shakllangan Hindiston turkiy adabiyoti uning avlodlari tomonidan rivojlandi, gullab-yashnadi. Maqolada Bobur va boburiylar saroyi atrofida Hindistonda shakllangan adabiy muhit, mazkur adabiy muhitning vakillari, turkiy tildagi ijodkorlar haqidagi ma'lumotlar "Boburnoma" (Bobur), "Humoyunnoma" (Gulbadanbegim), "Tarixi Rashidiy" (Mirzo Haydar), "Muzakkiri ahbob" (Hasanxoja Nisoriy), "Majolisi Jahongiriy" (Qosim Lohuriy), "Ravzat us-salotin" (Faxriy Hiraviy), «Nafoisul-maosirot» kabi adabiy-tarixiy manbalardagi ma'lumotlar asosida umumlashtirildi. Shu jarayonda mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlarga ham munosabat bildirildi.
Kalit so'zlar: Adabiy muhit, Bobur adabiy muhiti, Buyuk boburiylar saltanati, Hindistondagi turkiy adabiyot, ikki tillilik, adabiy-tarixiy manbalar.
Индийская турецкая литература, созданная Захириддином Мухаммадом Бабуром, развивалась и процветала его потомками. В статье представлена информация о литературной среде Индии вокруг Бабура и дворца Бабуридов, представителях этой литературной среды, художниках на турецком языке «Бобурнома» (Бобур), «Хумоюннома» (Гульбаданбегим), «Тарихи Рашидий» (Мирзо Хайдар), «Музаккири ахбоб» (Хасанходжа Нисари), «Маджолиси Джахонгирий» (Касим Лохурий), «Равзат ус-салотин» (Фахрий Хирави), «Нафоисул-маосирот» и другие исторические и исторические источники. В процессе исследования были также даны комментарии.
Ключевые слова: литературная среда, литературная среда Бабура, Великое царство Бабури, турецкая литература в Индии, двуязычие, литературно-исторические источники.
Indian Turkish literature, created by Zahiriddin Muhammad Babur, developed and flourished by his descendants. The article provides information about the literary environment of India around Babur and the Baburid palace, representatives of this literary environment, artists in Turkish "Boburnoma" (Bobur), "Humoyunnoma"
ANNOTATSIYA
AННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Scientific Journal Impact Factor
(Gulbadanbegim), "Tarihi Rashidiy" (Mirzo Haydar), "Muzakkiri ahbob" (Hasanhoja Nisari), "Majolisi Jakhongiriy" (Kasim Lokhuriy), "Ravzat us-salotin" (Fakhriy Khirawi), "Nafoisul-maosirot" and other historical and historical sources. Comments were also given during the research.
Keywords: literary environment, literary environment of Babur, Great Kingdom of Baburi, Turkish literature in India, bilingualism, literary and historical sources.
Ma'lumki, adabiy muhit muayyan saroy atrofida ijod etgan yirik shoir va adiblar ta'sirida yuzaga keladi. Adabiy muhitning vujudga kelishi, albatta, yirik ijodkorlar faoliyati, ular yaratgan ijodiy maktablar bilan bog'liq. O'zbek adabiyoti tarixida Hirot, Toshkent, Qo'qon, Buxoro, Samarqand va Xorazm adabiy muhiti va adabiy davralari mashhurdir.
Adabiy muhit o'zbek adabiyotining Alisher Navoiydan keyingi yirik vakili Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ham bog'liq. XVI asrda Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan Hindistonda o'rnatilgan "Buyuk Boburiylar saltanati" qariyib uch asrdan ko'proq vaqt mobaynida Hindistonda har tomonlama ravnaq topgan davlat sifatida gullab yashnadi. Bobur nafaqat siyosiy arbob, shuningdek, ijodkor sifatida o'zidan katta va qimmatli meros koldirishi bilan birga, o'z atrofida ilm-fan, ijod ahlini birlashtirdi. Buning natijasida XV asrning oxiri XVI asrning birinchi choragidagi siyosiy va ijtimoiy voqealar hamda iqtisodiy tanglik girdobida bo'lgan Hindistonga Movarounnahr va Xurosondan fan, san'at va adabiyot namoyandalaridan iborat yangi bir guruh kirib keldi.
Ma'lumki, 1526 yil 27 apreldan Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonning Panipat shahri atrofida Dehli saltanati hukmdori Sulton Ibrohimni (1517—1526) yengib, Shimoliy Hindistonda o'z hukmronligini o'rnatgach, Kobulga xat yozib, u yerda qolgan barcha qarindosh-urug'lari, din peshvolari va davlat arboblari, olimu shoirlar hamda butun haram ahlini Hindistonga chaqiradi. Bu tasvir "Humoyunnoma" asarida shunday ifodalangan: "Tevarak-atrofdagi hamma viloyatlarga elchilar jo'natilib, kimda-kim agar bizga kelib mulozimat qilsa, har tomonlama ra'iyat qilamiz, agar ular ichida ota-bobolarimizga xizmat qilgan kishilar bo'lsa, katta mukofotga sazovor bo'ladilar; Sohibqiron va Chingizxon avlodidan bo'lgan har bir kishi bizning dargohimizga qaytib kelsin; Xudo bizga Hindiston mamlakatini ato qildi, kelsinlar, to bu davlatni birga so'raylik, degan qat'iy buyruq yuborildi" [4.37] Gulbadanbegimning hikoya qilishicha, Kobuldan Hindistonga tashrif buyurganlar ichida Zahiriddin Bobur xonadoniga mansub 96 ta ayol ham bo'lgan. Ularning
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
hammalariga turar joy va ko'ngillari tilagan in'omlar tayin qilingan. Xuddi shunday munosabat olimu shoirlar, ijodkorlarga ham loyiq topilgan.
Temuriylar saltanatining qulashi, O'zbekxonlarning saltanat tepasiga kelishi, Xuroson va Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi talato'plar, adabiy muhitning ma'lum ma'noda parokandalashuvi kabi voqealar mahalliy aholining, ayniqsa, fan, san'at ahlining ma'lum bir qismi Hindiston sari azmi qaror qilishining asosiy sabablaridan biriga aylandi. E'tiborlisi, Bobur o'z faoliyati davomida uzluksiz jang-jadallarda yurganda ham adabiy davra suhbatlari, she'rxonliklar tashkil etishi, fan, san'at, madaniyat, adabiyot vakillariga alohida e'tibor qaratishi ko'pchilikka ma'lum edi. Shunday vaziyatda Zahiriddin Muhammad Boburning yuqoridagi kabi qarori e'tiborsiz qolmadi. Turli soha vakillari qatorida ijodkorlar ham Bobur saroyiga kelib adabiy muhit vakiliga aylandi.
Zahiriddin Muhammad Bobur bu kabi siyosiy harakatlaridan tashqari, o'zining realistik tasvirga to'yingan lirik va epik asarlari bilan ham o'z davri va o'zidan keyin bir qancha ijodkorlarga adabiy ta'sir ko'rsata oldi va Hindistonda turkiy tildagi adabiyotning vujudga kelishiga tamal toshini qo'ydi. Bu adabiy muhitning rivojlanishi, gullab-yashnashi Bobur avlodlaridan Humoyun Mirzo (1530-40-1556), Akbar (1556-1605), Jahongir (Shahzoda Salim, 1605-1628), Shoh Jahon (Shahzoda Xurram, 1628-1658), Avrangzeb Olamgir (1658-1707), Muazzamshoh (Bahodirshoh I, 1707-1712), Jahondorshoh (1712-1713), Farrux Siyar (1713-1719), Muhammad Shoh (1719-1749), Ahmadshoh (1749-1754), Olamgir (1754-1759), Ali Gavhar (Shoh A'lam, 1759-1806), Akbarshoh (1806-1837), Bahodirshoh II (1837-1858) hukmronligi yillariga to'g'ri keladi.
Bobur izdoshlari qisman hind, urdu, fors-tojik, arab tillarida yaratgan asarlari qatorida turkiy tildagi asarlari bilan tarixga muhrlandi. Jumladan, Bayramxon, Xumoyun Mirzo, Hindol Mirzo, Askariy Mirzo, Komron Mirzo, Abulqosim (Komron Mirzoning o'g'li), Azfariy, Forig'iy, Diyda, Johila, Yusuf Faryobiy, Saminiy-Fahm, Manzariy Samarqandiy, Mir Mahmud Mahviy, Ulfatiy, Yazdiy, Tazarviy Abhariy, Sheroziy, Fahmiy Kazviniy, Navidiy, Siyakiy kabi shoirlar Bobur asos solgan Hindiston turkiyzabon adabiyoti vakillaridir. [Bu haqda qarang:1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12,
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Bobur adabiy muhitining shakllanishiga doir fikrlar adabiy-tarixiy manbalar asosida berildi. Bunda "Boburnoma" (Bobur), "Humoyunnoma" (Gulbadanbegim), "Tarixi Rashidiy" (Mirzo Haydar), "Muzakkiri ahbob" (Hasanxoja Nisoriy),
13]
Scientific Journal Impact Factor
"Majolisi Jahongiriy" (Qosim Lohuriy), "Ravzat us-salotin" (Faxriy Hiraviy), «Nafoisul-maosirot» kabi tarixiy, tazkira asarga tayanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda tashkil etgan adabiy muhit vakillari haqida ma'lumotlar, ularning adabiy merosi va undan namunalar bir qancha qo'lyozmalar, tarixiy va adabiy manbalar orqali yetib kelgan. Jumladan, Boburning "Boburnoma", Gulbadanbegimning "Humoyunnoma", Mirzo Haydarning "Tarixi Rashidiy", Abulfazl Allomiyning "Akbarnoma", "Oyini Akbariy" ("Akbar tuzuklari"), Ahmad Hirotiyning "Tabaqoti Akbariy", Jahongir bin Akbar "Jahongirnoma", Qosim Lohuriyning "Majolisi Jahongiriy", Abdulqodir Badovoniyning "Muntaxab at-tavorix", Abdulboqi Nihavandiyning "Maosiri Rahimiy", Mirzo Olim Mushrufning "Ansob us-salotin" kabi tarixiy asarlari, Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob", Mutribiy Samarqandiyning "Nusxai zeboyi Jahongir", muallifi noma'lum bo'lgan «Nafoisul-maosirot», Faxriy Hiraviyning "Ravzat us-salotin", Sodiq Kitobdorning "Majma'ul-xavos", Po'lotjon Qayumiyning "Tazkirai Qayumiy" tazkiralari mavzuga doir qimmatli ma'lumotlar va adabiy matnlarni o'zida qamraganligi bilan ahamiyatlidir.
Hindistondagi turkiy tildagi adabiyot haqidagi ilk ma'lumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma"sida uchraydi. Garchi bu asarda yuqorida tilga olingan ijodkorlarning aksariyati nomlari uchramasa-da, asarning ("Boburnoma"ning - X.G.) Hindiston tasvirigacha bo'lgan qismida tilga olingan Mavlono Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Abdulloyi, Mir Husayn Muammoiy, Mulla Muhammad Badaxshiy, Yusuf Badiiy, Ohiy, Muhammad Solih, Shoh Husayn Komiy, Hiloliy, Ahliy kabi ijodkorlar va ularning ijodi an'analarining targ'iboti ham bu yurtda Xuroson va Movarounnahrdagi turkiy va forsiy tildagi adabiyot haqida tasavvur beradi. [5.138139] «Boburnoma»ning 1525-1526 yillar voqealari tafsiloti berilgan qismlari hamda undan keyingi saahifalarida ham tab'i nazmi bo'lgan yana bir qator shohu shahzodalar, amaldorlar, turli ijtimoiy tabaqadan yetishib chiqqan shoirlar nomi eslatiladi, ular faoliyatiga doir ayrim ishoralar yo'l-yo'lakay bo'lsa-da, o'rtaga tashlanadi. Xususan, Shayx Abul Vajd1[3.63], Shayx Zayn, Mullo Alixon, Turdibek, Xoksor, Bayramxon, Mirzoxon (Bayramxonning o'g'li), Xavofiy, Forig'iy, Faqiriy, Mavlono Yusufi Tabib, Surx Vadoiy, «Maxzan ul-asror» vaznida masnaviy aytgan Mullo Baqoiy kabi turkiy va forsiyda ijod qiluvchi shoir va yozuvchilarning zikr
1 AnpHM aga6nëraapga fflanx A6gy^ Boxug.
Scientific Journal Impact Factor
qilishi yoki Boburning Xo'ja Kalon bilan turkiy va forsiydagi yozishmalari, shuningdek, o'g'illari Humoyun, Komron, Hindolga o'zining ba'zi tarjimalari, maktub hamda she'rlarini yuborib turganligi ayni adabiy muhitning shakllanish kurtaklarini ko'rsatadi.[5.185; 9. 100-101]
Manbalar ichida Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob" va Muhammad Haydar Mirzoning "Tarixi Rashidiy" asarlari Bobur va uning adabiy izdoshlari tasvirining mufasalligi bilan ajralib turadi. Jumladan, Hasanxoja Nisoriyning 1566 yilda yozilgan "Muzakkiri ahbob" tazkirasida Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun Mirzo, Bayramxon, Komron Mirzo, Xoja Kalonbek kabi turkiy va forsiy tilda ijod etgan shoirlar va ularning hind diyori bilan bog'liq faoliyati, ijod namunalaridan parchalar keltirilgan.
Shuningdek, tazkirada Mirzo Askariy, Hindol Mirzo, Mirzo Abdulqosim ibn Komron, Nizomiddin Abulbaqo Hindiy, Shayx Boyazid Puroniy, Mavlono Shahobiddin Muammaoiy, Mavlono Fozil Andijoniy, Mavlono Vosifiy, Shayx Zaynuddin, Alibek, Mahram Ko'ka, Hamdam Ko'ka, Xojazodai Kobiliy, Mavlono Mahramiy, Amir Muzaffar Turkman, Novidiy Nishoburiy, Mavlono Jomiy Yatimbon, Xoja Yarko, Shayx Muhammad Tohir, Xoja Husayn Marviy, Qosim Arslon, Sahmiy, Qosim Koxiy, Mavlono Zarifiy kabi Markaziy Osiyoning turli viloyatlaridan, ayniqsa, Xuroson va Movarounnahrdan Hindistonga, umuman, boburiylar huzuriga borgan ijodkorlar ham tilga olingan va forsiy tildagi she'riyatidan parchalar berilgan.[14] Lekin asarda bu ijodkorlarning turkiy tilda ijodi haqida ma'lumot kuzatilmaydi. Shunday bo'lsa-da, mazkur ijodkorlar Bobur va boburiylar atrofida birlashganlar hamda shu adabiy muhitning vakillari sifatida tarixda qolganlar.
Muhammad Haydar Mirzoning "Tarixi Rashidiy" asarida ham Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ishonarli ma'lumotlar berilgan. Muallif Boburning xarakteri, fazilatlari, maqtovga loyiq jihatlari, ijodkorlik qobiliyati, adabiy merosi, tarjimonligi haqida gapirar ekan shunday yozadi: «U turli go'zal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichidashijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelardi.Turkiy she'riyatda Mir Alisherdan keyin hech kim uningchalik ko'p yozmagan. U turkiyda ajoyib totli devon tartib bergan. "Mubayyin" nomli she'riy asar yaratgan - juda foydali kitob bo'lib, odamlar uni fiqh dasturamali sifatida qabul qilishgan. U "Turkiy aruzni yozganki, bunday yetuk asarni - turkiy aruzni ungacha hech kim bitmagan. Hazrat Eshon (Xoja Ubaydulloh)ning "Risolai Volidiya" asarini nazmiy tarjima qilgan.
Uning "Vaqoe'" ("Boburnoma") nomida turkiy tildagi tarixiy asari borki, u juda ainq, tushunarli, shirali, sof jonli tilda bitilgan. Undan ayrim parchalar mazkur
Scientific Journal Impact Factor
"Tarix"da ham keltiriladi. Musiqiy va boshqa san'atlarda uning xonadonida ungacha bunday iqtidorli kishi bo'lmagan".[7. 250] Ushbu parchalardan ma'lum bo'ladiki, Bobur shijoatli, muruvvatpesha inson bo'lgan. Shoir, adabiyotshunos, tarjimon, fiqh bilimdoni, o'zbek nasrining noyob va go'zal namunasi bo'lgan "Boburnoma"dek asarning muallifidir. E'tiborlisi shundaki, Muhammad Haydir Mirzo o'z asarini yaratishda Boburning "Boburnoma"sidan bevosita o'rni bilan foydalangan. Bu esa Muhammad Haydar mirzoning Bobur adabiy merosiga izdoshlik asosida yondashganligini ko'rsatadi.
Boburiylar davri madaniyatiga oid qimmatli ma'lumotlarni qamragan yozma yodgorliklardan biri Abdusattor bin Qosim Lohuriyning 1612 yili Agra shahrida yozgan "Majolisi Jahongiriy" nomli asari.[Qarang: 2] Asarda Hindistonning o'sha paytlardagi Yevropa va Movarounnahr davlatlari bilan siyosiy-diplomatik hamda madaniy aloqalari borasidagi ma'lumotlar havola etilgani holda, saroy muhitida turkiy (o'zbek) tiliga alohida e'tibor qaratilganligiga ham urg'u berilgan. Bu haqda adabiyotshunos Ismoil Bekjon shunday yozadi: "Chindan ham, o'z tug'ilgan vatani va ona tili mavqeini davlat, madaniy hayot maqomida tutgan Bobur vafotidan so'ng Afg'oniston, Hindiston kabi o'lkalarda tug'ilib o'sgan keyingi boburiylar avlodida bu xislatlarning paydo bo'lish jarayonini, bir tomondan, temuriylar sulolasining tarixiy shuhrati tufayli deb tushunib, ikkinchi jihatdan, bu holatni "Boburnoma"ning tarbiyaviy ahamiyati bilan bog'lasak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz" [2] Olim o'z fikrlarini davom ettirar ekan, Jahongir bin Akbar "Jahongirnoma" asarida Kobulga ziyorat uchun borgani xotiralarini bayon etish asnosida Jahongirning katta bobosi Bobur podshoh tomonidan o'z xati bilan ko'chirilgan "Vaqoe'"sini o'qib chiqqanini, Hindistonda tug'ilib-ulg'ayganiga qaramasdan, turkiycha so'zlashish va yozishdan benasib emasligini ta'kidlagan, saroyda turkiy tilni o'qituvchi muallimlar haqida ham ma'lumot bergan. Ko'rinadiki, Hindiston turkiy adabiyotining saroy atrofida rivoj topishida boburiy hukmdorlarning xizmati beqiyos bo'lgan.
Manbalardan yana biri «Nafoisul-maosirot» nomli tazkira. Bu asar biz uchun yana shu bilan ham qimmatliki, unda Hindistonga safar qilgan hamda u yerda turg'un bo'lib qolgan ko'pgina mashhur o'rtaosiyolik shoir va mutafakkirlar, jumladan, Bazmiy, Manzariy Samarqandiy, Judoiy Termiziy, Sahmiy Buxoriy, Mavlono Baqoiy Buxoriy, Badi'i Samarqandiy, Mushfiqiy, Nixoniy va boshqalar haqida ma'lumot va axborot yozib qoldirilgan.[8.50-51] «Nafoisul-maosirot» 1904 yili Xorazmda yetuk olim Mulla Sayyid Abdullo bin Avazxo'ja Eshon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Asarning tarjimasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zFAShI xazinasida (inv.№810) saqlanadi.
Scientific Journal Impact Factor
Yana bir manba Faxriy Hiraviyning "Ravzat us-salotin" asaridir. Yetti bobdan iborat ushbu tazkiraning "She'rga mayl kursatgan va (she'r) aytgan Samarkand va Xurosonning Amir Temur Kuragon avlodidan bo'lgan sultonlari zikrida" nomli uchinchi bobida Zahiriddin Muhammad Bobur podshoh va uning avlodlari, yaqinlaridan Muhammad Nosir Mirzo, Muhammad Humoyun podshoh, Komron Mirzo, Muhammad Askariy Mirzo, Muhammad Hindol Mirzo, Mirzo Haydar kabilar haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan.[10. 68-75] Lekin ushbu ijodkorlardan Zahiriddin Muhammad Bobur va Komron Mirzoning turkiyda ijod etganligi qayd etilgan, xolos. Jumladan, Zahiriddin Muhammad Bobur "... turkiy va forsiy ash'orda va aruz va qofiyada yuksak mahorati bor edi... Forsiyda ham ravon va aniq ayta olardi. Ammo turkiy she'riyatga moyilroq edi" [10. 68] deya ta'riflanib, ijodidan bir bayt keltirilsa, Komron Mirzoga "... so'z iqlimida tab' va dilpazir nazm javohirida turk va tojikning xusravidir" [10.71] deb baho beriladi. Lekin uning turkiy she'riyatidan namunalar keltirilmagan.
Boburning serqirra ijodi va uning davridagi saroy adabiy muhiti ko'pgina safdosh va yosh qalamkashlarni ilhomlantirib, Hindiston turkiyzabon adabiyotining ravnaqi uchun mustahkam asos yaratdi. Boburning ijodiy va siyosiy faoliyatining eng muhim jihati shundaki, shoh Bobur umrining so'nggi yillaridagi orzusi - butun Hindistonni yagona kuch ostida birlashtirishga ulgurmagan bo'lsa ham, ammo shoir Bobur o'z xalqi adabiyotini osmono'par Himolay tog'laridan olib o'tib, uning badiiyatini Hindistonda kengaytirish sharafiga muyassar bo'ldi.Turkiygo'y shoirlarning aksariyati o'z tillari qatori ayni vaqtda forsiyda ham qalam surganlar.
REFERENCES
1. Азимджанова С. Индийский диван Бабура. - Т.: «Фан», 1966.
2. Бекжон И. Бобурийлар маданиятига оид манба.//«Узбекистон адабиёти ва санъати» газетаси, 2013 йил 23-сон.
3. Вохидов Р. Биз билган ва билмаган Бобур. Адабий уйлар. -Т.: "Маънавият", 2008. - Б. 120.
4. Гулбаданбегим Захириддин Бобур кизи. Хумоюннома. //Форс тилидан С.Азимжонова тарж.- Т.: "Маънавият", 1998. - Б.104.
5. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. "Шарк", -Т.: 2002. - Б.336.
6. Иномхожиев Р. XVI аср Х,индистон адабий хаётида туркий-форсий икки тиллилик. -Т.: Фан, 1993. - Б.208.
7. Мухаммад Хдйдар мирзо. Тарихи Рашидий. - Т.: "Sharq", 2010. - Б.720.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
8. HrooMHggHHOB H. MagaHHH xaMKopnnrHMH3 caxu^anapngaH. -T.: «Oaro>, 1987.-
9. HH30MHggHH0B H. BywK EoSypuftnap Tapuxu (XVI-XIX acp).-T.:"Fan va texnologiya", 2012, - E.516.
10. Sulaymonov I.I. Description of Victorious and Vanquished Man psychology in «Boburnoma» // International Journal of Science and Research (IJSR). - India, 2018. Volume 7. Issue 1. - P. 1220-1223 (Index Copernicus Value 79.57 / Impact Factor: 6.391).
11. Sulaymonov I.I. An artistic interpretation of Babur's personality in world literature. Journal of critical reviews. Received: 24 April 2020 Revised and Accepted: 04 July 2020. - P. 6218-6223
12. Oaxpuft XupaBHH. PaB3ar yc-canoTuH. ^aBoxup y^-a^oftuS. -T.: «Mumtoz so'z»,2014. - E.192.
13. Xog«:aeBa T.A.Y36eKHCTOH Ba Xhhahctoh aga6uH anoKanapu TapuxugaH. -T.: TomKeHT gaBnar mapKmyHOcnuK HHCTUTyTH, 2011. - E.128.
14. ^acaHOB C. A3$apuHHHHr HnMHH-aga6uH Mepocu. - T.: «Aga6uH Mepoc», 1977. 9-coh.
15. X,acaHOB C. Mup3O KoMpoH geBOHH. - T.:«Aga6uH Mepoc», 1986, 3-4 connap.
16. X,acaHxo:«:a HucopuH. My3aKKupu ax,6o6. Ta3Kupa.-T.: A.^ogupuft HOMugaru xanK Mepocu HarnpueTu, 1993. - E.344.
E.54.